17.02.2022 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.02.2022 yildagi 76-son
Date of entry into force
18.02.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni belgilangan tartibda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan tahlil qilish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, mazkur obyektlarda xavfsizlikni doimiy ravishda nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, radiatsiyaviy manbalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning saqlanishi, jisman himoya qilinishi talablariga rioya etilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar rahbarlari ushbu obyektlarning xavfsizlik holatiga oid axborotni belgilangan muddatlarda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etilishiga masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 17-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 76-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborot taqdim etishining tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasi — atom yadrolarida mavjud boʻlgan va yadroviy reaksiyalar hamda radioaktiv parchalanish chogida ajralib chiqadigan energiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlari — yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari, yadroviy materiallar, radiatsiyaviy manbalar, radioaktiv moddalar, yadroviy yoqilgʻi, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlari, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi, radioaktiv chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar (keyingi oʻrinlarda — norma va qoidalar) — atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot taqdim etish — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holati, norma va qoidalardan chetga chiqish va rejadan tashqari toʻxtash toʻgʻrisida axborot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv zonasi — yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti ushbu zonada yashovchi aholiga radiatsiyaviy taʼsir koʻrsatishi ehtimoli mavjud boʻlgan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar — foydalanish uchun moʻljallanmagan, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng koʻp miqdordan oshadigan faollik darajasiga ega radionuklidlarni oʻz ichiga olgan har qanday agregat holatidagi materiallar va moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash uchun moʻljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-muhofaza zonasi — alohida foydalanish rejimiga ega maxsus hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda ularni ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar — tarkibida boʻlinadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar boʻlgan yoki ularni hosil qilishga qodir boʻlgan materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari boʻlgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilgʻidan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun moʻljallangan qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar) elektron shaklda mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid yillik axborot (keyingi oʻrinlarda — axborot) hisobot yilidan keyingi oyning 10 sanasigacha boʻlgan muddatda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalaridagi radiatsiyaviy xavfsizlik holati hamda atrof muhitga taʼsiri boʻyicha axborot har chorakdan keyingi oyning 10 sanasigacha boʻlgan muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdan hisobot oyidan boshqa davrda ham qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining ishga tushirish, ekspluatatsiya qilish xamda foydalanishdan chiqarish bosqichlarida ularning xavfsizlik holatiga oid axborot va hujjatlarni soʻrash hamda olish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat sirlariga kiritilgan axborot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Axborot uchinchi shaxslarga ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishilgandan soʻng beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan axborotni baholash va uning norma va qoidalarga muvofiqligi tahlili qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan axborot taqdim etilgandan soʻng quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni toʻplash va yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni tahlil qilish va baholash (zarur hollarda mazkur maqsadlarda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xorijiy ixtisoslashtirilgan institutlar va kompaniyalar, shuningdek, xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik tizimi samaradorligini, uning pasayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar aniqlangan taqdirda, yozma koʻrsatma berish, shuningdek, yozma koʻrsatma ijrosi va kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot taqdim etilgandan soʻng 30 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan axborot toʻliqligini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qaror qabul qilish, kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan axborotda kamchiliklar, nomuvofiqliklar, xatolar hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ish faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga axborot ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikga tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etiladigan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Maʼlumot

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar

I. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligi holatiga oid umumiy axborot

1.

a) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar:

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning toʻliq va qisqartirilgan nomi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning idoraviy mansubligi;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning pochta manzili, telefon/faks raqami, elektron pochta manzili;

ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning axborot taqdim etilishi uchun masʼul mansabdor shaxslari toʻgʻrisida maʼlumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefon/faks, elektron pochta manzili);

b) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari toʻgʻrisida maʼlumotlar:

