09.08.2021 yildagi 507-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.08.2021 yildagi 507-son
Date of entry into force
10.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son, “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek xotin-qizlarning taʼlim olishlariga koʻmaklashish, ularni turmushga tayyorlash, farzand tarbiyasiga oid koʻnikmalarni shakllantirish, turli tazyiq, zoʻravonlikdan himoya qilish, kasb-hunarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila mustahkamligini hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning muammolarini hal qilishda murojaat qilishlari uchun qulayliklar yaratilishini elektron tizimlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tizimida xotin-qizlar huquqiy madaniyatini, ijtimoiy faolligini oshirishga, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan, xotin-qizlarga bogʻliq statistik maʼlumotlar jamlanadigan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy platforma) ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Milliy platformaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda, tezkor tahliliy maʼlumotlardan samarali foydalanish va bu orqali davlat organlarining xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid faoliyatining samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bogʻliq maʼlumotlar tezkor yigʻilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning taʼlim olishlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand tarbiyasiga oid koʻnikmalarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni turli tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar oʻz huquqlarining taʼminlanishi boʻyicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarning mustahkamligini taʼminlash, ajralishlarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar boʻyicha yuritilayotgan statistik hisobotlarning haqqoniyligini taʼminlash yagona tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining faoliyatini keng ommaga yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Milliy platformani takomillashtirish boʻyicha buyurtmachi va uning yuritilishi, uzluksiz faoliyat koʻrsatishi uchun masʼul hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformadagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvi doirasidagi maʼlumotlar roʻyxatiga muvofiq soʻraladigan maʼlumotlar va axborotlarni kiritib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformani texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari, tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grantlar, texnik koʻmaklar va boshqalar), qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformadagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvini tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platforma hamda mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi oʻrtasidagi oʻzaro elektron hamkorlik Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Milliy platformaning uzluksiz va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Milliy platformaning samarali faoliyat koʻrsatishiga masʼul vazirlik va idoralar bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformaning vazifalari toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligini tartibga solishni nazarda tutgan holda, texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Milliy platforma bilan ishlash uchun masʼul boʻlgan xodimlarni biriktirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformani takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformani Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasi (ish.mehnat.uz) veb-sayti bilan integratsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatadigan onlayn toʻgaraklarni tashkil etish, oʻquv qoʻllanmalari va videomateriallarni, “Ishga marhamat” monomarkazlari va oʻquv markazlari manzillari, ulardagi oʻquv kurslar va ularning muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi:
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platforma orqali huquqiy, tibbiy, psixologik maslahat olish hamda zoʻravonlik va tazyiqdan himoyalanish maqsadida yordam soʻrab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zudlik bilan maslahatlar berib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiladorlik va tugʻish taʼtillariga chiqish, ijtimoiy nafaqalar olish, pensiyaga chiqish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartiblarni yoritib borish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Milliy platforma orqali “Ayollar daftari”ga kiritish va chiqarish masalalari boʻyicha onlayn murojaatlarni qabul qilib, zudlik bilan zarur maslahatlarni berib borish hamda muammolarni hal etish choralarini koʻrsin;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi oilaviy qadriyatlarni targʻib qiluvchi, farzand tarbiyasiga oid qoʻllanmalarni, videolavhalarni, shuningdek, madaniy tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda badiiy adabiyotlarni Milliy platformaga yuklash va har oyda yangilab borish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida xotin-qizlarning keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga va sport turmush-tarzini yuritishga jalb etishga, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan sogʻlom etib tarbiyalashga oid videomateriallar va qoʻllanmalarni Milliy platformaga doimiy yuklab borish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xotin-qizlarning Milliy platformadan bepul foydalanishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish masalalari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan Milliy platformani takomillashtirish, keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy platformani toʻliq ishga tushirish ishlarini yakunlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 9-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
507-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 507-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) axborot tizimlari va axborot resurslari bilan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimlari oʻrtasida idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy platforma) — davlat organlari va tashkilotlarining xotin-qizlarga oid maʼlumotlar, axborot tizimlari, axborot resurslari va boshqa axborot manbalaridagi statistik maʼlumotlarini oʻzida jamlovchi, tahlil qiluvchi va qayta ishlovchi, maʼlumot beruvchi yagona axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasidan foydalanuvchilar — davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron soʻrovlarni yuborish va ushbu soʻrovlar asosida tegishli maʼlumotlarni taqdim etishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari, ochiq kontentdan foydalanuvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki va maʼlumotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimi — axborotlarni toʻplash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo elektron soʻrov — davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumot bor boʻlgan boshqa davlat organlari va tashkilotlarga elektron shaklida yuborilgan maʼlumotni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik yoʻriqnoma — Milliy platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlaridan idoralararo elektron soʻrovlar orqali maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash boʻyicha oʻzaro elektron hamkorlik tartibi, maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablar, shakl va muddatlarini ifoda etuvchi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan idoraviy hujjat.