11.08.2021 yildagi PF-6277-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.08.2021 yildagi PF-6277-son
Date of entry into force
12.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola tarbiyalayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va koʻmakka muhtoj oilalar moddiy taʼminotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni toʻlash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga qaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

a) 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 2026-yil 1-fevraldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yakka-yolgʻiz boʻlgan fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga toʻlanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordamning miqdorlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moliya vazirligi 2021-yil yakuniga qadar bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalar sonining oʻrtacha 20 foizga oshishini hisobga olgan holda 2021-yilda ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirishga budjetdan qoʻshimcha mablagʻ ajratsin hamda Davlat budjetining 2022-yildagi parametrlarini shakllantirishda mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar va shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi maʼlumotlar bazasidagi kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar va shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishi hamda axborot almashinuvining samarali ishlashini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2021-yil 20-avgustga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan bolali oilalarga nafaqani hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmon maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabr va 2022-yil 1-aprelga qadar axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-6277-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-871-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “parvarishlash uchun” soʻzlaridan keyin “ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 60 foizi miqdorida belgilansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3864-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5984-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi “g1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g1) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoni 15-ilovasi 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

9.

“Pensiya” dasturiy taʼminotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini yaratish. Bunda, pensiya va nafaqalarni bosqichma-bosqich birgina pasport asosida tayinlash tizimini joriy etishni nazarda tutish.

1. Axborot tizimini yaratish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Pensiya” dasturini funksional kengaytirish boʻyicha shartnoma imzolash.

3. Pensiya” dasturiy taʼminotini funksional kengaytirish.

4. Axborot tizimini amaliyotga joriy etish.

2022-yil sentabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlar

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

(A. Xaydarov)

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qarorining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Kam taʼminlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning oʻzini-oʻzini boshqarish organlari orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi joriy etilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-son qarorining 11-bandi “(turmush oʻrtogʻi va bolalari)” soʻzlaridan keyin “shuningdek, pensionerlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4938-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 soʻmdan 1 085 000 soʻmgacha etib belgilansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi nizom ilovasining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi nizom ilovasining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“kam taʼminlangan oila — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 731-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlanayotgan pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) nafaqalar toʻlanishi uchun masʼul boʻlgan organlar tomonidan hisoblanadi va 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ilovaning bandlari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustdagi “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-938-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4158-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-dekabrdagi “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 350-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 866-son qarorining 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ilovaning bandlari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)