30.06.2021 yildagi 405-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.06.2021 yildagi 405-son
Date of entry into force
01.07.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash, respublikadagi mavjud hamda yangi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasi (keyingi o‘rinlarda — platforma) ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, platformani doimiy yangilab borish va uni yuritish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar 2021-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga kiritilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga 2021-yil 1-iyuldan boshlab yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga doimiy kiritib borilishini ta’minlash vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi yangi qurilgan bino va inshootlarga berilgan kadastr raqamlarini har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi yangi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni hamda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini shakllantirishga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi bo‘yicha turlarga ajratish hamda texnik holatini baholashga, shuningdek, platformani yuritishga;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik ta’sirlarga nisbatan zaifligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini yuritishga mas’ul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va platformaga kiritilishini ta’minlash;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini shakllantirish va platformaga kiritish hamda zaruratga qarab elektron texnik pasportini muntazam yangilab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan hamkorlikda har yili 15-yanvarga qadar — platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar seysmik zaifligi bo‘yicha turlarga ajratish va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot taqdim etish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ma’lumot kelib tushgandan boshlab o‘n besh kun muddatda — bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida barcha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga o‘zlariga qarashli bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi to‘g‘risida ogohlantirish xatini yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi funksiyasi mavjud vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yangi qurilayotgan bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bog‘liq xarajatlarini obyektlarning loyiha-smeta hujjatlaridagi buyurtmachi xarajatlarida ko‘zda tutish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan olti oy muddatda — seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarni shartnoma asosida instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish, shuningdek, bino va inshootni mustahkamlash choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan o‘n besh kun muddatda — seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini qaytadan shakllantirish va elektron platformaga joylashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini bu haqida rasmiy xabardor etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.X. Qo‘ldoshev hamda O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 30-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
405-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni (keyingi o‘rinlarda — elektron texnik pasportlar) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron texnik pasportlarning yagona integratsiyalashgan platformasiga (keyingi o‘rinlarda — platforma) respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlari kiritiladi va muntazam yangilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vizual tekshiruv — tayanch konstruksiyalardagi, qoplamalar va devorlardagi yoriqlar hamda shikastlanishlarni aniqlash uchun binolar va inshootlarning texnik holatini ko‘zdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
instrumental-texnik tekshiruv — maxsus kuzatuv, o‘lchov va nazorat vositalaridan foydalangan holda binolar hamda inshootlarning texnik holatini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik zaiflik — binolar va inshootlarning konstruksiyalarida zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar hamda yemirilishlarning ko‘rsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik mustahkamlik (zilzilabardoshlik) — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini ta’minlaydigan binolar va inshootlarning zilzila ta’siriga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik faol hudud — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli doimo yuqori bo‘lgan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron texnik pasport — bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holati to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar jamlangan elektron hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Elektron texnik pasportlarni shakllantirish bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda to‘plab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shakllantirilgan elektron texnik pasportlardan seysmik xavf prognozi mavjud bo‘lgan hollarda bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligini o‘rganish, sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasporti hamda ularning seysmik mustahkamligi bo‘yicha xulosalar, ularni vizual va instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish davomida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar, elektron texnik pasportlashtirishning obyektlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Seysmik xavf prognozi mavjud bo‘lgan hollarda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini o‘rganish hamda sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va uning oqibatlarini bartaraf etish, bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni belgilash elektron texnik pasportlarni shakllantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar elektron texnik pasportlarni shakllantirishning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarda doimiy vizual va instrumental-texnik tekshiruv ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, jumladan, seysmik hududlarda bino va inshootlarni qurish va undan foydalanish, shuningdek, zilziladan so‘ng bino va inshootlarda yuzaga keladigan zararlanishlar monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik zaif bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, ularning seysmik mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zilzila oqibatida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarga yetkaziladigan zararlarning oldini olish, ulardagi uskunalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi ehtimoliy buzilishlar darajasini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishda o‘tkaziladigan tekshiruvlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishda vizual va instrumental-texnik tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vizual tekshiruv bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning texnik holatini, yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi, qoplama va devorlaridagi yoriqlar hamda zararlanishlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning barcha hududlarda joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar har besh yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha vizual tekshiruvdan o‘tkazilishi shart. Zarurat tug‘ilganda bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar navbatdan tashqari vizual tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vizual tekshiruv quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarni to‘liq vizual ko‘rikdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poydevorni, poydevorning tashqi qismi, yerto‘la xonalarini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruksiyasi, materiallar va yig‘ma panellarni, orayopma va choklarni, cherdak xonalarini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki kommunal-muhandislik tarmoqlarini va qurilmalarni tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilgan sanasi va undan foydalanish davrida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar hamda zararlanishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni yig‘ish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi me’yorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish talab etiladi, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
