04.11.2021 yildagi 0019-21-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, 04.11.2021 yildagi 0019-21-son
Date of entry into force
16.11.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 16-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 54-son]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) 30 kNz — 300 GNz chastota diapazonida ishlaydigan radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha gigiyenik talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
antenna — radio toʻlqinlarni qabul qilish yoki tarqatish uchun moʻljallangan vosita;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
antenna inshooti — radiotexnik inshoot jihozlarining bir qismi boʻlib, antennalarni joylashtirish uchun qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkilamchi nurlanish — elektromagnit energiyasini radiotexnik inshoot tomonidan tarqatiladigan elektromagnit maydonlarining taʼsirida hududdagi turli xil qurilma va inshootlar tomonidan qayta nurlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
passiv himoya — elektromagnit taʼsir qiladigan hududni yoki ushbu hududda joylashgan aniq qurilma va inshootlarni elektromagnit maydon taʼsiridan himoya qilish boʻyicha oʻtkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiotexnik inshoot — umumiy maydonda joylashgan bir yoki bir nechta antennada ishlaydigan bir yoki bir nechta radio toʻlqin uzatgichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiotoʻlqin uzatgich — radiochastotali nurlanishlarni hosil qiladigan qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya muhofaza zonasi — aholining sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida radiotexnik inshoot va turar joylar oraligʻida ajratilgan maxsus hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya xulosasi — xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek loyiha hujjatlari, qurilish loyihalari va foydalanish hujjatlari hamda elektromagnit maydoni darajasi oʻlchov natijalarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi radiotexnik inshootning sanitariya pasporti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi — Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) organlari mutaxassislarining loyiha hujjatlari, inshootning xoʻjalik va boshqa faoliyati va jihozlar (mahsulotlar) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol himoya — elektromagnit maydonidan himoya qilishning faol usullari va vositalari boʻlib, nurlanish manbasida nurlanish quvvatini kamaytirish, antenna tizimlarining nur tarqatish xususiyatini va texnik jihozlarning ishlash tartibini oʻzgartirish nazarda tutilgan chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromagnit maydon taʼsiridan himoya qilish — aholini va atrof-muhitni elektromagnit maydon taʼsiridan himoya qilish boʻyicha tashkiliy, texnik va tibbiy-profilaktik choralar majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur sanitariya qoidalari radiotexnik inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va undan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻlchov birliklari va ruxsat etilgan darajalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Radiotexnik inshootlarning radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydonlarining aholiga taʼsiri quyidagicha baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 kNz — 300 MNz chastota diapazonida — elektr maydon kuchlanishining oʻrtacha kvadrat qiymati boʻyicha (E), V / m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonida — energiya oqimi zichligining oʻrtacha qiymati boʻyicha (EOZ) mW / sm2.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr maydon energiyasi miqdori (EMEM), magnit maydon energiyasi miqdori (MMEM) va energiya oqimi zichligi (EOZ) boʻyicha radiotexnik inshootga xizmat koʻrsatadigan xodimlarga elektromagnit maydonining taʼsiri baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 MNz — 300 MNz chastota diapazonlaridagi nurlanishlar energiyasi taʼsiri quyidagi formulada hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EMEM = E2 ∙T, (V/m) soat; MMEM = M2 ∙ T (A/m)2 ∙ soat, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
E — elektr maydoni kuchlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
M — magnit maydoni kuchlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonlaridagi nurlanishlar energiyasi miqdori taʼsiri quyidagi formulada hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EMEOZ = EOZ ∙ T, (W/m2) soat, mW/sm2, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T — taʼsir vaqti, soatda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Turar-joy va jamoat binolari hamda aholi yashash joylari hududida radiotexnik inshootlarning antennalaridan hosil boʻlgan elektromagnit maydonining quyidagi miqdorlariga ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 MNz gacha boʻlgan chastota diapazonida — 1 V/m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 MNz — 300 MNz chastota diapazonlarida — 3 V/m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonlarida — 10 mW/sm2 .
