Oʻzbekiston respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3239-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487, 28.12.2023-y.) asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi, “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3239, 2020-yil 4-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/3239/0721-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-mart,
01/11-14/16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 4-martdagi 01/11-14/16-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“baholovchi — belgilangan tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir;”;
2. 36-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;”;
3. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Baholash haqidagi hisobotga ilovalarda baholovchi baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida foydalangan hujjatlar nusxalari, shuningdek baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisi nusxalari boʻlishi lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 10/22/3239-1/0216-son)