Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023 24.09.2021 yildagi 49-9-132-Q/21-son
ONLINE TRANSLATE
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining qarori, 24.09.2021 yildagi 49-9-132-Q/21-son
Date of entry into force
24.09.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangiyer shahrida 2022-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Yangiyer shahar hokimining 2022-yil 10-oktabrdagi 249-9-132-Q/22-sonli “Yangiyer shahrida 2023-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320-modda)ning 6, 25-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanib, qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida Yangiyer shahar hokimi mavjud korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlarining roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan (2 182 nafardan) 218 kishini tashkil etadigan 10 foiz miqdoridagi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar va koʻp bolali oilalar uchun 1,5 foiz (35 kishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 2,5 foiz (54 kishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
safarbarlik chaqiruvi zahirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 1 foiz (22 kishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlar uchun 3 foiz (65 kishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 0,5 foiz (10 kishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 1 foiz (22 kishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari, odam savdosi qurbonlari uchun 0,5 foiz (10 kishi) miqdorida ish oʻrinlarining zahirasi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qarorning 1-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha 2022-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish joylarini barpo etish vazifasi yuklatilgan tashkilotlar, korxona va muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak. Shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar va koʻp bolali oilalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar uchun – ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
safarbarlik chaqiruvi zahirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olingan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari harakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrinlari hamda yuqorida koʻrsatilgan barcha toifalar uchun mos sharoitlar yaratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joylarining eng kam miqdori (kvota) boʻyicha ish oʻrinlarini tashkil etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni har chorakda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu oʻrinlarga ishga joylashganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25 sanasiga qadar shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga topshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan toifadagi shaxslarga maxsus ish joylari ajrata olmagan korxona va muassasalar ish joylarini ijaraga sotib olish yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ish oʻrinlarini band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorning 1-bandi 2-xatboshida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kesimidagi ish oʻrinlari koʻrsatilgan holdagi miqdorda ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlarini belgilangan muddatlarda va tartibda barpo etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qaror bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorda belgilangan muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun belgilangan koʻrsatkichdan ortiqcha, shu jumladan ish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun turar joy boʻlmagan binolarni birinchi navbatda ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyatiga berilgan vakolatlar doirasida qonunda belgilangan tartibda boshqa imtiyozlar berilishi mumkinligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yangiyer shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi besh kunlik muddat ichida mazkur qarorni ilovasida koʻrsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2021-yil 3-sentabrdagi 248-sonli qarori, 2022-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (I. Nurmatov) hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari (Gʻ. Raimnazarov) zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokim I. XOʻJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangiyer sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-9-132-Q/21-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangiyer shahar hokimining 2021-yil 24-sentabrdagi 49-9-132-Q/21-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Yangiyer shahri boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Korxona va tashkilotlar nomi

Topshiriq belgilangan korxonalar soni

Ularda ishlovchilar soni

Band qilingan ish oʻrinlari soni JAMI

shu jumladan

Nogironlar uchun

Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar

Yolgʻiz ota, onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolaliklar

Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar

Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar

Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod yetilganlar

Odam savdosidan jabr koʻrganlar

1.

Tibbiyot birlashmasi

1

778

36

8

2

2

18

3

2

1

2.

Sirdaryo viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazi

1

170

11

2

1

1

4

1

1

1

3.

Obodonlashtirish boshqarmasi

1

90

9

2

1

1

2

1

1

1

4.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi

1

50

2

1

1

5.

Maktab internati

1

52

2

1

1

6.

Xalq taʼlimi boʻlimi

1

35

2

1

1

7.

Musika maktab

1

21

1

1

8.

1-sonli umumtaʼlim maktabi

1

26

2

1

1

9.

2-sonli umumtaʼlim maktabi

1

27

2

1

1

10.

3-sonli umumtaʼlim maktabi

1

27

2

1

1

11.

4-sonli umumtaʼlim maktabi

1

36

2

1

1

12.

5-sonli umumtaʼlim maktabi

1

26

2

1

1

13.

6-sonli umumtaʼlim maktabi

1

30

2

1

1

14.

7-sonli umumtaʼlim maktabi

1

28

2

1

1

15.

8-sonli umumtaʼlim maktabi

1

26

2

1

1

16.

9-sonli umumtaʼlim maktabi

1

25

2

1

1

18.

BOʻSM

1

44

2

1

1

19.

Futbol akademiyasi

1

65

2

1

1

20.

Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

1

66

4

1

2

1

21.

2-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

26

2

1

1

23.

4-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

34

2

1

1

24.

5-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

29

2

1

1

25.

6-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

63

2

1

1

26.

9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

42

2

1

1

27.

10-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

40

2

1

1

28.

11-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

35

2

1

1

29.

12-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

32

2

1

1

30.

13-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi

1

29

2

1

1

31.

“Yangiyer temir-beton konstruksiyalari zavodi” UK

1

70

4

1

2

1

32.

“ELEGANT FIBER TEXTILE” MChJ

1

95

8

2

5

1

33.

“YANGIER SANATORIYSI” MChJ

1

65

2

1

1

Shahar boʻyicha jami hammasi

31

2 182

116

35

4

4

58

8

4

3