Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 27-noyabrdagi 968-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida ionlashtiruvchi nurlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini nazorat qilish hamda hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning individual dozalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash tartibini belgilash, maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahlillar natijasi boʻyicha nurlanish olishning aholiga taʼsirini baholash va uning taʼsir qilish darajasini kamaytirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar faoliyati davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi tashkilotlarda 2021-yil yakuniga qadar nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tashkil etsinlar hamda nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga ilovadagi nizomga muvofiq maʼlumot berib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ikki oy muddatda Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimini metodik-dasturiy taʼminot hamda kompyuter dasturlari yordamida bosqichma-bosqich avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalari boʻyicha takliflar ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B.Q. Yusupaliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 29-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
613-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 613-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan olinadigan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olishning yagona davlat tizimini tashkil etish, individual nurlanish boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona tizim) Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual dozimetr — muayyan vaqt davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbaidan chiquvchi nurlanish koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotni toʻplaydigan (oʻlchaydigan) qurilma yoki asbob-uskuna;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbai — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning ambiyent ekvivalent dozasi — oʻlchovlar oʻtkaziladigan joyda inson tomonidan qabul qilinadigan doza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning ekvivalent dozasi — ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan maʼlum bir nurlanish turlarining odam organlari yoki toʻqimalari ichiga olingan doza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish xavfsizligi — jismoniy shaxslar (xodimlar)ning ionlashtiruvchi nurlanish zararli taʼsiridan muhofazalanganligi holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy nurlanish manbai — tabiiy holda kelib chiqadigan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnogen nurlanish manbai — foydalanish uchun yoki ushbu faoliyatning qoʻshimcha mahsuloti sifatida maxsus yaratilgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy dozimetriya reyestri — nurlanish olishning barcha turlarining ruxsat etilgan maksimal individual dozalardan oshib ketishining oldini olish maqsadida jismoniy shaxslar (xodimlar)ning ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan olgan individual nurlanish dozalari boʻyicha maʼlumotlar toʻplami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yagona tizimning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish xavfsizligi sohasidagi qoidalar va normalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish xavfsizligini taʼminlash uchun nurlanishning taʼsir qilish darajasini kamaytirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, qaror qabul qilish uchun tegishli xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarini tahliliy materiallar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning taʼsir qilish darajasini kamaytirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining barcha turlaridan aholining alohida guruhlari olgan individual va jamoaviy nurlanish dozalarini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning individual dozalari belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan shaxslarni hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish taʼsiri natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish natijasida tibbiy oqibatlarni prognozlashtirish va uni kamaytirishning eng yaxshi yechimlarini topish orqali aholining xabardorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga va tashkilotlarga ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan olingan nurlanish dozalari toʻgʻrisida xolisona hamda ishonchli maʼlumot olish imkoniyatini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yagona tizim orqali quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini hisobga olish hamda uni meʼyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish uchun metrologik, texnik talablarga hamda individual nurlanish dozalari toʻgʻrisida axborot olish tartiblariga rioya etilishini taʼminlash va monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika hisoboti shakllari asosida individual nurlanish dozalari hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari taʼsir etganda, uning individual dozalari toʻgʻrisida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozasini hisobga olish kartasining toʻldirilishini va maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari boʻyicha statistik qoʻllanmalarni tayyorlash, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda individual dozimetrik nazorat natijalarining bayonnomasini hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozasini roʻyxatga olish jurnalini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar xodimlarining hamda jismoniy shaxslarning individual nurlanish dozalariga oid maʼlumotni olish toʻgʻrisidagi murojaatlari boʻyicha oʻn ish kuni mobaynida rasmiy maʼlumot taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nazorat qilinadigan, hisobga olinadigan nurlanish turlari va nazorat obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yagona tizim doirasida quyidagilar nazorat qilinishi va hisobga olinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar (xodimlar) ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan muolaja olganda qabul qilingan individual nurlanish dozalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy nurlanish va texnologik jihatdan oʻzgartirilgan radiatsiya fonidagi individual nurlanish dozalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari asosida Yagona tizim doirasida quyidagilar nazorat qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnogen ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining meʼyoriy ishlashi jarayonida jismoniy shaxslarning (xodimlarning) nurlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar (xodimlar)ning tabiiy ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan nurlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy rentgenoradiologik muolajalarda jismoniy shaxslar (xodimlar)ning nurlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yagona tizim doirasida nazorat qilinadigan va hisobga olinadigan asosiy koʻrsatkichlar yillik samarali dozani hamda koʻz gavhari, teri, qoʻl kaftlari va oyoq panjalarining yillik ekvivalent dozasini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari hamda gigiyena normativlariga muvofiq Nurlanish xavfsizligini taʼminlash talablariga asosan obyektning xususiyati va sharoitlariga qarab nurlanish olishning individual dozalari xodimlar va jismoniy shaxslar uchun alohida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yagona tizim doirasida nurlanish olishning individual dozalar qiymatini aniqlash quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual dozimetrlar yordamida toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining individual nurlanish dozasi qiymatini hisoblash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan individual nurlanish dozasi qiymatini yuzaga kelgan asoratlarga qarab aniqlash (biologik, biokimyoviy va biofizik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan individual nurlanish dozasi qiymatini har xil jismlar va materiallardagi oʻzgarishlarga qarab aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olingan maʼlumotlar boʻyicha oylik, choraklik va yillik hisobotlarni Yagona tizim maʼlumotlar bazasiga kiritish va reyestrini yuritish, ularni tahlil qilish va shu asosida gigiyenik xulosalar berish Sanitariya-epidemiologiya xizmati radiologiya laboratoriyasining malakali mutaxassislari tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona tizimdagi maʼlumotlardan xizmat doirasida foydalanish tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yagona tizim metodik-dasturiy taʼminot va kompyuter dasturlari yordamida bosqichma-bosqich rivojlantiriladi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yagona tizimning tashkiliy tuzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yagona tizim Sanitariya-epidemiologiya xizmatining individual nurlanish dozalarini hisobga olish va maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini taʼminlovchi majmuasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy jihatdan Yagona tizim respublika, hududlar (respublika, viloyat, tuman/shahar) va tashkilotlar miqyosida amalga oshiriladigan tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yagona tizim faoliyati ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Sanitariya-epidemiologiya xizmati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak boshida ionlashtiruvchi nurlanishni qabul qiluvchi va maʼlumotlarni yigʻuvchi dozimetrlarni (keyingi oʻrinlarda — dozimetrlar) reyestr boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakunida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan ularga tarqatilgan dozimetrlarni yigʻib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan yigʻib olingan dozimetrlarni reyestrga kiritish, ulardagi nurlanish dozalarini oʻlchash, olingan nurlanish dozalari boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish va tegishli xulosalarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda Nizomga 2-ilovaga muvofiq individual dozimetrik nazorat natijalari bayonnomalarini toʻldirib boradi, nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qiladi hamda hisobga olish boʻyicha reyestrni va maʼlumotlar bazasini toʻldirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda nurlanish olishning individual dozalari boʻyicha maʼlumotlarni va tegishli xulosalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak boshida dozimetrlarni reyestr boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak boshida dozimetrlarni reyestr boʻyicha tegishli hududdagi ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan bogʻliq faoliyat yurituvchi tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) hamda qonunchilikda belgilangan maxsus ruxsatnomaga ega ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi (ekspluatatsiya qiluvchi) subyektlarga (keyingi oʻrinlarda — subyektlar) tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakunida tashkilotlar va subyektlarga tarqatilgan dozimetrlarni reyestrga asosan qabul qilib oladi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yetkazib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan olingan maʼlumotlar va tegishli xulosalar asosida nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qiladi va hisobga olish boʻyicha hududiy reyestrni va maʼlumotlar bazasini toʻldirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan bogʻliq faoliyat yurituvchi tashkilotlar va subyektlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak boshida dozimetrlarni reyestr boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak boshida tashkilotning ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan bevosita ishlovchi har bir xodimiga hamda subyektda ionlashtiruvchi nurlanish muolajalarini olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxslarga (bemorlar) ichki reyestrga asosan dozimetrlarni tarqatadi hamda xodimlar/jismoniy shaxslarni ish yoki muolaja jarayonida dozimetrlar bilan doimiy taʼminlanganligini nazorat qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakunida tashkilotlar boʻyicha ichki reyestrga asosan ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan bevosita ishlovchi har bir xodimga chorak boshida tarqatilgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish muolajalarini olgan jismoniy shaxslarga (bemorlar) tarqatilgan dozimetrlarni ichki reyestr asosida yigʻib olib, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan taqdim qilingan (dozimetrlardagi nurlanish dozalarini oʻlchash, tahlil qilish natijasi boʻyicha) maʼlumotlarni va xulosalarni oladi, tashkilotda har bir xodim boʻyicha, subyektda har bir jismoniy shaxs (bemor) boʻyicha individual nurlanish dozasi reyestrini yuritadi hamda Nizomga 1 va 3- ilovalarni toʻldirgan holda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga taqdim etib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda tashkilot xodimlari tomonidan dozimetrlar toʻgʻri ishlatilishi va saqlanishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish dozalarini kuzatish va hisobga olish tizimini tashkil etishda tashkiliy va metodik rahbarlik qilish hamda yondashuvlar uygʻunligini taʼminlash Sanitariya-epidemiologiya xizmatining radiologiya laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona tizim faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazoratni taʼminlash Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nurlanish olishning individual dozalari toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni toʻplash hamda individual nurlanish dozalari boʻyicha rasmiy maʼlumotlarni taqdim etish Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tibbiy dozimetriya reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy dozimetriya reyestri individual dozimetrlar yordamida toʻplangan, tashkilotlar xodimlari yoki jismoniy shaxslar olgan individual nurlanish dozalari boʻyicha maʼlumotlar toʻplamini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologiya xizmati radiologiya laboratoriyasining malakali mutaxassislari tomonidan individual nurlanish dozalari toʻgʻrisida toʻplangan maʼlumotlar oʻrganiladi hamda tahlil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻplangan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish natijalari asosida Yagona tizimning metodik taʼminotini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari Sanitariya-epidemiologiya xizmati radiologiya laboratoriyasining malakali mutaxassislari tomonidan koʻrib chiqiladi va natijalari yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar amaliyotga tatbiq etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari jismoniy shaxslar va tashkilotlar xodimlari tomonidan olingan nurlanish dozasini oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda tibbiy dozimetriya reyestriga kiritish uchun Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga elektron shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlar tomonidan ular xodimlarining individual nurlanish dozalarining nazorati individual dozimetrlar yordamida amalga oshiriladi, shuningdek, individual dozalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlar tomonidan xodimlarining individual nurlanish dozalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar umumlashtirish uchun, tashkilot joylashgan hudud boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalariga yoki tuman (shahar) boʻlimlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilot xodimlari tomonidan dozimetrlarning toʻgʻri ishlatilishi va saqlanishi uchun nazoratni olib borish va javobgarlik tashkilot rahbariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Subyektlar individual dozimetrlar yordamida har bir jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qiladi hamda nurlanish olishning individual dozalarini baholab boradi, toʻplangan maʼlumotlarni, nurlanish olishning individual dozalarini baholash natijalarini har chorak yakunida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalari boʻyicha maʼlumotlar toʻplamini olish yuzasidan jismoniy shaxslar (xodimlar) va yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilinganda ushbu maʼlumotlar Sanitariya-epidemiologiya xizmati yoki uning hududiy boshqarmalari hamda subyektlar tomonidan yozma bayonnoma shaklida murojaat etuvchiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nurlanish olishning individual dozalarini baholashda radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nurlanish olishning individual dozalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish ishlari Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boshqarmalari oʻrtasida axborot almashinuvining amaldagi dasturiy taʼminoti orqali Yagona tizimning barcha tuzilmalarini qamrab olgan holda taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish doirasida har bir jismoniy shaxs (xodim) boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar Sanitariya-epidemiologiya xizmatining radiologiya laboratoriyasi bazasida ellik yil davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ayrim nurlanish dozalarini nazorat qilish va hisobga olishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Nurlanish olishning individual dozalarini baholash monitoringi respublika hududlari va tashkilotlar miqyosida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining baholash va monitoringni amalga oshiruvchi boshqarmalari va xizmatlari imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Subyektda jismoniy shaxslarning nurlanish olishining individual dozalarining nazorati va tibbiy dozimetriya reyestrini yuritish subyekt tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy dozimetriya reyestrini yuritishda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlash subyekt rahbariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ionlashtiruvchi nurlanish muolajalari paytida bemorlar tomonidan olingan nurlanishning individual dozalari nazorati va maʼlumotlarni toʻplash hamda tibbiy dozimetriya reyestrini yuritishda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlash tibbiyot muassasalari rahbariyati belgilagan masʼul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yagona tizim doirasida dozimetrik nazorat va monitoring qilish, olingan nurlanishning individual dozalari maʼlumotlarini toʻplash va baholash ishlarini amalga oshirishda tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bir vaqtning oʻzida alohida jismoniy shaxslar (xodimlar) yoki ularning muayyan toifasi guruhli nurlanish olish bilan bogʻliq holatlarga duch kelganida, ular ham Yagona tizim boʻyicha hisobga olinadi va har bir jismoniy shaxs (xodim) boʻyicha tibbiy dozimetriya reyestri yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda dozimetrik nazorat va monitoring qilish, olingan nurlanishning individual dozalari maʼlumotlarini toʻplash va baholash ishlari nurlanish monitoringi faoliyati bilan shugʻullanuvchi tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjud imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan tashkilot va subyektlarda oʻlchovlarni olib borish va oʻlchov bayonnomalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek, dublikat berish uchun Sanitariya-epidemiologiya xizmatining gʻazna hisob varagʻiga ushbu tashkilot va subyektlardan yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini hisobga olganlik uchun yigʻim miqdori Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan tashkilot va subyektlarda xodimlar nurlanish olishining individual dozalari belgilangan meʼyorlar doirasida boʻlishini kuzatib borish va tibbiy dozimetriya reyestrini yuritish boʻyicha shaxsiy javobgarlik tegishli tashkilot va subyekt rahbariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozasini hisobga olish kartasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozasini roʻyxatga olish jurnali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Jismoniy shaxs (xodim)ning F.I.O.
Ish joyi
(tashkilot/subyekt nomi, boʻlim)
Lavozimi
Dozimetr raqami
Amaldagi nurlanish dozasi, m3v
Jami yillik doza, m3v
Izoh
I chorak
II chorak
III chorak
IV chorak
1.
2.
3.
...
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq ruxsat etilgan yillik nurlanish dozasi 20 m3v/yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimining faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daraja
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
Respublika miqyosida
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati)
1. Ionlashtiruvchi nurlanishni qabul qiluvchi va maʼlumotlarni yigʻuvchi dozimetrlarni (keyingi oʻrinlarda — dozimetrlar) reyestr boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga tarqatish.
Har chorak boshida
2. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan ularga tarqatilgan dozimetrlarni yigʻib olish.
Har chorak yakunida
3. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan yigʻib olingan dozimetrlarni reyestrga kiritish va ulardagi nurlanish dozalarini oʻlchash, olingan nurlanish dozalari boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish va tegishli xulosalarni tayyorlash.
Har chorakda
4. Nizomga 2-ilovaga muvofiq individual dozimetrik nazorat natijalari bayonnomalarini toʻldirib borish, hamda nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha reyestrni va maʼlumotlar bazasini toʻldirib borish.
Doimiy ravishda
5. Nurlanish olishning individual dozalari boʻyicha maʼlumotlarni va tegishli xulosalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga tarqatish.
1. Dozimetrlarni reyestr boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan qabul qilib olish.
Har chorak boshida
2. Dozimetrlarni reyestr boʻyicha tegishli hududdagi tashkilotlarga hamda qonunchilikda belgilangan maxsus ruxsatnomaga ega ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi (ekspluatatsiya qiluvchi) subyektlar (keyingi oʻrinlarda — subyektlar) tarqatish.
Har chorak boshida
3. Tashkilotlar va subyektlarga tarqatilgan dozimetrlarni reyestrga asosan qabul qilib olish va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yetkazib berish.
Har chorak yakunida
4. Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan olingan maʼlumotlar va tegishli xulosalar asosida nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha hududiy reyestrni va maʼlumotlar bazasini toʻldirib borish.
1. Dozimetrlarni reyestr boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan qabul qilib olish.
Har chorak boshida
2. Tashkilotning ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan bevosita ishlovchi har bir xodimiga hamda subyektda ionlashtiruvchi nurlanish muolajalarini olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxslarga (bemorlar) ichki reyestrga asosan dozimetrlarni tarqatish hamda ularning ish va muolaja jarayonida dozimetrlar bilan doimiy taʼminlanganligini nazorat qilib borish.
Har chorak boshida
3. Tashkilotlar boʻyicha ichki reyestrga asosan ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan bevosita ishlovchi har bir xodimiga chorak boshida tarqatilgan hamda ionlashtiruvchi nurlanish muolajalarini olgan jismoniy shaxslarga (bemorlar) tarqatilgan dozimetrlarni ichki reyestr asosida yigʻib olib, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga yuborish.
Har chorak yakunida
4. Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan taqdim qilingan (dozimetrlardagi nurlanish dozalarini oʻlchash, tahlil qilish natijasi boʻyicha) maʼlumotlarni va xulosalarni olish, tashkilotda har bir xodim boʻyicha subyektda har bir jismoniy shaxs (bemor) boʻyicha individual nurlanish dozasini roʻyxatga olish hamda Nizomga 1 va 3- ilovalarni toʻldirgan holda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga taqdim etib borish.
Har chorakda
5. Tashkilot xodimlari tomonidan dozimetrlar toʻgʻri ishlatilishi va saqlanishi yuzasidan nazorat olib borish.
Doimiy ravishda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/613/0919-son)