01.03.2022 yildagi PQ-144-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.03.2022 yildagi PQ-144-son
Date of entry into force
02.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda, oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021-yilning oʻzida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy koʻrsatkichi sugʻoriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xarid qilish, joylarda loyihalashtirish va oʻrnatishdagi kamchiliklar hamda ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bu boradagi koʻnikmalari yetarli emasligi mazkur texnologiyalarning oʻz vaqtidan kechikib joriy qilinishiga sabab boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar respublika boʻyicha kamida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230 ming gektar, shu jumladan 160 ming gektar paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sugʻorish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28 ming gektar, shu jumladan 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomgʻirlatib sugʻorish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 ming gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida diskretli sugʻorish tizimlari joriy qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218 ming gektar ekin maydonlarining lazerli uskuna yordamida tekislanishini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda natijalarini tanqidiy muhokama qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U.M. Mustafoyev), Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (B.F. Islamov) bilan birgalikda bir hafta muddatda 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha manzilli roʻyxatni tasdiqlasin, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan tizimlar, birinchi navbatda, yirik suv uzatish va suv chiqarish tarmoqlarining bosh qismida joriy etilishi lozimligini inobatga olgan holda “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekin maydonlarining mavjud infratuzilmasidan kelib chiqqan holda doimiy ravishda uzluksiz elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash imkoni mavjudligiga eʼtibor qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2022-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq hisob-kitob qilingandan soʻng ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-apreldan boshlab mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiya mablagʻlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga alohida maxsus hisobraqamlar (23210) ochish orqali birinchi navbatda ajratilgan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi va yer uchastkasi yoki uning bir qismi faqat qonunda belgilangan tartibdagina jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga ruxsat etiladi;
(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun Davlat budjetidan subsidiya mablagʻlarini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini sugʻorish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mazkur tizimni 2022-yil sugʻorish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan subsidiya mablagʻlarini belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) va Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qatʼiy nazoratga olsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash uchun respublika budjetidan 1 182,4 mlrd soʻm mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan ekin maydonlari uzluksiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv bilan taʼminlanishiga — suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi bilan taʼminlanishiga — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida 1 shtat birligidan iborat ichki audit guruhi bosh inspektori lavozimi (keyingi oʻrinlarda — ichki audit guruhi bosh inspektori) joriy etilsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligining ichki audit xizmatiga qoʻshimcha 1 ta shtat birligi ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ichki audit guruhi bosh inspektori bevosita Suv xoʻjaligi vazirligining ichki audit xizmatiga boʻysunadi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ichki audit guruhi bosh inspektorining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
(8-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarning toʻgʻri hisoblanganligini hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy qilingan suvni tejaydigan tizimlarning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligiga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosa kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlar boʻyicha hujjatlarni hamda bu borada amalga oshirilgan buxgalteriya operatsiyalarini doimiy monitoring qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan yuritiladigan suvni tejaydigan tizimlarning joriy qilingan maydonlari boʻyicha hisobotlarning haqqoniyligini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh.Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda oʻtgan yillarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini sifatli amalga oshirgan hamda bozor iqtisodiyotida erkin raqobat talablariga toʻliq javob bera oladigan “Tomchi-reestr” pudrat korxonalarining yagona elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda — “Tomchi-reestr” YAER) ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tomchi-reestr” YAERni ishlab chiqishda, jumladan quyidagilarga eʼtibor qaratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona tomonidan mahalliy sharoitda ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilganligi yoki xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik maqomiga ega boʻlishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan soliq xavfi darajasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish uchun zarur texnika, malakali mutaxassis, jumladan loyihachi, injener va agronomlar bilan taʼminlanganlik darajasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan loyihalar doirasida fermer xoʻjaliklariga servis xizmati koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilganligiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Tomchi-reestr” YAERga kiritiladigan subyektlarni aniqlash uchun Suv xoʻjaligi vazirligiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan xodimlar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, toʻlangan soliqlar va ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (K.A. Yuldashev) Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A. Pekos) hamda Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) bilan birgalikda 2022-yil 10-martga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish yuzasidan tegishli materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishishning “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agro-subsidiya” YAAT) joriy qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Agro-subsidiya” YAAT hamda “Tomchi-reestr” YAERdan foydalanish xarajatlari Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4499-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xoʻjaligi tashkilotlarining sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun foydalanishga suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash sharti bilan ruxsat etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qatʼiy nazoratga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) va Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda 10 gektardan kam boʻlmagan paxta va boshoqli don maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A.M. Toʻrayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R.R. Xakimov) bilan birgalikda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan gʻoʻza maydonlarida sugʻorish meʼyorlari, gʻoʻzaning rivojini taʼminlashga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyani ishlab chiqish boʻyicha ilmiy loyiha tayyorlasin va ekspertiza natijalariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid Davlat dasturlari doirasida amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga — xolislik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga — hududlarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tomchilatib sugʻorish tizimini qurish boʻyicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimini montaj qilish va servis xizmati koʻrsatish guruhlari tashkil etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, suvni tejaydigan texnologiyalar orqali paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish boʻyicha agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori R.R. Boboyev zimmasiga — barcha yangi tashkil etilayotgan sanoatbop uzum plantatsiyalariga tomchilatib sugʻorish tizimlari oʻrnatilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Suv xoʻjaligi vazirligi (A.A. Mirzayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Sh.Sh. Mirzayev) va Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-144-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ KOʻRSATKICHLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hududlar nomi

