Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
11.11.2023
18.01.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, issiqxona xoʻjaliklarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish hamda qishloq joylarida aholi bandligini taʼminlash va daromad olishga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Hisob palatasi raisi oʻrinbosari S.S. Saidkarimov boshchiligida “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini oʻrganish boʻyicha respublika ishchi guruhi tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ishchi guruhi ikki hafta muddatda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xoʻjaliklari moddiy-texnika bazasini, iqtisodiy ahvolini va infratuzilma bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank hamda tijorat banklarining “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xoʻjaliklariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddatini 7 yildan 10 yilgacha qilib belgilash hamda mazkur issiqxona xoʻjaliklariga ilgari ajratilgan kredit muddatlarini tegishli ravishda 3 yilgacha uzaytirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni 6 oyga uzaytirish va 2022-yil 1-iyuldan boshlab teng ulushlarda yil oxirigacha qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya miqdorini 0,4 foizidan 0,1 foizga tushirish, shuningdek 2021-yil 31-dekabr holatiga hisoblangan penya summasini hisobdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada (shartnomaviy hajmdan oshgan qism uchun 1,4 koeffitsiyent) toʻlov qoʻllash tartibini bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur imtiyozlar Respublika ishchi guruhining oʻrganish natijalariga koʻra shakllantirilgan roʻyxat asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi mavjud tajribali va malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xoʻjaliklariga biriktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy agronomlarni jalb qilgan holda davlat dasturlari doirasida kredit ajratilgan respublikadagi issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini auditdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarorida belgilangan mablagʻlar hisobidan “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xoʻjaliklariga ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda masalaga aloqador boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan issiqxonalarda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirishda vujudga keladigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va ijrosini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika ishchi guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi samarasiz issiqxona xoʻjaliklarini aniqlab, ularning mulkdorlari bilan kelishgan holda mazkur issiqxona xoʻjaliklarini yangi tashabbuskorlarga oʻtkazib berilishini (oldi-sotdi, kredit boʻyicha bank oldidagi majburiyatlarni oʻtkazish yoki boshqa kelishilgan shartlarda) tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat hokimlari samarasiz issiqxona xoʻjaliklarini sotishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zaruriy infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega boʻlgan salohiyatli tashabbuskorlarni tanlanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublika ishchi guruhi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi bir oy muddatda issiqxona xoʻjaliklari moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish va rivojlantirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 27-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini oʻrganish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element