Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKROIQTISODIYoT VA STATISTIKA VAZIRLIGI HUZURIDAGI MAKROIQTISODIY VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR INSTITUTI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-noyabrdagi 464-sonli “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1997-yil 15-maydagi PF—1780-son Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan analitik va prognoz ishlanmalarni ilmiy-uslubiy taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
makroiqtisodiy boshqarishning monetar usullari va mexanizmlarini tadqiq qilish;
bozor islohotlarini amalga oshirish sharoitlarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omillari va tendensiyalarini tahlil qilish;
milliy hisoblar tizimidan foydalangan holda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning koʻp variantli makroiqtisodiy modellarini ishlab chiqish;
respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrnini belgilaydigan oʻziga xos shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda iqtisodiyotning maqbul tuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;
respublikaning barqaror iqtisodiy oʻsishi, jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi omillarini tadqiq qilish;
tabiiy va mineral xomashyo resurslaridan, ishlab chiqarish potensialidan foydalanishni tahlil qilish;
respublika mintaqalarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni metodologik va uslubiy taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida iqtisodiy konʼyunktura hamda amaliy faollik monitoringini oʻtkazish;
demografik jarayonlarni, ijtimoiy rivojlanish va aholi farovonligi darajasini, mehnat resurslarini ish bilan taʼminlash muammolarini tadqiq qilish.
2. Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-apreldagi 160-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Belgilansinki:
Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti oʻz faoliyati toʻgʻrisida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hisob beradi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishga ajratiladigan budjet mablagʻlari, grantlar, shuningdek shartnoma asosida boshqa buyurtmachilar mablagʻlari hisobiga faoliyat koʻrsatadi;
institutga ilmiy xodimlar qabul qilish tanlov asosida, tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish yuzasidan yakka tartibda kontraktlar tuzgan holda amalga oshiriladi.
4. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
ikki hafta muddatda Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
bir oy muddatda institut xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
institutni zarur axborot bazasi bilan taʼminlasin, uni statistik axborotlar yuboriladigan tashkilotlar reyestriga kiritsin, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan keladigan ilmiy-uslubiy hamda analitik materiallarni tanishib chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun joʻnatsin.
5. Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktoriga, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda, institut tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
307-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 307-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti
TUZILMASI
Direktor
Direktorning fan boʻyicha oʻrinbosari
Kompleks makroiqtisodiy tahlil va prognozlar boʻlimi
Makroiqtisodiy boshqarish monetar usullari shuʼbasi
Valyuta va tashqi iqtisodiy munosabatlar shuʼbasi
Iqtisodmetrik modellarni ishlab chiqish boʻlimi
Tarmoqlararo balansni ishlab chiqish guruhi
Iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlar dasturlarini shakllantirish boʻlimi
Iqtisodiyot sektorlarida amaliy faollik konʼyunkturasi boʻlimi
Direktorning fan boʻyicha oʻrinbosari
Demografiya va mehnat resurslari boʻlimi
Aholi turmush darajasi boʻlimi
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻlimi
Mintaqalarni kompleks rivojlantirish boʻlimi
Tabiatdan oqilona foydalanish va Orolboʻyini rivojlantirish guruhi
Transport va kommunikatsiyalar tizimlari boʻlimi
Iqtisodiyotning barqarorligi muammolari boʻlimi
Ilmiy kotib xizmati
Buxgalteriya
Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi
Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 307-son qaroriga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti
TUZILMASI