Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1998 14.01.1993 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.01.1993 yildagi 33-son
Date of entry into force
14.01.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON SANOATI VA XO‘JALIK QURILIShI (“O‘ZSANOATXO‘JALIKQURILISh”) DAVLAT KORPORATSIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish samaradorligini oshirish, tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga berilgan huquqlar doirasida to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliya faoliyati, ijtimoiy rivojlantirish masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan zaxira sug‘urta, investitsiya va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng muhim xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishiga kvotalar bo‘yicha ajratiladigan moddiy-texnika resurslari fondlarini saqlovchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, korporatsiyaning dastlabki ustav jamg‘armasi korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish natijasida tashkil topadigan aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalari)ning davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarining 60 foizi, shuningdek, boshqa manfaatdor yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning paylari hisobiga hosil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarning ro‘yxati, ularning xo‘jalik mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlari saqlab qolingan holda, 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zgiproog‘irsanoat” instituti, iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida tajriba ishlab chiqarishi bo‘lgan Konstruktorlik-texnologiya markazi, moddiy bazalari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi ixtiyoridan olinib “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi ishtirokida 1993-1994-yillarda mehnat jamoalarining tayyorligiga qarab korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq aksionerlik jamiyatlariga (kompaniyalarga), jamoa korxonalariga aylantirishni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaga* muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar maqsadga muvofiq deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish trestlarini ularning tuzilmasidagi bo‘linmalari bilan birga ochiq turdagi davlat qurilish aksionerlik jamiyatlariga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-trest negizida, tarkibiga “Farg‘onaqurilish” trestini va 15-qurilish trestini, ularni yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan shu’ba korxonalariga aylantirgan holda kiritib, “Farg‘onasanoatxo‘jalikqurilish” aksionerlik qurilish kompaniyasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 va 12-qurilish trestlari negizida “Namanganqurilish” davlat qurilish aksionerlik jamiyatini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zshaharqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasini, tarkibiga kiruvchi uysozlik kombinatlarini yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga ajratgan holda “O‘zshaharqurilish” aksionerlik qurilish kompaniyasiga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zqurilishdetal” ishlab chiqarish birlashmasini aksiyalashtirish tariqasida, yog‘ochsozlik zavodlarini yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan shu’ba korxonalarga aylantirgan holda, “O‘zqurilishdetal” xolding kompaniyasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zqurilishkonstruksiya” hududiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida, birlashma tarkibiga kiruvchi xo‘jalik subyektlarini yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan tarmoq korxonalariga aylantirgan holda, “O‘zqurilishkonstruksiya” davlat sanoat aksionerlik kompaniyasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zqurilishmexanizatsiya”, “O‘ztransmaxsusqurilish” va “O‘zqurilishtrans” ixtisoslashtirilgan va avtotransport hududiy ishlab chiqarish birlashmalarini yopiq turdagi davlat aksionerlik kompaniyalariga aylantirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “O‘zdavjamg‘arma” orqali davlat, korporatsiya tarkibiga kiruvchi kompaniya, korxona va bo‘linmalarning jamoalari, shuningdek, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasining aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalari) uning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi ustavga muvofiq o‘z ijroiya organi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini va tizimini mustaqil ravishda hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporatsiyaning boshqaruv apparati tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni 81 nafardan iborat qilib belgilangan holda (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporatsiya boshqaruvining raisi, rais o‘rinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar, Korporatsiyaga boshqaruv raisining 4 nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘lish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporatsiya boshqaruvining raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni to‘liq qurish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamlash maqsadida korporatsiya tuzilmasida belgilangan tartibda tijorat investitsiya banki va sug‘urta jamg‘armasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporatsiya huzurida, korporatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan budjetga tushadigan mablag‘larning 10 foizini unga o‘tkazish hisobiga, raqobatga bardoshli qurilish mashinalari, asbob-uskunalar va materiallar turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish, ishdan bo‘shaydigan xodimlarni qayta o‘qitish uchun investitsiya jamg‘armasini tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi o‘ziga berilgan huquqlarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporatsiyaga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalari)ning ishonch shartnomalari (trastlari) asosida nominal qiymati bo‘yicha davlat tomonidan korporatsiyaning ustav jamg‘armasiga qo‘yilgan mablag‘ga to‘g‘ri keladigan aksiyalarni “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga o‘tkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga tegishli aksiyalar paketlariga muvofiq “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalar) faoliyatini boshqarish huquqlarini berishni amalda qo‘llasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga, aksionerlik jamiyatlariga (kompaniyalariga) ularni rivojlantirish uchun o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasi bir oy muddat ichida korporatsiyaning Ustavini ishlab chiqsin va kelishib olish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, so‘ngra ta’sis konferensiyasi yakunlari bo‘yicha tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi uchun o‘rnatilgan aloqa turlarini “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasida saqlab qolsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasining ijroiya apparati Toshkent shahar, Proletar ko‘chasi, 17-uyga, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi egallab kelgan binoga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 3-yanvardagi 3-son va 1990-yil 10-sentabrdagi 310-son qarorlarining Qurilish vazirligiga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, transport va aloqa majmui bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligini tugatish hamda O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tuzishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil mart oyida ko‘rib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 14-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son