17.06.2021 yildagi PQ-5149-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.06.2021 yildagi PQ-5149-son
Date of entry into force
18.06.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish, buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros boʻlib qolgan kamondan otish anʼanalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, milliy sport turlarini koʻpaytirish, kamondan otish sport turi boʻyicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar kamondan otish sport turini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional sportchilar, malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda ularni kasbiy rivojlantirish, oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga ilgʻor ilmiy-innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish hamda zamonaviy sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan parakamondan otish sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari hamda xalqaro musobaqalar, turnirlar va jahon chempionatlarida doimiy va munosib ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va xalqaro musobaqalar, turnirlarni hamda jahon chempionatlarini doimiy ravishda tashkil etish va oʻtkazish, mamlakatimizning reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlar, toʻsiqlar hamda sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasini ishlab chiqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamondan otishni milliy sport turi sifatida keng yoritish hamda targʻib qilish ishlarini tashkillashtirish, ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir sport maktabida (shu jumladan, kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda) mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, kamondan otish seksiya va boʻlimlarini tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida (shu jumladan, kelgusida yangi tashkil qilinadigan markazlarda) kamondan otish boʻlimlarini ochish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish taʼlim yoʻnalishini ochish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi bilan birgalikda:
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-dekabrga qadar bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlarini zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlasin va ushbu maqsadlarga Turizm va sport vazirligiga hamda uning tizimidagi sport taʼlimi muassasalariga budjetdan 2021-yil uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismidan zarur mablagʻlar yoʻnaltirsin;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda kamondan otish sport turi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda oshirish rejasini tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa sport taʼlim muassasalariga kamondan otish sport turi boʻyicha yetakchi xorijiy trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilsin hamda tegishli moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal etsin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab kamondan otish sport turi boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning uch bosqichli tizimi joriy etilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — taʼlim muassasalari, sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa sport taʼlim muassasalaridan saralangan sportchilar oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari oʻrtasida hududiy musobaqalar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi bosqichda — hududiy musobaqalar gʻoliblari va sovrindorlari oʻrtasida respublika musobaqalari oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning uch bosqichli tizimini tegishli hududlarda toʻliq joriy qilish yuzasidan shaxsan masʼul etib belgilansin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining 2025-yildan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har uch yilda bir marta anʼanaviy tarzda kamondan otish sport turi boʻyicha “Alpomish va Barchinoy” hamda ayollar oʻrtasida “Toʻmaris kubogi” xalqaro turnirlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz turistik salohiyatini yanada keng namoyon etish hamda ushbu sport turining ommaviyligini oshirish maqsadida har yili Buxoro, Qoʻqon, Samarqand va Xiva shaharlarida “Turizm va kamondan otish haftaligi”ni tashkil etish va uning doirasida sayyohlarni jalb qilgan holda kamondan otish boʻyicha sportchilar va sayyohlar oʻrtasida turnirlar, mahorat darslari hamda uchrashuvlar, turistik salohiyatni oshirishga xizmat qiluvchi sayillar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alpomish va Barchinoy” hamda “Toʻmaris kubogi” xalqaro turnirlarini Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro turnirlarda mahalliy kamonchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan jahonning kuchli kamonchilari, trenerlar va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PF-83-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalarini (keyingi oʻrinlarda — sport bazalari) tashkil etish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sport bazalariga metodik koʻmaklashish Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sport bazalari, shu jumladan quyidagilardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, oʻquv mashgʻulotlari va musobaqalarni oʻtkazish uchun ochiq turdagi sport maydoni va sport zali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomoshabinlar uchun tribuna, trenerlar, tibbiyot xodimlari, kiyim almashtirish xonalari, trenajyor zali, sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasini saqlash uchun xona.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillarda Investitsiya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan sport bazalarini qurish uchun markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishini taʼminlasin.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vazirligi (K. Tulyaganov) sport bazalarini innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir hududning bitta tumani (shahri)ni kamondan otish sport turini ustuvor sport turi sifatida belgilash hamda uni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda kamondan otish sport turining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, sport bazalarini tashkil etish ishlariga yaqindan koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022 — 2024-yillarda hududlarda sport bazalarini tashkil etish ishlarini Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda kamondan otish sport turini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining hududiy boʻlinmalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi hududiy boʻlinmalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi rahbar kadrlar orasidan nomzodlarni Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi hududiy boʻlinmalarining raisi lavozimiga tavsiya etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda kamondan otish sport turini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Butunjahon kamondan otish federatsiyasi hamda Osiyo kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda, ushbu tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlab berish bilan bogʻliq xarajatlar 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar (avvalambor Turkiya, Eron, Malayziya) va boshqa mamlakatlar (Koreya Respublikasi, Germaniya, Rossiya) bilan birgalikda kamondan otish sport turi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish, tajriba almashish, boshqa qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda 2021-yil 1-noyabrga qadar mamlakatimizda etnosport turlarini (belbogʻli kurash, uloq, koʻpkari, oshiq oʻyini, qarabtep (lanka) oʻyini, ot poygasi, koʻk boʻru, dorboz, chillak va boshqalar) rivojlantirish va ommalashtirishni, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur qarorga asosan joriy yilda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablagʻlarni 2021-yil Davlat budjetida Turizm va sport vazirligi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashqi ishlar vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining buyurtmasiga asosan kamondan otish sport turi boʻyicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan kirish vizalarining rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki ishlar vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining buyurtmasiga asosan kamondan otish sport turi boʻyicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalarining berilishini va muddatining uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh. Maxmudov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 17-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5149-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi PQ-5149-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Jami