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini qabul qilib olish, ishga tushirish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini qabul qilib olish, ishga tushirish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida ekspluatatsiya va xavfsizlik bilan bogʻliq bajarilgan ishlar boʻyicha axborot taqdim etish;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining ishga tushirilgan sanasi, nomi, maqsadi, turi;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining belgilangan ishlash muddati;

xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan berilgan litsenziya talablari va shartlari bajarilayotganligi holati;

sanoat xavfsizligi (koʻtarish mexanizmlari, quvur oʻtkazgichlar, bosim ostida ishlovchi idishlarning holati);

radiatsiyaviy va yadroviy avariyalar ehtimoli va ularning koʻlami;

radiatsiyaviy va yadroviy avariyalarni, ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatini baholash va uning norma va qoidalarga muvofiqlik tahlili natijalari asosida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar xavfsizlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi toʻgʻrisida maʼlumot;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining tekshiruvlari koʻrsatilgan holda, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari xavfsizligi uchun muhim boʻlgan elementlar va tizimlari tarkibida sodir boʻlgan oʻzgarishlar;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining ekspluatatsiya rejimi koʻrsatkichlari (asosiy tavsiflari);

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining texnik jihatdan taʼminlanganligi (xavfsizlik uchun muhim boʻlgan jismoniy toʻsiqlar, tizimlar va elementlar holati, elektr taʼminoti va boshqalar);

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash vaqtida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

yongʻin xavfsizligining taʼminlanishi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

atrof muhitning radioaktiv (radionuklid) va boshqa zararli moddalar bilan ifloslanish holati;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi,

radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tadbirlarining taʼminlanishi hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiyena normalarining bajarilishi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

v) xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning yozma koʻrsatmalari bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar ijrosi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

xavfsizlikni taʼminlashning hal etilmagan masalalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni amalga oshirish uchun yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida elektron shaklda xabardor etish;

g) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar:

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari xavfsizligi uchun muhim boʻlgan asbob-uskunalar va tizimlarni tekshirish (rejali va rejadan tashqari tekshirish) va taʼmirlash (rejali va rejadan tashqari taʼmirlash) yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

xodimlar va aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi normalar, qoidalar va gigiyenik meʼyorlarga rioya qilinishi, shuningdek, xavfsizlikni oshirish (takomillashtirish);

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi

d) yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti xavfsizligi uchun muhim boʻlgan asbob-uskuna va tizimlarni modernizatsiya qilish boʻyicha;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

e) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari xodimlari va xizmat safaridagi shaxslarning jamoaviy va individual effektiv (ekvivalent) nurlanish dozasi va ularning nazorat darajalariga muvofiqligi toʻgʻrisida;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

j) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, bilimlarini sinov (attestatsiya)dan oʻtkazish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organning attestatsiya guvohnomasi mavjudligi toʻgʻrisida;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

z) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida avariya sodir boʻlgan holatda ichki harakat qilish rejasi mavjudligi va xodimlarning avariya yuz bergan sharoitlarda harakat qilishga tayyorligi va oʻtkazilgan avariya-mashq mashgʻulotlari natijalari, avariya yuz bergan taqdirda xodimlarni himoya qilish boʻyicha va favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun tadbirlar rejasi, kuch va texnik vositalarning (tizimlar, asbob-uskunalar) mavjudligi va shayligi toʻgʻrisida;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

i) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ishga tushirish, ekspluatatsiya qilish va foydalanishdan chiqarish uchun yoʻriqnoma, qoʻllanma va texnologik reglamentlarning mavjudligi toʻgʻrisida;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

k) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq jisman himoya qilinishini taʼminlash tizimining mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim qilinadi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

II. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ishga tushirish bosqichida ularning xavfsizlik holatiga oid axborot

2.

a) ishga tushirish vaqtida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining tayyorligini tekshirishda qayd etilgan kamchiliklarning qisqacha tavsifi (kamchiliklar qayd qilingan taqdirda);

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

b) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ishga tushirish tayyorligini tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar (kamchiliklar qayd qilingan taqdirda);

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

v) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining eksperimental oʻlchangan tavsiflarining loyihada berilgan koʻrsatkichlariga muvofiqligini qisqacha tahlil qilish, loyiha va (yoki) ekspluatatsiya hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, muhim boʻlgan elementlarni (tizimlarni) xavfsizlik darajasini oshirish (takomillashtirish);

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

g) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ishga tushirish (loyiha asosida) sanasi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim qilinadi.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

III. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ekspluatatsiya qilish bosqichida ularning xavfsizlik holatiga oid axborot

3.

a) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining ekspluatatsiya qilish bosqichida bajarilgan tajriba ishlarining qisqacha tavsifi, ishga tushirish sanasi va vaqti, xavfsizlik uchun muhim boʻlgan texnologik tizimlarning asosiy koʻrsatkichlari, ishlash sabablari va davomiyligi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

b) xavfsizlik tizimlarining ishga tushganligi, shu jumladan, xavfsizlik tizimlari avtomatik tarzda va masofadan turib ishga tushirilgan favqulodda vaziyatlar soni, shuningdek, zaxira va favqulodda elektr taʼminoti manbalarining ishga tushish soni;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

v) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining normal ekspluatatsiya qilish bosqichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha amalga oshiriladigan texnik chora-tadbirlar;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

g) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari xavfsizligi uchun muhim boʻlgan elementlar (tizimlar)ning, shuningdek jisman himoya tizimlarining texnik holati boʻyicha:

oʻlchov vositalari, maxsus yuk kranlari va yuk koʻtarish mexanizmlarining texnik holati, resurs koʻrsatkichlari;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

metall va payvand choklari holatini tekshirish natijalari;

asbob-uskunalarning eskirgan, xizmat muddati oʻtgan qismlarini almashtirish;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

d) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini ekspluatatsiya qilish bosqichida sifatni taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlarni bajaradigan va (yoki) xizmat koʻrsatadigan uchinchi tomon tashkilotlar faoliyatining sifatini taʼminlash boʻyicha nazorat tizimi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

e) amalga oshirilgan yadroviy-xavfli ishlar va ushbu ishlarning bajarilishi;

j) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining maxsus ventilyatsiya tizimida havoni tozalash filtrlarining mavjudligi va ishga yaroqliligini tekshirish natijalari;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi

z) mavjud ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi va radioaktiv chiqindilarni saqlash punktlari boʻyicha:

ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va radioaktiv chiqindilarni boshqarish boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati, shu jumladan, sanitariya-epidemiologik xulosalar va ishlatilayotgan asbob-uskunalar uchun sertifikatlar mavjudligi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi saqlagichlar soni (miqdori), shu jumladan, ularning loyihada koʻrsatilgan saqlash miqdori va ayni vaqtdagi haqiqiy toʻldirilishi;

favqulodda holatlarda yadroviy yoqilgʻi saqlagichlarda boʻsh joylarning mavjudligi;

vaqtinchalik radioaktiv chiqindilar saqlagichlari soni (miqdori), shu jumladan ularning loyihada koʻrsatilgan hajmi va ayni vaqtdagi haqiqiy toʻldirilishi;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

k) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan oʻrnatilgan nazorat koʻrsatkichlari bilan belgilangan atmosferaga chiqarilayotgan radionuklidlar xamda sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalaridagi radiatsiyaviy xavfsizlik holati;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi

l) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining faoliyati davrida hosil boʻlgan suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar boʻyicha:

radioaktiv chiqindilarni vaqtincha saqlash, qayta ishlash va maxsus saqlash punktlariga joʻnatish;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

hosil boʻlgan va qayta ishlangan suyuq radioaktiv chiqindilar miqdori (hajmga nisbatan umumiy aktivligi), shuningdek, belgilangan tartib asosida maxsus kanalizatsiyaga tashlangan suyuq radioaktiv chiqindilarning umumiy aktivligi;

hosil boʻlgan va qayta ishlangan (zararsizlantirilgan yoki koʻmilgan/uzoq muddat saqlanadigan) qattiq radioaktiv chiqindilarning miqdori va umumiy aktivligi;

m) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida yadroviy yoqilgʻini va radioaktiv chiqindilarni tashish uchun foydalaniladigan transport boʻyicha:

sanitariya-epidemiologik xulosalarning raqamlari va ularning amal qilish muddatlari koʻrsatilgan holda yadroviy yoqilgʻini va radioaktiv chiqindilarni tashish uchun foydalaniladigan transport vositalari roʻyxati;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

yadroviy yoqilgʻini va radioaktiv chiqindilarni tashishda foydalaniladigan maxsus konteynerlar uchun ruxsatnomalar;

n) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlaridagi yopiq radiatsiyaviy manbalar soni va ularning umumiy aktivligi, shuningdek, muddati oʻtgan radiatsiaviy manbalar soni;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

o) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holati, ularning xavfsizlikka oid meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim qilinadi.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

