Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022 13.07.2021 yildagi 439-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.07.2021 yildagi 439-son
Date of entry into force
14.07.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish masalalarini hal etishga kompleks yondashishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini koʻpaytirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash imkonini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi oʻrinlarda — autsorser) xizmatlarining narxi ularning barcha xarajatlari (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni taʼmirlash hamda ulardan foydalanish, 20 foizgacha ustama haq va boshqalarni) hisobga olinib va tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, shartnoma tuzilishi sanasidagi oʻrtacha bozor narxlari asosida belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov “nol” stavka boʻyicha belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserning koʻrsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar boʻyicha), qoidaga koʻra, koʻpi bilan bir oyda bir marta qayta koʻrib chiqilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing boʻyicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik berilgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga toʻliq muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan oziq-ovqatni tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish zarur boʻlganda, vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing tizimiga oʻtishi munosabati bilan tejalgan pul mablagʻlarini birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarning asossiz oʻsib ketishiga va ovqat sifatining yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan autsorsing xizmatlari koʻrsatish uchun talabgorlarni tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarni shakllantirish va shartnomalarni tuzish, ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshxona faoliyatini tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatlanishni tashkil etishni nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarining soʻrovi boʻyicha oziq-ovqatlarga amaldagi oʻrtacha bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam taqdim etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha bevosita fermer xoʻjaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
439-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-iyuldagi 439-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — PDXX) tuzilmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing — PDXX tuzilmalari tomonidan shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish xizmatlarini koʻrsatish funksiyalarini shartnoma asosida autsorserga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser — PDXX tuzilmalariga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha shartnoma asosida autsorsing xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkib — oʻrnatilgan tartibda issiq ovqat taʼminotiga kiritilgan harbiy xizmatchilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. PDXX tuzilmalari shaxsiy tarkibining oziq-ovqat taʼminoti oziq-ovqat yoʻnalishi boʻyicha autsorsing shartlarida tashqi umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb etish orqali taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Autsorserni jalb etish orqali PDXX tuzilmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va talab qilish rejalashtirilgan yilda ovqatlanuvchilar soni, meʼyorlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxidan kelib chiqqan holda tuziladigan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Talabgorlarni tanlash, narxlarni shakllantirish va shartnomalar tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Autsorserlarni tanlab olish natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan PDXX tuzilmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun bir kun muddatda PDXX tuzilmalariga yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Autsorserlarni jalb etgan holda, shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha hisob-kitoblar shartnoma shartlariga muvofiq amalda koʻrsatilgan xizmatlar va taomnoma boʻyicha tayyorlangan taomlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan toʻlov boshlangan oyning dastlabki 10 bank kuni davomida xizmatlar koʻrsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda koʻrsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga koʻra toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shartnoma summasi tuziladigan shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan maxsus payokning hisob-kitobiga asosan aniqlanadi va unda umumiy ovqatlanuvchilar soni, oziq-ovqat payoklarining normasi, bir ovqatlanuvchi uchun oziq-ovqat narxi va umumiy qiymat oylarga boʻlingan holda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy oʻrganish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland boʻlsa, PDXX Raisi oʻrinbosari autsorser bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bayonnoma qarorlarining toʻgʻri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Autsorser har oyning 5-sanasiga qadar PDXX oʻtgan oyda amalda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-fakturani oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi uchun taqdim etadi. Koʻrsatilgan xizmatlar narxi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi xarid narxidan kelib chiqqan holda (boʻlinmalar joylashgan joydagi oʻrtacha bozor narxidan yuqori boʻlmagan darajada) va autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan, xodimlar ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash, autsorser hamda PDXX oʻrtasidagi hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Autsorser bilan birgalikda shaxsiy tarkibning ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish PDXX tegishli tuzilmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Taomlar tarqatilishidan oldin PDXX shifokorlari (feldsherlari) taomlar sifatini tatib koʻrish orqali tekshiradilar, shuningdek, oshxona xonalari, oshxona idish-tovoqlari, inventarlarining sanitar holatini nazorat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ovqatlanishni tashkil etishni nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. PDXX tuzilmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini, belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining har bir harbiy xizmatchiga toʻliq berilishini nazorat qilish, tayyorlangan taomlar sifatini baholash PDXX tegishli mansabdor shaxslari tomonidan har kuni tayyor taomlar (ertalabki nonushta, tushlik, kechki nonushtadan oldin) tatib koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PDXX masʼul shaxslari tayyorlangan taomlar sifati, porsiyalar miqdorini tekshirishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. PDXX tuzilmalariga keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari sifatli boʻlishi shart. Mahsulotlar sifati muvofiqlik sertifikatiga va davlat standartlari tomonidan oʻrnatilgan koʻrsatkich va texnik shartlarga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (sertifikatlar va maʼlumotlar), shuningdek, davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga javob bermagan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Keltirilgan har bir partiya oziq-ovqat mahsulotlariga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. PDXX tuzilmalariga keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari PDXXning tibbiy va oziq-ovqat yoʻnalishlari boʻyicha mansabdor shaxslari tomonidan autsorser vakili ishtirokida nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organoleptik koʻrsatkichlarga koʻra sifatsizligi aniqlangan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli laboratoriyalariga tahlil uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat omboriga keltirilgan mahsulotlarning sifati haqiqatdan ham hujjatlarda koʻrsatilgan standart talablariga, texnik shartlarga, markirovkaga mos kelmasa, PDXX rahbariyati koʻrsatmasi asosida tayinlangan komissiya tomonidan bu haqida dalolatnoma tuziladi. Autsorser zudlik bilan sifatsiz mahsulotni almashtirish boʻyicha choralar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatda PDXX sifatsiz mahsulot keltirilganligi va shartnoma shartlari buzilganligi haqida yozma ravishda autsorserni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oshxona ishini (faoliyatini) tashkil etish va sanitariya normalariga rioya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oshpazlar va oshxonaning boshqa ishchilariga ular sanitariya-gigiyena minimumidan sinov topshirib, tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng oshxonada ishlashga ruxsat beriladi. Keyinchalik ular maʼlum belgilangan muddatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar va koʻrik natijalari shaxsiy sanitariya kitobchasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. PDXX va Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmalari tomonidan maxsus tekshiruv tadbirlaridan oʻtkazilgan autsorserlarga PDXX obyektlarida faoliyat koʻrsatishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. PDXX obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi autsorserlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish faoliyati davrida maʼlum boʻlgan oshkor qilib boʻlmaydigan va maxfiy maʼlumotlarni tarqatmasligi uchun toʻliq javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyekt va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyektlar va oshxonaga foydalanishga berilgan moddiy-texnika vositalari PDXX tegishli tuzilmasi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, autsorserga (nol stavka bilan) vaqtincha foydalanishga beriladi. Ushbu dalolatnoma PDXX komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanib, PDXX rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun foydalanishga vaqtincha topshirilgan moddiy-texnika vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini autsorser amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Autsorsyerga vaqtincha foydalanishga topshirilgan moddiy-texnika vositalari ekspluatatsiya qilishning oʻrnatilgan muddatidan oldin yaroqsiz holga kelsa, autsorser hisobidan tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan autsorserlarga obyektlarda ovqatlanish uchun isteʼmol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish boʻyicha savdo shoxobchalari yuritishga ruxsat beriladi. Bu faoliyat uchun qoʻshimcha ruxsat beruvchi hujjatlar talab etilmaydi. Mahsulot narxiga 20 foizgacha ustama haqi oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Nizomda belgilangan talablarning buzilishi tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda PDXX yoki autsorser tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

