1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ullar |
|
I. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut deb yuritiladi) ustavi va tashkiliy tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. |
Ikki oy muddatda |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
2. |
Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish. |
Bir hafta muddatda |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
3. |
Institutning 2021-yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini, shtat jadvalini ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash. |
Ikki oy muddatda |
2021-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
4. |
Institut boshqaruv va ta’lim jarayonlarini 2025-yilgacha bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish. |
2022-yil may |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
II. Institutda 2021/2022 o‘quv yilini samarali tashkil etish | ||||
|
5. |
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda kadrlar iste’molchilarining talablari, soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurs tejaydigan texnologiyalar o‘z aksini topgan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash. |
Ikki oy muddatda |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
6. |
Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun masofaviy elektron ta’lim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish. |
Doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant mablag‘lari va texnik ko‘maklar doirasida |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
7. |
Institutning talabalari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining iste’molchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, xo‘jalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilg‘or tajribaga ega korxona va tashkilotlarda tashkil etish. |
O‘quv jarayoni jadvali asosida |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
8. |
Institutning Axborot-resurs markazini o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish hamda yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarini, shuningdek, hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
9. |
Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ro‘yxatini aniqlash hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. |
Doimiy |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
10. |
Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishlari, talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida o‘quv-amaliyot markazlarini (mutaxassislik kafedralari filiallarini) tashkil etish hamda faoliyatini takomillashtirish. |
2022-yil davomida va doimiy |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
III. Institutning ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar | ||||
|
O‘quv jarayoni bo‘yicha | ||||
|
11. |
Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. |
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
12. |
Tor ixtisosliklar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga institutning professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha vebinarlar tashkil etish. |
2022 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
13. |
Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilg‘or badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglari hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Bunda: xorijiy (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida Institutning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish; veb va “bulutli” texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish; RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish; kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish; kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish; xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish; elektron va qog‘oz shaklidagi xalqaro ilmiy va o‘quv nashrlariga obuna bo‘lishni tashkil qilish. |
2022 — 2024-yillar |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
14. |
Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy va xalqaro imijni shakllantirish maqsadida mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitishni keng joriy etish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha | ||||
|
15. |
Institutning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini tizimli tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalariga maqsadli doktoranturaga o‘qishga yuborish. |
2022 — 2025-yillar |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
16. |
Har yili qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari magistraturasining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish. |
Doimiy |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
17. |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining agrar tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birga qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. |
Doimiy |
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
18. |
Professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Tashabbuskorlarning mablag‘lari hisobidan |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
19. |
Hududning tuproq-iqlim sharoitini hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish turlarini inobatga olgan holda subtropik (anor, xurmo, zaytun, chilonjiyda), sitrus (limon, mandarin, kivi, ananas) hamda sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirish muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
20. |
Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
21. |
“Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilarning rag‘batlantirish tizimini joriy qilish. Bunda: ustamalar miqdorini “Xirsh” indeksi (h-indeks): 5 dan 9 gacha bo‘lsa 20 foiz; 10 va undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilash. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, mahalliy hokimliklarning mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
22. |
Institut huzurida davlat muassasasi shaklida “Meva (subtropik va sitrus) va sabzavot ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazini tashkil etish. |
2022-yil avgust |
Davlat budjet mablag‘lari, mahalliy hokimliklarning mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha | ||||
|
23. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish. Bunda: birinchi tashabbus — talaba yoshlarni musiqa va san’atga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, ko‘rgazmalar, san’at va madaniyat maskanlarida ochiq darslar o‘tkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish. ikkinchi tashabbus — sport majmualarida to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, yangi sport to‘garaklari ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariaro uch bosqichli chempionatlarni o‘tkazish. uchinchi tashabbus — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari bo‘yicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash bo‘yicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi to‘garaklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish. to‘rtinchi tashabbus — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, talabalarning she’rlari, ilmiy maqolalari va she’riy to‘plamlarini chop etish, OAVda yoritish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
beshinchi tashabbus — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga o‘rgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, milliy hunarmandchilik kurslarini va ijodiy to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish. |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari | |||
|
24. |
Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning nomzodini O‘zbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga tavsiya etish, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda rag‘batlantirib borish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
- |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
25. |
Institut joylashgan hududda yashovchi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning farzandlari hamda uyushmagan yoshlar uchun qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. |
Doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
26. |
Institutning moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda yaqin hududlardagi uyushmagan yoshlarnisport to‘garaklariga, ingliz tili, nemis tilini o‘qitish kurslariga, kompyuter savodxonligi to‘garaklariga jalb etish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha | ||||
|
27. |
Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish. |
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
28. |
Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalariga magistratura va doktoranturaga (jumladan, “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlari orqali) muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish. |
