04.08.2021 yildagi PQ-5210-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.08.2021 yildagi PQ-5210-son
Date of entry into force
05.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasi asosida auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonining shaffofligini taʼminlaydigan auditorlarni sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik va oʻzaro aloqalarni oʻrnatish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining (keyingi oʻrinlarda — auditorlarning jamoat birlashmalari) 2021-yil 15-avgustdan boshlab Moliya vazirligining quyidagi funksiyalarini auditorlarning jamoat birlashmalariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini (keyingi oʻrinlarda — malaka imtihonlari) oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonlarini oʻtkazish reglamenti, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish tartibi, auditorlarning malakasini oshirish dasturlari auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonlarining tashkil etilishi va tuzilishi, malaka imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan materiallar va oʻquv dasturlari, shuningdek, malaka imtihonlari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auditorlar jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlar va auditorning malaka sertifikatiga ega auditorlar haqida maʼlumotlar bazasi auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashning ilgʻor usullarini joriy etish va auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Auditorlarning jamoat birlashmalariga quyidagi huquqlar taqdim etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonlarini tasdiqlangan tartib va reglamentga muvofiq oʻtkazish uchun mustaqil ravishda yoki birgalikda imtihon markazlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlarida malaka imtihonlarini tashkil etish va auditorlar malakasini oshirish maqsadida hududlardagi tarmoqlarni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog kadrlarini akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida auditning xalqaro standartlari (keyingi oʻrinlarda — AXS) boʻyicha tezlashtirilgan tarzda oʻqitish jadvalini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-avgustdan boshlab tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha AXSni chuqur oʻrganishni nazarda tutuvchi yangilangan oʻquv dasturlarini taʼlim jarayoniga joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini 2022-yil 1-yanvarga qadar rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin va doimiy ravishda uni yangilab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda auditorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgalterlarning xalqaro sertifikatlari roʻyxatini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning jamoat birlashmalariga malaka imtihonlarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha texnik va uslubiy yordam koʻrsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasi asosida imtihonlar oʻtkazish va natijalarni baholashning shaffofligini taʼminlovchi samarali auditorlarni sertifikatlash tizimini, shuningdek, malaka imtihonlari, auditorlarning malakasini oshirish va auditorlik faoliyatining tashqi sifat nazorati natijalari boʻyicha axborot almashinuvini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil oxiriga qadar buxgalterlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Huquq” va “Soliqqa tortish” yoʻnalishlari boʻyicha natijalari buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini oʻtkazish tizimini joriy etish masalasini koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalter va auditorlar uchun xalqaro taʼlim standartlarini tan olish va respublikada qoʻllash maqsadida buxgalterlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, uning ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5210-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashning ilgʻor usullarini joriy etish va auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash, auditorlar malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish va auditorlarning malakasini oshirishning ilgʻor usullarini joriy qilish

1.

Auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida tashkil etish maqsadida auditorlarning jamoat birlashmalarining hududiy tarmogʻini rivojlantirish.

1. Auditorlarning jamoat birlashmalarining filiallari va imtihon markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2. Respublika hududlarida auditorlarni oʻqishi va malaka oshirishini taʼminlaydigan maxsus elektron oʻquv platformasini ishlab chiqish va uning talab darajasida ishlashini taʼminlash.

3. Zarur hollarda, hududlarda auditorlarning jamoat birlashmalarining qoʻshimcha filiallarini tashkil etish.

2021-2022-yillar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

2

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq pedagog kadrlarni auditning xalqaro standartlari (keyingi oʻrinlarda-AXS) sohasida masofaviy oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari, auditorlarning jamoat birlashmalari

3.

Xalqaro tashkilotlarning AXS sohasidagi ilgʻor tajribalarini oʻrganish asosida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

1. AXS boʻyicha xalqaro professional sertifikatlashtirish dasturlariga mos keladigan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;

2. AXSni chuqur oʻrganish, uni amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha yangilangan oʻquv dasturlarini tasdiqlash va taʼlim jarayoniga joriy qilish.

2022-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalar, auditorlarning jamoat birlashmalari

4.

Xalqaro standartlar asosida auditorlarni imtihondan oʻtkazish va sertifikatlash hamda auditorlar malakasini oshirishning, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadigan zamonaviy tizimini yaratish:

auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish;

xalqaro modulli onlayn tizimlar negizida auditorning va soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini joriy qilish va keyinchalik uni respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish;

auditorlarning masofadan turib malaka oshirishdan oʻtishi hamda ushbu jarayonni monitoring qilish imkoniyatini oʻz ichiga olgan, xalqaro taʼlim standartlari asosidagi auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

5.

Quyidagilarni amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligining auditorlar jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorligini kengaytirish:

rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasi asosida auditorlarni sertifikatlashning imtihonlar oʻtkazish va natijalarni baholashning shaffofligini taʼminlaydigan, samarali tizimini joriy etish;

malaka imtihonlarini tayyorlash va oʻtkazishda texnik va uslubiy yordam koʻrsatish;

auditorlarning malaka imtihonlari, malaka oshirishi natijalari boʻyicha axborot hamkorligi, auditorlik faoliyatining tashqi sifat nazorati.

