06.12.2021 yildagi 737-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.12.2021 yildagi 737-son
Date of entry into force
06.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlashga — 10 milliard soʻmdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga — 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1 000 ta kvartira sotib olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mahalliy budjet mablagʻlaridan olti oy davomida oylik ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan holda oylik pul kompensatsiyasini toʻlash tartibini joriy qilish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)larda tashkil etiladigan Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyalari tomonidan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining maʼlumotnomasi asosida) yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni (keyingi oʻrinlarda — uy-joyga muhtoj xotin-qizlar) aniqlash;
(2-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti boʻyicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni toʻlab berish, shuningdek, foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda subsidiyalar ajratish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ijtimoiy uy-joylarni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqini uy-joyning umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun Toshkent shahrida bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy uy-joyni ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomada uy-joyga muhtoj xotin-qizlar zimmasiga ijtimoiy majburiyatlar (kasb-hunarga oʻqish, ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish yoki oʻzini oʻzi band qilish, maktab yoshidagi bolalarining maktabga qatnashishini taʼminlash va boshqalar) yuklashni nazarda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organlari tomonidan ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar aniqlanishi, ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal toʻlab berilishi va foiz toʻlovlarining bir qismi qoplab berilishi, ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi ustidan “Xalqparvar” komissiyalari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini toʻlash toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda ijara kompensatsiyasi toʻlanadigan muhtoj fuqarolar roʻyxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasini uni toʻlash toʻgʻrisida tuman hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab 6 oy davomida toʻlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasini ijara shartnomasiga asosan ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan miqdorda toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasi boʻyicha xarajatlarni Toshkent shahar tumanlari budjetlari, zarur hollarda esa Toshkent shahri shahar budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasining oʻz vaqtida va manzilli toʻlanishi boʻyicha masʼul tashkilotlarning masʼuliyati va javobgarligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasi toʻlanishi boʻyicha monitoring olib borish va ijara kompensatsiyasi toʻlanishini toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy uy-joylarni ijaraga berish shartnomasining namunasini ishlab chiqsin, shu jumladan, ushbu uylarda yashayotgan shaxslar zimmasiga yuklanadigan ijtimoiy majburiyatlarning aniq roʻyxatini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy uy-joylarni ijaraga berish shartnomasining namunasini oʻzining rasmiy veb-saytida hamda “yurxizmat.uz” maxsus axborot portaliga joylashtirsin va tuman (shahar) hokimliklariga yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 6-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
737-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni (keyingi oʻrinlarda — uy-joyga muhtoj xotin-qizlar) uy-joy bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy uy-joy (kvartira) — uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sotib olingan uy-joy fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noturar joy — maʼmuriy bino, shiypon, yertoʻla, cherdak va boshqa yashash uchun moʻljallanmagan joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noturar joylarda istiqomat qilayotgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzida (shu jumladan, oila aʼzolarida) mulk huquqi asosida turar joy boʻlmagan (oxirgi bir yil davomida oʻziga tegishli boʻlgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, voyaga yetgunga qadar ota-onasi yoki ulardan biri vafot etgan (bedarak yoʻqolgan) hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida istiqomat qilayotgan voyaga yetgan (18 yoshdan 35 yoshga qadar boʻlgan), oʻzida (shu jumladan, oila aʼzolarida) mulk huquqi asosida turar joy boʻlmagan (oxirgi bir yil davomida oʻziga tegishli boʻlgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuman (shahar)larda tashkil etiladigan Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uy-joy sharoitini yaxshilash istagida boʻlgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Komissiyaning ishchi organiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi va Komissiya ishchi organi uy-joyga muhtoj xotin qizlarga soʻrovnoma-arizani toʻldirishda bevosita koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Har chorakda chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar Komissiya aʼzolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul xodimi bilan birgalikda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar istiqomat qilayotgan manzil boʻyicha joyiga chiqqan holda xotin-qizlarning yashash sharoitlarini, iqtisodiy va ijtimoiy holatini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish natijalari, shuningdek, soʻrovnoma-arizada koʻrsatilgan hamda elektron axborot almashinuvi orqali vakolatli vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida Komissiya mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda quyidagilarni tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning oila aʼzolari tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻiz yoki oila aʼzolari (boshqa shaxslar) bilan istiqomat qilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetgunga (18 yoshga) qadar ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi (bedarak yoʻqolganligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxs, shu jumladan, nogironligi boʻlgan bola parvarishi bilan bandligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning yashash sharoiti, qancha vaqtdan buyon noturar joyda istiqomat qilayotganligi (agar noturar joyda istiqomat qilayotgan boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy maydoni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzida yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarida mulk huquqi asosida turar joy mavjud emasligi (oxirgi bir yil davomida oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni sotmaganligi yoki hadya qilmaganligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari orqali uy-joy olish imkoniyati yaratilgan taqdirda, kredit toʻlovlarini toʻlash imkoniyati mavjudligi yoki kelajakda mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning oʻzi yoki oila aʼzolari orasida surunkali kasalliklarning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ushbu maʼlumotlar “Mahalla” yagona axborot tizimi dasturi orqali tegishli vazirliklar va idoralarning elektron maʼlumotlar bazalari bilan solishtiriladi. Elektron axborot almashinuvi orqali maʼlumot olish imkoni boʻlmagan hollarda vazirliklar va idoralardan muhtoj xotin-qizlar boʻyicha zarur maʼlumotlar soʻrab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli vazirliklar va idoralardan elektron yoki qogʻoz shaklida olingan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning ehtiyojmandligi darajasi, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hamda mavjud ijtimoiy uy-joylar sonidan kelib chiqib muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash masalalarini oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish yakuniga koʻra Komissiya uy-joyga muhtoj xotin-qizlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bayonnomalar shaklida rasmiylashtiriladi hamda ular oʻrganish dalolatnomalari bilan birgalikda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimida besh yil mobaynida saqlanadi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan taʼminlangan hamda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar yoki uy-joylar taʼminoti bilan bogʻliq boshqa imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlar mazkur Nizom asosida uy-joylar bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish muddati besh yildan ortiq boʻlmasligi lozim. Ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish muddatini uzaytirish ushbu Nizomda belgilangan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ushbu Nizomga muvofiq uy-joy olish huquqi bir marta beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar sonidan kelib chiqib tuman va shaharlar boʻyicha taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya qarori asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5886-son Farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibiga muvofiq mazkur Nizomning xususiyatlarini inobatga olgan holda ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlab beriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarning hisoblangan qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonida belgilangan tartibda aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati uy-joylarning hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, boshlangʻich badal shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 15 foizi miqdorida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tuman (shahar) moliya boʻlimlariga ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlashga mablagʻ ajratish uchun buyurtmanoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) moliya boʻlimlari 3 ish kuni ichida ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorida belgilangan masʼul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash va tuman (shahar)da subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqish va ularga subsidiya xabarnomalarini berish tartibi tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Komissiyaning uy-joyga muhtoj xotin-qizlar boʻyicha qabul qilgan qarori ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni sotib olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ijtimoiy uy-joylar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badallar toʻlab berish uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismini qayta yoʻnaltirish hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy uy-joyga boʻlgan qoʻshimcha talabdan kelib chiqib mahalliy budjetlar daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan ijtimoiy uy-joylar sotib olishda tegishli mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan uy-joylarning hisoblangan qiymatini inobatga olgan holda ijtimoiy uy-joylar umumiy maydonining 48 kvadrat metrdan oshmagan maydonga mos qiymatdan kelib chiqib ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotib olinayotgan ijtimoiy uy-joy narxining qolgan qismi mazkur bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ijtimoiy uy-joylar tegishli hududdagi yashash uchun yaroqli birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sotib olinayotgan ijtimoiy uy-joylarning maydoni va narxi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan kvartira maydonining eng koʻp meʼyori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli boʻladi va ular boʻyicha alohida hisob yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi lozim boʻlgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingandan keyin koʻpi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uy-joylarga tuman (shahar) hokimligi tomonidan ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi. Bunda, ijtimoiy uy-joy:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanishga tayyor holda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Komissiya qarori asosida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kun ichida ijtimoiy uy-joy ijara shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — ijara shartnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish — qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ijara shartnomasida ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga ijtimoiy majburiyatlar (kasb-hunarga oʻqish, ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish yoki oʻzini oʻzi band qilish, maktab yoshidagi bolalarining maktabga qatnashishini taʼminlash va boshqalar) yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasining namunasi hamda ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yuklanadigan ijtimoiy majburiyatlarning namunaviy roʻyxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, uning rasmiy veb-saytida hamda “yurxizmat.uz” maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimligi xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joyga joylashtirganda, har bitta holatni alohida oʻrgangan holda, ularga toʻgʻri keladigan ijtimoiy majburiyatlarni belgilaydi va ushbu majburiyatlarni shartnomada nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Komissiya qarori qabul qilinib, ijara shartnomasi va ijtimoiy uy-joyni topshirish — qabul qilish dalolatnomasi tuzilgandan soʻng 5 kun ichida uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksa yoshdagi va oʻzi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan miqdorlarda ijara shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ijtimoiy uy-joylardan foydalanish yuzasidan monitoring olib borish va ijtimoiy uy-joylarni qaytarib olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan tuman (shahar) hokimligi yoki uning vakolatli organi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari, shuningdek, Komissiya aʼzolari tomonidan doimiy monitoring olib boriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tuman (shahar) hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali yashash uchun daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ijara shartnomasiga muvofiq ijtimoiy uy-joyni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlash va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni, shu jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik va boshqa kommunal xizmatlar haqini toʻlab borish ijtimoiy uy-joyda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ijtimoiy uy-joy quyidagi hollarda Komissiya qarori asosida qaytarib olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ijara shartnomasi talablari bajarilmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar doimiy yashash uchun boshqa joyga koʻchib ketgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar vafot etgan (bedarak yoʻqolgan) taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning oila aʼzolari davlat taʼminotiga olingan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ijtimoiy uy-joy asossiz oʻzga bir shaxsga ijaraga yoki boshqa shaklda berilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ijtimoiy uy-joyda yashovchi xotin-qizlar yoki birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz nomiga uy-joy sotib olganda davlat kadastr organlarining maʼlumotnomasi yoki xotin-qizlarning yozma roziligi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ijtimoiy uy-joy yashash uchun yaroqsiz holga yoki avariya holatiga kelib qolgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) ijtimoiy uy-joy buzilishi lozim boʻlgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ijtimoiy uy-joyni qaytarib olishda Komissiya ijtimoiy uy-joyni joyiga chiqib oʻrganadi va uni qaytarib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng 3 kun ichida mazkur uy-joyda yashovchilarga 30 kun ichida ijtimoiy uy-joyni boʻshatish toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ijtimoiy uy-joyni boʻshatish rad etilgan taqdirda, ijtimoiy uy-joyda istiqomat qilayotgan xotin-qiz birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud tartibida koʻchirib yuboriladi, mazkur Nizomning 31-bandi “z” va “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar vafot etgan (yolgʻiz yashaganda) yoki boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan hollarda ushbu ijtimoiy uy-joyga mazkur Nizomda belgilangan tartibda boshqa muhtoj xotin-qizlar joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar aniqlanishi, ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal toʻlab berilishi va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishi, ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarning oldini olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur Nizom asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joylar bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Komissiya faoliyati, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimi, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi direktori

