08.07.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-7
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 08.07.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-7
Date of entry into force
08.07.2021
Hujjat 08.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiNING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-7]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami. 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2021-yil 29-iyun,

343-V-7-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi departament boshligʻi D. RAXIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 29-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 343-V-7, 33-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mazmundagi 331-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“331 Tranzit moliyaviy muassasa sifatida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari, texnik cheklovlar xalqaro elektron oʻtkazma boʻyicha ichki elektron pul oʻtkazmaga bogʻlangan joʻnatuvchi va oluvchi toʻgʻrisidagi talab qilinayotgan maʼlumotning saqlanishiga toʻsqinlik qilgan hollarda, joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha maʼlumotlar boʻyicha yozuvlarni besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qabul qiluvchi tijorat banklari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega boʻlishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchisi yoki joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan elektron pul oʻtkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki toʻxtatishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli keyingi xatti-harakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish, maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini koʻrib chiqish va boshqalar).”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Joʻnatuvchi tijorat banklariga, pul oʻtkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pul oʻtkazmalari boʻyicha, shu jumladan xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali xizmatlarni koʻrsatish taqiqlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 89-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur maʼlumotlar va hujjatlar vakolatli davlat organlari va Markaziy bankka oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydigan shaklda qogʻoz koʻrinishida va (yoki) elektron tashuvchi vositalarda saqlanishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2886-7/0662-son)