instrumental-texnik tekshiruv o‘tkazish zarurligi va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning hajmi to‘g‘risida xulosa chiqarish hamda konstruksiyalarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish dasturini tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vizual tekshiruv natijalari bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi yoki zaifligi to‘g‘risidagi dastlabki xulosani berishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vizual tekshirish jarayonida yirik nuqsonlar mavjudligi aniqlangan barcha konstruksiyalar instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Instrumental-texnik tekshiruv asosiy konstruksiyalardagi egilishlar va deformatsiyalar, yoriqlarning ochilgan sathi o‘lchamlarini o‘lchash, tayanch tuzilmalar materialining haqiqiy fizik-mexanik tavsifini aniqlash hamda bino va inshootlarning, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi to‘g‘risida to‘liq xulosaga kelish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning barcha hududlarida joylashgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar har o‘n yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Zarurat tug‘ilganda bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar navbatdan tashqari instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Instrumental-texnik tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta va texnik hujjatlarga mosligini tekshiruvdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruktiv yechimi, rejadagi shakli, gabarit o‘lchamlari, qavatlar balandligi, antiseysmik chok orqali bo‘lmalarga (otseklarga) ajratilganligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poydevor turi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari, qurilish maydonining o‘ziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik ko‘rsatkichlari holatini to‘liq aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarda yoriqlar, boshqa shikastlanishlar va deformatsiyalanish joylarini aniq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘plangan ma’lumotlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligini modelli tadqiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
instrumental-texnik tekshiruvlar, o‘lchov ishlari, laboratoriya hamda modelli tadqiqotlarga muvofiq bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi me’yorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi funksiyasi mavjud vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yangi qurilayotgan bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bog‘liq xarajatlari obyektlarning loyiha-smeta hujjatlaridagi buyurtmachi xarajatlarida ko‘zda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmik faol zonalarda joylashgan va foydalanishga qabul qilinganligi 10 yildan oshgan III-IV toifadagi bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bog‘liq xarajatlari obyektning texnik holatiga qarab, ekspluatatsiya qilish xarajatlarida ko‘zda tutilishi shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Instrumental-texnik tekshiruv natijasida olingan ma’lumotlar va laboratoriya tahlillari bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi yoki zaifligi to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Elektron texnik pasportlarni shakllantirish va uni yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va uni yuritish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning vizual tekshiruv asosida tuzilgan elektron texnik pasporti ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning instrumental-texnik tekshiruv asosida tuzilgan elektron texnik pasporti ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suv omborlari va sel suv omborlari hamda seysmik xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining elektron texnik pasporti ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va zaruratga qarab instrumental-texnik tekshiruv asosida muntazam yangilab boradi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar shakllantirilgan va platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini instrumental-texnik tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi yangi qurilgan bino va inshootlarga berilgan kadastr raqamlarini har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etib boradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi respublikadagi mavjud ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va zaruratga qarab instrumental-texnik tekshiruv asosida muntazam yangilab boradi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik ta’sirlarga nisbatan zaifligi to‘g‘risida doimiy monitoring yuritadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda har yili 15-yanvarga qadar platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi bo‘yicha turlarga ajratib chiqadi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘n besh kun muddatda bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga ularga qarashli bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylari seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi to‘g‘risida ogohlantirish xatini olgan barcha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar olti oy davomida seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarini instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari, qurilish sohasidagi loyihalash tashkilotlari, maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga murojaat qiladi va shartnoma asosida tekshiruvdan o‘tkazadi, shuningdek, bino va inshootning seysmik holatini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylari seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar elektron texnik pasportlarni instrumental-texnik tekshiruv asosida qaytadan shakllantiradi va elektron platformaga joylaydi hamda o‘n besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini bu haqida rasmiy xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasporti foydalanishning to‘liq davri davomida (buzib tashlanguniga qadar) saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruktiv va muhandislik ta’minotiga oid o‘zgartirishlar elektron texnik pasportga faqat navbatdagi instrumental-texnik tekshiruvdan so‘ng kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirlariga oid ma’lumotlarni umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari elektron texnik pasport ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mas’uldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va uni yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

