15.09.2021 yildagi PF-6314-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.09.2021 yildagi PF-6314-son
Date of entry into force
16.09.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va “Soliqchi — ko‘makchi” tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu banddan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Savdo-sanoat palatasiga mahalliy shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Adliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 1-oktabrdan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalarini 1-ilovaga muvofiq bekor qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda ushbu ro‘yxatga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan hamda nazorat sohasida nazarda tutilmagan masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-apreldan bosqichma-bosqich majburiy talablarning elektron reyestri joriy qilinadi. Bunda, mazkur reyestr davlat organlari va tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasidagi sohalar bo‘yicha belgilangan tartibda taqdim etgan majburiy talablar ro‘yxati asosida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2022-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan yuritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi, bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar hamda Vakolatli organni tekshiruv boshlangandan so‘ng xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatida nazarda tutilgan tekshiruvlar mustasno.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi, shuningdek, quyidagi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar bo‘yicha onlayn o‘qitish va faoliyati majburiy talablarga mosligi bo‘yicha o‘zini o‘zi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishini baholash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2022-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlariga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi (keyingi o‘rinlarda — Indeks) joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Indeks Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali tekshiruv natijalari asosliligi hamda qonuniyligi, profilaktik tadbirlar va tekshiruvlar mutanosibligi, tadbirkorlarning tekshiruv natijalaridan qoniqish darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nazorat qiluvchi organlar har yarim yil yakunlari bo‘yicha 1-avgustga qadar, yil yakunlari bo‘yicha 1-fevralga qadar amalga oshirilgan nazorat tadbirlari tahlilini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil har yarim yil yakunlari bo‘yicha 1-sentabrga qadar, yil yakunlari bo‘yicha 1-martga qadar Indeks natijalari to‘g‘risidagi axborotni va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ko‘p takrorlanuvchi huquqbuzarliklar hamda ular sodir etilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga joylashtiradi va jamoatchilikka e’lon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Qosimov) va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga ma’lumotlarni to‘liq va o‘z vaqtida kiritish hamda ularning haqqoniyligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha 2021-yil 1-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish uchun 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tadbirkorlikni yuritishni yengillashtirish va biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Adliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.S. Qosimov hamda nazorat qiluvchi organlar rahbarlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-6314-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021-yil 1-oktabrdan bekor qilinayotgan nazorat funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Funksiya

Vakolatli organ

1.

Tashuvchilar tomonidan sanitariya qoidalarining buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish.

Transport vazirligi

2.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarida, issiqxona xo‘jaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashning sifati ustidan nazorat olib borish.

4.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’muriy binolarini qurish ishlarining sifati bo‘yicha monitoring olib borish.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

5.

Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmog‘i (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish.

Davlat bojxona qo‘mitasi

6.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritish va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshirish.

7.

Chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug‘urta bo‘yicha qonunchilikda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.

8.

Issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari sarflanishini nazorat qilish.

Davlat soliq qo‘mitasi

9.

Qurilishda metall prokatining qo‘llanilishi yuzasidan tegishli nazoratni ta’minlash.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

10.

Oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini ta’minlash, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘yicha bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

Davlat statistika qo‘mitasi

11.

Tegishli hududda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

12.

Yoqilg‘i-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qo‘llanishining to‘g‘riligini doimiy nazorat qilib borish.

13.

Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

14.

Kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida da’volar bilan sudga murojaat qilish.

15.

Tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.

16.

Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlikni yuritishni yengillashtirish va biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YO‘L XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),

manfaatdor idoralar

2.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),

manfaatdor idoralar

3.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishga tushirish. Bunda, ushbu tizim quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash:

davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish;

tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini yuritish. Bunda, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga integratsiya qilinadi;

tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar bo‘yicha onlayn o‘qitish va faoliyati majburiy talablarga mosligini o‘zini-o‘zi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish;

nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishini baholash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-aprel

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),

manfaatdor idoralar

4.

Har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish bo‘yicha savolnomalarni Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan holda tasdiqlash.

Ichki idoraviy hujjat

2022-yil 1-yanvar

Nazorat qiluvchi organlar, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov)

Tasdiqlangan savolnomalarni nazorat qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga (ushbu tizim ishga tushirilgandan so‘ng) joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar, doimiy

5.

Nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv o‘tkazishning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibini o‘rnatish.

B?nda, xabarnomada tekshiruv o‘tkazish muddati va predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligi, korrupsiya alomatlari vujudga kelganda xabar berish tartibi, mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat berish tartibi va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar majburiy tartibda ko‘rsatilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi
(A. Burxanov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
nazorat qiluvchi organlar

6.

Davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

davlat nazorati funksiyalari reyestrida davlat nazorati funksiyasi, nazorat qiluvchi organ, nazoratni amalga oshirish shakli va nazorat obyekti ko‘rsatiladi;

majburiy talablar reyestrida tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha majburiy talablar ro‘yxati va savolnomalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda ko‘rsatiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi
(A. Burxanov),

nazorat qiluvchi organlar

7.

Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qo‘yiladigan minimal talablarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-yanvar

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),

manfaatdor idoralar

8.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-noyabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

(D. Qosimov)
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A. Burxanov)

9.

Tadbirkorlik subyektlari uchun eng ko‘p ma’muriy yuk bo‘layotgan davlat nazorati funksiyalarini akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, litsenziyalash va boshqa usullar orqali xususiy sektorga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(S. Xolxo‘jayev),
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sh. Sharaxmetov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

11.

Davlat nazorati funksiyalari va tekshiruv turlari ro‘yxatlarini tegishli sohalarda xavfsizlik darajasi ta’minlanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holatini inobatga olgan holda kamida uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har uch yilda

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

(D. Qosimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(S. Xolxo‘jayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-son qarorining 5-bandi va qarorga 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-1-band va 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma yettinchi xatboshi yigirma oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 112-son qaroriga ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur ilova 2021-yil 1-oktabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)