24.11.2020 yildagi O‘RQ-649-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, 24.11.2020 yildagi O‘RQ-649-son
Date of entry into force
01.01.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik material — odamning yoki vafot etgan odam (murda) tanasining (qoldiqlarining) genomga oid axborotga ega boʻlgan hujayralari, toʻqimalari va ajralmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik qarindoshlar — qon-qarindoshlikda boʻlgan shaxslar: ota, ona, oʻgʻil, qiz, bobo, buvi, nabiralar, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, amakivachchalar, togʻavachchalar, ammavachchalar, xolavachchalar, amakilar, togʻalar, ammalar, xolalar, jiyanlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish — biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash va yoʻq qilish, shuningdek odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan, davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborot — odamning yoki tanib olinmagan murdaning dezoksiribonuklein kislotasining (bundan buyon matnda DNK deb yuritiladi) muayyan qismlari toʻgʻrisidagi kodlangan axborotni oʻz ichiga olgan shaxsga doir maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotga ishlov berish — genomga oid axborotni yigʻish, hisobga olish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, undan foydalanish, toʻsib qoʻyish, egasizlantirish, uni berishga va yoʻq qilishga qaratilgan harakatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotni olish — sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan biologik materialdan olingan DNKning muayyan qismlari toʻgʻrisidagi kodlangan axborotni olishga qaratilgan faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotdan foydalanish — odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilishga va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlashga qaratilgan, genomga oid axborot bilan bogʻliq boʻlgan harakatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasi — genom boʻyicha davlat roʻyxatini amalga oshirishda olingan genomga oid axborot va odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam DNKsining sud-biologik ekspertizasi — genomga oid axborotni olish, odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida sud-ekspertiza muassasasi tomonidan oʻtkaziladigan molekulyar-genetik usullarni qoʻllagan holda biologik materialni tadqiq etish turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishning asosiy prinsiplari inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, qonuniylik, insonparvarlik, oshkor etmaslikdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga rioya etgan holda amalga oshiriladi hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirmasligi, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda qonuniylik prinsipiga rioya etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda insonparvarlik prinsipiga rioya etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish insonning hayotiga, sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi, uning shaʼni, qadr-qimmatini kamsitmasligi va unga jismoniy azob yetkazmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda oshkor etmaslik prinsipiga rioya etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborot, shuningdek genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlar maxfiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda genomga oid axborot, shuningdek odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarni shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni, shuningdek odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarni shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz taqdim etishga tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning soʻrovlariga binoan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Adliya vazirligining, Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-ekspertiza muassasalari (bundan buyon matnda sud-ekspertiza muassasalari deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning hamda sudning genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sud oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni olishni (bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda) amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotni olish uchun biologik materialni sud-ekspertiza muassasalariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertiza muassasalaridan odam DNKsining sud-biologik ekspertizasi natijalarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash, shuningdek Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga genomga oid axborotni kiritish uchun genomga oid axborotni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organiga yuborishni sud-ekspertiza muassasalariga topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish chogʻida biologik materialni olishda tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish uchun belgilangan talablariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotga ishlov berish choralarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga va sudga odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotning but saqlanishi va oshkor etilmasligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni muhofaza qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Sud-ekspertiza muassasalarining genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud-ekspertiza muassasalari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni olishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam DNKsining sud-biologik ekspertizasi natijalariga koʻra genomga oid axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotdan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud-ekspertiza muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam DNKsining sud-biologik ekspertizasini qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻtkazishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga va sudga taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genomga oid axborotning but saqlanishi va oshkor etilmasligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda genomga oid axborotni va biologik materialning axborot kartasini vakolatli davlat organiga yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishdagi huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan voyaga yetmaganlarning, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarning qonuniy vakillari genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olinishni uni amalga oshirishning istalgan bosqichida rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining genomga oid axboroti yoki oʻzi qaysi shaxslarning qonuniy manfaatlarini ifodalayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning genomga oid axboroti bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining genomga oid axborotiga yoki oʻzi qaysi shaxslarning qonuniy manfaatlarini ifodalayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning genomga oid axborotiga ishlov berish, uni muhofaza qilish bilan bogʻliq davlat organlarining va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining genomga oid axborotini yoki oʻzi qaysi shaxslarning qonuniy manfaatlarini ifodalayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning genomga oid axborotini yoʻq qilish toʻgʻrisida ariza berish, bundan genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar biologik materialni olish tartib-taomilidan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda biologik materialni olish amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda biologik materialdan genomga oid axborot olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi bosqichda genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish va genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olish tarzida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yozma arizasiga koʻra pulli asosda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlarni hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirganlik uchun haq toʻlash