PDXX

Autsorserni tanlash uchun (xizmat turlari roʻyxati, organ va boʻlinmalar, taʼminlanuvchilar soni va boshqalar koʻrsatilgan holda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabnomalar taqdim qilish.

Zarurat tugʻilganda

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Autsorser talabgorlarini oʻrganish va eng yaxshi takliflarni tanlab olish.

2. Gʻolib autsorserni aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.

1-2. Talabnoma qabul qilgandan soʻng 10 kun muddatda

3. Bayonnomadan koʻchirmani PDXXga yuborish (autsorserlar tanlovi natijalarini).

3. Bayonnoma tasdiqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay

3-bosqich

PDXX

1. Autsorser bilan joriy yilning oxiriga qadar amal qilish muddati bilan shartnomalar tuzish.

1. 3 ish kuni davomida

2. Autsorserga binolarni, uskunalarni, jihozlarni, mebellarni va oshxonaning boshqa moddiy vositalarini dalolatnomaga asosan topshirish.

2. 3 ish kuni davomida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Tegishli hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlarini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalariga koʻra oziq-ovqat mahsulotlarining bozordagi oʻrtacha narxlari koʻrsatilgan bayonnomani rasmiylashtirish.

1-2. Har oyda joriy oyning 1-sanasida

3. PDXXga oziq-ovqat mahsulotlari narxi haqidagi bayonnomani yetkazish.

3. Bir kun mobaynida

2-bosqich

Autsorser

1. Koʻrsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish.

2. PDXX bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish.

Har oyning 5-sanasiga qadar

3-bosqich

PDXX

Autsorser bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblarni quyidagi tartibda amalga oshirish:

asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) tekshirish, maʼlumotlarni oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshirilgan holat mavjudligi boʻyicha taqqoslash;

Uch kun mobaynida

autsorsing xizmatlarini koʻrsatishning tegishli jadvalida koʻrsatib oʻtilgan oylik summaning 15% miqdoridagi dastlabki toʻlovni autsorserning bank hisobraqamiga oʻtkazish;

Har oyning 10-sanasiga qadar

tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85% summani xizmatlar koʻrsatish oyi tugagandan soʻng toʻlash.

Har oyning 20-sanasiga qadar

(oʻtgan oy uchun)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 09/21/439/0670-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)