IV. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida ularning xavfsizlik holatiga oid axborot

4.

a) foydalanishdan chiqarish bosqichida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan loyiha, dasturlar roʻyxati;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya

b) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida bajarilgan ishlar miqdori toʻgʻrisida maʼlumotlar;

qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

v) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida ishlarni bajaruvchi yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar roʻyxati;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

g) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida ishlarni bajaruvchi xodimlarni tayyorlash va sinov (attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumotlar;

d) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida xodimlarning nurlanishi va atrof muhit ifloslanish darajalarini radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan nurlanish dozalari va ifloslanish darajalari qiymatlaridan oshirmaslikka qaratilgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar roʻyxati;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi

e) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida radioaktiv moddalar va chiqindilarni hisobga olish va nazorati boʻyicha maʼlumotlar;

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

j) radioaktiv asbob-uskunalarni saqlash va qayta ishlatiladigan materiallar va xom ashyoni yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlaridan tashqariga olib chiqish va saqlash boʻyicha maʼlumotlar;

z) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida ehtimoliy avariyalar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

oqibatlarini bartaraf etish va ularning tarqalishini oldini olishga qaratilgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi

i) yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarish bosqichida dastur asosida bajarilgan ishlar va obyektlarning holati boʻyicha maʼlumotlar taqdim qilinadi.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilovada quyidagi tushunchalar qoʻllanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi — yadroviy reaktorning faol zonasidan butunlay chiqarib tashlangan va texnik xususiyatlariga koʻra yadroviy qurilmada foydalanish uchun moʻljallanmagan yadroviy material;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlarning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan koʻproq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbaini boshqarishning izdan chiqishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy manbalar — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud boʻlgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy avariya — reaktor faol zonasida yadroviy zanjir reaksiyasini boshqarish va nazorat qilishning buzilishi, yadroviy yoqilgʻini qayta yuklash, tashish va saqlash vaqtida kritik massani hosil boʻlishi, yadroviy yoqilgʻida issiqlik almashinuvining buzilishi oqibatida, issiqlik ajratuvchi elementlarning shikastlanishi, ulardan xavfsiz foydalanish chegaralari va shartlarining buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy yoqilgʻi — nazorat qilinadigan yadroviy boʻlinish reaksiyasini amalga oshirish hisobiga yadroviy qurilmada issiqlik energiyasi va (yoki) nurlanish oqimlarini olish uchun moʻljallangan yadroviy material;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy xavfli ishlar — xavfsizlik uchun muhim boʻlgan tizimlar va (yoki) elementlarni tekshirish, ishga tushirish va taʼmirlash.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini ishga tushirish, ekspluatatsiya qilish va ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichlarida: xavfsizlik holatiga oid axborotni;

radiatsiyaviy xavfsizlik holati va atrof muhitga taʼsiri boʻyicha zarur boʻlgan axborotni elektron shaklda taqdim etadi.

Hisobot yilidan keyingi oyning 10 sanasigacha.

Har chorakdan keyingi oyning 10 sanasigacha.

2-bosqich

Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan axborotning toʻliqligi va ishonchliligini koʻrib chiqadi.

Axborotni qabul qilgandan soʻng 30 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda.

3-bosqich

Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar

1. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida xavfsizlik talablarining taʼminlanish monitoringini olib boradi, shu jumladan, ushbu obyektlar boʻyicha xavfsizlik toʻgʻrisida tizimli axborotni toʻplaydi, maʼlumotlar bazasini yaratadi, tahlil qilib boradi.

1. Har chorakdan keyingi oyning 10 sanasigacha.

2. Kamchiliklar aniqlanganda, yozma koʻrsatma beradi.

2. 1 ish kunida.

3. Yozma koʻrsatma ijrosi va kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat qiladi.

3. Yozma koʻrsatmada belgilangan muddatlarda.

4-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar bartaraf qilingani toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi.

Kamchiliklar bartaraf qilingandan soʻng 3 ish kunida.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/76/0145-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)