Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
22.10.2025
17.07.2024
19.11.2023
05.04.2022
03.11.2021
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2025
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini berishda qulayliklar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya Federatsiyasidagi yurtdoshlarimizning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, konsullik xizmatlarini hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi turdagi konsullik xizmati koʻrsatishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi, shuningdek, ushbu harakatlarni amalga oshirganlik uchun yigʻimlar va toʻlovlar miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Vaqtinchalik nizom 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 25-noyabrga qadar Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish xizmatini joriy etish maqsadida axborot tizimlari integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunalari va plastik kartalar bilan taʼminlovchi tashkilot bilan hamkorlikda eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun zarur uskunalar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi M.A. Xayriddinov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 2-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
667-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 667-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalari (keyingi oʻrinlarda — konsullik muassasasi) tomonidan Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — talabgor) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi) tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoʻqotilgan milliy haydovchilik guvohnomasini tiklash Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish boʻyicha talabgorning konsullik muassasasiga murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Talabgor eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza bilan shaxsan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish boʻyicha talabgorning arizasi konsullik muassasasi mansabdor shaxsi (keyingi oʻrinlarda — konsullik mansabdor shaxsi) tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Talabgorning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish boʻyicha arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasporti yoki fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiya ID-karta) (konsullik mansabdor shaxsi tomonidan nusxa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni (konsullik mansabdor shaxsi tomonidan nusxa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida belgilangan miqdorda konsullik yigʻimi va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻim, shuningdek, haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun toʻlov toʻlaganligi toʻgʻrisida kvitansiya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgordan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Konsullik muassasasi orqali eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun quyidagilar undiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida toʻlov. Bunda toʻlov tegishli toʻlov amalga oshiriladigan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan kurs boʻyicha xorijiy valyutada qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 AQSH dollari miqdorida konsullik yigʻimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 AQSH dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Vaqtinchalik nizom 7-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konsullik mansabdor shaxsi tomonidan milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish axborot almashinuvi elektron tizimi orqali mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga keltirilgan shakl boʻyicha anketa toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Elektron anketa toʻldirilgach, talabgor konsullik mansabdor shaxsi tomonidan fotosuratga olinadi va maʼlumotlar toʻgʻriligi tekshirilib, ushbu anketa talabgor tomonidan maxsus elektron qurilmaga oʻz imzosini qoʻygan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Konsullik mansabdor shaxsi tasdiqlangan anketani bir ish kuni ichida axborot almashinuvi elektron tizimi orqali Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bir ish kuni ichida anketani oʻrganib chiqadi va talabgorning milliy haydovchilik guvohnomasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq berilganligi maʼlumotlar bazasi orqali tasdiqlangandan soʻng, shu kunning oʻzida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomasini Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi diplomatik kanallar orqali konsullik muassasalariga joʻnatish va talabgorga berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Milliy haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilganidan soʻng, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot almashinuvi elektron tizimiga guvohnoma muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida tegishli maʼlumotni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Milliy haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga hamda konsullik muassasasi orqali Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish navbatdagi diplomatik pochta orqali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda navbatdan tashqari pochta orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Konsullik mansabdor shaxs diplomatik pochta orqali qabul qilgan milliy haydovchilik guvohnomasini talabgorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq avval toʻldirilgan arizasiga hamda hisobga olish kitobiga olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini talabgorga topshirilgan vaqtda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qoʻyilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini konsullik mansabdor shaxsi keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati orqali Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish maqsadida yuborish uchun diplomatik kanallar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Talabgor anketada ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatganligi, konsullik yigʻimi va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻim hamda toʻlov stavkasini toʻliq amalga oshirmaganligi, hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirib berishni rad etish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Milliy haydovchilik guvohnomasi egasining shaxsan oʻziga topshiriladi, notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida murojaat qiluvchi uchinchi shaxslar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilganligining hisobini yuritish mazkur Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Hisobga olish kitobida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Talabgor konsullik muassasasining mansabdor shaxslari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga murojaat qilish.
1. Xohishiga koʻra
2. Nizomning 6 va 7-bandlariga muvofiq zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim qilish.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
Konsullik muassasasi
Talabgor nomidan soʻrovnomani toʻldirish va uni axborot tizimi orqali Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinda — IIV YHXBB) yuborish.
Bir ish kunida
3-bosqich
IIV YHXBB
1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.
2. Talabgorning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq berilganligi maʼlumotlar bazasi orqali tasdiqlash (guvohnoma tasdiqlanmagan holda asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini konsullik muassasasiga axborot tizimi orqali yuborish).
3. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.
4. Rasmiylashtirilgan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (keyingi oʻrinda — TIV KHD) yuborish.
Bir ish kunida
4-bosqich
TIV KHD
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali yuborish.
Diplomatik pochta jadvaliga muvofiq
5-bosqich
Konsullik muassasasi
1. YHXBBdan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini olish.
2. Eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini olib qoʻyish.
3. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini egasiga berish yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish.
Bir ish kunida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining ____________________ shahridagi konsullik boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ____________________________________dan
(F.I.O.)
Tel.: _______________________________ E.pochta: ____________________________ Doimiy roʻyxatdan oʻtgan yashash manzili ____________________________________
(biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta: seriyasi ___ raqami ____________________, ___.___. 20 ___ yilda __________________________________________________ tomonidan berilgan), Rossiya Federatsiyasining ________________________________________________
(yashash manzili toʻliq yoziladi)
___________________________da vaqtinchalik (yoki doimiy) yashayotganligim sababli, menga tegishli boʻlgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini (seriyasi ____ raqami _________________, ___.___.20 ___ yilda________________________________ tomonidan berilgan) yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirib berishingizni soʻrayman.
_________________________________________ _____________ “___” _________ 20__ yil
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini oldim ____________________
(imzo)
“___” ________ 20__ yil
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
________________
________________
(sana)
(tartib raqam)
Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish boʻyicha konsullik mansabdor shaxs tomonidan axborot almashinuvi elektron tizimida toʻldiriladigan ANKETA
Talabgor haqida maʼlumot
Fotosurat
1.
F.I.O.
2.
Pasport yoki identifikatsiya ID-karta raqami
3.
JSHSHIR
4.
Eski haydovchilik guvohnomasining raqami
5.
Eski haydovchilik guvohnomasining berilgan joyi
6.
Eski haydovchilik guvohnomasi talonining raqami
7.
Doimiy roʻyxatdan oʻtgan yashash manzili
8.
Rossiya Federatsiyasidagi yashash manzili
9.
Telefon raqami
10.
Elektron pochta manzili
______________________ Talabgorning maxsus elektron qurilma orqali qoʻygan elektron imzosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini berilganligini hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KITOBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
F.I.O.
Pasport yoki identifikatsiya
ID-karta seriyasi va raqami
Eski haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqami
Yangi haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqami