17.09.2021 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 580-son
Date of entry into force
18.09.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 19-apreldagi 336-son qaroriga muvofiq xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti ustidan nazorat qilish samaradorligini oshirish, byurokratik, shu jumladan, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 17-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
580-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qarorning 4-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Transport vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qarorga 3-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Xavfli yuklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklarning tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 12-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 13-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 14-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 17-banddagi “uch oyni” soʻzlari “oʻttiz kunni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 18-bandning uchinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 19-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)