08.02.2022 yildagi PQ-122-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.02.2022 yildagi PQ-122-son
Date of entry into force
09.02.2022
Hujjat 09.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga, shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda ushbu sohada xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, jinoyat sodir etishda zamonaviy texnologiyalar va usullarni qoʻllash butun dunyoda tobora ommalashib borayotganligini inobatga olib, shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish uchun aybliligini sudda ilmiy-texnik jihatdan asoslangan ishonchli dalillar bilan isbotlash jarayonlarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida dalillarni toʻplashda zamonaviy fan va texnikaning ilgʻor yutuqlarini, xususan kriminalistik ilmiy usul va vositalarni qoʻllash amaliyotini yangi bosqichga olib chiqish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sodir etilgan huquqbuzarliklarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻz vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda fosh etish, ashyoviy dalillarning kriminalistik tadqiqotlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining bu boradagi imkoniyatlarini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy fan va texnikaning ilgʻor yutuqlarini, raqamli texnologiyalarni, kriminalistikaning yangi ilmiy usul va vositalarini qoʻllash mexanizmlarini joriy etish, zamon talablariga mos avtomatlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimlari va axborot bazalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklar boʻyicha raqamli ekspertizaning imkoniyatlaridan keng foydalanish, bu borada kriminalistik hisoblarni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsga doir biometrik maʼlumotlar (genomga oid axborot, yuz qiyofasi, qoʻl barmoq izlari) asosida avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlarini qoʻllash sohasini muvofiqlashtirish mexanizmlarini tatbiq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida ashyoviy dalillar tadqiqotining yangi turlari, innovatsion kriminalistik yondashuv, usul hamda texnik vositalarini keng joriy etish, bu borada laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlar talabiga moslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillarni isbot qilishda ularning ishonchliligini oshirish boʻyicha doimiy ravishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish hamda sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika sohasida kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha butunlay yangicha samarali oʻquv-amaliyot jarayonini tashkil etish, ekspert-kriminalist xodimlarning mavqeyini koʻtarish hamda sud-ekspertlik faoliyatidagi xolisligi va mustaqilligini har tomonlama taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi tuzilmasida ichki ishlar organlarining cheklangan shtat birliklari doirasida Genetik tadqiqotlar va Shaxsning genom axborotini davlat roʻyxatiga olish boʻlimlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi taʼsischiligida oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq, uloqtiruvchi va boshqa qurollar, ularning oʻq-dorilarini, maxsus vositalarni, oʻq oʻtkazmaydigan maxsus himoya vositalarini, elektroshok qurilmalari, pirotexnika buyumlari va portlovchi materiallarni sertifikatlashni amalga oshiruvchi davlat muassasasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — ekspert-kriminalistika boʻlinmalari) ekspert-kriminalistika sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida ekspertlik, biometrik identifikatsiya, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini hamda sohaga oid boshqa pullik xizmatlarni koʻrsatish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus ilmiy-texnik va intellektual salohiyatga ega shaxslarni mutaxassis yoki texnik ishchi sifatida ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga shartnoma asosida jalb etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish hamda zamonaviy fan va texnikaning ilgʻor yutuqlarini mamlakatimizda qoʻllash amaliyotini joriy etish maqsadida ekspert-kriminalistika boʻlinmalari tomonidan ekspertiza va tadqiqotlarning quyidagi yangi turlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2022-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
video va fototexnika ekspertizasi, shu jumladan videoyozuvlarda qayd qilingan transport vositasining harakatlanish tezligini aniqlash ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼsirli qurollar ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazli qurollar ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz-havo aralashmasi va fizik portlashlar ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlari portlashi ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam DNKsi biologik ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus texnika va transport vositalarini baholash ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2023-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli maʼlumotlar bazasi ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻida bulutli servislar ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonoskopiya ekspertizasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi (Ya. Abdulxakov, A. Ikramov) ekspert-kriminalistika boʻlinmalari faoliyatiga kiritilayotgan ekspertiza va tadqiqotlarning yangi turlari boʻyicha metodikalarni ishlab chiqish hamda mazkur yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarni oʻqitishni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarini 2022-yilda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova eʼlon qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi (Ya. Abdulxakov, N. Turaxodjayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda 2022 — 2025-yillarga moʻljallangan ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatida ashyoviy dalillar boʻyicha isbotlov bazasini mustahkamlash va raqamli axborot-qidiruv tizimlarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-yanvarga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunga muvofiq shaxs, buyum va hodisalar toʻgʻrisida olingan axborotlar boʻyicha avtomatlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimini yaratish va joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil yakuniga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda sud-tergov faoliyatida ashyoviy dalil sifatida olingan sintetik turdagi giyohvandlik, shuningdek, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining kimyoviy tarkibi boʻyicha markazlashgan axborot-qidiruv tizimini yaratish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-dekabr kuniga qadar ekspert-kriminalistika boʻlinmalaridagi ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasiga belgilangan tartibda tegishli sud ekspertizalari (daktiloskopik, trasologik, ballistik, sovuq qurollar, portret, xatshunoslik va boshqalar) va tadqiqotlarni oʻtkazish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish maqsadida ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari faoliyatini baholash va ragʻbatlantirish tizimi “motivatsiya-sharoit-ragʻbat-natija” tamoyili asosida, mustaqil ekspertiza oʻtkazish huquqini beruvchi guvohnomalar soni, oʻtkazilgan ekspertizaning murakkabligi va jinoyatlarni fosh etishdagi hissasini qamrab oluvchi mezonlarga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, R. Xatamov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida zamonaviy ekspert-kriminalistika jihozlari va texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya kompleksini tashkil etish choralarini koʻrsin va oʻquv jarayonida undan keng foydalanilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim tizimida “raqamli kriminalistika asoslari” fani oʻqitilishini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, ekspert-kriminalistika boʻlinmalari tomonidan pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hamda fuqaroviy va xizmat qurollarini Davlat oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyishdan tushadigan yigʻimlar ichki ishlar organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillar tadqiqotining zamonaviy usullari boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, texnologik rivojlantirish, shu jumladan, laboratoriya jihozlari, sarflash materiallari va maxsus kriminalistik texnik vositalar xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsga doir biometrik maʼlumotlar boʻyicha avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlarining namunaviy va tajribaviy loyihalarini sinovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika faoliyatini xalqaro standart talablari asosida sertifikatlash va tadqiqot laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish va maxsus kriminalistik laboratoriyalar ishini samarali tashkil etish maqsadida malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining xodimlarini xorijiy yetakchi turdosh idora, markaz va oliy taʼlim muassasalarida zamonaviy kriminalistik ekspertiza turlari boʻyicha oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining xodimlari, ishchi va xizmatchilarini, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarini amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashgan fuqarolar va boshqa tashkilotlarning ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlarining kreditlarini soʻndirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bilan birgalikda uch oy muddatda jinoyatlar sodir etilishining yangi uslublari hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda sud-tibbiy ekspertizalarni oʻtkazish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, ekspert-kriminalistika boʻlinmalarini zamonaviy texnika, axborot-kommunikatsiya tizimlari va maxsus vositalar bilan taʼminlash meʼyorini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va uning oʻrinbosarlari Ya. Abdulxakov, A. Ikramov, N. Turaxodjayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 8-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-122-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-122-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi (keyingi oʻrinlarda — Bosh markaz) ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli davlat organlari faoliyatini texnik-kriminalistik taʼminlashni tashkil etadigan va amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV) markaziy apparatining bosh boshqarma maqomiga ega mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bosh markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi, “Qurol toʻgʻrisida”gi, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, IIVning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — kriminalistika boʻlinmalari) tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti va uning tarmoq tuzilmalarining ekspert-kriminalistika boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining ekspert-kriminalistika markazlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining ekspert-kriminalistika boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bosh markaz Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining toʻliq nomi davlat tilida yozilgan muhr va blank, shuningdek, shtampga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan taʼsis etiladigan oʻzining ramziga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bosh markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Bosh markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud-ekspertiza muassasasi sifatida ekspertiza va tadqiqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini texnik-kriminalistik jihatdan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-maʼlumotlar va kriminalistik hisoblar, kartotekalar va kolleksiyalarni tashkil etish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini, ularning amaliy aprobatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish, ekspert tadqiqotlarini oʻtkazishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bosh markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat sud-ekspertiza muassasasi sifatida quyidagi ekspertiza va tadqiqotlarni oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daktiloskopiya ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trasologiya ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatshunoslik ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning texnik ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ballistika ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sovuq qurol ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portret ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik-kimyoviy ekspertiza, shu jumladan oʻsimlik va sintetik giyohvandlik vositalari va moddalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, maxsus kimyoviy moddalar, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlari ekspertizalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi mexanizmi ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining texnik holati ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport trasologiyasi ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus texnika va transport vositalarini baholash ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metall va nometall yuzalarda oʻchirilgan markirovka belgilarini aniqlash ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
