02.02.2022 yildagi O‘RQ-749-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.02.2022 yildagi O‘RQ-749-son
Date of entry into force
03.02.2022
Hujjat 03.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi 295-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 5-moddasi 2-bandining birinchi xatboshisidagi “kooperativ joylashgan erdagi hokimlikda” degan soʻzlar “davlat xizmatlari markazlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 3-moddaning ikkinchi qismidagi “qoidalar qabul qiladi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi VI1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“VI1. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331-modda. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasining arizasi asosida Agentlik sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.

Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.

Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.

332-modda. Jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati va uni huquqbuzarga yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu Qonun 331-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.

333-modda. Jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.

334-modda. Jarimani undirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.

Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “adliya organlari” degan soʻzlar “davlat xizmatlari markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi qismidagi “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni” degan soʻzlar “adliya organini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“371-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquq egasining arizasi asosida Agentlik tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“121-modda. Firma nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Firma nomiga boʻlgan huquq egasining arizasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) firma nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar) 23-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomaga oid huquqni va tovar belgisiga doir huquqlarni rezidentdan oluvchi norezident boʻlgan taqdirda, davlat boji (patent boji) norezidentlar tegishli huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechganligi (ularni boshqa shaxsga oʻtkazganligi) munosabati bilan oʻzgartishlar kiritganlik (tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomaga oid huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganligi munosabati bilan arizachini oʻzgartirganlik) yoki roʻyxatdan oʻtkazganlik (tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatga olganlik) uchun belgilangan miqdorlarda tegishincha toʻlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 2-moddasining 2-bandi, 4-moddasining 2-bandi, 5 va 6-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 2-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-749-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)