Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.11.2000 27.12.1996 yildagi 459-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.12.1996 yildagi 459-son
Date of entry into force
27.12.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.11.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY TAʼMINOT VAZIRLIGI HUZURIDA PENSIYA JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, pensiya taʼminoti uchun majburiy badallarning toʻliq kelib tushishi hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha pensiya va nafaqalarni toʻlashga xarajatlarni oʻz vaqtida moliyaviy taʼminlash uchun ijtimoiy taʼminot organlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va ijtimoiy taʼminot mahalliy organlari qoshida tegishli hududiy boʻlinmalari va boʻlimlari boʻlgan Pensiya jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Pensiya jamgʻarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar va ajratmalarni yigʻish va jamlash;

ijtimoiy sugʻurta boʻyicha pensiya va nafaqalarni belgilangan miqdorlarda toʻlash xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensionerlar, nogironlar va aholining boshqa toifalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir davlat dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlashda shartnoma asosida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya taʼminoti bilan bogʻliq muammolar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish Pensiya jamgʻarmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish haqi fondining 37,3 foizi miqdoridagi sugʻurta badallari, shuningdek yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning, dehqon xoʻjaliklari aʼzolarining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi sugʻurta badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning ish haqining 2,5 foizi miqdoridagi majburiy sugʻurta badallari;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadining 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta badallari va ajratmalarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun solingan jarimalar va penyalar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatidan oldin pensiya tayinlash bilan bogʻliq qoplanadigan mablagʻlar, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq regress talablar (daʼvolar) boʻyicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining pul mablagʻlari 1997-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga kiritiladi, bunda bu jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflashning maqsadli yoʻnaltirilganligi saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pensiya jamgʻarmasiga qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan summadan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya solish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasiga rahbarlik qilish Pensiya jamgʻarmasining 9 kishidan iborat boshqaruvi hamda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ijro etuvchi organi — Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirining oʻrinbosari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv tarkibiga Ijtimoiy taʼminot vaziri, uning oʻrinbosari — Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktorining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlimlarining boshliqlari lavozimiga koʻra tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ijtimoiy taʼminot boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga binoan Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari lavozimiga koʻra tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tavsiyasiga binoan Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining barcha organlari xodimlarining cheklangan soni 991 kishidan (binolarni qoʻriqlash va ularga xizmat koʻrsatish xodimlaridan tashqari), shu jumladan Pensiya jamgʻarmasi markaziy apparatiniki — 36 kishidan iborat etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom” 5-ilovaga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Pensiya jamgʻarmasi (boshqaruv apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari xarajatlari pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda tegishli mahalliy ijtimoiy taʼminot organlari huzurida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining vakolatli hududiy boʻlinmalari negizida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining tuman vakolatli boʻlimlari negizida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarini tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pensiya jamgʻarmasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari va ajratmalarning toʻliq yigʻilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pensiya jamgʻarmasi yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi direksiyasi Toshkent shahar, Beruniy koʻchasi, 12 uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarorning qabul qilinishi bilan bogʻliq tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 4-avgustdagi 391-son qarorining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy Sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etishga taalluqli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
459-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi markaziy apparati (ijro etuvchi direksiya)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi organlari xodimlarining cheklangan soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I.‎ Ijro etuvchi direksiya‎ — 36 nafar‎
II.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri‎ — 120 nafar‎
1.‎ Hududlar—toifadan tashqari:‎
Toshkent viloyati, Toshkent shahri‎ — 11 nafardan‎
2.‎ I toifadagi viloyatlar:‎
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona‎ — 9 nafardan‎
3. ‎ II toifadagi hududlar:‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Xorazm‎ — 8 nafardan‎
4. ‎ III toifadagi viloyatlar‎:
Jizzax, Sirdaryo‎ — 7 nafardan‎
III.‎ Respublika shaharlari va tumanlari‎
shaharlarda-viloyatlar markazlarida‎ — 5 nafardan‎
shaharlarda va shahar tumanlarida‎ — 4 nafardan‎
qishloq tumanlarida‎ — 3 nafardan‎
Tuman va shahar boʻlimlari boʻyicha xodimlarning umumiy cheklangan soni‎ — 835 nafar‎
‎‎Xodimlarning jami cheklangan soni‎ — 991 nafar‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tizimiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Pensiya jamgʻarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligiga va Moliya vazirligiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari mablagʻlarning ularni shakllantirish va sarflashning maqsadli yoʻnaltirilganligi saqlanib qolgan holda Davlat budjetiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. PENSIYA JAMGʻARMASINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Pensiya jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga va ijtimoiy sugʻurtaga boʻlgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini toʻliq amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar va ajratmalarni yigʻish va jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda badallarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq pensiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishiga, shuningdek ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻlashga xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi budjeti daromad qismini koʻpaytirish tadbirlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalar bajarilishini taʼminlash maqsadida Pensiya jamgʻarmasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya taʼminoti va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan majburiy badallarni yigʻish va jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan davlat pensiyalari va nafaqalarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy sugʻurtasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni hududiy boʻlinmalar oʻrtasida qayta taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan ijtimoiy sugʻurtaga badallar oʻz vaqtida va toʻliq tushishini, shuningdek jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha pensiyalar va nafaqalar tayinlanishi va toʻlanishining qonuniyligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va uni yanada takomillashtirish maqsadida aktual hisob-kitoblar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sugʻurtaga majburiy badallar miqdorlari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sugʻurtaga tushuvchi badallarni shaxslar boʻyicha hisobga olishni tashkil etishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida pensiya jamgʻarmasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yoʻriqnomalar va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari va tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek ular faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilikni oʻz faoliyatidan xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya taʼminoti bilan bogʻliq muammolar yuzasidan xalqaro hamkorlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. PENSIYA JAMGʻARMASINING BURChLARI VA HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pensiya jamgʻarmasi quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlashga majbur boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatini har oyda Davlat soliq qoʻmitasiga va uning joylardagi organlariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Ijtimoiy taʼminot vazirligiga belgilangan tartibda hisobotlar, shuningdek bir yilda bir marta Pensiya jamgʻarmasi va uning boʻlinmalarining mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisida har yillik hisobotni eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Pensiya jamgʻarmasi quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslarning buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini, shuningdek fuqarolarni shartnomalar boʻyicha yollovchi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shu jumladan yakka tartibda (jamoa) ijarasi shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida, jismoniy shaxslarning Pensiya jamgʻarmasiga badallari va ajratmalarini hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha yuridik shaxslardan (kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan statistika hisobotini belgilangan tartibda olish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlarni yashirish yoki buxgalteriya hisobini buzish natijasida badallar notoʻgʻri toʻlanganligi aniqlangan taqdirda badal toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks taftish qilish uchun Davlat soliq qoʻmitasi organlariga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlmagan holda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlarni yashirishi hollari aniqlangan taqdirda tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlov summasidan Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya hisoblash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalardan tushuvchi mablagʻlar hisobiga 15 foiz miqdorida Pensiya jamgʻarmasini rivojlantirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. PENSIYA JAMGʻARMASI BUDJETI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pensiya jamgʻarmasi budjeti quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish haqi fondining 37,3 foizi miqdoridagi sugʻurta badallari, shuningdek yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning, dehqon xoʻjaliklari aʼzolarining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi sugʻurta badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqining 2,5 foizi miqdoridagi fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari;
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadining 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalari;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
badallar va ajratmalar oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatidan ilgari pensiyalar tayinlanganligi munosabati bilan qoplanadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
regress talablar (daʼvolar) boʻyicha ish beruvchilar va fuqarolardan undirib olinadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagilarni toʻlashga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, nafaqaxoʻrlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, shu jumladan homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dafn marosimi nafaqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa toʻlovlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi boshqaruv apparatini, uning tarkibiy boʻlinmalarini saqlash, moddiy-texnikaviy bazani tashkil etish va rivojlantirish Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pensiya jamgʻarmasi, budjeti loyihasi, tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda, uning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlari budjet loyihalari asosida Ijro etuvchi direksiya tomonidan ishlab chiqiladi va Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvining koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi budjeti loyihasi Hukumatning koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti bilan birgalikda kiritiladi va Davlat budjeti tarkibida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari budjetlari Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Budjetning tasdiqlangan koʻrsatkichlarini bajarish Ijro etuvchi direksiya, Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hududiy boʻlinmalar mablagʻlari kamomadi belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvining qaroriga koʻra qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. PENSIYA JAMGʻARMASINING BOShQARUV ORGANLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pensiya jamgʻarmasining 9 kishidan iborat boshqaruvi va Ijro etuvchi direksiyasi Pensiya jamgʻarmasining boshqaruv organlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boshqaruv tarkibiga Ijtimoiy taʼminot vaziri, uning oʻrinbosari — Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi direktori, Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi direktorining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimiga koʻra Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi budjeti ijrosi uchun toʻliq javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining joriy va istiqboldagi vazifalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar miqdorlari toʻgʻrisidagi takliflarni Hukumatga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish normativlarini va tartibini, shu jumladan Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi organlariga sarflanadigan mablagʻlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasi va boʻlinmalari shtat jadvallarini va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi direktorning taqdimnomasiga binoan Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi direktori oʻrinbosarini tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zaxira jamgʻarmasi va boshqa jamgʻarmalar tashkil etishning maqsadga muvofiqligi hamda ushbu jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi. Zaxira jamgʻarmasi va boshqa jamgʻarmalar faqat Pensiya jamgʻarmasining oʻz boʻsh mablagʻlari hisobidan shakllantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi yilning har bir choragida kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda qaror qabul qilishga vakolatli boʻladi. Qaror boshqaruvning hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasi Pensiya jamgʻarmasining doimiy ishlovchi ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori lavozimiga koʻra Ijtimoiy taʼminot vazirining oʻrinbosari hisoblanadi. Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirining takdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi direksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallarning oʻz vaqtida va toʻla yigʻilishi uchun toʻliq javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi barcha tuzilmalarining moddiy-texnikaviy jihozlanishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan tushuvchi badallarning shaxslar boʻyicha hisobini tashkil etish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmalari bilan birgalikda ijtimoiy sugʻurtaga badallarning oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishi tekshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻriqnoma, uslubiy va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda ularni Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaning davlat tizimini moliyaviy taʼminlash boʻyicha joriy va istiqbolli aktuar hisob-kitoblarni oʻtkazadi hamda ularni Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvining koʻrib chiqishiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sugʻurtaga badallar tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvining koʻrib chiqishiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari boshliqlari lavozimlariga koʻra tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirining, ijtimoiy taʼminot viloyat, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari lavozimlariga koʻra ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlimlari rahbarlari tomonidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Pensiya jamgʻarmasi, hududiy boʻlinmalar, tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxslar hisoblanadilar, muhrga hamda bankda hisob-kitob schyotiga ega boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 37-modda)