Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 07.10.2021 yildagi 627-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.10.2021 yildagi 627-son
Date of entry into force
08.10.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini toʻliq qondirish, narxlar oshib ketishi va aholi real daromadlari pasayishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy oshishining oldini olish maqsadida 2022-yil 1-mayga qadar muddatda ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar, istisno tariqasida, bojxona bojidan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni tegishli tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2025-yil 1-iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov taʼminoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, guruch, shakar xomashyosi, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-iyundagi 344-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2024-y., 09/24/344/0435-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 10-oktabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarini qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 7-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
627-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 1-mayga qadar bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan)

0803

2.

Yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya

0804

3.

Yangi yoki quritilgan sitrus mevalar

0805

4.

Yangi papayya

0807 20 000 0

5.

Yangi olma, nok va behi

0808

6.

Kivi

0810 50 000 0

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 09/21/627/0975-son; 21.06.2024-y., 09/24/344/0435-son)