17.11.2021 yildagi PQ-14-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.11.2021 yildagi PQ-14-son
Date of entry into force
17.11.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi platformalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda akkreditiv boʻyicha hisob-kitob tizimini joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasini (keyingi oʻrinlarda — Raqamli ekotizim) 2022-yil 1-iyuldan boshlab toʻliq ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan, idoraviy va tarmoqqa mansubligidan, hududiy joylashuvidan qatʼi nazar, elektron tijorat platformalariga oʻzining mijozlar bazasidan teng foydalanishi hamda ularga xizmatlar koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli ekotizimning “eskrou” tizimi funksiyalarini bajarishi munosabati bilan bitta shaxsiy hisobvaraqdan hisob-kitoblar va toʻlovlar hamda tomonlarning shartnoma majburiyatlari kafolatli (akkreditiv tamoyili boʻyicha) bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va xizmatlarni sotish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishi shart. Bunda, narxi koʻrsatilmagan tovar va xizmatlarni sotib olish boʻyicha bitimlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-yanvarga qadar Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (xizmatlar) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar uchun, ular Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 337 va 467-moddalariga muvofiq foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi”ni tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar Raqamli ekotizim orqali soliq organlariga real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatish imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror mazmun va mohiyatining, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 17-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-14-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi”ni tashkil etish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Raqamli ekotizimni shakllantirish

1.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markaziga aylantirish va unga Raqamli ekotizim operatori vazifalarini yuklash.

Markazning Nizom va biznes — rejasini tasdiqlash, uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va malakali kadrlar bilan toʻldirish.

2022-yil I chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2.

Raqamli ekotizimning dasturiy taʼminotini yaratish.

1. Raqamli ekotizim dasturiy taʼminotini yaratish boʻyicha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash boʻyicha xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

“Oʻzbekiston milliy raqamli xabi” — Raqamli ekotizim veb-saytini yaratish.

1. Raqamli ekotizim veb-saytini yaratish uchun texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash, xususan:

eksportchi, investor, mahalliy sanoat korxonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda tegishli vakolatli organlarning shaxsiy kabinetlari dizaynini ishlab chiqish;

raqamli xavfsizlikning yuqori darajasini taʼminlash;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida texnik hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish.

2. Veb-saytni ishlab chiqish.

3. Foydalanuvchilar uchun texnik hujjatlar va koʻrsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash (oʻzbek, rus, ingliz tillarida);

4. Veb-saytni sinovdan oʻtkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.

5. Veb-saytni ishga tushirish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Elektron tijorat platformalarning Raqamli ekotizimga uzluksiz kirishni taʼminlaydigan integratsion xizmat koʻrsatishni tashkil etish.

Raqamli ekotizim, raqamli platformalar va xizmatlar oʻrtasida turli xil protokollar boʻyicha ishonchli, yuqori tezlikdagi maʼlumotlar almashinuvi hamda isteʼmolchilarga raqamli ekotizim xizmatlarini koʻrsatishning umumiy interfeysini taʼminlaydigan integratsiya va xizmat koʻrsatish tizimini ishlab chiqish, xususan:

integratsiya va xizmat koʻrsatish tizimini yaratish uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;

foydalanuvchilar uchun texnik hujjatlar va koʻrsatmalarni (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) ishlab chiqish va tasdiqlash;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazish;

dasturiy taʼminotni ishga tushirish;

mustaqil operatorlarga tegishli raqamli platformalar va xizmatlarni ulash uchun oʻzaro bogʻlanish shartnomasini ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Elektron tijoratning asosiy platformalarini ishlab chiqish va joriy etish

5.

Raqamli ekotizimning asosiy platformalarini amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xususiy sheriklarini shaffoflik bilan aniqlash choralarini koʻrish.

1. Dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida qonunchilik talablari asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qiluvchi yuridik shaxslarni aniqlash.

2022-yil I chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Transport va logistika masalalarini hal qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yordam berish choralarini koʻrish.

