Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023 25.02.2022 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.02.2022 yildagi 89-son
Date of entry into force
25.02.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq aholiga oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida oʻlimni qayd qilish boʻyicha quyidagilardan iborat kompozit xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasi xodimi vafot etganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirib, “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDY) organiga yuboradi. Bunda, vafot etganlik toʻgʻrisidagi tibbiyot maʼlumotnomasi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga qogʻoz shaklida berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri FHDY organiga murojaat qilishi ham mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida shaxsning oʻlimini “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qayd qilib, QR-kod orqali tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga vafot etganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻlimni qayd etish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan oʻlim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma oʻlim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatini oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bir oy muddatda oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma berish vakolatiga ega boʻlgan tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy reabilitatsiya markazlari, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati hamda Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari) zarur kompyuter texnikalari bilan jihozlanishini, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi hamda “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 25-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular boʻlmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxsga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma berish, oʻlimni qayd qilish, vafot etgan shaxsni dafn qilish uchun qabristonga maʼlumotnoma berish va dafn etish uchun nafaqa berish boʻyicha kompozit davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot muassasalari) vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni oʻlim haqidagi elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun tibbiyot muassasasi joylashgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — FHDY boʻlimi) “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, elektron tizim orqali shakllantirilgan oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma ariza beruvchilarning talabiga asosan ularga qogʻoz shaklida berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri FHDY boʻlimiga murojaat qilishi ham mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) FHDY boʻlimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasidan oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va oʻlim haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi)ning axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga oʻlim haqidagi maʼlumotnomani gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tibbiyot muassasasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda olingan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada chop etib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Pensiya jamgʻarmasi har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tijorat banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tijorat banki dafn etish uchun nafaqa toʻlovini tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma asosida Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Reglament talablari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDY boʻlimida tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlim holatini sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga asosan qayd qilishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlimi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning oʻlimini qayd etishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻlimini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning oʻlimini qayd etish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tibbiyot muassasasi, FHDY boʻlimi, Pensiya jamgʻarmasi va tijorat banki (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shaxsning biologik oʻlim holati belgilangan tartibda (patologoanatomik, sud-tibbiy ekspertiza va boshqalar) tasdiqlanganidan soʻng tibbiyot muassasasi xodimi bir soat ichida oʻlim haqidagi elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnoma shaklida avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi va avtomatik ravishda oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun tibbiyot muassasasi joylashgan joydagi FHDY boʻlimiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, vafot etgan shaxsga tegishli maʼlumotlar uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma avtomatik ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma ariza beruvchilarning talabiga asosan ularga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri FHDY boʻlimiga murojaat qilishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. FHDY boʻlimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasidan oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda tibbiyot muassasasiga hamda Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga oʻlim haqidagi maʼlumotnomani gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiyot muassasasi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada, shu jumladan qabristonga taqdim etish uchun chop etib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pensiya jamgʻarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining elektron maʼlumotiga asosan axborot tizimida dafn etish uchun toʻlangan nafaqalar roʻyxatini shakllantiradi va hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tijorat bankining hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, moliyalashtirishning soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni boʻlmagan) kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda keyingi ish kuni muddatning soʻnggi kuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchilar FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini koʻrsatgan holda, oʻlim holati qayd qilingandan boshlab 60 kun muddat ichida dafn etish uchun nafaqa pulini olish maqsadida tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tijorat banki dafn etish uchun nafaqa toʻlovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma asosida Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dafn etish uchun nafaqa FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma berilgan jismoniy shaxslarga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dafn etish uchun nafaqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma orqali toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dafn etish uchun nafaqa pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining toʻrt baravari miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dafn etish uchun nafaqa toʻlovi miqdori oʻlim sodir boʻlgan kundagi, asosli sabablarga koʻra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum oʻlim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dafn etish nafaqasini olish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqi boʻlmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, nafaqani olish uchun fuqaroning oʻlimi qayd qilingandan boshlab 60 kundan keyin murojaat qilsa dafn etish uchun nafaqa toʻlash rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazoratni (monitoring) amalga oshiradilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlimni qayd etish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

Oʻlim holati belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng, vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritish va avtomatik ravishda oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun FHDY boʻlimiga “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuborish.

Oʻlim holati belgilangan tartibda (pa�ologoanatomik, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa) tasdiqlangandan soʻng bir soat ichida

2-bosqich

FHDY boʻlimi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va bu haqdagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasi va Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda yuborish.

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda

2. Vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib berish yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuborish.

Ariza beruvchilar, vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki merosxoʻrlari tomonidan murojaat qilinganda

3-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

QR-kod tasviri tushirilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada chop etib berish.

Maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng darhol

4-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatish.

Avtomatik ravishda

Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasi

2. Har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Tijorat bankining hisobvaragʻiga moliyalashtirish.

Har oyning 5 sanasiga qadar

5-bosqich

Tijorat banki

Dafn etish uchun nafaqa toʻlovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod tushirilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma asosida Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlash hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshi�ish.

Murojaat qilgan vaqtda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

_______________________

(sana)

_____________________

(raqam)

Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarid�n

foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):

3. Telefon raqami va elektron pochta manzili:

4. Yashash joyi:

II. Vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlar

(maʼlumotlar toʻliq yozilishi shart):

1. Vafot etgan shaxsning F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):

3. Millati:

4. Fuqaroligi:

5. Jinsi:

6. Vafot etgan vaqti:

7. Vafot etgan joyi:

8. Oʻlimning sababi:

9. Tugʻilgan sanasi va joyi:

10. Yashagan joyi (manzili) va shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar:

11. Yoshi:

III. Dafn etish uchun nafaqa olish

1. Dafn etish uchun nafaqa olish:

ha

yoʻq

2. Gerbli guvohnomani pochta aloqasi orqali yetkazib berish:

ha

yoʻq

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA
№ _______
_____

1. Fuqaroning F.I.O.

2. Vafot etgan sanasi:

3. Oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sana:

4. Dalolatnoma raqami:

5. Oʻlim sababi:

6. Qayd qilgan FHDY boʻlimi:

7. Tugʻilgan vaqti va yoshi:

8. Vafot etgan joyi:

9. Maʼlumotnoma berilgan sana:

10. Vafot etg�n shaxsning JShShIR:

11. Tibbiyot muassasasi:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)” 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 766-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni) 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 105-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 23-maydagi 327-son qarori 1-bandi uchinchi xatboshisi, 5-bandi, shuningdek unga 2 va 5-ilovalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori) 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)