02.06.2021 yildagi PF-6240-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.06.2021 yildagi PF-6240-son
Date of entry into force
03.06.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot standartlari toifasiga kiruvchi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan tashkilot standartlarini ekspertizadan oʻtkazish ishlarini haq olmasdan amalga oshirish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tashkilot standartlarida belgilanadigan koʻrsatkichlar (talablar) Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan tegishli mahsulotlarga oid standartlar talablaridan past boʻlgan hollarda, ushbu tashkilot standartlariga asosan mahsulot muvofiqligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy muvofiqlikni baholash organlarida mahsulotning xorijiy davlatlarning standartlariga muvofiqligini baholash uchun xorijiy davlatlar standartlarining Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 1-iyulga qadar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish tartibini xalqaro talablar asosida soddalashtirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yangi qabul qilinayotgan xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qoʻllash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etilmagan holatlar yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar korxona va tarmoq rahbarlarining oylik, choraklik va yillik ragʻbatlantirish mezonlarini shakllantirishda inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda korxonalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan qamrab olish darajasini 2021-yilda 20 foizga va 2022-yilda 40 foizga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) etib qayta nomlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Hukumat komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hukumat komissiyasiga tashqi savdoni texnik jihatdan tartibga solish sohasida quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qoʻllash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korxona va tarmoq rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini hamda bunday mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy korxonalarning xalqaro standartlarni xarid qilish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari uchun qoʻshimcha (mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan toʻlovlaridan tashqari) toʻlovlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat komissiyasi yigʻilishlarida texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ijrosi har chorakda muhokama etib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi yoki olib kiruvchi tomonidan rioya etilmagan hollarda yuridik shaxslarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik ogohlantirishdan soʻng birinchi marta sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 foizigacha miqdorda moliyaviy jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida takroran sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizigacha miqdorda moliyaviy jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qonunchilik hujjatlari, texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik ogohlantirishdan soʻng birinchi marta sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarima koʻrinishidagi taʼsir choralari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qonunchilik hujjatlari va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar erkin muomaladan chiqarilishi va yoʻq qilinishi lozim. Moliyaviy jarimaning toʻlanishi mazkur talabning bajarilishidan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va boshqa qonunlarga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2021-yilda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish vaziri B. Zakirov zimmasiga — qurilish materiallari, qurilish industriyasi, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev zimmasiga — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A. Maksudov zimmasiga — tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilish boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga — uskuna va buyumlarning sanoat va foydalanish xavfsizligi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi majburiy talablarning bajarilishini, mahsulotlar xavfsizligini va muvofiqlikni tasdiqlashni tashkil etish hamda taʼminlash yuklansin.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosarlari A. Voitov, L. Qudratov va B. Abidovga — texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro andozalar, shu jumladan Jahon savdo tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Yevropa Ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi amaliyoti asosida takomillashtirish uchun xorijiy hamkorlarni va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M. Azimovga — chegara bojxona postlarida nazorat tartibotlarini bajarishda sanitariya-epidemiologiya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyatining samarali va operativ muvofiqlashtirilishini taʼminlash, mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar oldindan bojxona elektron dasturiga joylashtirilmagan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktoriga — texnik jihatdan tartibga solish tizimi, shu jumladan qonunchilik, texnik reglamentlar va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati samaradorligini taʼminlash, shuningdek, tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxonalarga uslubiy va amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. Yusupaliyevga — majburiy tartibda sanitariya-epidemiologik xulosasi olinishi lozim boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ustidan samarali nazoratni taʼminlash, xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarishning oldini olish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-avgustga qadar xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, xavflilik darajasi yuqori boʻlmagan ayrim turdagi mahsulotlarni olib kirishda ularning muvofiqligini baholash, muvofiqlikni deklaratsiyalash, shuningdek, texnik reglamentlar va standartlar talablariga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar roʻyxatini yuritish, ularni erkin muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartiblarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil yakuniga qadar barcha tizim tashkilotlarida ISO 37001 xalqaro standartiga asosan, korrupsiyaga qarshi menejment tizimlarini joriy etish va sertifikatlashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 2-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-6240-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Kutilayotgan natija