video va fototexnika ekspertizasi, shu jumladan videoyozuvlarda qayd qilingan transport vositasining harakatlanish tezligini aniqlash ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-texnik ekspertiza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalterlik ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam DNKsi biologik ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼsirli qurollar ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazli qurollar ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonoskopiya ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoregistrator (videokuzatuv va qayd etish) qurilmalari ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlash texnik ekspertizasi, shu jumladan portlovchi moddalar ekspertizasi, portlatish jihozlari ekspertizasi, portlatish qurilmalari ekspertizasi, pirotexnika buyumlari ekspertizasi, gaz-havo aralashmasi va fizik portlashlar ekspertizasi, transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlari portlashi ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-kompyuter-texnik ekspertizasi, shu jumladan kompyuter-texnik ekspertizasi, mobil qurilmalar ekspertizasi, Internet tarmogʻida bulutli servislar ekspertizasi, raqamli maʼlumotlar bazasi ekspertizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mutaxassislar, zarur texnik vositalar boʻlganda boshqa turdagi ekspertizalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini texnik-kriminalistik jihatdan taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tadqiqotlari, shuningdek, ekspertlarning tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ishtirok etish samaradorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlarining surishtiruv, tergov va tezkor boʻlinmalari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor-qidiruv va tergov amaliyotining muayyan ashyoviy dalillarning ekspert tadqiqotlari boʻyicha ehtiyojlarini oʻrganish va zaruratga koʻra, yangi turdagi ekspertizalar oʻtkazishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organlari uchun qoʻshimcha, qayta, komissiyaviy va kompleks ekspertizalarni oʻtkazishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kriminalistika boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash va muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va unga uslubiy rahbarlik qilish, ishlarini rejalashtirishni tashkil etish, faoliyati yuzasidan oʻrganish, inspektorlik tekshiruvlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalariga ekspert tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari ekspertlarining xulosalarini taqrizdan oʻtkazish, ekspert tadqiqotlarini oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan xatolar yuzasidan sharhlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika faoliyati yuzasidan uslubiy va boshqa qoʻllanmalar, materiallarni ishlab chiqish hamda kriminalistika boʻlinmalariga tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari faoliyati samaradorligini tahlil va monitoring qilish, shuningdek, ekspert tadqiqotlarini oʻtkazish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etish, oʻtkazish va ularda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert amaliyotiga fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari ekspertlarini faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha, shuningdek, ichki ishlar organlarining boshqa manfaatdor boʻlinmalari xodimlarini oʻqitishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining bilimi, kasbiy tayyorgarligi, amaliy tajribasi darajasini va ekspertizalarni mustaqil ravishda bajarish salohiyatini baholash, shuningdek, sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida IIV Ekspert-malaka komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasining, shuningdek, huquqiy bilimlari va tayyorgarligining yuqori darajasini taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa vakolatli organlar davlat sud ekspertlarini Bosh markaz negizida ekspert-kriminalistika faoliyati boʻyicha tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV Akademiyasi tomonidan “ekspert-kriminalistika faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlarining amaliyotga mosligini kelishish, kursantlarning samarali amaliyot oʻtashini tashkil etish, ularning bilim va koʻnikmalarini davriy monitoring va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalariga kasbiy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik hamda maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan kadrlarni tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonun buzilishi holatlarining oldini olish borasidagi ishlarni amalga oshirish, ularga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish, tekshiruv natijalari boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) axborot-maʼlumotlar va kriminalistik hisoblar, kartotekalar va kolleksiyalarni tashkil etish va yuritish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy tajovuz obyektlari yoki hodisa joyini koʻzdan kechirish jarayonida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa portret maʼlumotlarini tashuvchi vositalardagi tasvirlar, fotorobotlar, subyektiv portretlar, qoʻldagi barmoq va kaft izlari boʻyicha huquqbuzarlarni identifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanib olinmagan murdalarning fotosurati, shuningdek, tanib olinmagan murdalarning, ruhiy kasallikka chalingan va boshqa sabablarga koʻra oʻzi haqida aniq maʼlumotlar bera olmaydigan tirik shaxslarning daktokartalari boʻyicha shaxsini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining surishtiruv, tergov va tezkor boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning boshqa davlat organlari, ilmiy muassasalari va tashkilotlari, oʻquv yurtlari bilan hamkorlik asosida shaxsni identifikatsiyalash tizimini takomillashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallar, qoʻlbola usulda tayyorlangan portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, shu jumladan qoʻlbola usulda yasalgan portlatish qurilmalari, portlatgichlar (qoʻzgʻatish vositalari), qoʻlbola portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini tayyorlashda ishlatiladigan moddalar, materiallar va buyumlarning hisobini, avtomatlashtirilgan daktiloskopik hisobini, shuningdek, tezkor vaziyatning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda boshqa turdagi hisoblarni shakllantirish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs portreti boʻyicha identifikatsiyalashning avtomatlashtirilgan kartotekasini, avtomatlashtirilgan multibiometrik maʼlumotlar kartotekasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qalbaki pullar, shu jumladan chet el valyutalari kartotekasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik va sintetik giyohvandlik vositalari va moddalari, psixotrop va kuchli ruhiy taʼsir qiluvchi moddalar kolleksiyasi, qalbaki hujjatlar va qimmatli qogʻozlar kartotekasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari va ularning tarkibiy komponentlari boʻyicha axborot-maʼlumot kartotekasini, portlovchi materiallardan foydalangan holda sodir etilgan terrorchilik harakatlari kartotekasini, portlovchi qurilmalarni tayyorlash uslublari va maxsus maʼlumotlar kartotekasini, shuningdek, tezkor vaziyatning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa turdagi kartotekalarni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hodisa sodir boʻlgan joydan olingan, shuningdek, fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolidan nazorat tartibida otilgan, qurol izlari tushgan oʻqlar, gilza va patronlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq, uloqtiruvchi va boshqa xildagi qurollar, ularning oʻq-dorilari, shuningdek, elektroshok qurilmalari kolleksiyasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarida, shuningdek, texnik vosita hamda butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov davrida ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda olingan raqamli axborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter texnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh xotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasini shakllantirish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning genom axboroti boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisoblar, kartotekalar va kolleksiyalarni yuritish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalariga kriminalistik hisoblar, kartotekalar va kolleksiyalarni shakllantirish hamda yuritish masalalari boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini, ularning amaliy aprobatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish, ekspert tadqiqotlarini oʻtkazishni taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarida ishtirok etish va bevosita bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tadqiqotlarining yangi uslublarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlatish qurilmalarini qoʻllagan holda sodir etilgan terrorchilik harakatlarining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish, ularning oldini olish va chek qoʻyish borasida takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert amaliyoti tahlili asosida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini ilmiy-texnik vositalar va uslublar bilan texnik-kriminalistik jihatdan taʼminlashni takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan terrorchilik harakatlarida qoʻllanilgan portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari va portlatish usullari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bosh markazning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bosh markaz oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV boʻlinmalaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, axborot-tahlillar va hisobot maʼlumotlarni tayyorlash uchun oʻzaro hamkorlik asosida zarur boʻlgan hujjatlar, maʼlumot va boshqa materiallarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalarining hujjatlari va materiallari bilan tanishish, ularning ijrosi yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda, IIV hayʼatida va tezkor yigʻilishlarda koʻrib chiqilishi uchun axborot-tahlil materiallari va boshqa hujjatlarni tayyorlashda IIVning tegishli sohaviy xizmatlarini belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika faoliyatidagi maxsus bilimlar va texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda davlat muassasasini taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida shartnoma asosida ekspertiza, biometrik identifikatsiya, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini hamda sohaga oid boshqa pullik xizmatlarni koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrlariga muvofiq kriminalistika boʻlinmalari ishlarining yakunlarini umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ichki ishlar organlarining maʼlumotlar bazalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va milliy grant dasturlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining boshqa xizmat yoʻnalishlari boʻyicha hujjatlarning Bosh markaz vakolatiga kiruvchi masalalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz faoliyatiga oid masalalar boʻyicha xizmat tekshiruvlari materiallari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar, sharh va topshiriqlar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari rahbarlarining sohaviy yoʻnalishlar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalarida qonuniylikka va xizmat intizomiga rioya etilishi holatini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz vakolatiga oid masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy institutlar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert tadqiqotlarini oʻtkazish va tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergov harakatlarini texnik-kriminalistik jihatdan taʼminlash masalalari borasida respublika va xorijiy davlatlarning ekspertiza muassasalari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari faoliyatiga IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan fuqarolarni mutaxassis sifatida shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kriminalistika boʻlinmalariga tegishli vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisobvaraqlariga joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruratga koʻra, hodisa sodir boʻlgan joyda kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika faoliyatida qonuniylikka qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari faoliyati haqida maʼlumot tayyorlash va IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bosh markaz unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bosh markaz faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bosh markazga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bosh markaz boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi va Bosh markazga yuklangan vazifalar, funksiyalar hamda majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional majburiyatlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markazning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining vakolati doirasida ichki ishlar organlarida ekspert-kriminalistika faoliyatini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar va topshiriqlar chiqaradi hamda IIV rahbariyatiga ichki ishlar organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar loyihasini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirishda ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalarining xizmat faoliyati natijalarini, ularning ishini tekshirish materiallarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, boshqa lavozimga oʻtkazish, kasbiy tayyorgarligi, xizmat intizomiga rioya etilishini tashkillashtiradi, kriminalistika boʻlinmalari xodimlarini oʻrnatilgan tartibda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV rahbariyatiga belgilangan tartibda Bosh markaz xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni ragʻbatlantirish, shu jumladan taqdirlash, ularga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllash haqida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz faoliyatiga doir hujjatlarni tasdiqlaydi, mablagʻlarni tasarruf etadi, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kriminalistika boʻlinmalariga tegishli mablagʻlarining kriminalistika boʻlinmalari ehtiyoji uchun sarflanishini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV rahbariyatiga faoliyat natijalaridan kelib chiqib, kriminalistika boʻlinmalarining xodimlari, ishchi va xizmatchilarga lavozim maoshining 100 foizi, genetik tadqiqotlar oʻtkazish va shaxsning genom maʼlumotlari boʻyicha davlat roʻyxatiga olish bilan shugʻullanadigan alohida mutaxassislikka ega shaxsiy tarkibiga — 200 foizi miqdorigacha ichki ishlar organlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kriminalistika boʻlinmalariga tegishli mablagʻlari hisobidan har oylik ustama haq belgilash haqida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markaz xodimlarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Bosh markaz xodimlariga taʼtillar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Bosh markazda safarbarlik tayyorgarligi va fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini taʼminlaydi va tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh markazda maxfiylik tartibotiga rioya etilishini tashkil etishga, shu jumladan maʼlumotlarning texnik xavfsizligi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishiga javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalari faoliyatini bevosita yoki oʻzining oʻrinbosarlari orqali nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining xatti-harakatlari qonuniyligini, shuningdek, xodimlar tomonidan har bir aniqlangan qonuniylik va xizmat intizomi buzilishi holatlarining belgilangan tartibda tekshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminalistika boʻlinmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIV Ekspert-malaka komissiyasiga raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bosh markaz boshligʻi boʻlmaganda, uning vakolatlari birinchi oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kriminalistika boʻlinmalarida kadrlar bilan ishlash qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bosh markazning ofitser tarkibidagi xodimlari Bosh markaz boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kriminalistika boʻlinmalarining ofitser tarkibidagi barcha rahbar va xodimlari belgilangan tartibda ichki ishlar organlari vakolatli rahbarlari tomonidan Bosh markaz bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kriminalistika boʻlinmalari shtat tuzilishiga kiritiladigan oʻzgartirishlar Bosh markaz boshligʻi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kriminalistika boʻlinmalari, qoida tariqasida, IIV Akademiyasining “ekspert-kriminalistika faoliyati” mutaxassisligini tamomlagan yoki xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim muassasalariga xalqaro shartnoma asosida kriminalistika yoʻnalishida taʼlim olish uchun yuborilgan bitiruvchilari orasidan jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan xodimlar sirasiga kirmagan nomzodlar kriminalistika boʻlinmalarining lavozimlariga birinchi marta tayinlanayotgan hollarda majburiy tartibda ekspert-kriminalistika faoliyati asoslari hamda tegishli ekspertiza turiga oid umumiy bilimlari boʻyicha malaka imtihonlarini topshiradi va muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga biriktiriladigan ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kriminalistika boʻlinmalarining ofitser tarkibidagi lavozimlariga faqat IIV Akademiyasining “ekspert-kriminalistika faoliyati” mutaxassisligini tamomlaganligi yoki xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim muassasalariga xalqaro shartnoma asosida yuborilib, kriminalistika yoʻnalishida taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi diplomga yoxud ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomaga ega boʻlgan nomzodlar tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert-kriminalistika faoliyati asoslari va tegishli ekspertiza turiga oid umumiy bilimlari boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish hamda ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kriminalistika boʻlinmalariga xizmatga qabul qilish va ularda xizmatni oʻtash davrida, istisno tariqasida, harbiy-tibbiy komissiya talablari hamda kasbiy tanlov tartibi, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik mezonlari soddalashtirilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ish yuritish va maxfiylik tartiboti boʻyicha tadbirlar Bosh markaz tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kriminalistika boʻlinmalari kriminalistik texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari hamda uskunalar bilan belgilangan tartibda jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-122-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Ekspert-kriminalistika faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda zamonaviy fan va texnikaning ilgʻor yutuqlarini, raqamli texnologiyalarni, kriminalistik ilmiy usul va vositalarni qoʻllashni takomillashtirish.

