10.12.2021 yildagi PQ-43-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.12.2021 yildagi PQ-43-son
Date of entry into force
11.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini, konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash, shuningdek, ushbu sohada nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yildan boshlab har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqilishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimlari hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holatini, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvini, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 1-mayga qadar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, Dasturga kiritiladigan loyihalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga shaxsiy kafillik asosida taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi 1-mayga qadar loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni buyurtmachilar kesimida shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov) 1-iyulga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqib, ularning dastlabki manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar, sohalar va tarmoqlar rahbarlari dastlabki manzilli roʻyxatga kiritilgan loyihalar boʻyicha loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini 1-noyabrga qadar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish choralarini koʻradi va bu borada ularga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kalendar yilining yakuniga qadar kelgusi yillar uchun Dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar boʻyicha tanlov (tender)lar eʼlon qilinadi. Bunda, Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmagan loyihalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirish manbai aniq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud boʻlmaganda yoki loyiha hujjatlari qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, yaʼni parallel ravishda olib borilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) oʻtkazilmasdan tanlab olinganda (“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qurilish-pudrat ishlari boʻyicha tanlov (tender)lar elektron shaklda oʻtkazilmasdan tuzilgan shartnomalar Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan roʻyxatga olinmaydi va ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi (“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymati 5 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari va ularni ishlab chiqish uchun texnik vazifalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha tender hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan, tender hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilmasdan tuzilgan import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar majburiy tartibda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida loyihaoldi va tender hujjatlari ekspertizasi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tomonidan xalqaro kelishuvlarga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning “v” va “g” kichik bandlari davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Hisob palatasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarining (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturlari) shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek, ushbu dasturlar doirasida mablagʻlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Respublika shtabi (E.T. Yuldashev), hududiy va tuman (shahar) shtablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlariga kiritish uchun loyihalarni tanlab olishdan ularning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantirish, loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va dasturlarni tasdiqlashgacha boʻlgan barcha jarayonlarni tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar doirasida tanlov (tender)lar oʻz vaqtida va shaffof oʻtkazilishini, qurilish-pudrat ishlarining sifatli bajarilishi va loyiha hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini, shuningdek, loyihalar belgilangan muddatlarda yakunlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar ularning tashabbuskorlari (buyurtmachilar) tomonidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishi, budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirish manbai aniq boʻlmagan loyihalar boʻyicha xarajatlar amalga oshirilishi va (yoki) ishlar bajarilishiga, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlari parallel ravishda olib borilishiga, pudratchi (loyihachi) tashkilotlarning tanlov (tender) oʻtkazmasdan tanlab olinishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish (“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni tanlab olish, ularni amalga oshirish va ishga tushirish jarayonlarining barcha bosqichida manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishining oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini tahlil qilish, ularni asossiz ravishda oshirishga va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir loyihani tizimli monitoring qilish, ijrosi kechikayotgan va muammoli loyihalarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va mezonlar asosida toʻliq shakllantirilishini tizimli nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi hamda loyihalarning amalga oshirilishi ustidan, jamoatchilikni keng jalb qilgan holda, nazorat tadbirlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbirlari doirasida aniqlanadigan qonun buzilishi holatlarini va ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy va tuman (shahar) shtablari tarkibiga kiruvchi huquq-tartibot idoralari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tezkor-qidiruv vakolatlari doirasida, Davlat dasturlarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlarning har bir loyiha kesimida maqsadli sarflanishini taʼminlash va ular talon-toroj qilinishining oldini olish boʻyicha tizimli nazorat tadbirlarini oʻtkazib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandiga muvofiq, Dasturga kiritiladigan loyihalar yuzasidan tuman (shahar) va hududlar darajasida shakllantiriladigan takliflar tegishincha tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) har chorak yakuni boʻyicha ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — Davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar hajmi va natijadorligi, har bir loyihaning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusi chorak uchun aniq rejalar yuzasidan tegishli hudud aholisini xabardor qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev, E.T. Yuldashev) — Davlat dasturlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlari, shu jumladan loyihalar doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli va samarali ishlatilishi hamda qurilish-pudrat ishlari sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijadorligi yuzasidan axborot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda ularning faoliyatida “Budjet nazorati” elektron dasturidan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xavfsizlik xizmati (A.A. Azizov), Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qurilish-pudrat tashkilotlarining amaldagi reytinglari haqqoniyligini oʻrganib, ularni yuritish tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida prokuratura organlarining umumiy shtat birliklari doirasida, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining shtat birliklari hisobidan 5 ta shtat birligidan iborat Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini tashkil etsin;
(5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) va Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov) bilan birgalikda uch oy muddatda “Budjet nazorati” elektron dasturi, “Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” dasturi va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini tegishli qismlarida oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2022-yil 1-yanvardan boshlab Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisob raqamiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun kelib tushadigan mablagʻlarning (obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha smeta xarajatlari doirasida jami qurilish xarajatlarining 0,05 foizi miqdorida) 30 foizi “Budjet nazorati” elektron dasturini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hisob palatasi (B.T. Turabov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Davlat dasturlari doirasida ajratiladigan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish doirasida “Budjet nazorati” elektron dasturi, “Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” dasturi va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali kunlik monitoring oʻrnatsin va aniqlanadigan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tegishincha Respublika shtabi, hududiy va tuman (shahar) shtablariga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Kadastr agentligi (F.K. Umarov) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus savolnoma ishlab chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlovdan oʻtkazilgan obyektlarning, shu jumladan kadastr raqami hamda pasportini oʻz ichiga olgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish tizimini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlar, shu jumladan Yevrokod standartlarini amaliyotga joriy etish dasturini nazarda tutuvchi qaror loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6300-son Farmoniga muvofiq, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish va undagi texnik imkoniyatlarni kengaytirish ishlarini yakunlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajriba asosida 2022-yil 1-iyunga qadar ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanish, ularda resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ekspluatatsiya xarajatlarini maqbullashtirishni inobatga olgan holda, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa sohalar uchun yangi zamonaviy idoraviy qurilish normalarini joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshiriladigan qurilish sohasidagi davlat nazorati tadbirlari natijasida aniqlanadigan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tegishincha Respublika shtabi, hududiy va tuman (shahar) shtablariga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus savolnoma asosida hududlardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini xatlovdan oʻtkazish hamda joylarda yangi obyektlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlarini shakllantirish va qurilish-pudrat ishlarini amalga oshirishdan loyihalarni ishga tushirishgacha boʻlgan jarayonlarni sifatli tashkil etish boʻyicha masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, ularning ijrosi ustidan nazorat tadbirlariga keng jamoatchilikni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan loyihalarga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishlar kiritilmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektor rahbarlari tomonidan tegishli hududlarda loyihalarning amalga oshirilishi holati yuzasidan har oyda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga hisobot kiritib borilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxonov) va Hisob palatasi (B.T. Turabov) 2022-yil 1-avgustga qadar konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan Davlat dasturlari va loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini forenzik-auditdan oʻtkazish uchun xalqaro konsalting va audit kompaniyalarini jalb qilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 07/22/139/0159-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlari misolida loyihalarni tanlab olish, loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, davlat xaridlarini amalga oshirish, qurilish-pudrat ishlari ustidan nazorat qilish va obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini baholab, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul etib Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev, Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov, Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzoqov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 10-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-43-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Respublika shtabi aʼzolari:

