O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
v) korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni o‘tash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning ro‘yxatidagi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizomga ilova) “Aloqa vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “d” va “e” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
j) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Intelsat” yo‘ldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi to‘g‘risida” 1997-yil 24-fevraldagi 105-son qarorining 2-bandidagi “Aloqa vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-oktabr,
482-son