Shu jumladan:

2022-yilda

2024-yilda

2026-yilda

Jami:

14

4

5

5

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

1

2.

Andijon viloyati

1

1

3.

Buxoro viloyati

1

1

4.

Jizzax viloyati

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

6.

Navoiy viloyati

1

1

7.

Namangan viloyati

1

1

8.

Samarqand viloyati

1

1

9.

Sirdaryo viloyati

1

1

10.

Surxondaryo viloyati

1

1

11.

Toshkent viloyati

1

1

12.

Fargʻona viloyati

1

1

13.

Xorazm viloyati

1

1

14.

Toshkent shahri

1

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: sport bazalari tegishli yilning 1-sentabriga qadar foydalanishga topshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi PQ-5149-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Kamondan otish sport turi bilan shugʻullanish uchun moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish

1.

Kamondan otish sport turi boʻyicha faoliyat olib boruvchi muassasalarni xatlovdan oʻtkazish.

1. Kamondan otish sport turi boʻyicha mavjud sport bazalarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Mavjud sport bazalarining trenerlar, hakamlar, mutaxassislar va shugʻullanuvchilar bilan butlanganligi, sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlanganligini oʻrganish.

3. Xatlov yakuni yuzasidan kamondan otish sport turi boʻyicha mavjud sport bazalarini sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash.

2021-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalarini tashkil etish.

1. Kamondan otish sport turi boʻyicha sport bazalarini qurishning namunaviy loyihalarini tayyorlash.

2. Namunaviy loyihalarni kelishish va ekspertizadan oʻtkazish.

3. Namunaviy loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish.

4. Hududlarda kamondan otish sport turi boʻyicha sport bazalarini tashkil qilish uchun yer ajratish.

5. Sport bazalarini qurib, foydalanishga topshirish.

6. Sport bazalarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash.

7. Sport bazalarini malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar bilan toʻldirish.

Rejaga muvofiq

Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

3.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida kamondan otish sport turi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun zamonaviy sport zonasini qurish.

1. Sport zonasini barpo qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, bepul yer uchastkasini ajratish. Bunda, yer uchastkasi maydonining qiymatiga ekvivalent ravishda tadbirkorlik subyekti zimmasiga ajratilgan yer uchastkasi huzurida sport zonasini qurish majburiyatini yuklash.

2. Sport zonasini qurishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni tadbirkorlik subyektlarining soliq solinadigan bazasidan belgilangan tartibda chegirib tashlash hamda ushbu sport zonasini Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasiga begʻaraz topshirish.

Rejaga muvofiq

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

“Chorvoq” erkin turistik zonasi Maʼmuriy kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

4.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Foziltepa koʻchasi, 38-uyda joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida kamondan otish sport turi boʻyicha yopiq sport inshootini barpo etish.

1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sport inshooti qurilishi loyihasini tayyorlash.

2. Loyihani kelishish va ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyiha asosida sport inshootini qurish reja-jadvalini ishlab chiqish va 2022-yil uchun Investitsiya dasturiga kiritish.

4. Sport inshootini zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

2022-yil may

Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

II. Kamondan otish sport turi boʻyicha sportchilarni tayyorlash, trenerlar, hakamlar va mutaxassislarning malakasini oshirish

5.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida kamondan otish seksiya va boʻlimlarini ochish.

1. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarining infratuzilmasi va mavjud imkoniyatlarini oʻrganish.

2. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida kamondan otish seksiya va boʻlimlarini ochish.

3. Seksiya va boʻlimlarni sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash.

4. Seksiya va boʻlimlarni malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar bilan toʻldirish.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

7.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish taʼlim yoʻnalishini ochish.

1. Kamondan otish bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish choralarini koʻrish.

2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini kamondan otish sport turi boʻyicha zamonaviy oʻquv dasturlar, oʻquv-metodik komplekslar hamda oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlash.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Respublika budjeti mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

8.

Kamondan otish sport turi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda.

1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Koreya, Rossiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlat kabi mamlakatlarda kamondan otish sport turi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish rejasini tasdiqlash.

2021-yil iyul

Respublika budjeti mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

2. Trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qisqa muddatli oʻquv kurslarda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

9.