Jami reja boʻyicha,

ga

Shu jumladan:

yerlarni lazerli tekislash,

ga

tomchilatib sugʻorish,

ga

shundan

yomgʻirlatib sugʻorish,

ga

shundan

diskretli sugʻorish,

ga

paxta,

ga

bogʻ,

ga

tok,

ga

boshqalar,

ga

gʻalla,

ga

sabzavot-poliz,

ga

ozuqabop ekinlar,

ga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

17 422

15 418

12 200

1 500

1 300

418

1 904

1 904

100

29 500

Andijon viloyati

19 010

16 824

13 000

2 000

1 300

524

1 986

1 986

200

11 000

Buxoro viloyati

21 839

19 227

13 250

3 100

2 400

477

2 612

2 612

14 900

Jizzax viloyati

21 447

18 981

13 850

3 400

1 500

231

2 266

1 706

260

300

200

10 000

Qashqadaryo viloyati

23 681

20 958

12 800

4 100

3 500

558

2 723

2 400

60

263

12 400

Navoiy viloyati

16 403

14 517

10 700

2 000

1 200

617

1 886

1 730

30

126

11 800

Namangan viloyati

20 544

18 181

11 500

3 700

2 500

481

2 000

2 000

363

10 600

Samarqand viloyati

21 328

18 875

11 800

3 900

2 900

275

2 453

2 453

15 200

Surxondaryo viloyati

19 187

16 980

12 300

2 500

1 800

380

2 207

2 207

15 800

Sirdaryo viloyati

17 736

15 696

12 100

1 900

1 400

296

1 360

1 360

680

19 500

Toshkent viloyati

20 788

18 397

12 200

3 800

2 200

197

2 191

1 200

680

311

200

19 000

Fargʻona viloyati

21 377

18 919

11 100

4 100

3 500

219

2 280

1 442

838

178

17 800

Xorazm viloyati

19 238

17 026

13 200

2 000

1 500

326

2 132

2 000

132

80

30 500

JAMI

260 000

230 000

160 000

38 000

27 000

5 000

28 000

25 000

2 000

1 000

2 000

218 000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur prognoz koʻrsatkichlarga koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUBSIDIYALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Joriy etilganda sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladigan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tomchilatib sugʻorish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlashda oʻsimlikning ildizi yonidagi zonaga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sugʻorish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yomgʻirlatib sugʻorish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning tuproq va oʻsimliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomgʻirlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib beradigan usuli, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keng qamrovli yomgʻirlatib sugʻorish tizimi (keyingi oʻrinlarda — keng qamrovli sugʻorish tizimi) — aylanma yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib beradigan yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil yomgʻirlatib sugʻorish tizimi (keyingi oʻrinlarda — mobil sugʻorish tizimi) — koʻchma tirkama va baraban tipidagi agregat yordamida ekinlarni yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yerni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislagan tarzda diskret sugʻorish usuli (keyingi oʻrinlarda — diskretli sugʻorish) — lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislangan maydonlarda ekinlarni egiluvchan quvurlar yordamida suvni tanaffuslar bilan bergan holda sugʻorish usuli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari tarkibiy qismlarining taʼriflari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hovuz-tindirgich — oqar suv tarkibidagi loyqa-oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish) hamda sugʻorish uchun zarur boʻladigan suv zaxirasini saqlash uchun moʻljallangan inshoot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nasos stansiyasi — suvni manbadan ekinlarni sugʻorish uchun zarur miqdor va kerakli bosimda yetkazib berishga moʻljallangan, elektr energiyasi, suyuq yonilgʻi yoki boshqa muqobil energiya yordamida ishlaydigan qurilma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filtrlash stansiyasi — sugʻorishda foydalaniladigan suvning tarkibidagi yirik va mayda zarralarni suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi talabi darajasida tozalashga moʻljallangan qurilma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh (magistral) quvur — kerakli miqdordagi suvni tizim nasos qurilmasidan olib tarqatuvchi quvurlarga yetkazib berish uchun moʻljallangan yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarqatuvchi quvur — suvni bosh quvurdan olib tomizgʻichli sugʻorish shlanglariga yetkazib va taqsimlab berish uchun yoki qator orasiga suvni tarqatishga xizmat qiluvchi yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomizgʻichli sugʻorish shlanglari — ekinlar qatorlari oralariga yotqiziladigan va belgilangan meʼyordagi suvni oʻsimlik ildiz tizimiga yetkazib berish uchun moʻljallangan tomizgichli shlanglar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi — suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini ishlatishda inson omilini kamaytirish orqali oʻsimliklarga suv va mineral oʻgʻitni eng samarali miqdorlarda avtomatlashtirilgan usulda yetkazishga moʻljallangan uskuna va dasturiy taʼminot majmuasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomizgʻichli shlang tarqatuvchi va yigʻishtiruvchi uskuna — bir mavsumli ekin qatorlari oralariga yotqiziladigan tomchilatib sugʻorish tizimi shlang (lenta)larini tarqatishda va mavsum oxirida yigʻishtirib olishda foydalaniladigan qurilma majmuasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv hisoblagich — sugʻorishda foydalaniladigan suvning avtomatik tarzda hisobini yurituvchi qurilma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Subsidiyalar miqdorlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdori uning bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ming soʻm

Suv tejovchi sugʻorish tizimi turi*****

Paxta

Donli ekinlar

Sabzavot ekinlari va kartoshka

Poliz ekinlari

Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar

Mevali ekinlar

Uzum

Sholi

Tomchilatib sugʻorish

8 000*

8 000

8 000

1 300

2 500***

6 000

8 000

8 000****

Keng qamrovli va mobil sugʻorish tizimi

x

8 000**

8 000

x

2 500***

x

x

8 000****

“Sprinkler” tizimi

x

8 000**

8 000

x

2 500***

x

x

8 000****

Diskretli sugʻorish

4 000

4 000

x

x

x

x

x

X

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarda joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish, keng qamrovli va mobil sugʻorish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xoʻjaliklariga 8 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Subsidiyalar faqat Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***** Ushbu texnologiyalar suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 07/26/47/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyent 3.1 — 3.3 jadvallarning “JAMI” satridagi koʻrsatkich asosida belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1-jadval. Tomchilatib sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari

Koʻrsatkich

1.

Hovuz-tindirgich

*

1.1.

beton yoki temir-beton qoplamali

0,15

1.2.

geomembrana qoplamali (qalinligi ≥1 mm)

0,1

1.3.

bir mavsumli plyonka bilan qoplangan

0,05

1.4.

tuproq oʻzanli (qoplamasiz)

0,02

2.

Nasos stansiyasi

0,15

3.

Filtrlash qurilmasi

*

3.1.

gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,35

3.2.

diskli yoki setkali, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,25

3.3.

gidrotsiklonli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,15

4.

Bosh (magistral) quvurlar

*

4.1.

qalin devorli (qalinligi >5,3 mm yoki bosimga chidamliligi >6,0 atmosfera)

0,3

4.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 3,4 — 5,2 mm yoki bosimga chidamliligi 4,0 — 5,9 atmosfera)

0,25

4.3.

yupqa devorli (qalinligi 2,7 — 3,3 mm gacha yoki bosimga chidamliligi 2,5 — 3,9 atmosfera)

0,2

5.

