21.01.2022 yildagi PF-53-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.01.2022 yildagi PF-53-son
Date of entry into force
21.01.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskuna qiymatiga yetkazib berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlar xarajatlari kiritilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sunʼiy tola 80 foizdan yuqori boʻlgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlangʻich 15 foiz toʻlovni toʻlash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan mazkur Farmonning 4-bandi 4-xatboshi boʻyicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan kredit ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan mazkur Farmonning 4-bandi 4-xatboshi boʻyicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda 3 million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan miqdorda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni eksport qilish ulushi kamida 80 foizni tashkil qilgan korxonalarga yoki boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga:
(2-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan soʻng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 20 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratiladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi (2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda undiriladigan yigʻimning 40 foizi). Bunda ushbu mablagʻlar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi korxonalarga subsidiyalash uchun ajratiladi. Ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20-sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablagʻlar hisobidan eksportchi korxonalarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratiladi.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamgʻarmaga 25 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga begʻaraz ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda respublika budjetidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha ravishda 250 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning talabnomasiga asosan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha mablagʻlarni suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan mazkur Farmonning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun, mos ravishda, 7 yil va 1 yil muddatlarga depozit hisob-varagʻiga joylashtirib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda depozit stavkalari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan talabnoma taqdim etilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining ikkilamchi bozordagi kotirovkalari stavkasi miqdoridan kam boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi har yarim yilda Jamgʻarma hisobidan subsidiyalarning maqsadli ajratilishini hamda ajratilgan subsidiya miqdorlarining eksport hajmlariga muvofiqligini oʻrganib, natijalari yuzasidan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.U. Umurzakov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 21-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-53-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmoni 1-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “2022-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu tartib barcha eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlmagan korxonalarga ham tatbiq etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshidagi “2022-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan boshlangʻich narxda birja savdolariga chiqariladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarori 2-bandining “v” kichik bandidagi “75 foizi” soʻzlari “5 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son; 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)