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Milliy platformani ishlab chiqish va joriy etish loyihasi buyurtmachisi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Milliy platformaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda, tezkor tahliliy maʼlumotlardan samarali foydalanish va bu orqali davlat organlarining xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid faoliyatining samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bogʻliq maʼlumotlar tezkor yigʻilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning taʼlim olishlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand tarbiyasiga oid koʻnikmalarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni turli tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning oʻz huquqlarini taʼminlanishi boʻyicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarning mustahkamligini taʼminlash, ajralishlarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar boʻyicha yuritilayotgan statistik hisobotlarning haqqoniyligini taʼminlash va yagona tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining faoliyatini keng ommaga yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Milliy platformadan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Milliy platformaga maʼlumotlarni taqdim etish tartibi har bir davlat organi va tashkilotining axborot tizimlari va axborot resurslaridan kelib chiqib, ularni Milliy platformaga integratsiya qilish boʻyicha ishlab chiqiladigan texnologik yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Texnologik yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda, Milliy platformaga integratsiya qilinadigan axborot tizimi yoki axborot resursi egasi boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Milliy platforma uchun kerakli maʼlumotnoma va klassifikatorlar “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yuritiladi. Bunda davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻzlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida “Elektron hukumatning maʼlumotnoma va klassifikatorlar registri” axborot tizimida joylashtirilgan maʼlumotnoma va klassifikatorlaridan foydalanishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Milliy platforma foydalanuvchilarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformaga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformada ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari jamlanadigan hamda tahlil etiladigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantiradi va ularni taqdim etish davriyligini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat organlari va tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformaga jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan roʻyxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etadi yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Milliy platforma orqali maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Milliy platforma orqali maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Milliy platformada jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning davlat organlari va tashkilotlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi soʻroviga asosan taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Milliy platforma bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish orqali davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni bosqichma-bosqich amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan maʼlumotlar toʻplami asosida maʼlumotlarni Milliy platforma orqali yigʻadi va tahlil qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Milliy platforma doirasida idoralararo elektron soʻrovlarni yuborish, qayta ishlash va qabul qilishni avtomatlashtirish uchun davlat organlari va tashkilotlarning tegishli maʼlumot va axborotlar mavjud boʻlgan axborot tizimlari va resurslari “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va markazlashgan maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat organlari va tashkilotlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq maʼlumotlar va axborotlarni Milliy platformadagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan idoralararo elektron soʻrovlar hamda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirishda tegishli maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq roʻyxatda belgilangan tegishli maʼlumotni Milliy platforma doirasida boshqa axborot tizimiga taqdim etish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlardan maʼlumotlarni soʻrash va qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat organlari va tashkilotlari axborot taʼminotida Milliy platformadan foydalangan holda, oʻzaro elektron hamkorlikning texnologik yoʻriqnomaga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlari va resurslarining Milliy platformaga integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha veb-xizmatlarni ishlab chiqadi hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformaga ulangan axborot tizimlari va axborot resurslari dasturiy va texnik vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformadan foydalangan holda maʼlumotlarni qabul qiladi, tahlil qiladi va taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy platformadan foydalangan holda taqdim etilayotgan maʼlumotlarning dolzarbligini va toʻgʻriligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik yoʻriqnoma talablariga muvofiq maʼlumotlarni belgilangan formatlarda va shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari soʻralgan maʼlumotlarni toʻliq hajmda taqdim etishlari, shuningdek, ularning ishonchliligini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Milliy platformadan foydalanuvchilar idoralararo elektron hamkorlik doirasida joʻnatiladigan va qabul qilinadigan hujjat va maʼlumotlarning belgilangan tartibda saqlashi va himoyasini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat organlari xodimlariga idoralararo elektron hamkorlik orqali maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti, yuridik shaxsning faoliyatiga doir maʼlumotlarni, ularning yozma roziligisiz, shuningdek, qonun himoyasidagi boshqa sir va maʼlumotlarni oshkor etishga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Milliy platformadan foydalanuvchilar davlat organlarining idoralararo elektron soʻrovlari yuzasidan soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari Milliy platforma orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqiqiyligi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

1. Oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazish.

ikki hafta muddatda

2. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi soʻroviga asosan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasida jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish.

2-ilovada belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, davlat organlari va tashkilotlari

Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasida yuritiladigan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish va tasdiqlash.

ikki oy muddatda

3-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Davlat organlari va tashkilotlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1. “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish.

bir oy muddatda

2. “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorligini taʼminlash.

uch oy davomida

4-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, davlat organlari va tashkilotlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining maʼlumotlarni tahlil qilish borasidagi axborotlarini “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasida shakllantirish va real vaqt rejimida olish choralarini koʻrish.

doimiy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasidagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvi doirasidagi maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashkilot nomi

Taqdim etiladigan maʼlumotlar

Amalga oshirish muddati

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1. Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasi (ish.mehnat.uz) veb-sayti bilan integratsiya qilish.

Bir oy muddatda

2. Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatadigan onlayn toʻgaraklarni tashkil etish.

Bir oy muddatda

3. Kasbga oʻrgatadigan oʻquv qoʻllanmalari va videomateriallarni yuklab borish.

Har oʻn besh kunda

4. “Ishga marhamat” monomarkazlari va oʻquv markazlari manzillari, ulardagi oʻquv kurslari va ularning muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har oyda

5. Hududlar kesimida ishsiz ayollar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

2.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, AT Xalq banki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

1. Tadbirkor ayollarning motivatsion maqola va videodarslarini yuklab borish.

Har oyda

2. Tadbirkor xotin-qizlar statistikasini yuritish maqsadida ularning roʻyxatini shakllantirib, yuklab borish.

Har chorakda

3. Xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni (elektron kitoblar, audio va videoqoʻllanmalar, biznes gʻoyalari) yuklab borish.

Har oyda

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

1. Platforma orqali huquqiy maslahat soʻrab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish.

Doimiy

2. Xotin-qizlar huquqlari, jumladan, homiladorlik va tugʻish taʼtillariga chiqish, ijtimoiy nafaqalar olish, pensiyaga chiqish, tadbirkorlikni boshlashda xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni yoritib borish.

Har oyda

4.

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1. Platforma orqali tibbiy maslahat soʻrab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish.

Doimiy

2. Erta tugʻruqlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har oyda

3. Tibbiy madaniyatni oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi maʼlumotlar, videomateriallarni yuklab borish.

Har oyda

5.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi

1. Platforma orqali psixologik maslahat hamda zoʻravonlik va tazyiqdan himoyalanish maqsadida yordam soʻrab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish.

Doimiy

2. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga murojaat qilgan xotin-qizlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har oyda

3. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga huquqiy, psixologik, tibbiy yordam koʻrsatilishi boʻyicha maslahatlar, videoroliklar va koʻrsatmalar yuklab borish.

Har oʻn besh kunda

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

1. Platforma orqali “Ayollar daftari”ga kiritish va chiqarish masalalari boʻyicha qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish hamda muammolarni hal etish.

Doimiy

2. Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olishga platforma orqali onlayn murojaatlar qabul qilish.

Har yili 30-maydan 8-iyunga qadar

3. Xotin-qizlarning manfaatlariga qaratilgan loyihalar haqidagi maʼlumotlar, normativ-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar haqidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har haftada

4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sovrindorlari, tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Doimiy

5. “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni sovrindorlari soni, koʻkrak nishoni olish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Doimiy

6. “Mahalla iftixori” va “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini olgan xotin-qizlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Doimiy

7. Mamlakatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va oila institutini mustahkamlash yoʻnalishida olib borilayotgan islohotlar, bu borada qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab berish.

Har oʻn besh kunda

8. Rahbarlikka zaxiraga olingan xotin-qizlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Platforma orqali xotin-qizlarni imtiyozli uy-joy bilan taʼminlash va boshqa taalluqli masalalarda qilingan onlayn murojaatlariga zarur maslahatlarni berib borish hamda muammolarni hal etish.

Doimiy

2. Davlat mukofoti sovrindorlari (Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sovrindorlaridan tashqari) boʻlgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Doimiy

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Platformaga oilaviy qadriyatlar, er-xotinlik munosabatlari va farzand tarbiyasiga oid videolavhalarni, madaniy tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda badiiy adabiyotlarni yuklab borish.

Har oyda

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi

Platformaga jismoniy tarbiya va sportga xotin-qizlarning keng qatlamlarini jalb qilish, sogʻlom turmush-tarzini, yosh avlodni jismonan sogʻ boʻlishini, oilaviy sportni targʻib qiluvchi videomateriallar va qoʻllanmalarni yuklab borish.

Har oyda

10.

Oliy attestatsiya komissiyasi

1. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi boʻlgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish

Har chorakda

2. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi boʻlgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi oʻquvchi qizlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

2. Iqtidorli (respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlarda faxrli oʻrin olgan va boshqa yutuqlarga erishgan) qizlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

1. Oliy taʼlim muassasalaridagi talaba xotin-qizlar soni haqidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

2. Oʻrta maxsus, professional muassasalardagi oʻquvchi xotin-qizlar soni haqidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

3. Iqtidorli (respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlarda faxrli oʻrin olgan va boshqa yutuqlarga erishgan) qizlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

13.

Milliy statistika qoʻmitasi

1. Umumiy aholi soni, shundan xotin-qizlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan:

0 — 2; 3 — 6; 7 — 17; 18 — 30; 31 yosh va undan yuqori;

16 — 54 yoshdagi xotin-qizlar;

55 va undan yuqori yoshdagi xotin-qizlar.

Har yilning iyun oyida

2. Oilalar soni.

Har yilning iyun oyida

3. “Gender.stat.uz” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.

Doimiy

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

1. Qayd etilgan erta nikohlar soni (hokim qaroriga asosan nikoh yoshi qisqartirilgan) toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

2. Nikohdan ajralganlik qayd etilgan oilalardagi voyaga yetmagan bolalar soni toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

3. 30 yoshgacha boʻlganlar orasida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

4. 30 yoshgacha boʻlganlar orasida qayd etilgan nikohlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

5. Oilaviy ajralishlar, tuzilgan nikohlar va tugʻilganlik haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish (qayd etilgan tugʻilish, nikoh va ajralishlar qiyosiy).

Har oyda

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Ikki oy muddatda

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar (shuningdek jinoyatda ishtirok etgan xotin-qizlar) haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

2. Xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

3. JIEMdan qaytgan xotin-qizlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

4. Probatsiya hisobida turganlar (ayollar) haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

5. Himoya orderi berilgan xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

6. Uzoq muddatga xorijiy davlatlarga ketganlar hamda kelgan xotin-qizlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

7. Notinch oilalar/jinoyatchilikka moyilligi borlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har oyda

17.

AT Xalq banki

(kelishuv asosida)

1. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun taqdim etilayotgan kreditlar va subsidiyalar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish.

Har oyda

2. Tadbirkorlik loyihalari, xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash boʻyicha berilayotgan imtiyozlar, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan yordamlar haqidagi maʼlumotlarni yuklab berish.

Har oyda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 09/21/507/0773-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)