1. Auditorlarning jamoat birlashmalari bilan bitimlar tuzish

2. Auditorlik malaka sertifikatini olishga talabgorlarning kelgusida malaka imtihonlarida ishtirok etishi uchun Moliya vazirligi tomonidan ularning hujjatlarini taqdim etish.

3. Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar auditor malaka imtihoniga ruxsat olish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun talabgorlar toʻlagan yigʻimlar summasini qaytarib oʻtkazib berish.

2021-yil sentabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

6.

Auditorlarni sertifikatlashning yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb qilish masalalarini koʻrib chiqish.

Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik va grant kelishuvlarini imzolash masalasini muhokama qilish.

2021-yil noyabr

Auditorlarning jamoat birlashmalari, Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

7.

Buxgalterlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi maqsadlarda hamkorlikni kengaytirish:

buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida malaka imtihonlari maʼlumotlarini hisobga olgan holda “Huquq” va “Soliqqa tortish” yoʻnalishlari boʻyicha milliy imtihon tizimini joriy etish;

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021- 2022-yillar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

buxgalterlar va auditorlar uchun xalqaro taʼlim standartlarini respublikada joriy qilish va tan olish.

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Buxgalteriya taʼlimi xalqaro standartlari boʻyicha kengashi bilan xalqaro taʼlim standartlarini joriy qilish borasida hamkorlikni kengaytirish.

II. Auditorlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

auditorlarni sertifikatlash tizimini takomillashtirish va Moliya vazirligining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatlarini qayta koʻrib chiqish;

auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilayotganligini yuzasidan “Audit” dasturiy majmuasi orqali masofaviy monitoring olib borish;

ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatni ifodalovchi sifat mezonlari asosida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish;

auditorlik tashkiloti tomonidan “Internet” tarmogʻida veb-saytini yaratish va uni dolzarbligini taʼminlash.

auditorlarni sertifikatlash sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonunchilik hujjatlarini va ilgʻor tajribasini oʻrganish natijalari asosida qonun loyihasini ishlab chiqish

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (A. Karimov), Iqtisodiyot vazirligi (I. Norqulov), SSP (A. Ikramov), auditorlarning jamoat birlashmalari

9.

Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

10.

Auditorlik tashkiloti faoliyati natijalarini tavakkalchilik tahlili asosida auditorlik tashkiloti ish sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

11.

Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning jamoat birlashmalari bilan oʻzaro elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Audit” dasturiy majmuasi axborot tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Moliya vazirligi (T.Ishmetov)

12.

Auditorlarning jamoat birlashmalari bilan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan auditorlik tashkilotlariga AXS hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha uslubiy jihatdan faol qoʻllab-quvvatlash, AXSni qoʻllashning ilgʻor xalqaro tajribasini tarqatishni tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Auditorlarning jamoat birlashmalari

13.

Auditorlarning jamoat birlashmalari aʼzolari faoliyatida auditorlik faoliyati standartlari buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida ushbu birlashmalar tomonidan, shu jumladan quyidagilar orqali monitoring oʻtkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

auditorlar tomonidan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi buzilganda taʼsir choralarini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha qoʻmita tashkil etish;

auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha auditorlik xizmatlari uchun boshlangʻich qiymatni shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Auditorlarning jamoat birlashmalari

III. Auditorlarni sertifikatlash boʻyicha yangi tizimni joriy qilishning ahamiyatini tushuntirish

14.

Mazkur qaror talablarini tushuntirish va yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish.

Ushbu sohadagi maʼlumotlarni veb-saytlarga joylashtirish

Media-rejaga muvofiq

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

15.

Quyidagilarni amalda qoʻllash boʻyicha dolzarb masalalarni keng muhokama qilish:

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Buxgalteriya taʼlimi xalqaro standartlari boʻyicha kengashi tomonidan chop etilgan xalqaro taʼlim standartlari hamda ommaviy axborot vositalarida AXS mazmun va mohiyatini yoritib berish.

Taʼlimning xalqaro standartlari va AXSni joriy etish va amalda qoʻllash masalalariga bagʻishlangan seminarlar, davra suhbatlari, tele va radio koʻrsatuvlarni, shu jumladan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tashkil qilish va oʻtkazish, uslubiy qoʻllanmalar nashr etish, bosma nashrlarda turkum maqolalar eʼlon qilish.

Doimiy

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), auditorlarning jamoat birlashmalari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-band “9” kichik bandining rus tilidagi matnida uchinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“osushestvlyayet v ustanovlennom poryadke vneshniy kontrol kachestva raboti auditorskix organizatsiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soglasuyet poryadok i reglament provedeniya kvalifikatsionnix ekzamenov dlya polucheniya kvalifikatsionnogo sertifikata auditora, tipovuyu programmu povisheniya kvalifikatsii auditorov, utverjdennie respublikanskimi obshestvennimi obyedineniyami auditorov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vedet Reyestr auditorskix organizatsiy i Reyestr auditorov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obespechivayet sovershenstvovaniye informatsionnoy sistemi programmnogo kompleksa “Audit”, prednaznachennogo dlya elektronnogo vzaimodeystviya s auditorskimi organizatsiyami i respublikanskimi obshestvennimi obyedineniyami auditorov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
osushestvlyayet analiz razvitiya auditorskix uslug;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 12-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-son qaroriga 35-ilovaning 12-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 07/21/5210/0756-son)