Elektron logistika tizimini joriy etish, bunda:

dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan texnik talablarni va shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazish;

dasturiy taʼminotni ishga tushirish;

mahsulotlarni saqlash, ichki va tashqi yuk tashish boʻyicha xizmatlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

tashqi bozorlarni oʻrganish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini tashqi bozorlarga tashish uchun bozorda raqobat muhitini yaratish maqsadida xorijiy logistika operatorlari va yuk tashuvchilarni jalb qilish;

ushbu tizimdan foydalanishda bojxona jarayonlarini tezlashtirish va soddalashtirishni nazarda tutgan holda, tashqi savdo va bojxona operatsiyalari maʼlumotlar bazalarining elektron logistika tizimi bilan oʻzaro integratsiyasi boʻyicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil III chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

III. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob tizimini joriy etish

7.

Eskrou tizimini (bank boʻlmagan akkreditiv) joriy etish orqali Raqamli ekotizimda amalga oshiriladigan operatsiyalarni tez va xavfsiz hal qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.

Elektron hisob-kitob va kliring tiziminijoriy etish. Bunda:

dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan texnik shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazish;

dasturiy taʼminotni ishga tushirish;

kliring markazi operatorini (yuridik shaxsni) tashkil etish;

Raqamli ekotizimining Kliring markazi huzurida Kafolat fondini tashkil etish;

hisob-kitoblarni tashkil etish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash va Raqamli ekotizimda repozitar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Raqamli ekotizim kliring markazining Kafolat fondini shakllantirish, undan foydalanish va mablagʻlarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

IV. Raqamli ekotizimning qoʻshimcha xizmatlarini joriy etish

8.

“Big data” texnologiyasini joriy etish orqali maʼlumotlar bazalarini tizimlashtirish va tahlil qilish, mahalliy eksportyorlar, sanoat korxonalari, investorlar, shu jumladan xorijiy tashkilotla� ehtiyojlari uchun davlat tashkilotlarining maʼlumotlar bazalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etish.

Vazirliklar va idoralar bilan ularning shaxsiy �abinetlariga taqdim etiladigan statistik maʼlumotlar shakllarni kelishish.

Maʼlumotlarni yetkazib berishning umumiy statistik shakllarini ishlab chiqish va mahalliy eksportchilar, sanoat korxonalari, investorlar, shu jumladan xorijiy korxonalarga oʻz ehtiyojlari uchun ushbu maʼlumotlardan erkin foydalanish imkonini yaratish.

Raqamli ekotizim bilan vazirliklar va idoralar maʼlumotlar bazalari oʻrtasida turli xil protokollar yordamida ishonchli, yuqori tezlikdagi maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan integratsiya va xizmat koʻrsatish tizimini ishlab chiqish.

“Big data” texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish orqali idoralararo “Tahlil” axborot-tahlil platformasini ishga tushirish, bunda:

dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

xarid hujjatlarini ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni qonun hujjatlariga muvofiq jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish hamda tanlov asosida dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxsni aniqlash;

dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;

aniqlangan kamchiliklar va zaifliklarni bartaraf etgan holda dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazish;

dasturiy taʼminotni ishga tushirish.

2022-yil IV chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Raqamli ekotizim operatori

V. Raqamli ekotizimning uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha tashkiliy va amaliy choralar

9.

Ochiq raqamli ekotizimining axborot xavfsizligini taʼminlash.

Raqamli ekotizimga ulangan barcha axborot tizimlari uchun kiberxavfsizlik sertifikatining majburiyligi talabini belgilash.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Raqamli ekotizim operatori

10.

Raqamli ekotizimda raqamli platformalar va xizmatlarni jadal joriy etishni taʼminlash maqsadida qonunchilikni takomillashtirish.

Raqamli ekotizimda maxsus huquqiy rejimlar doirasidagi munosabatlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil II chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 07/21/14/1059-son)