tartibi va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish natijasida kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishga koʻmaklashish maqsadida ularning biologik qarindoshlari bepul asosda genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishdan oʻtishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish va oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar (bundan buyon matnda genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash, berish va yoʻq qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Biologik materialni olish va undan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda biologik materialni olish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan, hukm qilingan shaxslardan — ichki ishlar organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtayotgan shaxslardan — sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bedarak yoʻqolgan shaxslarning biologik qarindoshlari boʻlgan voyaga yetmaganlardan hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslardan biologik material olish ular qonuniy vakillarining yozma roziligiga koʻra va ularning hozirligida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialni olishni amalga oshirishda genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxsga biologik materialni olishni oʻtkazish asosi va tartibi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik material dastlab lozim boʻlmagan darajada, genomga oid axborot olishni istisno etadigan tarzda olingan taqdirda sud-ekspertiza muassasalarining yozma soʻroviga binoan takroriy olish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan shaxs hukm qilingan taqdirda, genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish uchun biologik material olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan biologik materialdan faqat genomga oid axborot olish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda biologik materialni olish va undan foydalanish tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning sogʻligʻiga zarar yetkazilishini istisno qiladigan, biologik materialni olishning barcha normalari hamda qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Biologik materialning axborot kartasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish chogʻida biologik material olishda ushbu biologik materialni olishni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan oʻzida biologik materialni olish amalga oshirilayotgan har bir shaxsga nisbatan biologik materialning axborot kartasi toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialning axborot kartasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi biologik materialni olishni amalga oshiruvchi davlat organida qoladi, ikkinchi nusxasi genomga oid axborotni olish uchun biologik material bilan birga sud-ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik material sud-ekspertiza muassasasi tomonidan olingan taqdirda, biologik materialning axborot kartasi bir nusxasi sud-ekspertiza muassasasida qoladi, ikkinchi nusxasi genomga oid axborot bilan birga vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialning axborot kartasi va genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun sud-ekspertiza muassasasi tomonidan vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan, shuningdek genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan, hukm qilingan shaxslardan biologik materialni olish chogʻida biologik materialning axborot kartasiga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan taqdirda), fuqaroligi, millati, jinsi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlgan taqdirda) yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi va raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni olishni amalga oshiruvchi davlat organining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni olishni oʻtkazish sanasi va asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining shaxs hukm qilingan moddasi, bundan ishda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni olishni amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan taqdirda), lavozimi va imzosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialning axborot kartasi biologik material olingan shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzolanadi. Imzo qoʻyish rad etilgan taqdirda, bu haqda unda yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish chogʻida biologik materialni olishda ushbu modda beshinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek jinoyat ishining raqami (mavjud boʻlgan taqdirda), jinoyatni kvalifikatsiya qilish, hodisaning sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot biologik materialning axborot kartasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanib olinmagan murdalarni (tana qoldiqlarini, qismlarini) genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish chogʻida biologik materialni olishda ushbu modda beshinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek tanib olinmagan murda (tana qoldiqlari, qismlari) aniqlangan sana va joy, uning jinsi, alohida belgilari va oʻlimi sabablari (aniqlangan taqdirda) axborot kartasiga kiritiladi. Biologik materialning axborot kartasiga protsessual harakat bayonnomasining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bedarak yoʻqolgan shaxslarning biologik qarindoshlaridan genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish chogʻida biologik material olishda ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar biologik materialning axborot kartasiga kiritiladi. Biologik materialning axborot protsessual harakat bayonnomasining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish chogʻida biologik materialni olishda ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar biologik materialning axborot kartasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Biologik materialni saqlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanib olinmagan murdalarning, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarning, shuningdek biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarning biologik materialini saqlash muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslarni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan biologik material olingan kundan eʼtiboran to ushbu materialdan genomga oid axborot olinguniga qadar saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Biologik materialni berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik material tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi bir organdan hamda suddan boshqa organga va sudga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga berish taqiqlanadi, bundan biologik materialning alohida jinoyat ishlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunlariga muvofiq berilishi mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Biologik materialni yoʻq qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biologik materialni tiklash mumkin boʻlmay qolishiga olib keladigan harakatlar biologik materialni yoʻq qilishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bedarak yoʻqolgan shaxslar biologik qarindoshlarining, tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlarining), ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarning, shuningdek aniqlanmagan shaxslarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan hamda jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil deb topilgan biologik materiali genomga oid axborot olinganidan keyin tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi davlat organlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslarni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan biologik material undan genomga oid axborot olinganidan keyin, uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida quyidagilar koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni yoʻq qilish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan taqdirda), jinsi, tugʻilgan sanasi va joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlgan taqdirda) yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi va raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻq qilish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materialni yoʻq qilishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan taqdirda), lavozimi va imzosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan biologik material genomga oid axborot olinganidan keyin biologik material egasining yoki uning qonuniy vakilining yozma arizasiga koʻra unga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi yoxud yoʻq qilinadi, bu haqda arizachi yozma tarzda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotga ishlov berish shart-sharoitlari uning yoʻqotilishi, buzilishi va undan ruxsatsiz foydalanilishi, xuddi shuningdek qonunga xilof ravishda va (yoki) bexosdan foydalanilishi va (yoki) genomga oid axborot mavjud boʻlgan elektron axborot resurslariga taʼsir koʻrsatilishi imkoniyatini istisno etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotga ishlov berish faqat olingan maʼlumotlarning muhofaza qilinishini taʼminlash boʻyicha shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni muhofaza qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Genomga oid axborotni yigʻish, hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni yigʻish, hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash genomga oid axborotga ishlov berish boʻyicha avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlaridan foydalangan holda, Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish yoʻli bilan vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni hisobga olish va saqlash Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Genomga oid axborotni saqlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bedarak yoʻqolgan shaxslar biologik qarindoshlardan olingan genomga oid axborot — bedarak yoʻqolgan shaxsning qidiruvi tugaguniga qadar yoki uning vafot etganligi fakti aniqlanguniga qadar, biroq Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga genomga oid axborot kiritilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan yetmish besh yil saqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtgan shaxslardan, shu jumladan voyaga yetmaganlarning va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslardan olingan genomga oid axborot — ariza beruvchining yoki uning qonuniy vakilining yozma arizasida koʻrsatilgan muddat mobaynida saqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan, shuningdek genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslardan olingan genomga oid axborot — biologik oʻlim yuz berilganligi fakti aniqlanganiga yoxud shaxs sud tomonidan vafot etgan deb topilganiga qadar, ularning oʻlimi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa — ular yuz yoshga toʻlishi mumkin boʻlgan sanaga qadar saqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan olingan genomga oid axborot — shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtguniga qadar saqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlarining, qismlarining) biologik materialidan olingan genomga oid axborot — odamning shaxsi aniqlanguniga qadar, biroq Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga genomga oid axborot kiritilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan yetmish besh yil saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimcha kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimcha kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ismi, otasining ismi, familiyasi, tugʻilgan sanasi, millati, jinsi oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notoʻgʻri va ishonchsiz (xato) maʼlumotlar mavjudligi fakti aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimcha kiritish ishonchli maʼlumotlar va (yoki) tasdiqlovchi hujjatlar asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari genom boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsning shaxsga doir maʼlumotlariga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilganligi toʻgʻrisida axborot va (yoki) tasdiqlovchi hujjatlar kelib tushganda vakolatli davlat organi Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga uch ish kunidan kechiktirmay tegishli oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan maʼlumotlarga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimcha kiritilganidan keyin oldingi maʼlumotlar belgilangan tartibda arxivlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Genomga oid axborotdan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan genomga oid axborotdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish, shuningdek ularni sodir etgan shaxslarni fosh etish va aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlarining, qismlarining) shaxsini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadlarida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni toʻsib qoʻyish, egasizlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni toʻsib qoʻyish genomga oid axborotni yigʻishni, oʻzgartirishni, toʻldirishni, undan foydalanishni, uni berishni, egasizlantirishni, yoʻq qilishni toʻxtatib turishga doir harakatlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni toʻsib qoʻyish vakolatli davlat organi tomonidan unga ishlov berish shart-sharoitlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Toʻsib qoʻyish tekshirish tadbirlari oʻtkazilganidan va aniqlangan buzilishlar bartaraf etilganidan keyin bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning muayyan shaxsga taalluqliligini qoʻshimcha axborotdan foydalanmagan holda aniqlash mumkin boʻlmay qolishiga olib keluvchi harakatlar genomga oid axborotni egasizlantirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi genomga oid axborotni berish hollarida uning himoyalanganlik darajasini oshirish va ehtimol tutilgan zararlanish darajasini pasaytirish maqsadida Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni egasizlantirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni toʻsib qoʻyish va (yoki) egasizlantirish, shuningdek toʻsib qoʻyishni va (yoki) egasizlantirishni bekor qilish tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning va sudning yozma topshiriqlari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Genomga oid axborotni berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga va sudga berish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga berish taqiqlanadi, bundan genomga oid axborotni alohida jinoyat ishlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunlariga muvofiq berish hollari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Genomga oid axborotni yoʻq qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotni tiklash mumkin boʻlmay qolishiga olib keladigan harakatlar genomga oid axborotni yoʻq qilishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan genomga oid axborot u vakolatli davlat organiga berilganidan keyin sud-ekspertiza muassasasi tomonidan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborot genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishdan oʻtgan shaxslarning yoxud voyaga yetmaganlar va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar qonuniy vakillarining yozma arizasi asosida ham sud-ekspertiza muassasasi yoki vakolatli davlat organi tomonidan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olingan oqlangan shaxsning genomga oid axboroti sudning oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborot ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan saqlash muddatlari oʻtgach, vakolatli davlat organi tomonidan oʻttiz kun ichida yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olishga doir tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshiruvchi davlat organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshiruvchi organlarning qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 24-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-649-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 03/20/649/1537-son)