Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2004 14.08.1997 yildagi 398-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.08.1997 yildagi 398-son
Date of entry into force
14.08.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2004
Hujjat 14.08.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ALKOGOLLI MAHSULOT IShLAB ChIQARIShGA DAVLAT MONOPOLIYASINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI BAJARIShGA OID ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-iyundagi PF-1790-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish toʻgʻrisidagi arizalarni oʻrganuvchi idoralararo komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalarga, shu jumladan, xorijiy sarmoya jalb qilingan korxonalarga oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi standartlar, texnologiyalarga va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga, shuningdek, uni sotishning belgilangan tartibiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini berishda ularga qoʻyiladigan talablar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzdavstandart” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shu jumladan, xorijiy sarmoya jalb qilingan korxonalarni, ularning mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan roʻyxatdan oʻtkazish dalolatnomalarini 1997-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1998-yil 1-yanvardan boshlab bir oy savdo qilish uchun quyidagi cheklangan stavkalar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻim — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yigʻimi — eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda savdo qilish huquqi uchun va litsenziya yigʻimi sertifikati (guvohnomasi) bir oydan oʻn ikki oygacha muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzdavstandart” markazi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalarda alkogolli mahsulot ishlab chiqarishning texnologik rejimlarini va mahsulot sifatini muntazam ravishda nazorat qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish‎ — Vazirlar Mahkamasi”‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
398-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida korxonalarga, shu jumladan, xorijiy sarmoya jalb qilingan korxonalarga alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarga, shu jumladan, xorijiy sarmoya jalb qilingan korxonalarga oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish va ularni berish tartibini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berishga vakil qilingan davlat organi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotning har bir guruhi — oziq-ovqat spirti, aroq va likyor-aroq mahsulotlari, uzum vinosi, konyak spirti, konyak, brendi, balzam, shampan vinosi, vijillab turadigan va gazlangan vinolar, vino materiallari, xomashyo spirti boʻyicha — alohida litsenziya rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziyani rasmiylashtirish uchun qaysi idoraga boʻysunishiga qarab “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasiga, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Vazirlar Mahkamasi nomiga mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq ariza va hujjatlarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xolding kompaniyasi, uyushma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadilar hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mazkur qarorga 3-ilovada koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiqligini tekshiradilar va oʻzlarining xulosalari bilan birga ariza berilgan kundan boshlab bir hafta muddatda barcha hujjatlar paketini Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi olingan hujjatlarni mazkur qaror bilan tashkil etilgan idoralararo komissiyaga beradi, u oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va oʻzining alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ning ariza bergan korxonaga berilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi taklifini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo komissiya zarur hollarda tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni jalb qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan xulosalarni va hujjatlarni koʻrib chiqib bir hafta muddatda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus ruxsatnoma (litsenziya)n rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiylashtirilgan litsenziya Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasiga, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, ariza bergan korxonalarga keyinchalik berish uchun, joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 5 yil muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasi tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga qoʻyilgan talablarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga mos kelmaydigan hujjatlar taqdim etilgan hollarda litsenziya berishni rad etish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasiga, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, hokimliklarga, shuningdek, ariza bergan korxonalarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya berilganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat spirti, aroq, konyak, vino, shampan vinosi ishlab chiqaruvchi korxonalar — eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vino va vino materiallari ishlab chiqaruvchi jamoa xoʻjaliklari — zavodlar — eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) quyidagi hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) agar litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar mavjudligi aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) agar korxonalar litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya qilmasalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) agar buning uchun vakil qilingan davlat organlari (“Oʻzdavstandart” markazi, Davlat sanitariya nazorati, IIV, Mehnat vazirligi va boshqalar) tomonidan korxonalar tekshirilganda ishlab chiqarish texnologiya rejimlari, sanitar normalar va qoidalar, ishlovchilarning ish sharoitlari qoʻpol ravishda buzilganligi, sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilganligi va boshqalar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining shtampi‎

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi‎

ARIZA‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasida alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berishingizni soʻrayman.

‎‎______________________________________________________________________________

‎‎(faoliyat turining nomi)

1‎‎. Ariza beruvchi ________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxs)

‎‎2. Ariza beruvchining manzili, telefonlari, faks, teleks va boshqalar _____________________
3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari: ______________________________‎‎______________
‎‎Arizaga __________ (varaqlar soni) ___________________ (hujjatlar soni) ilova qilinadi.