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Milliy standartlashtirish tizimini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

standartlarning majburiyligidan xalqaro darajada qoʻllanilib kelayotgan standartlarni qabul qilinishida manfaatdor tomonlarning konsensusiga erishish yoʻli bilan ixtiyoriylikka oʻtish;

standartlashtirish tizimidagi manfaatdor tomonlarning oʻzaro munosabatlarini aniq belgilash;

standartlarni ishlab chiqish va joriy etishda biznesning rolini oshirish;

qonunchilikda qoʻllanilayotgan davlat va tashkilot standartlari tushunchalarini xalqaro darajada tan olingan tushunchalar bilan muvofiqlashtirish.

2021-yil avgust

Milliy standartlashtirish sohasining huquqiy asosini takomillashtirish.

Xalqaro talablarga moslashtirish, Jahon savdo tashkiloti normalariga muvofiqlashtirish.

“OʻzTTSA”,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

vazirlik va idoralar

2.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini institutsional jihatdan takomillashtirish.

Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Qonunlari normalarini oʻz ichiga oluvchi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi yangi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ixtiyoriy va majburiy standartlarga oʻtish;

muvofiqlikni baholashning majburiy va ixtiyoriy ravishda amalga oshirish muhitini yaratish;

texnik reglamentlarni ishlab chiqishda, mahsulotlar muvofiqligini baholashda xalqaro standartlardan foydalangan holda zarur boʻlgan sinov va oʻlchov usullarini belgilovchi normativ hujjatlar roʻyxatini shakllantirish;

mahsulotlarga qoʻllaniladigan majburiy talablarni faqatgina qonunchilikda va texnik reglamentlarda belgilash;

muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok uchun nomzod hisoblagan mutaxassislarni sertifikatlash tartibotini bekor qilish;

mahsulotlarga nisbatan qonunchilik va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi va (yoki) importyor tomonidan rioya etmagan hollarda:

huquqbuzarlik ogohlantirishdan soʻng birinchi marta sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solish koʻrinishidagi moliyaviy jazoni;

ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida jarima solish koʻrinishidagi moliyaviy jazoni qoʻllash.

2021-yil sentabr

Milliy sifat infratuzilmasining huquqiy asosini takomillashtirish.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini ruxsat berish tusidan bozor munosabatlariga asoslangan ixtiyoriy texnik omilkorlikni baholashga qaratilgan institutsional shaklga oʻtish.

“OʻzTTSA”,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

vazirlik va idoralar

3.

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

akkreditatsiya tizimidagi manfaatdor tomonlarning oʻzaro munosabatlarini aniq belgilash;

akkreditatsiya faoliyatini muvofiqlikni baholashning boshqa turlaridan ajratish;

muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya talablariga rioya qoidalarini buzganlik uchun masʼul xodimlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllash.

2021-yil oktabr

Akkreditatsiya faoliyatining qonuniy asosini takomillashtirish,

xalqaro talablarga moslashtirish, ILAC, IAF normalariga muvofiqlashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

vazirlik va idoralar

4.

Qonunchilikda vakolatli idoralarning vakolat doirasini Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik toʻsiqlar (TBT WTO) hamda Sanitariya va fitosanitariya choralari (SPM WTO) toʻgʻrisidagi Bitimlari normalaridan kelib chiqqan holda aniq belgilash.

1. Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi Bitimi doirasida qamrab olinadigan mahsulot turlarini tasdiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2. Sanitariya va fitosanitariya choralari toʻgʻrisidagi Bitimi doirasida qamrab olinadigan mahsulot turlarini tasdiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil iyun

Mahsulotlar muvofiqligini baholash (sertifikatlash) tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“OʻzTTSA”,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Davlat veterinariya qoʻmitasi

(B. Norqobilov),

Oʻzdavkarantin

(I. Ergashev)

5.

Milliy texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti normalari bilan uygʻunlashtirish maqsadida “OʻzTTSA”ga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

1. Xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar oʻtkazish orqali salohiyatli ekspertlarni aniqlash.

2021-yil iyul

Xalqaro talablarning tatbiq etilishini taʼminlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“OʻzTTSA”

2. Xalqaro ekspertlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil sentabr

II. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlarini takomillashtirish

6.

