26.05.2000 yildagi 82-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.05.2000 yildagi 82-II-son
Date of entry into force
09.07.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda, basharti davlat mol-mulki ijaraga berilgan bo‘lsa, ijara haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim”.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4—5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda) 34-moddasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirganlik uchun to‘lov tushumi, shuningdek bu mablag‘lardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanishga hamda undan foydalanuvchilarning barchasi faoliyatiga, shu jumladan aviatsiya faoliyatiga taalluqli munosabatlar respublika hududida ushbu Kodeks, respublikaning boshqa qonunlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi Nizom bilan, shuningdek tegishincha Aviatsiya ma’muriyati hamda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari bilan tartibga solinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3-moddasining matnidan “57” raqami chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 29-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan o‘zga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga kura tegishli bo‘lgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb e’tirof etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “uning foydalanishga yaroqliligi haqida sertifikat” degan so‘zlar “aerodromning muvofiqlik sertifikati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 62-moddasining ikkinchi qismidagi, 64-moddasining uchinchi qismidagi, 65-moddasidagi, 66-moddasining uchinchi qismidagi, 71-moddasining uchinchi qismi va 73-moddasidagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida parvoz qilish Qoidalari” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 77-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“77-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yo‘llari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo transportida xalqaro ko‘lamda tashishga mo‘ljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati ta’minlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro havo yo‘llarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yo‘llarini ochish tartibi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 92-moddasining birinchi qismi “shahar aerovokzalida yoxud” degan so‘zlardan keyin “aerodromda” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. “O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 248-modda) 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi havo kodeksida bayon etilgan Aviatsiya ma’muriyatining vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligi nazorati davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklasin”.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — o‘lchovdagi xatolik xususiyatlarini tadqiq qilish va baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat metrologiya tekshiruvi” — o‘lchov vositalarining turini tasdiqlash va tekshiruvdan o‘tkazish, ularning tayyorlanishi, ta’mirlanishi, sotilishi va ijaraga berilishini litsenziyalash bo‘yicha davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “attestatsiya” degan so‘z “metrologik attestatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 14-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, realizatsiya qilish, ijaraga berishga doir faoliyatini litsenziyalashda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etishlarini guvohlantirish (attestatsiya qilish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat metrologiya nazorati o‘lchov vositalarini, shu jumladan o‘lcham birliklarining etalonlarini chiqarish, ularning holati va qo‘llanilishi, belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etilishi ustidan, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda “O‘zdavstandart” qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) quyidagi mazmundagi 17-1-modda bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17-1-modda. O‘lchov vositalarini kalibrlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi “O‘zdavstandart” tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 117-modda) bilan tasdiqlangan “Do‘stlik” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Do‘stlik” ordeni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylashtirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta bo‘lgan ikkita sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Katta va kichik yulduzlar oraligi moviy emal bilan to‘ldirilgan. Yulduzning burchaklari orasida taraluvchi zarhal, uchlari yumaloqlangan nur tutamlari joylashgan. Katta yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi 47 millimetr, kichik yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi esa 41 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning markazida, diametri 12 millimetrli doira ichida oq kumushrang fonda ko‘lni ko‘lga berib ko‘rishish ramziy tasvirlangan bo‘lib, qo‘llar tasvirining ayrim yerlari zarhallangan. Tasvir atrofida, moviy emal berilgan fonda o‘n ikki insoniy fazilat ramzi sifatida o‘n ikkita kumushrang yulduz joylashgan. Sathida yulduzlar joylashgan doira diametri 24 millimetr. Butun tasvir atrofida aylana joylashgan bo‘lib, uning yuqori qismiga qizil emal bilan naqsh etilgan “DO’STLIK” degan yozuv, pastki qismiga esa zarhal dafna barglari jo bo‘lgan. Aylana diametri 33 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden moviy, yashil, sariq, qizil rangli, bir-biridan oq yo‘l bilan ajratilgan, eni bir xil rangdor yo‘lli shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 435-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 216-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomsi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 185-1-modda bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“185-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining sanksiyasidagi “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining dispozitsiyasidan “yoxud shunday harakatlar pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘sha harakatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) quyidagi mazmundagi 228-1-modda bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“228-1-modda. Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
G‘arazgo‘ylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab davlat proba tamg‘asini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o‘tkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘sha harakatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) takroran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk musodara qilinib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) quyidagi mazmundagi 255-1-modda bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“255-1-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘sha qilmish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) odam o‘lishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk musodara qilinib, sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda, №9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 345-moddasining beshinchi qismi “185” raqamidan keyin “185-1” degan raqam bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 219-1-modda bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“219-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgichiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangli metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 245-moddasining birinchi qismi “218” raqamidan keyin “219-1” degan raqam bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 267-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“267-modda. Iqtisodiyot va statistika organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman, shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika bo‘limlari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishiga haqlidirlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(XX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 3-apreldagi O‘RQ-27-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 109-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6,114-modda, № 9, 164-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” degan so‘zlardan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni to‘g‘risidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lidagi salmoqli hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston iftixori” ko‘krak nishoni tavsifi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston iftixori”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘krak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yo‘lkalari bilan o‘ralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan bo‘lib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta o‘zaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qo‘l tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan yerda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi bo‘ylab, gerb uzra “O’ZBEKISTON IFTIXORI” degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna navdasi joylashgan bo‘lib, uning o‘rtasidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi lenta o‘tgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsif “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonining ko‘krak nishoni tavsifi matnidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholg‘u asbobi — do‘mbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki o‘ng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 2-dekabrdagi 709-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi hamda 24-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda) 6 va 37-moddalaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “El-yurt hurmati” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 163-modda) bilan tasdiqlangan “El-yurt hurmati” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi 52 millimetr. Nurlarni o‘z ichiga olgan doira diametri — 49 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning markazida, doirada qizil rangli yo‘l bilan hoshiyalangan Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va tog‘lar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan bo‘lib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan bo‘lib, aylananing yuqori qismida, oq fonda “YEL-UYRT HURMATI” degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 164-modda) 4-moddasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda) 17-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“rejali tekshirishlarni o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida, basharti buncha obyektiv asoslar bo‘lsa, maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXXI. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda) 9-moddasidagi, 12-moddasining ikkinchi qismidagi, 15-moddasining ikkinchi qismidagi, 16-moddasining uchinchi qismidagi, 26-moddasining yettinchi qismidagi, 27-moddasining uchinchi qismidagi, 29-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 33-moddasining ikkinchi qismidagi, 34-moddasining ikkinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 26-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2002-y., 12-son, 216-modda; 220-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 65-modda; 2006-y., 14-son, 109-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)