Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026 29.12.2021 yildagi 788-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2021 yildagi 788-son
Date of entry into force
29.12.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomani berishni rad etishning asoslari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish boʻyicha texnik hujjatlarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament boʻyicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarining belgilangan tartibda koʻrsatilishi ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
788-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (voyaga yetmagan shaxslar uchun ularning ota-onasi yoki vasiylariga) (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Hukumatning hujjatlari va topshiriqlariga asosan tadqiqot olib boruvchi foydalanuvchilar uchun tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Arxiv hujjatlaridan tashkilotning rejaga muvofiq xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarini yoki xodimning xizmat vazifalarini bajarish maqsadida foydalanishda soʻrovnomaga mazkur tashkilotning rasmiy xati nusxasi ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali tasdiqlash talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi (arxiv hujjatlaridan nusxa olish va boshqa pullik arxiv xizmatlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ariza beruvchi sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs ekanligi maʼlum boʻlishi, ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat arxivi soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kunida ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga QR-kodli (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi va bu haqida davlat xizmatlari markazlarini elektron tarzda xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma bir yil muddatga foydalanish uchun amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga yigirma ish kunidan kam muddat qolganida murojaat qiladi. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Reglamentga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra davlat xizmatlari markazi unga ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali yuborilgan ariza boʻyicha ruxsatnoma foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda yuboriladi va bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi yoki uning ishonchli vakili kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani toʻldirib, tegishli davlat arxiviga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat arxivlari

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) ERI bilan tasdiqlangan holda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

1 ish kunida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida

2. Ariza beruvchining oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.

2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

(sana)

(raqam)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma olish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi (oʻzgartirilgan boʻlsa, yozilishi kerak):

2. Ismi (oʻzgartirilgan boʻlsa, yozilishi kerak):

3. Otasining ismi (oʻzgartirilgan boʻlsa, yozilishi kerak):

4. Tugʻilgan yili va sanasi:

5. Maʼlumoti, ilmiy unvoni va darajasi (agar mavjud boʻlsa)

6. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:

7. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami:

8. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

9. Telefon raqami:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

10. Tegishli tashkilotning rasmiy xati nusxasi (agar mavjud boʻlsa)

III. Oʻquv zallaridan foydalanish boʻyicha maʼlumot:

11. Asosiy maqsad (ilmiy, genealogik, mavzuli va boshqalar)

12. Mavzu nomi va davriyligi

13. Qaysi arxiv oʻquv zalidan foydalanadi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_____________

Davlat arxivining oʻquv zalida arxiv hujjatlaridan foydalanishga

(arxiv nomi)

RUXSATNOMA

QR-kod

Ruxsatnoma raqami

A 00000

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Berilgan vaqti

00.00.0000y.

Amal qilish muddati

00.00.0000y.

uzaytirilgan

00.00.0000y.

Kim tomonidan berilgan

Direktorning F.I.Sh.

Mazkur ruxsatnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda haqiqiy hisoblanadi va faqat ruxsatnoma berilgan arxiv oʻquv zali uchun amal qiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-ilovada (Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “tegishli preyskurantga asosan,” soʻzlari “ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“16. Oʻzbekiston Milliy arxivi soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 10 ish kuni mobaynida maʼlumotnomani (annotatsiyani) tayyorlaydi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va soʻralayotgan hujjatning aniq maʼlumotlari koʻrsatilgan taqdirda, arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 2 ish kuni mobaynida maʼlumotnoma (annotatsiya) tayyorlanadi, mazkur Reglamentning 10-bandi birinchi xatboshisida belgilangan narxga 50 foiz qoʻshimcha haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat xizmatini tezkor bajarish boʻyicha ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan barcha shartlar bajarilgandan soʻng Oʻzbekiston Milliy arxivi tomonidan 2 ish kunida davlat xizmati koʻrsatilmasa, toʻlangan 50 foiz qoʻshimcha haq 1 ish kuni mobaynida mazkur arxivning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qaytariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga 1-ilovaning 3-bosqich “Bajarish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3 ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 10 ish kunida), 2 ish kunida (ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga 2-ilova quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

18.

Davlat xizmatini tezkor bajarish istagini bildirasizmi (ha/yoʻq)

;

b) 4-ilovada (Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “tegishli preyskurantga asosan,” soʻzlari “ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Davlat arxivlari soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida 200 betgacha, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 15 ish kun mobaynida 200 betgacha boʻlgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlarini bajaradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va soʻralayotgan hujjatning aniq maʼlumotlari koʻrsatilgan taqdirda, arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 1 ish kuni mobaynida 200 betgacha boʻlgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlari bajarilib, mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan narxlarga 50 foiz qoʻshimcha haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat xizmatini tezkor bajarish boʻyicha ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan barcha shartlar bajarilgandan soʻng, masʼul davlat arxivi tomonidan 1 ish kunida davlat xizmati koʻrsatilmasa toʻlangan 50 foiz qoʻshimcha haq 1 ish kuni davomida tegishli davlat arxivining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qaytariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga 1-ilovaning 3-bosqich “Bajarish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3 ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 15 ish kunida), 1 ish kunida (ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga 2-ilova “Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun soʻrovnoma” shakli quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

18.

Davlat xizmatini tezkor bajarish istagini bildirasizmi (ha/yoʻq)

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIGʻIM MIQDORI

T/r

Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) formatlari

Hujjat yaratilgan davr

Oʻlchov birligi

Yigʻim miqdori

1.

Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A0 — A2 formatlarda

1917-yilgacha

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,64 baravari

1918 — 1990-yillar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,32 baravari

1991-yildan hozirgi kunga qadar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,16 baravari

2.

Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A3 — A5 formatlarda

1917-yilgacha

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 baravari

1918 — 1990-yillar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,04 baravari

1991-yildan hozirgi kunga qadar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,02 baravari

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 10-banddagi “uch ish kuni ichida” soʻzlari “bir ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nizomga ilova 2-bosqichining “Bajarish muddatlari” ustunidagi “Uch ish kuni ichida” soʻzlari “Bir ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)