19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3326
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining qarori, 19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3326
Date of entry into force
19.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3326]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 18-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOSHKULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-2021-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 16-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 18-oktabrdagi 38-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 13-oktabrdagi 33-2021-son, Moliya vazirligining 2021-yil 16-oktabrdagi 65-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi (keyingi oʻrinlarda — davlat buyurtmasi) parametrlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasi — vazirlik, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan, davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitish xarajatlari toʻliq qoplab beriladigan oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan buyurtmalar portfeli;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tashkiloti — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlari reyestriga kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan va oʻqishni tamomlagandan soʻng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan talaba;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar buyurtmachilari — oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlashga buyurtmalar beruvchi va kelgusida ushbu kadrlarni ish bilan taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish va shartnoma tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kadrlar buyurtmachilari oʻzlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har yili 15-yanvarga qadar oʻz tizimlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni taʼlim tashkilotlari va yoʻnalishlari kesimida shakllantiradi hamda 20-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taqdim etilgan buyurtmalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, umumlashtiriladi hamda kadrlar buyurtmachilari, taʼlim tashkilotlari va yoʻnalishlari kesimida taqsimlagan holda davlat buyurtmasi shakllantiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi shakllantirilgan davlat buyurtmasi parametrlarini 30-mayga qadar oʻrganib chiqish va kelgusida tasdiqlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taʼlim tashkiloti kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingandan keyin 20 kun muddatda tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida kadrlar tayyorlash uchun kadrlar buyurtmachilariga talabgorlarni saralash va shartnoma tuzish haqida yozma xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taʼlim tashkiloti Kadrlar buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan buyurtma doirasida kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplaganlarga oʻqishni tamomlagandan soʻng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish sharti bilan oʻqitish xarajatlarini qoplab berilishini taklif qiladi. Bunda, eng yuqori ball toʻplagan shaxs tomonidan ushbu taklif rad etilgan taqdirda, taklif roʻyxat boʻyicha keyingi oʻrindagi shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentlarning kirish imtihonlarida toʻplagan ballari reyting boʻyicha eʼlon qilinmaydigan taʼlim tashkilotlarida talabgorlarni saralash taʼlim tashkilotining tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi. Bunda, talabgorni saralash bilan bogʻliq jarayon uchun taʼlim tashkiloti masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taklifga rozilik bildirgan talabgorlar haqidagi maʼlumotlar taʼlim tashkiloti tomonidan kadrlar buyurtmachisiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kadrlar buyurtmachisi talabgorlar roʻyxatini oʻrganib chiqib, ular bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻqishni tamomlagandan soʻng 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan talabgor bilan kadrlar buyurtmachisi, talabgor va taʼlim tashkiloti oʻrtasida uch tomonlama shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shartnomada kadrlar buyurtmachisi, taʼlim tashkiloti va talabgorning huquq va majburiyatlari, shuningdek shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda tomonlar uchun javobgarlik nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat buyurtmasini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Talabgorlarni oʻqitish xarajatlari uchun mablagʻlar kadrlar buyurtmachilariga har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan kadrlar buyurtmachisiga davlat buyurtmasi asosida ajratilgan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan alohida shaxsiy hisob varagʻida koʻzda tutiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan kadrlar buyurtmachisiga davlat buyurtmasi asosida ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va unga oʻzgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, kadrlar buyurtmachilari etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilangan taqdirda ushbu buyurtmalarni qoplash xarajatlarini moliyalashtirish tegishli budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Talabgorning kadrlar buyurtmachisi tizimida ishlashini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Taʼlim tashkiloti talabgorning oʻqishi tamomlangan kundan boshlab 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda uning oʻqishni tamomlanganligi toʻgʻrisida kadrlar buyurtmachisiga yozma shaklda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kadrlar buyurtmachisining yozma roziligi asosida talabgor oʻz hisobidan oʻqishni magistratura bosqichida davom ettirishi mumkin. Bunda, talabgorning kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish majburiyati, u magistratura bosqichini tamomlaganidan keyin yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kadrlar buyurtmachisi tomonidan talabgorning ish haqidan uni oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar ushlab qolishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3326/0974-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)