1-bosqich

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar

O‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.

2022-yil 1-aprelga qadar

Respublikadagi mavjud ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.

2022-yil 1-aprelga qadar

Elektron texnik pasportni instrumental-texnik tekshiruv asosida muntazam yangilab boradi.

Zaruratga qarab

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini instrumental-texnik tekshiruv asosida shakllantiradi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.

Doimiy

2-bosqich

Fanlar akademiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda

Platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi bo‘yicha turlarga ajratib chiqadi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot taqdim etadi.

Har yili 15-yanvarga qadar

3-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga ularga qarashli bino va inshootlar instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuboradi.

Ma’lumot kelib tushgandan boshlab 15 kun muddatda

4-bosqich

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar

Seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarni shartnoma asosida instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazadi.

3 oy muddatda

Instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgan bino va inshootni mustahkamlash choralarini ko‘radi.

3 oy muddatda

5-bosqich

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar

Seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgan bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini instrumental-texnik tekshiruv asosida qaytadan shakllantiradi va elektron platformaga joylaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini bu haqida rasman xabardor qiladi.

15 kun muddatda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning vizual tekshiruv asosida tuzilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron texnik pasporti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

I. Umumiy ma’lumotlar

1.

Obyektning elektron texnik pasporti to‘ldirilgan sana

2.

Obyekt nomi

3.

Obyektning qurilgan yili

4.

Obyektning elektron texnik pasportini shakllantirgan tashkilot (yuqori turuvchi tashkilot nomi)

5.

Kadastr raqami

6.

Obyekt joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, ko‘cha, uy)

7.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, elektron pochta, veb-sayt va boshqalar)

8.

Obyektning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmog‘idan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)

9.

Obyektning tarixiy-madaniy ahamiyatiga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar

10.

Bino va inshootlari soni

II. Bino va/yoki inshootning texnik ko‘rsatkichlari*

11.

Kadastr raqami

12.

Bino va/yoki inshootning nomi

13.

Bino va/yoki inshoot joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, ko‘cha, uy)

14.

Bino va/yoki inshootning qurilgan yili

15.

Qurilish maydonining seysmikligi (kadastr hujjatidan yoki seysmik hududlashtirish xaritasidan olinadi, 6, 7, 8, 9, 9*)

16.

Bino va/yoki inshootning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmog‘idan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)

17.

Bino va/yoki inshootning konstruktiv yechimi (g‘ishtli, temir-beton karkasli, quyma temir-beton, yirik panelli, karkassiz (devorli), hajmiy-blokli, kombinatsiyalashgan)

18.

Rejadagi shakli (to‘g‘ri burchakli, T shaklda, L shaklda, N shaklda, kombinatsiyalashgan shaklda)

19.

Qavatlar soni, kvartiralar yoki xonalar soni, kvartira yoki xonalarning maydoni

20.

Bino va/yoki inshootning gabarit o‘lchamlari

21.

Qavatlar balandligi (poldan orayopmagacha, metrda)

22.

Rekonstruksiya qilingan yili

23.

Rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi (konstruksiyalari mustahkam, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilgan, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilmagan)

24.

Bino va/yoki inshootning pasport to‘ldirilayotgan kundagi holati (me’yorda, qoniqarli, instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish talab etiladi, mustahkamlash talab etiladi, qoniqarsiz, avariya holatiga moyil, avariya holatida)

25.

Bino va/yoki inshootning antiseysmik chok orqali bo‘lmalarga (otseklarga) ajratilganligi (ajratilgan, ajratilmagan)

26.

Bino va/yoki inshootning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining holati (shikastlanishlar mavjud emas, sezilarsiz shikastlanishlar mavjud, sezilarli yoriqlar mavjud (oz miqdorda), sezilarli yoriqlar mavjud (ko‘p miqdorda))

27.

Bino va/yoki inshootning zilzilalar ta’sirida holati o‘zgarganligi (o‘zgarmagan, o‘zgargan, cho‘kishlar mavjud)

28.

Bino va/yoki inshootning loyiha va kadastr hujjatlari (ilova qilinadi)

29.

Bino va/yoki inshootning umumiy holati bo‘yicha rasmlar (ko‘rinishi, shikastlanishlar mavjud bo‘lgan joylar, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalaridagi mavjud shikastlanishlar ilova qilinadi)

30.

Bino va/yoki inshootda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot (mavjud bo‘lsa, ma’lumot ilova qilinadi)

31.

Yakuniy xulosa (I-seysmik mustahkamligi me’yorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish talab etiladi, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Shu joydan boshlab obyektning har bir binosi uchun ma’lumotlar alohida to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashning xulosasi bilan elektron texnik pasportga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning instrumental-texnik tekshiruv asosida tuzilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron texnik pasporti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

I. Umumiy ma’lumotlar

1.

Obyektning elektron texnik pasporti to‘ldirilgan sana

2.

Obyekt nomi

3.

Obyektning qurilgan yili

4.

Obyektning elektron texnik pasportini shakllantirgan tashkilot (yuqori turuvchi tashkilot nomi)

5.

Kadastr raqami

6.

Obyekt joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, ko‘cha, uy)

7.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, elektron pochta, veb-sayt va boshqalar)

8.

Obyektning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmog‘idan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)

9.

Obyektning tarixiy-madaniy ahamiyatiga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar

10.

Bino va inshootlari soni

II. Bino va/yoki inshootning texnik ko‘rsatkichlari

11.

Kadastr raqami

12.

Bino va/yoki inshootning nomi

13.

Bino va/yoki inshoot joylashgan joy (viloyat, tuman yoki shahar, ko‘cha, uy)

14.

Bino va/yoki inshootning qurilgan yili

15.

Qurilish maydonining seysmikligi (kadastr hujjatidan yoki seysmik hududlashtirish xaritasidan olinadi, 6, 7, 8, 9, 9*)

16.

Bino va/yoki inshootning geolokatsiyasi koordinatalari (internet jahon axborot tarmog‘idan mobil aloqa yordamida Google Map dasturi orqali olinadi)

17.

Bino va/yoki inshootning konstruktiv yechimi (g‘ishtli, temir-beton karkasli, quyma temir-beton, yirik panelli, karkassiz (devorli), hajmiy-blokli, kombinatsiyalashgan)

18.

Rejadagi shakli (to‘g‘ri burchakli, T shaklda, L shaklda, N shaklda, kombinatsiyalashgan shaklda)

19.

Qavatlar soni, kvartiralar yoki xonalar soni, kvartira yoki xonalarning maydoni

20.

Bino va/yoki inshootning gabarit o‘lchamlari

21.

Qavatlar balandligi (poldan orayopmagacha, metrda)

22.

Mansard qismi (cherdak) balandligi

23.

Texnik qavat balandligi

24.

Yerto‘laning mavjudligi, uning o‘lchamlari

25.

Bino va/yoki inshootning antiseysmik chok orqali bo‘lmalarga (otseklarga) ajratilganligi (ajratilgan, ajratilmagan)

26.

Balans qiymati (mavjud bo‘lsa)

27.

Poydevor turi:

tasmasimon;

ustunsimon;

plitasimon;

yaxlit;

qoziqsimon.

28.

Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari:

g‘ishtli;

yaxlit;

temir-beton karkasli;

yirik panelli;

kombinatsiyalashgan.

29.

Orayopmalar:

temir-beton plitalar;

yog‘och to‘sinlar;

boshqa.

30.

Tom qismi:

yumshoq tom yopmasi;

cherdakli tom;

boshqa.

31.

Antiseysmik tadbirlar (AST):

antiseysmik choklar bilan ajratilgan bo‘linmalar soni,

antiseysmik choklar bilan ajratilgan bo‘linmalarning o‘lchamlari;

ko‘ndalang devorlar (kolonnalar) qadami;

bo‘ylama devor (kolonnalar) soni;

bo‘ylama devor (kolonnalar) oralig‘i;

seysmik kamarlarning mavjudligi (mavjud, mavjud emas);

bog‘lovchi kamarlarning mavjudligi (mavjud, mavjud emas);

deraza oraliqlarining o‘lchamlari;

pardevorlarning o‘lchamlari.

32.

Konstruksiya materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari:

beton sinfi;

g‘isht markasi;

qorishma sinfi;

armatura sinfi va diametri;

po‘latning hisobiy qarshiligi;

g‘isht yoki toshdan terilgan devorlar toifasini aniqlash;

binoning mustahkamlik zaxirasini aniqlash.

33.

Loyiha:

individual;

namunaviy loyiha raqami.

34.

Loyiha tashkilotining nomi (mavjud bo‘lsa)

35.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan tashkilot nomi (mavjud bo‘lsa)

36.

Loyiha-smeta va texnik hujjatlarning mavjudligi (ilova qilinadi):

ishchi loyihalar: rejalar, qirqimlar, devorlarning kuchaytirilishi, oraliqlarning tashkil qilinishi, karkasning asosiy tugunlari, seysmik kamarlar, poydevorlar va boshqalar;

yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, hisob sxemalar, seysmik ta’sirlar davri, mustahkamlik va dinamik ko‘rsatkichlari;

muhandislik-geologik sharoitlarning ko‘rsatkichlari;

seysmik xossalari bo‘yicha zamin gruntining toifasi, o‘ta cho‘kuvchanlik turi, namligi, gruntlarning yuk ko‘tarish qobiliyati, ichki ishqalanish burchagi, yer osti suvlarining sathi;

yopilgan (yashirin) ishlar dalolatnomalari;

beton, g‘isht, qorishma va boshqa materiallarning nazorat namunalarini sinovdan o‘tkazish bayonnomalari;

mualliflik texnik nazorati jurnallarining mavjudligi;

hisoblangan seysmikligi;

maydonning seysmikligi;

sizot suvlar sathi va mavsumiy tebranishlar amplitudasi;

poydevorlarga nisbatan agressiv tuzlar va sizot suvlar miqdori.

37.

Qurilish maydonining o‘ziga xos xususiyatlari:

suv bosishi ehtimoli mavjud;

suvdan himoya qilish qurilmalari mavjud;

drenajlar, ariqlar mavjud;

tegishli nishablikka ega suvni chiqarish tizimlari mavjud.

38.

Eksperimental tadqiqotlar natijalariga ko‘ra qurilish maydonining seysmikligi

39.

Muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarining mavjudligi:

gaz ta’minoti;

elektr ta’minoti;

shahar telefon aloqasi ta’minoti;

sovuq suv ta’minoti;

issiq suv ta’minoti;

isitish tizimi;

oqova suv chiqarish tizimi;

yerto‘lada, pol ostidagi xonada, issiqlik uzellarida suvning mavjudligi;

yog‘inlar sababli suv bosishi.

40.

Normal va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun obyektning seysmik mustahkamligi va ishonchliligi ta’minlanganligi

41.

Bino va/yoki inshootning pasport to‘ldirilayotgan kundagi holati (me’yorda, qoniqarli, mustahkamlash talab etiladi, qoniqarsiz, avariya holatiga moyil, avariya holatida)

42.

Bino va/yoki inshootning foydalanishga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilindi)*

43.

Rekonstruksiya qilingan yili

44.

Bino va/yoki inshootning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining holati (shikastlanishlar mavjud emas, sezilarsiz shikastlanishlar mavjud, sezilarli yoriqlar mavjud (oz miqdorda), sezilarli yoriqlar mavjud (ko‘p miqdorda))

45.

Rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi (konstruksiyalari mustahkam, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilgan, konstruksiyalarda kuchaytirish va mustahkamlash ishlari olib borilmagan)

46.

Muhandislik-geologik ko‘rsatkichlari:

sizot suvlar sathi;

cho‘kuvchanlik, namlik, yuk ko‘tarish qobiliyati;

ichki ishqalanish burchagi;

gruntning mexanik xossalari;

grunt toifasi;

poydevorlarni ochish.

47.

Tabiiy ofatlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avariyalarning oqibatlari:

poydevorlarda yoriqlar paydo bo‘lgan;

devorlardagi deraza oraliqlari bo‘yicha yoriqlar paydo bo‘lgan;

tashqi devor atrofi to‘shamasidagi qoldiq deformatsiyalar mavjud;

devorlar va zina maydonchalari, zina marshlari orasida yoriqlar hosil bo‘lgan;

orayopma panellari orasidagi choklar ochilgan;

bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar birlashadigan joylarda uzilish yoriqlari mavjud;

seysmik choklar bilan ajratilgan bo‘linmalarning bir biriga nisbatan cho‘kishlar mavjud;

seysmik kamarlarda yoriqlar mavjud;

karkasli binolarda rigellar monolit tarzda tutashgan joylarda deformatsiyalar mavjud;

orayopma plitalari yuk ko‘taruvchi devorlarga nisbatan siljigan;

karkasli binolarda osma panellarni mahkamlash elementlarida deformatsiyalar mavjud;

kolonna va rigellarda yoriqlar mavjud;

erker, balkonlar, parapetlarda shikastlanishlar mavjud;

ishlab chiqarish texnologiyasining portlashdan xavfsizligi, ventilyatsiyaning holati (ta’minlangan, qoniqarli, qoniqarsiz);

tabiiy ofatlar vaqtida portlash potensial manbalarining mavjudligi va ulargacha bo‘lgan masofa.

48.

Ehtimoliy tabiiy ofatlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avariyalarda obyektning to‘liq yoki qisman shikastlanishini hisobga olgan holda moddiy zarar va odamlar hayot xavfsizligini baholanganligi

49.

Bino va/yoki inshootning seysmik mustahkamligini modelli tadqiq etish uchun zarur chizmalar (ilova qilinadi):

rejalar (yerto‘la, birinchi va o‘xshash qavatlar);

qirqimlar;

yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning mahkamlanish tugunlari.

50.

Avvalgi ta’mirlash-tiklash ishlari samaradorligining o‘lchov asboblari yordamida dinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash

51.

Aniqlashtirilgan seysmiklik muvofiqligini o‘zgartirilgan sharoitlarni hisobga olgan holda tekshirish uchun nazorat hisoblashlarini amalga oshirish

52.

Tegishli hududning seysmikligiga mos keluvchi yer silkinishidagi ehtimoliy zarar

53.

Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar va ular elementlarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish

54.

Obyektning texnik holatini tekshirish natijalari bo‘yicha baholash:

obyektning seysmik mustahkamligi va ishonchliligi ta’minlangan, undan konstruksiyalarni kuchaytirmasdan foydalanishga ruxsat beriladi;

seysmik mustahkamligi ta’minlanmagan, undan kelgusida foydalanishga yo‘l qo‘yilishi uchun yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar va ularning elementlarini kuchaytirish talab etiladi;

obyektning seysmik mustahkamligi ta’minlanmagan, uning konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi hamda obyektdan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki buzish tavsiya qilinadi.

55.

Yakuniy xulosa (I-seysmik mustahkamligi me’yorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida)

* Shu joygacha yangi qurilayotgan bino va/yoki inshootlar uchun, keyingi bandlardan boshlab mavjud bino va/yoki inshootlar uchun ma’lumotlar to‘ldiriladi.

Bino va inshootlarda instrumental-texnik tekshiruvni olib borgan tashkilot (nomi, manzili, identifikatsion ma’lumotlari, litsenziyasi)

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Tekshirish sanasi_________________________

Ijrochi

Obyekt rahbari

________________________

_______________________

(familiyasi, ismi)

(familiyasi, ismi)

_________________________

_________________________

20___ yil “___” ___________

20___ yil “___” ___________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashning xulosasi bilan elektron texnik pasportga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv omborlari va sel suv omborlari hamda seysmik xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron texnik pasporti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Suv ombori (sel suv ombori):

1.

Suv omborining nomlanishi

2.

Suv ombori joylashgan manzil

3.

Suv manbai (daryo, soy, kanal)

4.

Suv ombori qurilgan yil

5.

Suv ombori vazifasi (qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, gidroenergetika, rekreatsiya va boshqa)

6.

Suv ombori foydalanishga qabul qilingan sana

7.

Suv omborining bosh loyiha tashkiloti nomi

8.

Suv omboridan foydalanuvchi tashkilot nomi

9.

Suv omborining loyiha bo‘yicha belgilangan sinfi (I, II, III, IV)

10.

Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha zilzilabardoshlik ko‘rsatkichi

11.

Suv omborining turi (o‘zanli, quyilmali)

12.

Suv ombori qurilishda foydalanilgan materiallarga ko‘ra to‘g‘onining turi (tuproqli, tosh tashlamali, beton qoplamali, yadroli, arkali, kontrforsli va boshqa)

13.

Suv omborining asosiy tarkibiy qismlari:

suv havzasi

to‘g‘on

suv olish inshooti

suv chiqarish inshooti

favqulodda suv tashlash inshooti

14.

Suv omborining loyiha bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari:

maksimal suv hajmi, mln kub m

normal suv hajmi, mln kub m

o‘lik suv hajmi, mln kub m

15.

Suv ombori to‘g‘onining:

maksimal balandligi, m

usti (o‘rkachi) bo‘yicha uzunligi, m

16.

Suv omborining 20___ yil _____ oyidagi holatiga:

maksimal suv hajmi, mln kub m

normal suv hajmi, mln kub m

o‘lik suv hajmi, mln kub m

17.

seysmik holati:

I-seysmik mustahkamligi me’yorda;

II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;

III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz,

IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida,...

II. Gidrouzellar:

1.

Gidrouzelning nomlanishi

2.

Gidrouzel joylashgan manzil

3.

Gidrouzel qurilgan suv manba nomi (daryo, soy, kanal)

4.

Gidrouzelning bosh loyiha tashkilotining nomi

5.

Gidrouzel qurilgan yil

6.

Gidrouzel foydalanishga qabul qilingan sana

7.

Gidrouzel sinfi (I, II, III, IV)

8.

Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha zilzilaga bardoshlik ko‘rsatkichi

9.

Gidrouzelning turi ( suv oqimiga frontal, burchak ostida, yonlama)

10.

Gidrouzelning asosiy loyihaviy ko‘rsatkichlari:

maksimal balandligi, m

uzunligi, m

suv chiqaruvchi ishchi darvozalar soni, ta

ishchi darvoza konstruksiyasi (yassi, segmentli, konusli, ...)

11.

Suv omborining 20___ yil _____ oyidagi holatiga:

12.

seysmik holati:

I-seysmik mustahkamligi me’yorda;

II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;

III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz,

IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida,...

III. Nasos stansiyalari:

1.

Nasos stansiyasining nomlanishi

2.

Nasos stansiyasi joylashgan manzil

3.

Nasos stansiyasining suv olish manbai (daryo, soy, kanal, ...)

4.

Nasos stansiyasi bosh loyiha tashkilotining nomi

5.

Nasos stansiyasi qurilgan yili

6.

Nasos stansiyasi foydalanishga qabul qilingan sana

7.

Nasos stansiyasi sinfi (I, II, III, IV)

8.

Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha zilzilaga bardoshlik ko‘rsatkichi

9.

Nasos stansiyasining asosiy loyihaviy ko‘rsatkichlari:

maksimal suv ko‘tarish balandligi, m

nasos agregatining:

markasi

soni

suv sarfi, kub m/s

elektr dvigatelning:

markasi

soni

quvvati, mln kVt. soat

nasos stansiyasining umumiy:

suv sarfi, kub m/s

quvvati, mln kVt. soat

bosimli quvur:

soni, ta

diametri, m

uzunligi, m

jami sug‘oriladigan maydon, ga

10.

Nasos stansiyasining 20___ yil _____ oyidagi holatiga:

11.

I-seysmik mustahkamligi me’yorda;

II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;

III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz;

IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida, ...

IV. Gidroelektrostansiyalar:

1.

Gidroelektrostansiyaning nomi

2.

Gidroelektrostansiya joylashgan manzil

3.

Gidroelektrostansiya turi (to‘g‘on oldi, derivatsionli va boshqa)

4.

Gidroelektrostansiyaning suv olish manbai (daryo, soy, suv ombori, kanal, ...)

5.

Gidroelektrostansiyaning bosh loyiha tashkiloti nomi

6.

Gidroelektrostansiya qurilgan yil

7.

Gidroelektrostansiya foydalanishga qabul qilingan sana

8.

Gidroelektrostansiyaning sinfi (I, II, III, IV)

9.

Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha zilzilaga bardoshlik ko‘rsatkichi

10.

Gidroelektrostansiyaning asosiy loyihaviy ko‘rsatkichlari:

maksimal suv bosimi balandligi, m

gidroagregatning:

markasi

soni

suv sarfi, kub m/s

quvvati, mln kVt. soat

gidroelektrostansiyaning umumiy:

suv sarfi, kub m/s

quvvati, mln kVt. soat

bosimli quvur:

soni, ta

diametri, m

uzunligi, m

11.

Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) bo‘yicha zizilabardoshlik ko‘rsatkichi

12.

Gidroelektrostansiyalarning 20___ yil ___ oyidagi holatiga:

13.

I-seysmik mustahkamligi me’yorda;

II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;

III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz;

IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida, ...

V. Kanallar (seysmik hududlarda joylashgan tog‘ yon bag‘ridan o‘tuvchi, ko‘tarma va yarim ko‘tarma kanallar)

1.

Kanal nomi

2.

Kanal joylashgan manzili

3.

Kanalning suv olish manbai (daryo, soy, suv ombori, ...)

4.

Kanalning bosh loyiha tashkiloti nomi

5.

Kanal qurilgan yil

6.

Kanal foydalanishga qabul qilingan sana

7.

Kanalning sinfi (I, II, III, IV)

8.

Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha zilzilaga bardoshlik ko‘rsatkichi

9.

Kanalning asosiy loyihaviy ko‘rsatkichlari:

jami uzunligi, km

shundan:

beton qoplamali, km

tuproq o‘zanli, km

quvurli, km

maksimal suv sarfi, kub m/s

normal suv sarfi, kub m/s

minimal suv sarfi, kub m/s

sug‘oriladigan jami maydon, ga

kanaldagi jami gidrotexnika inshootlari soni, ta

shundan:

suv to‘suvchi inshootlar, ta

suv chiqarish inshootlar, ta

avariya tashlamalari, ta

boshqa inshootlar, ta

10.

Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha zilzilabardoshlik ko‘rsatkichi

11.

Kanalning 20__ dagi holatiga:

12.

I-seysmik mustahkamligi me’yorda;

II-seysmik mustahkamligi qoniqarli;

III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz;

IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida, ...

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashning xulosasi bilan elektron texnik pasportga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/405/0624-son; 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)