26.11.2002 yildagi 411-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 26.11.2002 yildagi 411-son
Date of entry into force
26.11.2002
Hujjat 23.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA ICHIMLIK SUV TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining suv taqchilligidan zarar koʻrgan aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, mintaqa aholisini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek resurslarni tejash siyosatini amalga oshirish va Orol boʻyida qishloq ichimlik suv taʼminoti infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun qaytarish muddati, shu jumladan besh yildan iborat imtiyozli davr bilan birga, 25 yil boʻlgan 38,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berishni maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot bankining qarzi Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimi asosida beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda Loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agent hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya davrida (2002—2006-yillarda) qarz boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovi Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani mablagʻ bilan taʼminlash sxemasi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzni qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subloyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda Osiyo taraqqiyot banki qarzining oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Xorazm viloyati hokimi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Loyihaning alohida komponentlarini Oʻzbekiston ulushi hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash uchun potensial investorlar mablagʻlarini belgilangan tartibda jalb etish chora-tadbirlarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Loyiha bitimini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tegishli suv taʼminoti tashkilotlari bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yildan boshlab, har yilgi davlat budjetlarini shakllantirishda Osiyo taraqqiyot bankining koʻrsatilgan qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga, vositachilik haqi va foizlarni toʻlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda Xorazm viloyati mahalliy budjeti hisobidan, mintaqalar suv taʼminoti tashkilotlarining ushbu maqsadga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda, mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot bankining ushbu Loyiha boʻyicha qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2003—2006-yillar uchun investitsiya dasturini shakllantirishda Loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda Oʻzbekistonning yetishmaydigan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan har yilgi kapital qoʻyilmalar limitini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyihani amalga oshirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bir oy muddatda, belgilangan tartibda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzurida 7 kishidan iborat tarkibda Loyihani boshqarish guruhini tuzsin, guruh faoliyati Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlari hisobidan milliy valyuta — “soʻm”da mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Loyihani amalga oshirish davomida suv taʼminoti xizmatlari uchun suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlaydigan tarif siyosatini amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida import boʻyicha keltiriladigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari), Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) esa — mazkur Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ulushi sifatida, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi buyurtmanomalariga koʻra, ushbu Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi buyurtmanomalariga koʻra, Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddatini uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 26-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
411-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Rozuqulov U.U. —‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, kengash rahbari
2.‎ Salimov A.H. —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, kengash rahbarining oʻrinbosari
3.‎ Abdurahmonov M.S. —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari
4.‎ lavozimiga koʻra —‎ Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi
5.‎ Holmuhamedov Oʻ.O. —‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori
6.‎ Qodirniyozov B.T. —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari
7.‎ Yoʻldoshev R. —‎ Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari
8.‎ lavozimi boʻyicha —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining boʻlim boshligʻi, kengashning masʼul kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.