Xavf tahlili asosida sifatsiz mahsulotlarni nazorat qilish.

1. Xavfi yuqori boʻlgan mahsulotlar muvofiqligini baholash va davlat nazoratini oʻtkazish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2. Xavf-xatarni tahlil etish elektron tizimi orqali sifatsiz mahsulotlarni aniqlash va savdo rastalaridan chiqarish choralarini koʻrish.

3. Sinov laboratoriyalari va sertifikatlashtirish organlari faoliyatini tahlika-tahlil asosida davlat nazoratini oʻtkazish va muvofiqlikni baholash organlari reytingini yuritish.

4. Davlat nazorati natijalariga muvofiq tegishli taʼsir choralar koʻrish, shu jumladan muvofiqlikni tasdiqlash hujjatlarini bekor qilish.

2021-yil sentabr

Sifatsiz mahsulotlarni savdo rastalariga kelib tushishining oldini olish.

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

7.

Muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro va YEOII normalari bilan uygʻunlashtirish.

1. Xalqaro va YEOII amaliyotida qoʻllaniladigan tartiblarni respublikada joriy qilish uchun xorijiy ekspertlar bilan chora-tadbir ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

2. Mahsulotlarning muvofiqligini baholash tizimining mahsulotlarni sertifikatlash va muvofiqligini deklaratsiyalash, davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha umumiy tartib-taomillarini takomillashtirish choralarini koʻrish.

2021-yil sentabr

III. Standartlashtirish jarayonlarini takomillashtirish

8.

Amal qilishi tugatiladigan standartlar roʻyxatini ishlab chiqish.

1. Soha kesimida maʼnan eskirgan standartlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Amal qilishi toʻxtatiladigan standartlar oʻrniga xalqaro yoki uning talablari bilan uygʻunlashgan standartlarni qabul qilish.

2021-yil noyabr

Yangi standartlarni amaliyotga etish.

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

9.

Xalqaro ISO uslublarini amaliyotga kiritish.

1. Xalqaro ISO uslublarini xatlovdan oʻtkazish va uning roʻyxatini shakllantirish.

2. Korxona (tashkilot, muassasa) ehtiyojlaridan kelib chiqib standartlarni qabul qilish.

3. Qabul qilingan standartlar toʻgʻrisida manfaatdor vazirlik va idoralarni xabardor qilish.

2021-yil noyabr

Sinov laboratoriyalarini xalqaro uslublar yordamida modernizatsiyalash.

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

10.

Standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilash.

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Yevropa ittifoqi (YEN), BMT YEIK standartlarini, Codex Stan standartlarini xatlovini oʻtkazish va qabul qilish.

Bunda: ishlab chiqarish korxonalariga 2023-yil 1-yanvariga qadar oʻtish muddatini belgilash va amaldagi standartlardan foydalanishga ruxsat berish.

2021-yil noyabr

Xalqaro standartlarni qabul qilish.

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

IV. Xalqaro talablar asosida texnik reglamentlarni qabul qilishni jadallashtirish

11.

Mahsulotlar xavfsizligini tartibga soluvchi amaldagi texnik reglamentlarni YEOII dagi 37 ta texnik reglamentlar bilan takomillashtirish.

2021-yilda loyihalari ishlab chiqiladigan 26 ta va qayta koʻrib chiqiladigan 11 ta umumiy texnik reglamentlarni reja-jadvaliga muvofiq vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil davomida

(tarmoq jadvaliga muvofiq)

Tashqi bozorlarda toʻlaqonli ishtirok etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“OʻzTTSA”

12.

Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomida ushbu tashkilotiga aʼzo davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish.

1. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari boʻyicha YEOII hamda unga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama muzokaralarni olib borish.

2. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi hamda uning tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan muloqot oʻrnatish va tizimli tarzda alohida yoʻnalishlar boʻyicha muhokamalar oʻtkazib borish.

kuzatuvchilik davri mobaynida

Milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini YEOII talablariga moslashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov),

“OʻzTTSA”

V. Sinov bazasini rivojlantirish

13.

Mahalliy mahsulotlarning sifati va ularni xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini taʼminlashda tarmoqlar kesimida sinov laboratoriyalarini tashkil etish.

