05.04.2002 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 05.04.2002 yildagi 118-son
Date of entry into force
05.04.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PILLACHILIK SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pillachilik sohasini yanada rivojlantirishni taʼminlash, ozuqa bazasini mustahkamlash va pilla yetishtirishni koʻpaytirish, pilla yetishtirishdan pillakorlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2002—2010-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha maxsus ajratilgan yer maydonlarida tut daraxtlari ekish va pilla yetishtirish boʻyicha topshiriq ilovaga* muvofiq belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilangan topshiriqlarni bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar, mavjud tut daraxtlari saqlanishini, yangi tutzorlar barpo etilishini hamda pillachilikda qishloq xoʻjaligi shirkatlari va fermer xoʻjaliklari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida pilla yetishtiruvchi korxonalarga (ularning roziligi bilan) avans hisobiga pilla yetishtirish uchun zarur moddiy-texnika resurslari va boshqa mahsulotlar, keyinchalik ular qiymatini tayyorlanadigan pilla uchun toʻlov summasiga oʻtkazgan holda, berish huquqiga egadir;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga har yili “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga pilla yetishtiruvchilar bilan avans toʻlovi va oʻzaro hisob-kitoblar uchun hisoblab chiqilgan ehtiyoj miqdorida, shu jumladan mart-aprel oylarida hisoblab chiqilgan summaning 50 — 70 foizi miqdorida, kreditlarni yil davomida qaytarish sharti bilan, maqsadli kredit resurslari ajratish tavsiya etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbek ipagi” uyushmasiga “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan foydalangan holda, istisno tariqasida, 2002-yilda 150 ming quti va 2003-yilda — 160 ming quti ipak qurti urugʻini importdan keltirishga ruxsat berilsin, bunda ipak qurti urugʻi uchun xorijiy yetkazib beruvchiga ipak ip bilan haq toʻlanishi, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi ular boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yigʻimlardan tashqari) va qayta ishlash qiymatidan valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilinishi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarorining 12-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 5-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 33-son, 370-modda; 37-son, 411-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2017-y., 21-son, 399-modda)