Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.1998 07.05.1997 yildagi 229-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.05.1997 yildagi 229-son
Date of entry into force
07.05.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

RESPUBLIKA XALQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLARNI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYASINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-iyuldagi 309-sonli “Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika korxonalari va tashkilotlari oʻrtasidagi hisob-kitoblarning ahvolini yaxshilash, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibida tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar va banklar tomonidan toʻlov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazish boʻyicha amaldagi qonunchilik normalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;

respublika korxonalari va tashkilotlarining toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

korxonalarning debitorlik qarzdorligi ahvolini oʻrganish, toʻlovga qodir boʻlmagan isteʼmolchilar va buyurtmachilarga mahsulot berilishiga, ishlar bajarilishiga va xizmat koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablagʻlarini chetga jalb qilish, shu jumladan, tayyor mahsulot zaxiralariga, tugallanmagan qurilishga jalb qilish sabablarini va yoʻnalishlarini tahlil etish hamda ularni qisqartirishga doir takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hukumat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, banklar, xoʻjalik uyushmalari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarning ahvoli masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish hamda tegishli organlarga xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni yuritishning belgilangan tartibini buzishda aybdor boʻlganlarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish;

Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga muntazam yoʻl qoʻyayotgan korxonalar va tashkilotlarni bankrot deb eʼlon qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;

vazirliklar, idoralar, uyushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni belgilangan tartibda olish;

hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni koʻrib chiqish va oʻz vakolatlari doirasida ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar tizimini yaxshilashga qaratilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha tegishli mintaqaviy komissiyalar tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar mintaqaviy komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlar tomonidan amaldagi qonunchilik hamda hisob-kitob toʻlov intizomini mustahkamlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida hisob-kitoblarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi yuzasidan respublika Hukumati qabul qilgan qarorlar bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqa korxonalari va tashkilotlarida toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor-kreditorlik qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalari va tashkilotlari aylanma mablagʻlarining asossiz ravishda chetga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqaviy komissiyalarga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarning ahvoli masalalari boʻyicha hisoblarini eshitish hamda tegishli organlarga hisob-kitoblarning belgilangan tartibini buzayotgan mansabdor shaxslarni maʼmuriy, jinoiy va qonunda nazarda tutilgan boshqa xildagi javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hukumat komissiyasi oʻn kun muddatda tashkiliy majlis oʻtkazsin, 1997-yilgi ish rejasini hamda Mintaqaviy komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat komissiyasi majlislari oyiga kamida bir marta oʻtkazilsin hamda qilingan ishlar toʻgʻrisida respublika Hukumati har oyda xabardor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 7-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-maydagi 229-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) oʻz faoliyatini iqtisodiy va maʼmuriy tusdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan korxonalar va tashkilotlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarning ahvolini yaxshilash, toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli mintaqaviy komissiyalar tuziladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Komissiya mintaqaviy komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqaviy komissiyalar oʻz faoliyatini mazkur Nizomga va Komissiya qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari va yozma koʻrsatmalari vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xoʻjalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Komissiyaning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar va banklar tomonidan toʻlov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazish boʻyicha amaldagi qonunchilik normalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalari va tashkilotlarining toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning debitorlik qarzdorligi ahvolini oʻrganish, toʻlovga qodir boʻlmagan isteʼmolchilar va buyurtmachilarga mahsulot berilishiga, ishlar bajarilishiga va xizmatlar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablagʻlarini chetga jalb qilish, shu jumladan tayyor mahsulot zaxiralariga, tugallanmagan qurilishga jalb qilish sabablarini va yoʻnalishlarini tahlil etish hamda ularni qisqartirishga doir takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Komissiyaning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, banklar, xoʻjalik uyushmalari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarning ahvoli masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish hamda tegishli organlarga xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni yuritishning belgilangan tartibini buzishda aybdor boʻlganlarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga muntazam yoʻl qoʻyayotgan korxonalar va tashkilotlarni bankrot deb eʼlon qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni koʻrib chiqish va oʻz vakolatlari doirasida ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar tizimini yaxshilashga qaratilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya ishi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq, lekin oyiga kamida bir marta majlis oʻtkazish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya ishi natijalari protokol shaklidagi qarorlar bilan rasmiylashtiriladi, rais tomonidan yoki uning topshirigʻiga koʻra majlisini oʻtkazgan Komissiya aʼzosi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiyaga rais – Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga rahbarlik qiladi, Komissiya majlislarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya nomidan uning majlisi protokollarini, protokollardan koʻchirmalarni va Komissiyaning boshqa hujjatlarini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va respublika Hukumatini qilingan ishlardan har oyda xabardor qilib turadi.