1. Qabul qilinadigan texnik reglamentlar talablariga muvofiq oʻlchash va sinov uskunalari roʻyxatini tuzish.

2. Sinov laboratoriyalarini tashkil etish boʻyicha tarmoq dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

Mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda ishlab chiqaruvchilar tomonidan doimiy nazoratni taʼminlash.

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

14.

Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida xalqaro talablar asosida mahsulotlarning muvofiqligini baholash sinov laboratoriyalar kompleksini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3826-son va 2020-yil 14-iyuldagi PQ-4782-son qarorlariga asosan “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sinov oʻtkazadigan laboratoriyalar kompleksini tashkil etish maqsadida “OʻzTTSA” Standartlar institutiga 5 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni ajratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020-yil 11-noyabrdagi 488-F-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Namangan viloyatiga kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha Idoralararo kengashining qarorini qabul qilish.

2021-yil iyul

Namangan viloyati “Yuksalish” kichik sanoat zonasida polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini xalqaro talablar asosida sinov laboratoriyasini moliyalashtirish.

Namangan viloyati hokimligi

(Sh. Abdurazakov),

“OʻzTTSA”

VII. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

15.

Muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish, sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini oʻzaro bogʻlashni va toʻliq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi maxsus axborot tizimini ishga tushirish.

1. Maxsus axborot tizimining loyihasini ishlab chiqish hamda tizimga sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish.

2. Maxsus axborot tizimini bosqichma-bosqich sinov tariqasida ishga tushirish, aprobatsiya qilish va yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish.

3. Maxsus axborot tizimini toʻliq amaliyotga joriy qilish.

2021-yil sentabr

Sertifikatlash idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlashtirish hamda ular oʻrtasida hujjat almashinuvini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish.

“OʻzTTSA”,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash idoralari

16.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini raqamlashtirish.

1. Akkreditatsiya yoʻnalishida “E-akkreditatsiya” axborot tizimini joriy qilish.

2. Standartlarni raqamlashtirish boʻyicha “E-Standard” axborot tizimini joriy qilish.

3. Metrologik xizmatlarni avtomatlashtirish boʻyicha “E-Metrologiya” axborot tizimini joriy qilish.

2021-yil sentabr

Tizimga IT dasturlarini joriy etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“OʻzTTSA”,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

vazirlik va idoralar

17.

Standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarning yillik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish amaliyotidan voz kechgan holda, ularning amaldagi tahriridan shartnoma asosida “onlayn” tarzda foydalanish imkonini yaratish.

Standartlar institutining rasmiy veb-sayti orqali standartlarni aniqlash, aktuallashtirish va olish imkoniyatini beruvchi (Electron fond) interaktiv xizmatlar portalini ishga tushirish

2021-yil sentabr

Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni “onlayn” rejimda manfaatdor tomonlarga yetkazish.

“OʻzTTSA”,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

18.

Respublikada qoʻllanilayotgan oʻlchash vositalarining yagona idoralararo maʼlumot almashish elektron platformasini yaratish.

1. Elektron tizimni loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2. Elektron tizimni ishlab chiqish hamda keyinchalik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.

2021-yil sentabr

Tashkilotlar tomonidan qoʻllanilayotgan barcha turdagi oʻlchash vositalari toʻgʻrisida yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

“OʻzTTSA”,

vazirlik va idoralar

VIII. Akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish

19.

Sinov laboratoriyalarini baholashda Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish hamkorligi (ILAC) tomonidan foydalanilayotgan va amalda boʻlgan xalqaro standartlarning qoʻllanilishini taʼminlash.

1. Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarini 2021-yilda davriy baholash (inspeksiya nazorati) reja-jadvalini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Mahalliy laboratoriyaning xalqaro standartga muvofiq faoliyat yuritishini taʼminlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalar

2. Sinov laboratoriyalarini xalqaro ISO/IEC 17025:2017 standarti talablari asosida davriy baholashdan oʻtkazish hamda standart talablariga muvofiq kelmagan laboratoriyalarning akkreditatsiya guvohnomalarini amal qilish muddatini toʻxtatib turish.

reja-jadvalga asosan

20.