Imzo‎

Muhr‎

(korxona rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi) ‎

199__ yil “____” ______________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida alkogolli mahsulot ishlab chiqarish uchun litsenziya olish maqsadida arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Zarur hujjatlarning nomi‎

Hujjatni roʻyxatdan
‎oʻtkazgan yoki bergan organ‎

1.‎

Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma‎

Korxonalar (tashkilotlar)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlari‎

2.‎

Ishlab chiqarishning belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi “Oʻzdavstandart” markazining xulosasi‎

“Oʻzdavstandart” markazi, viloyat hududiy organlari‎

3.‎

Ishlab chiqariladigan mahsulotga “Oʻzdavstandart” markazining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan sifat sertifikati mavjudligi‎

“Oʻzdavstandart” markazi, viloyat hududiy organlari‎

4.‎

Tovar ishlab chivaruvchilarning fikrma doʻkonlari mavjud boʻlganda davlat hokimiyati va boshqaruvi hududiy organlari (hokimliklar)ning chakana savdoga ruxsatnomasi‎

Korxona joylashgan yerdagi hokimliklar‎

5.‎

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya‎

Banklar‎

6.‎

Ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotning ekspertiza va sinov natijalari‎ boʻyicha, shu jumladan, organoleptika koʻrsatgichlari boʻyicha sifatga muvofiqligiga “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi Markaziy degustatsiya komissiyasining xulosasi

Markaziy degustatsiya xulosasi‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
-son LITSENZIYA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_________________ shahri ‎ ______________ da berildi‎
Shu haqda berildiki, ___________________________________________________‎‎____________

‎‎(arizachining nomi)

‎‎________________________________________________________________________________

‎‎(faoliyat turining nomi) ‎‎‎

‎ishlab chiqarish huquqini oldi.

Litsenziyaning amal boʻlish muddati __________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ‎ imzo ‎
Muhr‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini olish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Qoʻyiladigan talablar

Tasdiqlovchi hujjatlar

1.‎

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Korxonalar toʻgʻrisida” qonunga muvofiq korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega bshlishlari kerak.‎

Korxonalar (tashkilotlar)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlari‎

2.‎

Korxonalarning faoliyati toʻgʻrisida ishonchli statistika axboroti bilan taʼminlash maqsadida ular iqtisodiyot va statistika davlat organlarida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

Korxonalar joylashgan yerdagi statistika organlari

3.‎

Yuqori sifatli alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlovchi ishlab chiqarish quvvatlari (liniyalir, texnologiya asbob-uskunalari)ga ega boʻlishlari kerak.

Korxona rahbarining maʼlumotnomasi

4.‎

Korxonalarda normativ-texnik xujjatlar, texnologiya yoʻriqnomalari, texnik shartlar va boshqa xujjatlarga ega boʻlish kerak.

“Oʻzdavstandart” markazining hududiy organlari

5.‎

“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi Markaziy degustatsiya komissiyasining korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarning sifatga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasiga ega boʻlishi kerak.

“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining Markaziy degustatsiya komissiyasi

6.‎

Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq korxonalar “Oʻzdavstandart” markazi organlari tomonidan berilgan ishlab chiqarish sharoitlari va ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarning sifati toʻgʻrisidagi xulosasiga va sifat sertifikatiga ega boʻlishi kerak.

“Oʻzdavstandart” markaziy hududiy organlari

7.‎

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni doimo nazorat qilib borish uchun korxonalar zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktorlar va “Oʻzdavstandart” markazi organlari tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan sinov usullari uchun normativ-texnik hujjatlar bilan jihozlangan ishlab chiqarish laboratoriyasiga ega boʻlishi kerak.

“Oʻzdavstandart” markaziy hududiy organlari ‎

8.‎

Korxonalar Davlat sanitariya nazorati hududiy organlarining ishlab chiqarishning belgilangan sanitariya-gigiyena talabliriga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasiga ega boʻlishi kerak.

Davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari‎

9.‎

Korxonalar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasining belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi kerak;‎

Mehnat vazirligi hududiy organlarinang maʼlumotnoma (xulosa)si‎

10.‎

Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tasdiqlagan yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob berishlari va tegishli normativ-texnik xujjatlarga, asbob-uskunalarga va jihozlarga ega boʻlishlari kerak.‎

IIV hududiy organlarining maʼlumotnoma (xulosa)si‎

11.‎

Korxonalar tovar ishlab chiqaruvchilarning firma doʻkonlari mavjud boʻlganda chakana savdo uchun dav�at hokimiyati hududiy organlari (hokimliklar)ning ruxsatnomasiga ega boʻlishlari kerak.

Korxona joylashgan yerdagi hokimliklar‎

Keyingi tahrirga qarang.