Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 15.04.2005 yildagi PQ-56-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 15.04.2005 yildagi PQ-56-son
Date of entry into force
15.04.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BANK TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh VA ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tijorat banklarining ish samaradorligini oshirish, ularning kapitallashish darajasini ko‘tarish, investitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta va uning ayirboshlash kursi barqarorligini kuchaytirish, aholining bank depozitlariga qo‘yadigan omonatlari ko‘payishini rag‘batlantirish, bankdan tashqari aylanmada qolayotgan moliyaviy mablag‘lar va oqimlarni bank aylanmasiga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash va oshirish, banklarni kapitallashtirish, ularning ustav jamg‘armalari va aylanma mablag‘larini ko‘paytirish, kredit portfellarini sog‘lomlashtirish va daromadini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarini to‘liq xususiylashtirish, bank va lizing xizmatlarining to‘laqonli bozorini shakllantirish, xalqaro bank va moliya kapitalini keng ko‘lamda jalb etgan holda qo‘shma banklar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul-kredit siyosati vositalarini, jumladan loyihalarni moliyalashni yanada takomillashtirish, naqd va naqdsiz pul muomalasini hamda hisob-kitoblar shaklini unifikatsiyalash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlariga xaridorlar talabini rag‘batlantiruvchi turli xil iste’mol kreditlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarda, investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, birinchi galda iqtisodiyotning real tarmoqlariga investitsiya kiritish uchun mablag‘lar jalb etishda tijorat banklarining faol ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarida keng ishtirok qilishi, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining operatsiyalarini va banklarning korxonalarni ishonchli boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarini kasbiy jihatdan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, bank xodimlarining mas’uliyati va madaniyatini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan 2005—2007-yillarda Bank sektorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-noyabrdagi PF-4055-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 48-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tijorat va xususiy banklarning aksiyadorlik jamiyatlarini ishonchli boshqaruvida faol hamda kengroq ishtirok etishlari ularning respublika hududidagi ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining xususiylashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish uchun tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozorida qatnashishlariga hamda xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarining 50 foizgacha miqdorini belgilangan tartibda sotib olishlariga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banklari aksiyalari (ulushlari) bo‘yicha jismoniy shaxslarning dividend tarzida olgan daromadlari 2010-yilning 1-yanvariga qadar soliqqa tortishdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Moliya vazirligi va Markaziy bank ishtirokida 2005-2006-yillarda “Asaka” bankini xususiylashtirishni, 2005—2009-yillarda esa Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini xususiylashtirishni amalga oshirsin, davlat ulushi qismini yetakchi xorijiy banklarga va xalqaro moliya institutlariga sotsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining tijorat banklariga 2010-yilni ham o‘z ichiga olgan davrda quyidagi soliq imtiyozlari berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar respublikamiz korxonalariga uch yildan ortiq muddatga investitsiya kreditlari berishdan olgan va banklarning o‘z kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan foydalarini foyda (daromad) solig‘idan ozod qilish. Statistika va bank hisobotlarida banklarning berilgan uzoq muddatli kreditlardan olgan foydalari aks ettirilishi ta’minlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq tashkil etiladigan kichik banklarni ochish bo‘yicha sarf-xarajatlarini soliqqa tortiladigan bazadan chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banklariga xalqaro bank normalariga muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditlarni amaliyotga keng tadbiq qilish, jumladan xorijiy bank kapitalini jalb etish yo‘li bilan investitsiya dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarida investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va investitsiya kreditlari ajratish bo‘yicha kollegial qarorlar qabul qilish tartibini kuchaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning loyihalarni investitsiyalash, investitsiya kreditlari berish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalarini yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank-moliya akademiyasida loyihalarni moliyalash fakulteti va bank xodimlari malakasini oshirish kurslarini ochsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining kredit portfellarini, jumladan Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni kompleks tahlil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tijorat banki bo‘yicha korxonalarning qarz majburiyatlarini diskont qiymati bo‘yicha uchinchi shaxslarga sotish, bankrotlik taomillari jarayonida tugatilgan va sotilgan korxonalarning umidsiz kreditlari summalarini banklarning zarariga olib borish yo‘li bilan hisobdan chiqarish nazarda tutilgan muammoli kreditlarni restrukturizatsiyalash dasturini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining Hukumat kafolati bilan berilgan kreditlarini restrukturizatsiyalashni ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2005—2007-yillarda tijorat banklariga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan bankrot korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan berilgan kreditlar bo‘yicha qarzini birinchi navbatda undirib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik to‘g‘risida bank tomonidan qo‘zg‘atilgan da’vo munosabati bilan tugatish jarayonida bo‘lgan, kreditorlik qarzi tarkibida bank kreditlari bo‘yicha qarz 70 foiz va undan ko‘proqni tashkil etadigan korxonani, sud qarori bo‘yicha bank mulkiga o‘tkazish, shu jumladan bunday korxonani sotishdan olingan mablag‘larni kreditorlik qarzini qoplashga yo‘naltirgan holda uni mahalliy va xorijiy investorlarga sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, tijorat banklarining bankrotlik to‘g‘risida bank tomonidan qo‘zg‘atilgan da’vo munosabati bilan tugatish jarayonida bo‘lgan korxonaning bank mulkiga o‘tkazilishi natijasida qo‘lga kiritilgan mol-mulki yangi mulkdorlarga sotilmaguncha mulk va yer solig‘iga tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tijorat banklari faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuviga, banklar va ularning filiallarini bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlar va ishlarni bajarishga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik borasida banklar to‘g‘risida amaldagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin. Qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin, ularda bank kreditlarini ta’minlash garovi sifatida rasmiylashtirilgan to‘lovni mulk hisobidan undirishning suddan tashqari tartibi soddalashtirilishi ko‘zda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zining me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 15-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-56-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-con, 112-modda; 2008-y., 48-son, 470-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004)