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi, komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda Komissiya tarkibiga tijorat bankining tuman (shahar) filiali va boshqa tashkilotlarning vakillari ham jalb qilinishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini oʻrganish
‎DALOLATNOMASI

____________________

‎‎20__ yil “____” ___________

___________________________________________ tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi direktori, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi bilan birgalikda quyidagi tarkibda

‎_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

_______________________________(MFY), _________________________________ (daha, massiv yoki noturar
‎joyning joylashgan joyi), ___________________________________________ koʻchasi, ______________-uyda,
‎______________-korpusda, ________________ kvartirada _______________ yildan buyon istiqomat qilayotgan
‎fuqaro ________________________________________________________ning yashash sharoitlari tekshiruvdan ‎oʻtkazdi va quyidagilarni aniqladi:

1.__________________________________________________________________ egallab turilgan turar joy umumiy maydoni ____________ kv.m. yashash maydoni _________ kv.m. _____________ xonadan iborat.

‎Har bir xonaning oʻlchami
___________________________ kv.m.
‎___________________________ kv.m.
‎___________________________ kv.m.
________-qavatli binoning ________-qavatida __________ xonalar.
Noturar joy ________________________________________________________________________________

(gʻisht, panel, yogʻoch, vagon, eski, avariya holatida)

Xonalar ____________________________________________________________________________________

(quruq, zax, yorugʻ, qorongʻi)

Kvartira ___________________________________________________________________________________

(alohida, kommunal)

2. Noturar joyning tavsifi:
‎___________________________________________________________________________________________

(elektr, gaz, suv taʼminoti, isitish (markaziy, pech bilan), pardoz berilgan, hojatxona, hammom)

‎3. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning ota-onasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: __________________________
4. Faoliyat turi: _________________________
5. _____________________________________________________________________________________

(noturar joy egasi (balansda saqlovchi))

6. Ushbu noturar joyda yashovchilar:

T/r‎

F.I.O

Tugʻilgan sanasi

Qarindoshlik darajasi

JSHSHIR

Maqomi (bandligi)

Qoʻshimcha maʼlumotlar

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

...‎

‎7. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning moddiy holati darajasi (past, oʻrta, yuqori), bunday baholanishning sabablari va hisob-kitoblar:
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

8. Turar joyning yashash uchun yaroqsizligi sabablari:
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
9. Xulosa:

Komissiya aʼzolarining imzolari:
Komissiya raisi
1. ___________________________

___________

‎__________________ tumani (shahri) hokimi

(F.I.O.)

(imzo)

Komissiya raisi oʻrinbosari
2. ___________________________

___________

___________________ tumani (shahri) hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

(F.I.O.)

(imzo)

Komissiya aʼzolari:
3. ___________________________

___________

___________________ tumani (shahri) moliya boʻlimi boshligʻi

(F.I.O.)

(imzo)

4. ___________________________

___________

___________________ tumani (shahri) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

(F.I.O.)

(imzo)

5. ___________________________

___________

___________________ tumani (shahri) ichki ishlar organi boshligʻi

(F.I.O.)

(imzo)

6. ___________________________

___________

___________________ tumani (shahri) bandlikka koʻmaklashish markazi direktori

(F.I.O.)

(imzo)

Komissiya kotibi
7. ___________________________

___________

___________________ tumani (shahri) oila va xotin-qizlar boʻlimi” va “oila va xotin-qizlar boʻlimining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi

(F.I.O.)

(imzo)

Tanishib chiqdim:
Ariza beruvchi: ________________‎

____________________________________________________

(imzo)

(F.I.O)

20__ yil “_____” ______________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi

1. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash masalalarini oʻrganib chiqadi va roʻyxatni shakllantiradi.

2. Ijtimoiy uy-joyga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har chorakda, chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimligi

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan mablagʻlarni uy-joyga muhtoj xotin-qizlar sonidan kelib chiqib tuman va shaharlar boʻyicha taqsimlaydi.

2. Ijtimoiy uy-joylarni sotib oladi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Komissiya qarorida belgilangan muddatlarga (koʻpi bilan 5 yil muddatga) ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi.

1. Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng 20 kun ichida.

2. Ijtimoiy uy-joyni topshirish — qabul qilish dalolatnomasini tuzadi.

2. Ijara shartnomasi tuzilgan kundan keyin 5 kun ichida.

3. Komissiya qaroriga muvofiq ijtimoiy uy-joyga joylashtiradi.

3. Topshirish — qabul qilish dalolatnomasi tuzilgan kundan soʻng 5 kun ichida.

4-bosqich

Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning oila aʼzolari

1. Ijtimoiy uy-joyga koʻchib kiradi.

2. Ijtimoiy uy-joyni soz holatda saqlaydi.

3. Belgilangan miqdorlarda saqlash xarajatlari va ijara haqi toʻlovlarini amalga oshirib boradi.

1. Komissiya qarori qabul qilingandan keyin 30 kun ichida.

2. Ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda.

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi, oila va xotin-qizlar boʻlimi

1. Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

1. Har oyda bir marotaba.

2. Ijtimoiy uy-joyni qaytarib olish boʻyicha Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.

2. Zarur hollarda.

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi, oila va xotin-qizlar boʻlimi, bandlikka koʻmaklashish markazi

Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali yashash uchun daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.