Avtomatlashtirilgan va markazlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimlari boʻyicha texnik topshiriqlar

2022-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

2.

Qonun asosida shaxs, buyum va hodisalar toʻgʻrisida olingan axborotlar boʻyicha avtomatlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2022-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

2022 — 2025-yillarga moʻljallangan ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatida ashyoviy dalillar boʻyicha isbotlov bazasini mustahkamlash va raqamli axborot-qidiruv tizimlarini rivojlantirishning konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(Sh. Sobirov, N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov)

4.

Shaxsning jinoyatga daxldorligini aniqlash va gumondan chiqarish boʻyicha sud-tergov harakatlari jarayoniga sud ekspertizasining zamonaviy turlarini joriy etish.

Ichki ishlar vazirligi Ekspert-malakaviy komissiyasi qarori

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov)

5.

Ekspert-kriminalistika boʻlinmalari tomonidan quyidagi yangi turdagi ekspertiza va tadqiqotlarni oʻtkazish amaliyotini joriy etish boʻyicha zarur tashkiliy va oʻquv-amaliy choralarni koʻrish:

2022-yil yakuniga qadar:

maxsus texnika va transport vositalarini baholash ekspertizasi;

video va fototexnika ekspertizasi, shu jumladan videoyozuvlarda qayd qilingan transport vositasining harakatlanish tezligini aniqlash ekspertizasi;

oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi;

odam DNKsi biologik ekspertizasi;

elektr taʼsirli qurollar ekspertizasi;

gazli qurollar ekspertizasi;

gaz-havo aralashmasi va fizik portlashlar ekspertizasi;

transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlari portlashi ekspertizasi;

2023-yil yakuniga qadar:

fonoskopiya ekspertizasi;

Internet tarmogʻidagi bulutli servislar ekspertizasi;

raqamli maʼlumotlar bazasi ekspertizasi.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, A. Abidjanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Respublikada shaxsning biometrik maʼlumotlari (genomga oid axborot, yuz qiyofasi, qoʻl barmoq izlari) asosida avtomatlashtirilgan kriminalistik identifikatsiya tizimlarida shaxsga doir biometrik maʼlumotlardan noqonuniy foydalanilishining oldini olish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

7.

