05.04.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3309-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 05.04.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3309-1
Date of entry into force
06.07.2022
Hujjat 06.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3309-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 8-iyundagi 3-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 16-son qarori (roʻyxat raqami 3309, 2021-yil 9-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 10/21/3309/0544-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori D. LI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2022-yil 14-martdagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 11-martdagi 3-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 9-band “muntazam ravishda” degan soʻzlardan keyin “(yiliga kamida bir marta)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi, shu jumladan mijozlar tomonidan kripto-aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha tahlil qilish (shu jumladan, mijozlarning kripto-hamyon manzillari foydalanilgan savdo maydonlari, mijozlar kontragentlarining kripto-hamyon manzillari, mijozlarning kripto-hamyon manzillarining boshqa kripto-hamyon manzillari bilan aloqalarini aniqlash va h.q.) va mijozlarning kripto-hamyon manzillari qonunga xilof faoliyatda ishlatilishi tavakkalchiliklarini baholashni amalga oshiruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“45. Operatsiyani toʻxtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 48-bandning birinchi xatboshisida “shu jumladan ish yozishmalarini” degan soʻzlardan keyin “, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi mazmundagi 571-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“571. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 10/22/3309-1/0274-son)