E. Yuldashev

Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari

B. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

M. Djurayev

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

D. Raximov

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

D. Adilov

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

A. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

A. Xaydarov

moliya vazirining oʻrinbosari

Sh. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

M. Mirzayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

T. Xaydarov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʻrinbosari

II. Respublika shtabi ishchi guruhi:

D. Mamatqulov

Hisob palatasi masʼul xodimi

Z. Xalilov

Hisob palatasi masʼul xodimi

M. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi

A. Abduraxmonov

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

M. Eshnazarov

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

F. Ochilov

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlim boshligʻi

B. Utambetov

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti boshligʻi

A. Soatov

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Hududiy shtab aʼzolari:

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, Hududiy shtab rahbari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari

lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

II. Hududiy shtab ishchi guruhi:

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari boʻlim boshliqlari

lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gʻaznachilik boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari xodimlari

lavozimi boʻyicha

qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari xodimlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Tuman (shahar) shtabi aʼzolari:

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) shtabi rahbari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati tuman (shahar) boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari

lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

II. Tuman (shahar) shtabi ishchi guruhi:

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) prokurorlarining (katta) yordamchilari

lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlari xodimlari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlari xodimlari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) qurilish boʻlimlari xodimlari

lavozimi boʻyicha

qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining tuman (shahar)larga biriktirilgan xodimlari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2021-y., 07/21/43/1154-son, 22.02.2022-y., 07/22/139/0159-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)