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi huzurida “Kompleks ilmiy guruh”ni tashkil etish.

Zamonaviy ilmiy va uslubiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, oʻquv-mashgʻulot jarayonining oʻquv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarni shakllantirish va tasdiqlash.

2021-yil sentabr

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

III. Kamondan otish sport turi boʻyicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqa va turnirlarni doimiy ravishda tashkil etish

10.

Har yili “Kamondan otish sport turi kuni”ni keng nishonlash.

1. Hududlarda, tuman (shahar) markazlarida, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, istirohat bogʻlarida, “Kamondan otish sport turi kuni”ni keng nishonlash.

2. Kamondan otish sport turi boʻyicha “mahorat darslari”ni oʻtkazish.

3. Kamondan otish sport turi boʻyicha ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish.

4. Toshkent shahrida sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yildan boshlab

Ijrochilar mablagʻi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

11.

Milliy terma jamoa aʼzolarining xalqaro, jahon, Osiyo chempionatlari hamda xalqaro turnirlar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida muntazam qatnashishini taʼminlash.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga asosan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika miqyosida kamondan otish boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish natijalariga koʻra iqtidorli oʻquvchilarni milliy terma jamoalarga saralab olish (seleksiya qilish);

jahon, Osiyo chempionatlari hamda xalqaro turnirlar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida muntazam qatnashishini taʼminlash;

xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida chet el federatsiyalari, klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

2021-2022-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

IV. Kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlar, toʻsiqlar hamda kamondan otish sporti jihozlari va kiyimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

12.

Milliy hamda professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlari ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda tashkil etish.

1. Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi qoshida “kamondan otish sporti jihozlari”ni ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlarini ishlab chiqarilishini tashkil etish.

3. Kamonlar, oʻqlar, toʻsiqlar milliy brendini yaratish, hududlarda kamondan otish bilan shugʻullanuvchilarga yetkazib berilishini taʼminlash.

2021-yildan boshlab

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi”, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

13.

Milliy hamda professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlarini eksport qilinishini belgilangan tartibda tashkil etish.

1. Ishlab chiqarilgan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlari hamda kamon sport jihozlarining xorijiy davlatlarga eksport qilinishini yoʻlga qoʻyish.

2. Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda respublika hududida distribyutorlik firmalarini tashkil etish.

2021-yildan boshlab

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

V. Kamondan otishni milliy sport turi sifatida keng yoritish hamda targʻib qilish ishlarini tashkillashtirish, ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish, boshqa masalalar

14.

Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kamondan otish sport turini targʻib qilish, ommalashtirish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish.

Kamondan otish sport turini targʻib qilish, ommalashtirish boʻyicha media-reja loyihasi ishlab chiqish. Bunda:

Tasdiqlash — 2021-yil iyun

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdi tomonidan asos solingan milliy kamonchilikni, kamondan otish sport turini keng targʻib qilish;

yoshlarni sogʻlom turmush tarziga amal qilishga yoʻnaltirish boʻyicha alohida koʻrsatuvlar namoyish etish;

kamondan otish sport turi boʻyicha reklama kampaniyalarini oʻtkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish;

kamondan otish sport turi boʻyicha telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

kamondan otish sport turi boʻyicha tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlari orqali muntazam va keng yoritish;

mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

Amalga oshirish — rejaga asosan

15.

Kamondan otish sport turi boʻyicha turli tadbirlarni, musobaqalarini muntazam yoritib borish.

1. Kamondan otish sport turi boʻyicha tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlari orqali muntazam va keng yoritish.

2. Mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

2021-yil davomida

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kamondan otish sport turini keng targʻib qilish.

1. Ijtimoiy reklama orqali kamondan otish sport turini ommalashtirishni keng targʻib qilish.

2. Kamondan otish sport turi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, kitoblar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni nashr etish orqali targʻib qilish.

3. “Oʻzbek kamonkashligi” ilmiy-ommabop jurnalini nashr etish, bannerlar, plakatlar, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.

2021-yildan boshlab, doimiy

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Parakamondan otish sport turini rivojlantirish.

1. Hududlarda parakamondan otish sport turini rivojlantirish istiqbollarini aniqlash.

2021-yil sentabr

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

2. Har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlab koʻzi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar oʻrtasida sport turlari boʻyicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda parasport festivallari oʻtkazish doirasida parakamondan otish sport turini tashkil etish.

2021-yil dekabr, kelgusida har yili noyabr-dekabr

3. Paralimpiya sport markazlarida parakamondan otish sport turi boʻyicha ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlarni tashkil etish, shuningdek, yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

4. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida parakamondan otish sport turi boʻyicha klub tashkil etish va uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

5. 2022-yildan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga parakamondan otish sport turi boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishni kiritish hamda ularni tizimli ravishda tashkil etib borish.

2021-yil sentabr

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirish mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2021-y., 07/21/5149/0566-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)