Muvofiqlikni baholash organlari tomonidan milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qoʻllash munosabatlarini tartibga solish.

Muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya tizimi belgisini qoʻllaganlik uchun akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pullik xizmatlar tushumning 5 foizi miqdorida ajratma oʻtkazish tartibini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

Milliy akkreditatsiya idorasi faoliyati xolisligi, betarafligi va shaffofligini hamda xalqaro tashkilotlarda ishtirokini taʼminlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

Moliya vazirligi

(D. Sultanov),

Adliya vazirligi

(A. Karimov)

IX. Sifat menejment tizimlarini joriy etish

21.

Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida “Global GAP” va “Organik” standartlarini joriy etish.

1. Global GAP” va “Organik” standartlar talablari toʻgʻrisida mahalliy mutaxassislarning (agronomlarning) zarur malaka va koʻnikmalarini Standartlar institutida amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni (seminarlar, taqdimotlar, oʻquv kurslari va h.k.) reja-jadvalini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(A. Xaitov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

va viloyatlar hokimliklari

2. “Global GAP” va “Organik” standartlar talablari toʻgʻrisida mahalliy mutaxassislarning (agronomlarning) zarur malaka va koʻnikmalarini Standartlar institutida amalga oshirish.

reja-jadval asosida

3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilot va fermer xoʻjaliklariga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida zarur hujjatlar toʻplamini taqdim etishda konsultativ yordam koʻrsatish.

Doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar va fermer xoʻjaliklariga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish.

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

“OʻzTTSA”,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(A. Xaitov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

va viloyatlar hokimliklari

5. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarida “Global GAP” va “Organik” standartlarini joriy etish va sertifikatlash.

Reja-jadval asosida

X. Kadrlar salohiyatini oshirish va islohotlarni jamoatchilikka yetkazish

22.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida kadrlarni tayyorlash, ularning kompetentligini oshirish hamda faoliyatini xalqaro talablar asosida tashkil etish.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalarida xorijiy ekspertlar yordamida milliy trenerlarni tayyorlash, muvofiqlikni baholash sohasida, shu jumladan sinov laboratoriyalarini yangi xalqaro standartlarga transformatsiya qilishda mutaxassislar kompetentligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqish.

Bunda:

oliy taʼlim muassasalari uchun sohada joriy qilinayotgan texnik reglamentlar va xalqaro standartlar hamda tizimli oʻzgarishlar borasida tajriba almashish kurslarini tashkil etish;

oliy taʼlim muassasalarini standartlashtirish sohasidagi oʻquv darsliklari va adabiyotlarini birgalikda qayta koʻrib chiqish;

2021-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalarining standartlashtirish yoʻnalishlarida Milliy metrologiya instituti va Standartlar instituti xodimlari tomonidan sohaga oid darslarni oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil iyun

Sohada xorijiy ekspertlar yordamida milliy trenerlarni yetishtirish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

“OʻzTTSA”,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

23.

Milliy sifat infratuzilmasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha sohaga doir teleradiokanallar, bosma ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda olib borilayotgan ishlarni keng yoritish.

1. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy matbuot markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun sohadagi dolzarb vazifalar, tezkor yangiliklari yuzasidan tizimli ravishda matbuot anjumanlarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, blogerlar bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda keng muhokamalarni yoʻlga qoʻyish.

2. “Mening fikrim” portalida sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarni berib borish.

3. Ijtimoiy roliklar tayyorlash, “Ochiq eshiklar kuni” va OAV xodimlari uchun media turlarni oʻtkazish va sohada erishilgan natijalarni infografikalar yordamida jamoatchilikka yetkazish.

Doimiy

Milliy sifat infratuzilmasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov),

“OʻzTTSA”

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjatlarning birlashtirilishida tegishli bandlar bajarilishi uchun belgilangan eng oxirgi muddat ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-4848-son Farmoni 6-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan tuzilgan bitimlar hamda qoidalar doirasida foydalanish maqsadida ularni jahon Internet axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini taʼminlasinlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6042-son Farmoni 4-bandi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“hududlardagi erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ommaviy savdolarda toʻliqligicha davlat aksiya paketlari (ulushlari) sotiladigan korxonalar roʻyxatining 26-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)