Ekspert-kriminalistika boʻlinmalari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida ekspertlik, biometrik identifikatsiya, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini hamda sohaga oid boshqa pullik xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

8.

Oʻzbekiston Respublikasining “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi tuzilmasida Genetik tadqiqotlar va Shaxsning genom axborotini davlat roʻyxatiga olish boʻlimlarini tashkil etish hamda ushbu boʻlimlarni malakali xodimlar bilan toʻldirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, A. Ikramov)

9.

Genetik tadqiqotlar oʻtkazish va shaxsning genom axborotini davlat roʻyxatiga olish bilan shugʻullanadigan alohida mutaxassislikka ega xodimlarga, shu jumladan ishchi va xizmatchilarga har oylik ustama haq tayinlash tartibini belgilash.

10.

Ichki ishlar vazirligi taʼsischiligida oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq, uloqtiruvchi va boshqa qurol, uning oʻq-dorilarini, maxsus vositalarni, oʻq oʻtkazmaydigan maxsus himoya vositalarini, elektroshok qurilmalari, pirotexnika buyumlari va portlovchi materiallarni sertifikatlash organini tashkil etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, A. Abidjanov)

11.

Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarini zamonaviy texnika, axborot-kommunikatsiya tizimlari va maxsus vositalar bilan taʼminlash meʼyorini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, A. Abidjanov)

12.

Oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq, uloqtiruvchi va boshqa qurol, uning oʻq-dorilarini, maxsus vositalarni, oʻq oʻtkazmaydigan maxsus himoya vositalarini, elektroshok qurilmalari, pirotexnika buyumlari va portlovchi materiallarning texnik xususiyatlarini va chegaraviy parametrlarini belgilovchi texnik reglamentlarini ishlab chiqish.

Tegishli texnik reglament va standartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar

2022-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov)

Mudofaa vazirligi

(A. Norboyev)

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov)

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov)

13.

Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalaridagi ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov)

14.

“Motivatsiya-sharoit-ragʻbat-natija” tamoyili asosida, mustaqil ekspertiza oʻtkazish huquqini beruvchi guvohnomalar soni, oʻtkazilgan ekspertizaning murakkabligi va jinoyatlarni fosh etishdagi hissasini qamrab oluvchi mezonlarga muvofiq ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari faoliyatini baholash va ragʻbatlantirish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, Ya. Abdulxakov)

15.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan zamonaviy ekspert-kriminalistika jihozlari va texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya kompleksini tashkil etish va oʻquv jarayonida undan foydalanilishini taʼminlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil mart

(qabul qilish)

2023-yil iyul

(yakunlash)

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, R. Xatamov)

16.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tomonidan tegishli sud ekspertizalari (daktiloskopik, trasologik, ballistik, sovuq qurollar, portret, xatshunoslik va boshq. ) va tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini belgilash va ushbu amaliyotni yoʻlga qoʻyish.

Ichki ishlar vazirligi Ekspert-malakaviy komissiyasi qarori

2022-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, A. Ikramov, R. Xatamov)

17.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “raqamli kriminalistika asoslari” fanini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

Oʻquv-metodik materiallar

2022-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, Ya. Abdulxakov, R. Xatamov)

18.

Maxsus ilmiy-texnik va intellektual salohiyatga ega shaxslarni mutaxassis yoki texnik ishchi sifatida ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga shartnoma asosida jalb etish tartibini belgilash va bu amaliyotni yoʻlga qoʻyish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov)

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov)

19.

Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-oʻqituvchilarini xorijiy mamlakatlarning (Hindiston, Turkiya, Koreya, Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy) yetakchi turdosh idora, markaz va oliy taʼlim muassasalarida zamonaviy kriminalistik ekspertiza turlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2022-yil aprel

(Dasturni tasdiqlash)

2022-2023-yillar

(Dastur ijrosi)

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, R. Xatamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

20.

Ekspert-kriminalistika tadbirlarini oʻtkazish orqali kibermakondagi jinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikalarini ishlab chiqish.

Oʻquv-amaliy qoʻllanmalar kompleksi

2022-yil davomida

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, R. Xatamov)

21.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti oʻquv jarayoniga xorijiy yetakchi taʼlim muassasalarining zamonaviy kriminalistik ekspertiza sohasidagi malakali pedagoglari va mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etgan holda ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining barcha xodimlarini qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, O. Axmedov)

22.

Yetakchi xorijiy davlatlarning ekspert-kriminalistik, sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa turdosh tashkilotlari bilan xalqaro shartnomalar tuzish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov)

23.

Kibermakonda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda zamonaviy kriminalistik ekspertiza faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan tadqiq etishga yoʻnaltirilgan xalqaro va davlat grantlarida Ichki ishlar vazirligining ishtirokini tashkil etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, I. Fazilov)

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

24.

Sintetik turdagi giyohvandlik, shuningdek, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini ekspertizadan oʻtkazishga moʻljallangan maxsus kimyoviy laboratoriya uskunalarini xorijiy donorlar va xalqaro grantlar yordamida xarid qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Sh. Sobirov, Ya. Abdulxakov)

25.

Sud-tergov faoliyatida ashyoviy dalil sifatida olingan sintetik turdagi giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining kimyoviy tarkibi boʻyicha markazlashgan axborot-qidiruv tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, N. Turaxodjayev)

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

(O. Narzullayev)

26.

Ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida odamning yuz qiyofasini identifikatsiya qilish hamda giyohvand oʻsimliklarni videotasvir orqali aniqlash boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Sh. Sobirov)

27.

Hududiy ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida axborot tashuvchi qurilmalardagi oʻchirilgan, zararlangan va qulflangan maʼlumotlarni qayta tiklash tadqiqotini oʻtkazishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, N. Turaxodjayev)

28.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida kamida 15 yillik amaliy ish tajribasiga ega boʻlib, pensiyaga chiqqan tajribali mutaxassislarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ekspertiza oʻtkazishni oʻqitish boʻyicha oʻquv jarayonlariga shartnoma asosida jalb etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, R. Xatamov)

29.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “ekspert-kriminalistika faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga kirish istagidagi abituriyentlarni imtihondan oʻtkazish jarayonida Ekspert-kriminalistika bosh markazi vakillarining ishtirokini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, R. Xatamov)

30.

Hududiy ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari oʻquv jarayonlarida kriminalistika fani boʻyicha muntazam ravishda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, Ya. Abdulxakov)

31.

Har yili ichki ishlar organlari tizimida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” va “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(A. Ikramov, Ya. Abdulxakov)

32.

Ekspert-kriminalistika sohasini zamonaviy tahdidlarga moslashtirish va ilgʻor yutuqlar asosida rivojlantirishning istiqbollariga bagʻishlangan yuqori saviyadagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2022-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(Ya. Abdulxakov, R. Xatamov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-122-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2898-son qarorida 4-bandning uchinchi xatboshisi, 8-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 15-bandning beshinchi xatboshisi “ish yuritish” soʻzlaridan oldin “ekspert-kriminalistika,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshi “Ichki ishlar organlari profilaktika,” soʻzlaridan keyin “ekspert-kriminalistika,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshi “ichki ishlar organlari profilaktika,”, “profilaktika inspektori,” va “profilaktika katta inspektori,” soʻzlaridan keyin tegishincha “ekspert-kriminalistika,”, “eksperti” va “katta eksperti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi xatboshisi “ichki ishlar organlari profilaktika,”, “profilaktika katta inspektori,” va “katta tezkor vakili” soʻzlaridan keyin tegishincha “ekspert-kriminalistika,”, “katta eksperti” va “, bosh eksperti” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2022-y., 07/22/122/0109-son, 23.12.2022-y., 07/22/448/1115)