Doimiy (ijara muddati davomida)

7-bosqich

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi

1. Ijtimoiy uy-joyni qaytarib olish masalasini koʻrib chiqadi.

1. Zaruratga koʻra.

2. Ijtimoiy uy-joyni boʻshatish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

2. Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng 3 kun ichida.

8-bosqich

Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning oila aʼzolari

Ijtimoiy uy-joyni boʻshatadi.

1. Ijtimoiy uy-joyni boʻshatish toʻgʻrisida Komissiya xabarnomasini olgandan keyin 30 kun ichida.

2. Ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda.

9-bosqich

“Xalqparvar” komissiyasi

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarning oldini olish choralarini koʻrib boradi.

Doimiy

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini toʻlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM

1. Mazkur Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun oylik pul kompensatsiyasini (keyingi oʻrinlarda — ijara kompensatsiyasi) toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolar ushbu Nizomga muvofiq ijara kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolar toifasiga Toshkent shahrida oʻzining yoki u bilan birga yashaydigan oila aʼzolari nomida mulk huquqi asosida turar joy boʻlmagan va ijara toʻlovini toʻliq amalga oshirish imkoni cheklangan shaxslar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ijara kompensatsiyasi uni toʻlash toʻgʻrisida tuman hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab 6 oy davomida Toshkent shahrida yashagan davr uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ijara kompensatsiyasi miqdori ijara shartnomasiga asosan ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ijara kompensatsiyasi miqdori tuman hokimining ijara kompensatsiyasini toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va 6 oy davomida oʻzgarishsiz qoladi (ijara shartnomasi yangidan tuzilgan hollarda ham ushbu miqdor oʻzgarmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ijara kompensatsiyasini toʻlash Toshkent shahar tumanlari budjeti, zarur hollarda esa Toshkent shahri shahar budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ijara kompensatsiyasining oʻz vaqtida va manzilli toʻlanishi uchun Toshkent shahar va tegishli tumanlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ijara kompensatsiyasi toʻlanadigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ijara kompensatsiyasi toʻlanadigan fuqarolar roʻyxati mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tuman hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyning 5-kuniga qadar Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda ijara kompensatsiyasini toʻlab berish maqsadida tuman mahalliy budjetining iqtisod qilingan mablagʻlari hisobidan zaxira mablagʻlarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasini toʻlab berish maqsadida shakllantirilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) boʻyicha taqsimlaydi va mablagʻlar boʻyicha maʼlumotni tegishli sektorlarga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sektorlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman hokimligining masʼul xodimlari ishtirokida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning roʻyxatlari shakllantiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shakllantirilgan roʻyxatlardagi fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida eʼtirof etilganligi yoki eʼtirof etilmaganligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi) tomonidan roʻyxatlar olingandan keyin ikki ish kuni ichida tekshirilgan holda natijalari toʻgʻrisida maʼlumot mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda tuman hokimligiga taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida eʼtirof etilmagan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumot mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan bir ish kuni ichida tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ushbu fuqarolarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari besh kun ichida belgilangan tartibda kam taʼminlangan deb eʼtirof etilmagan fuqarolarning arizalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan zarur hujjatlar bilan birga qabul qiladi va har besh kunda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur fuqarolar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga elektron tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn rejimida arizalarni taqdim etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarning yangilangan roʻyxatini tuman hokimligiga taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tuman hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni bilan tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan roʻyxatdagi fuqarolarga ijara kompensatsiyasini ajratish toʻgʻrisida tuman hokimining qarorini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasi ajratiladigan fuqaro, ijaraga beruvchi bilan uch tomonlama ijara shartnomasini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijara kompensatsiyasini toʻlab boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan uy-joyni oʻrganishning oylik grafigini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ijara kompensatsiyasi toʻlanadigan fuqarolar roʻyxati tuman budjetida ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha mablagʻlar yoki ijara kompensatsiyasi olib turgan fuqarolar soni kamaygan hollarda mazkur Nizomda belgilangan umumiy asoslarda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ijara kompensatsiyasini toʻlash tartibi va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda uch tomonlama ijara shartnomasi imzolangan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab har oyning 5-kunigacha qadar toʻlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tuman hokimligining buxgalteriya boʻlimi tomonidan tuman hokimining qaroriga hamda ijara shartnomasiga asosan har oyning 5-kuniga qadar mahalliy budjetlarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ijara kompensatsiyasi toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beruvchiga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Uy-joy (turar joy) ijarasi boʻyicha bir necha asosga koʻra kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga (oilaga) ularning tanlovi boʻyicha bitta kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ijara kompensatsiyasi toʻlovi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro yoki u bilan birga yashaydigan oila aʼzolari mulk huquqi asosida turar joyga ega boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara kompensatsiyasi toʻlash muddati tugaganda (6 oydan keyin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridan boshqa hududga doimiy yashash uchun koʻchib ketganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ijara kompensatsiyasi olayotgan fuqaro Toshkent shahrining boshqa tumaniga koʻchib oʻtganda, ijara kompensatsiyasi toʻlovi umumiy asoslarda qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ijara kompensatsiyasini olib turgan fuqaro Toshkent shahridan boshqa hududga, Toshkent shahrining boshqa tumaniga koʻchib oʻtganda hamda oʻzi yoki birga yashovchi oila aʼzolari uy-joy olgan hollarda ushbu oyning oxirgi kuniga qadar ijara kompensatsiyasi toʻlovini amalga oshirayotgan tuman hokimligini xabardor etishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sektorlar, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan birgalikda tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan har oyning oxirgi haftasida ijaraga olingan uy-joyga chiqqan holda fuqaroning ijaraga olingan manzilda istiqomat qilayotganligini oʻrganadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va unga ijaraga olingan uy-joyning fotosurati ilova qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Nizom doirasida ijara kompensatsiyalari toʻlab berilishining toʻgʻriligi va maqsadliligi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom 2022-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini toʻlash toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Sektorlar, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi va boshqa tashkilotlar

1. Boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning roʻyxatlarini sektorlar boʻyicha shakllantiradi.

2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatlarni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etadi.

Har oyning 5-kuniga qadar

2-bosqich

Tuman hokimligi

Tuman mahalliy budjetining boshqa sohalardan iqtisod qilingan mablagʻlari hisobidan zaxira mablagʻlarini shakllantiradi.

Har oyning 5-kuniga qadar

3-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Roʻyxatlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarni tekshirib chiqadi.

2. Kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan va kam taʼminlangan deb eʼtirof etilmagan fuqarolar roʻyxatlarini tuman hokimligi hamda mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi

Kam taʼminlangan deb eʼtirof etilmagan fuqarolar roʻyxatlarini tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuboradi.

1 kun ichida

5-bosqich

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi

Taqdim etilgan roʻyxatlarga asosan ushbu fuqarolardan ariza va zarur hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilib oladi.

5 kun ichida

Qabul qilib olingan ariza va zarur hujjatlarni tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etadi.

Har 5 kunda

6-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

Taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarning yangilangan roʻyxatini tuman hokimligiga taqdim etadi.

Har oyning 5-kuniga qadar

7-bosqich

Tuman hokimligi

1. “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishilgan ijara kompensatsiyasini oluvchi fuqarolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman hokimining qarorini qabul qiladi.

2. Ajratilgan mablagʻlardan kelib chiqib qaror bilan tasdiqlangan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini toʻlash boʻyicha uch tomonlama (hokimlik, fuqaro va ijaraga beruvchi oʻrtasida) shartnomalarni imzolaydi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Tuman hokimligining buxgalteriya boʻlimi

Tuman hokimining qarori va ijara shartnomasiga asosan ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan miqdorda ijara kompensatsiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beruvchiga toʻlab boradi.

Tuman hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab 6 oy davomida har oyning 5-kuniga qadar

9-bosqich

Sektorlar, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, oila va xotin-qizlar boʻlimi va boshqa tashkilotlar

Ijaraga olingan uy-joyga chiqqan holda fuqaroning ijaraga olingan manzilda istiqomat qilayotganligini oʻrganadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.

Har oyning oxirgi haftasida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nizomning nomi va 1-bandi “ijaraga berish” soʻzlaridan keyin “va hisobini yuritish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 21-bandning birinchi xatboshisidagi “boshqa viloyatlarda” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son; 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son; 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)