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Turar-joy va jamoat binolarida oʻrnatilgan tayanch tarmoqlarini taʼminlovchi va quvvatlovchi uskunalardan sanoat chastotasida (50 Nz) hosil boʻladigan elektr maydonining kuchlanish darajasi 0,5 kv/m dan oshmaydigan miqdorda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydonining nurlanish manbalariga qoʻyilgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jihozlarga boʻlgan normativ va foydalanishga oid hujjatlarda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) normativ hujjatlarda — jihozlarni qoʻllash sharoitlari va sohalari, jihozlardan foydalanish davrida fizik omillarni ehtimoliy salbiy taʼsirining gigiyenik ahamiyati boʻyicha koʻrsatgichlar, zararli omillarning ruxsat etilgan haqiqiy darajasini nazorat qilish qoidalari va usullari hamda qabul qilish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) foydalanish hujjatlarida — jihozlarni qoʻllash sharoitlari va sohalari, jihozning xususiyatlari va gigiyenik muhim koʻrsatgichlari (radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlanishning insonga taʼsir darajasi, mahsulotdan foydalanishda xavfsizlik choralari, oʻtkir kasallik sodir boʻlganda birlamchi choralar koʻrsatish, berilgan sanasi va amal qilish muddati koʻrsatilgan gigiyenik xulosa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Radiotexnik inshootlarga belgilangan gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Radiotexnik inshootga texnik xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xodimlarning ish oʻrinlarida radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlanishning sanoat sharoiti uchun belgilangan darajasi xodimlar ish oʻrinlarida 8 soat boʻlishi mumkin boʻlganda 25 mW/sm2, 12 soat boʻlishi mumkin boʻlganda esa 16,6 mW/sm2 dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ommaviy dam olish joylarida, turar-joy binolari ichida, jamoat va ishlab chiqarish binolarida radiotexnik inshootlarda hosil boʻladigan radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydon darajasi ikkilamchi nurlanishni hisobga olgan holda ushbu sanitariya qoidalarining 5-bandida belgilangan darajadan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bir vaqtda bir necha manbalardagi nurlanishlar ruxsat etilgan darajadan oshmasligi kerak. Bunda bir xil miqdordagi ruxsat etilgan daraja quyidagi shart asosida belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ei — elektromagnit maydoni manbasini i-son ostida hosil qilinadigan, elektr maydoni kuchlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EOZi — elektromagnit maydoni manbasini i-son ostida hosil qilinadigan, energiya oqimi zichligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ered — normallashtirilgan diapazondagi elektr maydoni kuchlanishining ruxsat etilgan darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EOZred — normallashtirilgan diapazondagi energiya oqimi zichligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n — elektromagnit maydonlari manbalari soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir vaqtda bir necha manbalardagi nurlanishlar ruxsat etilgan darajadan oshmasligi kerak, bunda har xil miqdordagi ruxsat etilgan daraja quyidagi shart asosida belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OEZsummk — normallashtirilgan diapazonda elektromagnit maydoni manbalari tomonidan hosil qilingan umumiy energiya oqimining zichligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OEZredk — normallashtirilgan diapazonda energiya oqimi zichligining ruxsat etilgan darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m — elektr maydoni kuchlanishi normallashtirilgan diapazonlar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
q — energiya oqimi zichligi normallashtirilgan diapazonlar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Radiotexnik inshootlarda hosil boʻladigan elektromagnit nurlanishlarni kamaytirish maqsadida antenna atrofidagi turar-joy binolariga nisbatan eng baland joyga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Radiotexnik inshootlarning texnik va unga tutash hududida turar-joy va jamoat binolari qurilishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Radiotexnik inshootlarda hosil boʻladigan elektromagnit nurlanishlarning salbiy taʼsiridan aholini himoya qilish uchun sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Radiotexnik inshoot atrofida yuzaga keladigan elektromagnit maydon bulutining elektromagnit maydon nurlanish darajasi ruxsat etilgan meʼyordan yuqori boʻlgan masofagacha boʻlgan qismi sanitariya muhofaza zonasi, ruxsat etilgan meʼyordan yuqori boʻlmagan qismi qurilish cheklangan hudud hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu zona va hududning kengligi Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan loyiha hujjatlarini sanitariya-epidemiologik ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha aniqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat sanitariya vrachlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Radiotexnik inshoot va aholi yashash joylarining istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud hisoblash yoʻli bilan, xususan, radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydoni darajasini oʻlchash yoʻli Bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maʼlum bir hududga yoʻnaltirilgan yoki takrorlanadigan nurlanish antennalariga ega boʻlgan radiotexnik inshootlar uchun sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud elektromagnit energiya nurlarining yon va orqa tomon yoʻnalishi kengligini hisobga olgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takrorlanadigan nurlanish antennalariga ega boʻlgan radiotexnik inshootlardan tarqalayotgan elektromagnit maydoni nurlanish darajalari antennalarning asosiy nurlanishlari yoʻnaltirilgan joylarda oʻlchanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektromagnit maydoni nurlanishlar aylanma yoki maʼlum bir hududga yoʻnaltirilmagan radiotexnik inshootlar uchun sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud aylanma shaklda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Elektromagnit energiya nurlanishlarini maʼlum bir burchak ostida tarqatadigan radiotexnik inshoot antennalari radiochastota diapazonining elektromagnit nurlanishi intensivligi uning balandligiga qarab oʻzgaradi. Ushbu holatda qurilish cheklangan hudud turar-joy binolarining balandligiga vertikal ravishda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Amaldagi radiotexnik inshootlarning sanitariya muhofazasi zonasida aholi yashashi uchun turar-joy binolari, davolash-profilaktika muassasalari va sanatoriylar, barcha turdagi taʼlim muassasalari va boshqa insonlar turishi uchun moʻljallangan binolarning qurilishiga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Radiotexnik inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash va kengaytirish mazkur sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nurlanish quvvati samaradorligi 100 W dan 1000 W gacha boʻlgan 3 — 30 MNz chastota diapazonli havaskor radiostansiya antennalar va 26,5 — 27,5 MNz chastota diapazonli fuqarolik radiostansiya antennalar joylashtirilgan joydan 10 metr masofadan kam boʻlmagan hududga odam kira olmasligi taʼminlanishi kerak. Oʻrnatilgan antenna bino tomidan 1,5 metr balandlikda, shu bilan birga uning har qanday nuqtasidan va nurlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar qoʻshni binogacha 10 metrlik masofa boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nurlanish quvvati samaradorligi 1000 W dan 5000 W gacha havaskor radiostansiya va fuqarolik radiostansiya antennalar joylashtirilgan joydan 25 metrdan kam boʻlmagan masofaga odam kirishi va bino joylashtirilishiga ruxsat berilmaydi. Bino tomida 5 metr balandlikda antenna oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Radiotexnik inshootni (shu jumladan, havaskor va fuqarolik radiostansiyalar) alohida oʻrnatilgan ustunlarda joylashtirish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radio toʻlqin tarqatuvchi antennalar turar-joy, jamoat va boshqa binolar tomida mazkur sanitariya qoidalarining 5, 10, 11, 21, 22-bandlari va mazkur bandning birinchi xatboshisi talablariga rioya etilgan holda joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Radiotexnik inshootlarda hosil boʻladigan radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydon darajalarini nazorat qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Radiotexnik inshoot tomonidan tarqatiladigan elektromagnit maydoni darajasini nazorat qilishda uslubiy qoʻllanmalar asosida oʻlchovlar oʻtkaziladi va hisoblash usullaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Loyihalashtirilayotgan, qayta taʼmirlanayotgan, kengaytirilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan radiotexnik inshootlarni elektromagnit maydon taʼsirini baholash hisoblash usuli orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblash usuli uchun radiotexnik inshoot uzatuvchi vositalarning turi, ishchi chastotasi, quvvati, ish tartibi, antenna turi, uning tavsiflari va joylashuvi, joyning relyefi, qayta aks beradigan yuza mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiolokatsiya tizimi uchun impulslarning chastotasi, davomiyligi va antennaning aylanish chastotasi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Radiotexnik inshootlar va uning jihozlaridan tarqalayotgan elektromagnit maydon darajalarini nazorat qilish uchun oʻlchov usullaridan foydalaniladi. Bunda nurlantiruvchi vositalar oʻrnatilgan ish tartibida va maksimal quvvatda ishlab turishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Elektr (magnit) maydon kuchlanishlarining oʻrtacha kvadrat qiymatini aniqlashdagi oʻlchovlar, radiotexnik inshootlarda hosil boʻladigan 30 kNz-300 MNz chastota diapazonlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Energiya oqimi zichligining oʻrtacha qiymatini aniqlashdagi oʻlchovlar, radiotexnik inshootlarda hosil boʻladigan 300 MNz — 300 GNz chastota diapazonlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻlchov vositalari oʻrnatilgan tartibda metrologik koʻrikdan oʻtkazilishi hamda ularda qiyoslov guvohnomasi boʻlishi talab etiladi. Ushbu oʻlchov uskunalarining nisbiy xatolik chegarasi ± 30% dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻlchov uskunalarining nisbiy xatolik chegarasini hisobga olgan holda oʻlchov natijalariga gigiyenik baho beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Elektromagnit maydoni 300 MNz — 300 GNz chastota diapazondagi nurlanish darajalarini aniqlash uchun energiya oqimi zichligi oʻrtacha kvadrat qiymatini oʻlchash uchun moʻljallangan vositalardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektromagnit maydoni nurlanish darajalarining oʻrtacha kvadrat qiymatini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchov uskunalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda elektr maydoni kuchlanish darajasi oʻlchangan koʻrsatgichning energiya oqimi zichligi quyidagi formula orqali qayta hisoblab chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EOZ = E2/3,77 (mW/sm2 ), bunda E — elektr maydon kuchlanishining darajasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Elektromagnit maydoni oʻlchov ishlari quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiotexnik inshootni foydalanishga qabul qilishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiotexnik inshoot uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromagnit maydon darajalariga taʼsir etuvchi radiotexnik inshootning ish tartibi va mehnat sharoitiga oʻzgartirish kiritilganda (antennalar yoʻnalishining oʻzgarishi, uzatgich quvvatining oshishi va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromagnit maydon darajasini pasaytirish boʻyicha olib borilgan chora-tadbirlardan soʻng;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiotexnik inshoot oʻrnatilib, ishga tushirilgandan keyin bir yilda bir marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiotexnik inshoot jihozlarini sanitariya-epidemiologik ekspertizadan oʻtkazishda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Radiotexnik inshootlardan tarqaladigan elektromagnit maydon nurlanishlarining inson salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Elektromagnit maydon manbasi mavjud boʻlgan kasbda ishlayotgan xodimlarni elektromagnit maydonining salbiy taʼsiridan himoya qilish tashkiliy, texnik va tibbiy-profilaktik tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkiliy tadbirlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishning oqilona tartibini tanlash, elektromagnit maydoni taʼsir qiladigan joyda xodimlarning boʻlish vaqtini cheklash, ish oʻrinlarini elektromagnit maydon manbasidan uzoqroq joydan tashkil etish, meʼyoriy talablarga rioya etilishini taʼminlash, elektromagnit maydon manbalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Texnik tadbirlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromagnit maydon manbalarini oqilona joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, shu jumladan elektromagnit maydon manbasidan ekranli himoya qilishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Radiotexnik inshootlarning elektromagnit maydon manbalari bilan ishlovchi kasb xodimlari ishga qabul qilishdan oldin va ish faoliyati davomida Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) talablari asosida davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Joylarda oʻrnatilgan radiotexnik inshootlarning masʼul xodimlari xavfsizlik qoidalari boʻyicha oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Radiotexnik inshootlarning masʼul xodimlari loyihalashtirishda, qurishda va qayta qurishda elektromagnit maydonlari taʼsiridan jamoat va ishlab chiqarish binolarini himoya qilish uchun faol va passiv himoya usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Aholini elektromagnit maydoni radiochastotalarining ikkilamchi nurlanishidan himoya qilish maqsadida, ikkilamchi nurlanish manbalari (bino konstruktiv qismlari, kommunikatsiyalar va boshqalar) hosil boʻlishini cheklash choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Radiotexnik inshoot joylashgan hudud oʻraladi va radiotexnik inshootlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari aholi kirishini taʼqiqlovchi ogohlantiruvchi belgilar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 4-noyabr,

0019-21-son