Tarqatuvchi quvurlar (mevali ekinlar va uzumdan tashqari)

*

5.1.

qalin devorli (qalinligi >2,7 mm yoki bosimga chidamliligi >2,4 atmosfera)

0,3

5.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 1,4 — 2,6 mm yoki bosimga chidamliligi 1,9 — 2,4 atmosfera)

0,25

5.3.

yupqa devorli (qalinligi 0,75 — 1,3 mm yoki bosimga chidamliligi 1,2 — 1,8 atmosfera)

0,2

6.

Tarqatuvchi quvurlar (mevali ekinlar va uzum uchun)

*

6.1.

qalin devorli (qalinligi ≥3,1 mm)

0,25

6.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 2,8 — 3,1 mm)

0,2

6.3.

yupqa devorli (qalinligi 0,75 — 2,7 mm)

0,15

7.

Tomizgʻichli sugʻorish shlanglari (mevali ekinlar va uzumdan tashqari)

*

7.1.

qalin devorli (qalinligi ≥0,3 mm)

0,4

7.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 0,15 — 0,29 mm)

0,35

7.3.

yupqa devorli (qalinligi ≤0,14 mm)

0,3

7.4.

tuproqosti sugʻorishga moʻljallangan shlanglar

0,5

8.

Tomizgichli sugʻorish shlanglari (mevali ekinlar va uzum uchun)

*

8.1.

qalin devorli (qalinligi >0,7 mm)

0,4

8.2.

oʻrta devorli (qalinligi 0,3 — 0,7 mm)

0,35

8.3.

yupqa devorli (qalinligi <0,3 mm)

0,3

9.

Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi

0,15

10.

Tomizgʻichli shlang tarqatuvchi va yigʻishtiruvchi uskuna

0,05

11.

Suv hisoblagich

0,1

JAMI

**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** mevali ekinlar va uzumdan tashqari ekin turlari uchun: 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10, 11 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mevali ekinlar va uzum uchun: 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 11 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshilib aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2-jadval. Yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari

Koʻrsatkich

1.

Hovuz-tindirgich

*

1.1.

beton yoki temir-beton qoplamali

0,15

1.2.

geomembrana qoplamali (qalinligi ≥ 1 mm)

0,1

1.3.

bir mavsumli plyonka bilan qoplangan

0,05

1.4.

tuproq oʻzanli

0,02

2.

Nasos stansiyasi

0,15

3.

Filtrlash qurilmasi

*

3.1.

gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,35

3.2.

diskli yoki setkali, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,25

3.3.

gidrotsiklonli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,15

4.

Suv tarqatuvchi tizimlar

*

4.1.

keng qamrovli sugʻorish tizimi

0,8

4.2.

“sprinkler” tizimi

0,8

4.3.

mobil sugʻorish tizimi

0,7

5.

Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi

0,15

6.

Suv hisoblagich

0,1

JAMI

**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** 1, 2, 3, 4, 5, 6 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3-jadval. Diskretli sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari

Koʻrsatkich

1.

Nasos stansiyasi

0,2

2.

Bosh (magistral) quvurlar

*

2.1.

qalin devorli (≥2 mm) bir qavatli

0,35

2.2.

qalin devorli (≥2 mm) ikki qavatli

0,5

2.3.

oʻrtacha qalin devorli (1-2 mm) bir qavatli

0,3

2.4.

oʻrtacha qalin devorli (1-2 mm) ikki qavatli

0,45

2.5.

yupqa devorli (≤1 mm) bir qavatli

0,25

2.6.

yupqa devorli (≤1 mm) ikki qavatli

0,4

3.

Tarqatuvchi quvurlar

*

3.1.

qalin devorli (≥0,3 mm)

0,5

3.2.

yupqa devorli (<0,3 mm)

0,45

4.

Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi

0,15

5.

Suv hisoblagich

0,1

JAMI

**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** 1, 2, 3, 4, 5 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-5005-son qarorining 6-bandidagi “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5055-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ichki audit xizmati 2” blokidagi “2” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izohdagi “82” raqami “83” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qurilish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish boʻlimi 2” blokidan keyin “Ichki audit guruhi 1” bloki bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izohdagi “21” raqami “22” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qurilish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish boʻlimi 2” blokidan keyin “Ichki audit guruhi 1” bloki bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izohdagi “219”, “19” va “16” raqamlari tegishincha “231”, “20” va “17” raqamlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/144/0176-son, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 16.08.2024-y., 07/24/290/0625-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 06.02.2026-y., 07/26/47/0115-son)