2022 — 2025-yillar |
“El-yurt umidi” jamg‘armasi |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
29. |
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari va ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazilishini ta’minlash. |
Belgilangan muddatlarda |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
30. |
Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining Institutdagi ulushini oshirish. |
Doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
31. |
Anorchilik yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni ilg‘or xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy kelishuv asosida |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha | ||||
|
32. |
Veterinariya diagnostika o‘quv laboratoriyasi hamda Axborot-maslahat markazi (Extension center) hududida qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ko‘paytirish va tajribalar olib borish maqsadida maxsus bino (vivariy) qurish ishlarini 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini ko‘rish. |
2022-yil iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
33. |
Institut hududida 400 o‘rinli majlislar zali hamda 200 o‘rinli talabalar oshxonasini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritish. |
2022-yil iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
34. |
Axborot-maslahat markazi hududida sitrus va subtropik ekinlar (limon, anor, xurmo, kivi, zaytun) ko‘chatlarini yetishtiruvchi issiqxona tashkil etish. |
2022-2023-yillar |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
35. |
Axborot-maslahat markazi (Extension center) hududida qishloq xo‘jaligi ekinlarini doimiy suv bilan ta’minlash bo‘yicha vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash, ishga tushirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda dala atrofini to‘siq (sim-to‘r) bilan o‘rash. |
2022-2023-yillar |
Davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklarning mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
36. |
Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, qadoqlash bo‘yicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish. |
2022 — 2025-yillar |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
37. |
Xorijiy va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot, ishlanmalar, jihozlarni sinovdan o‘tkazish va targ‘ib qilish uchun “Ko‘rgazmali auditoriyalar”ni tashkil etish. |
2022 — 2025-yillar |
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
2-ILOVA
|
T/r |
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar |
Biriktirilayotgan tashkilotlar |
|
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari | ||
|
1. |
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha) |
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
2. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi | |
|
3. |
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik | |
|
4. |
O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, “Agro ximoya xizmati o’simliklar klinikasi” MChJ, “Tomorqa xizmati agro-invest” MChJ |
|
5. |
O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
6. |
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
7. |
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish | |
|
8. |
Mevachilik va uzumchilik |
Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi |
|
9. |
Agronomiya (anorchilik) | |
|
10. |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) | |
|
11. |
Ipakchilik va tutchilik |
Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ |
|
12. |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish |
“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
|
13. |
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) |
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi |
|
14. |
Agrobiznes va investitsion faoliyat | |
|
15. |
O‘rmonchilik |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi (Surxondaryo, Bobotog‘, Boysun, Uzun, Qiziriq va Hisor davlat o‘rmon xo‘jaliklari) |
|
16. |
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi | |
|
17. |
Manzarali bog‘dorchilik | |
|
18. |
Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) |
Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi |
|
19. |
Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha) | |
|
Magistratura mutaxassisliklari | ||
|
1. |
Agronomiya |
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
2. |
Seleksiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha) | |
|
3. |
Agrokimyo | |
|
4. |
O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha) |
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
5. |
Sabzavotchilik va polizchilik |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi |
|
6. |
O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, “Agro ximoya xizmati o’simliklar klinikasi” MChJ, “Tomorqa xizmati agro-invest” MChJ |
|
7. |
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi (Surxondaryo, Bobotog‘, Boysun, Uzun, Qiziriq va Hisor davlat o‘rmon xo‘jaliklari) |
|
8. |
Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) |
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi |
3-ILOVA
|
T/r |
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar nomi |
Amaliyot turlari (bakalavriat/magistratura) hamda amaliyotni o‘tkazish obyektlari va manzillari | ||
|
O‘quv-tanishuv amaliyoti obyekti va manzili |
O‘quv amaliyoti obyekti va manzili |
Ishlab chiqarish amaliyoti/ ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti va manzili | ||
|
1. |
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
Axborot-maslahat markazi |
1. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
||||
|
2. |
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha) |
Axborot-maslahat markazi |
1. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali |
1. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi |
|
2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
2. Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy) | |||
|
3. |
O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) |
Axborot-maslahat markazi |
O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati tayanch punkti |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
4. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) |
Axborot-maslahat markazi |
1. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali |
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi |
|
2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi |
||||
|
5. |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) |
Axborot-maslahat markazi |
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ (Termiz shahri, Zernovaya ko‘chasi, 1-uy) |
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ (Termiz shahri, Zernovaya ko‘chasi, 1-uy ) |
|
6. |
O‘rmonchilik |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi |
|
7. |
Ipakchilik va tutchilik |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ |
Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ |
|
8. |
Mevachilik va uzumchilik |
Axborot-maslahat markazi |
1. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi |
2. Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy) |
|
2. Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi |
2. Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi | |||
|
9. |
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi |
|
10. |
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi |
|
11. |
O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
12. |
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
Axborot-maslahat markazi |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy) |
|
13. |
Agrobiznes va investitsion faoliyat |
Axborot-maslahat markazi |
1. “O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy) |
|
2. “Golden Fresh” MChJ |
||||
|
14. |
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) |
Axborot-maslahat markazi |
“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy) |
|
15. |
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish |
Axborot-maslahat markazi |
“Golden Fresh” MChJ |
“Golden Fresh” MChJ |
|
16. |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish |
Axborot-maslahat markazi |
“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
|
17. |
Zootexniya (turlari bo‘yicha) |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati veterinariya |
|
18. |
Veterinariya meditsinasi |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati veterinariya |
|
19. |
Agronomiya (anorchilik) |
Axborot-maslahat markazi |
Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi |
Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi |