24.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2972-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 24.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2972-2
Date of entry into force
24.06.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2972-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son va “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son farmonlari va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qaroriga muvofiq, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-yanvardagi 13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2972, 2018-yil 16-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 10/18/2972/0710-son) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 27-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 27-maydagi 160-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddimadan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Taʼlim muassasalariga yoshi oʻn sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan yigirma besh yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta-maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional yoki oʻrta maxsus professional maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimida kamida olti oy ish stajiga ega boʻlgan shaxslar tanlov asosida oʻqishga yuboriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish boʻyicha targʻibot va dastlabki tanlov bosqichi tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tegishli tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida (bundan buyon matnda Vazirlikning tegishli boʻlinmalari deb yuritiladi) ishchi guruhlar tuziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 18-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“19. Ichki ishlar organlari xodimlarining bildirgisiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anketa (soʻrovnoma).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar tomonidan bildirgi, tarjimayi holva anketa (soʻrovnoma) taʼlim muassasasida oʻqitiladigan tilda yoziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi va tarbiya fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 13-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
METODIKASI

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi va tarbiya fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholash maqsadida ogʻzaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegiallik prinsipi asosida Qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nomzodlarga beriladigan savollar Qabul komissiyasi aʼzolari, shuningdek huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi va tarbiya fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan tuziladi va savollar boʻyicha bilet variantlari 1-iyun kuniga qadar tayyorlanadi hamda Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biletlarda savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodni baholashda uning savol mazmuni va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qabul komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan savollar roʻyxati va bilet variantlari komissiya masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollar roʻyxati va bilet variantlari oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtish uchun auditoriyaga Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha ketma-ketlikda shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzod ixtiyoriy ravishda tanlab olgan 3 ta savoldan iborat biletdagi savollarga javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biletdagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi savol — huquqshunoslik fani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi savol — Oʻzbekiston tarixi fani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi savol — tarbiya fanlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nomzodlarga huquqshunoslik, Oʻzbekiston tarixi va tarbiya fanlaridan beriladigan savollar mazmuni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Nomzod biletlardan birini tanlab olgach, savollarga tayyorgarlik koʻrishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Agar nomzod xohlasa tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nomzodlarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun Qabul komissiyasi xonasiga tutash boʻlgan alohida auditoriya ajratiladi. Unga 5 nafar nomzod kiritilib, tayyorgarlik koʻrish jarayoni komissiya kotibi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng komissiyaning har bir aʼzosi unga oʻz bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik balli aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nomzodning savollarga bergan javoblari quyidagi 4 ta mezonlar boʻyicha baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savolning mazmun va mohiyatini ochib berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ hujjatlarga havola qilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Har bir mezon 5 ta baholash darajasiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maksimal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaxshi;

oʻrta;

past;

qoniqarsiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Yaxshi

Oʻrta

Past

Qoniqarsiz

1.

Savolning mazmun va mohiyatini ochib berish

100

75

50

25

0

2.

Savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalash

100

75

50

25

0

3.

Savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlash

100

75

50

25

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ hujjatlarga murojaat qilish

100

75

50

25

0

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodning har bir savolga bergan javobi toʻrtta mezon boʻyicha beshta baholash darajasiga koʻra foiz hisobida baholanadi va arifmetik hisoblash orqali savol uchun oʻrtacha ball qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi 100 ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi savol uchun — maksimal 40 ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi savol uchun — maksimal 30 ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi savol uchun — maksimal 30 ball.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A=(B÷100)× C
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A — savol boʻyicha toʻplangan ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
B — savol boʻyicha maksimal ball;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
C — savol boʻyicha toʻplangan foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yakka tartibdagi suhbatga belgilangan sana va vaqtda kelmagan nomzodlarga boshqa sana va vaqtda yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Har bir nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qaydnoma qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi va masʼul kotibga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha‎

QAYDNOMA‎

Sana: ___________‎‎‎ ‎‎‎

Toshkent shahri‎

Guruh raqami: ____‎‎‎

T/r‎‎

No�zodning F.I.O.‎ Savollarga qoʻyilgan ballar‎ Toʻplagan ball‎
1-savol‎‎‎

2-savol‎‎‎

3-savol‎‎‎

1.‎ ‎‎ ‎‎
2. ‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
3. ‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
4. ‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
...‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Qabul komissiya raisi (oʻrinbosari)‎

___________‎

___________________‎

(imzo) ‎

(unvoni va F.I.O.)‎

Qabul komissiyasi masʼul kotibi‎

___________‎

___________________

(imzo)‎

(unvoni va F.I.O.)‎ ‎

Qabul komissiyasi aʼzolari‎

___________‎

___________________‎‎

(imzo)‎ ‎

(unvoni va F.I.O.)‎ ‎ ‎

‎‎‎

___________‎

___________________‎‎ ‎

(imzo)‎ ‎ ‎

(unvoni va F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎

”.‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2972-2/0612-son)