27.05.2021 yildagi PQ-5130-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.05.2021 yildagi PQ-5130-son
Date of entry into force
28.05.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gematologiya va onkologiya yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, mazkur sohada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, koʻlami va samaradorligini oshirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash, shifoxonalarni zamonaviy diagnostika laboratoriyalari va tibbiy texnikalar bilan jihozlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy koʻchasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi binolariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vazirligi (B. Zokirov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar yangi binolarni zamonaviy talablar asosida, xususan ularda kattalar va bolalar uchun alohida jarrohlik, jonlantirish, intensiv terapiya, transfuziologiya va transplantologiya boʻlimlari, shuningdek, radio diagnostika va radio davolash boʻlimlari, bakteriologik laboratoriya, maxsus ovqat tayyorlash boʻlinmasini, bolalarga taʼlim olish imkoniyatini yaratishni nazarda tutgan holda qurish ishlari olib borilishi va tibbiy texnikalar bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangi binolarga joylashtirilayotganligini inobatga olgan holda uning tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy koʻchasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi binolaridan biriga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi boʻlimi negizida umumiy shtatlar va statsionar oʻrinlar doirasida Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (U. Sobirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Qurilish vazirligi (B. Zokirov) 2021-yil 1-sentabrga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining boʻsh turgan hududida zamonaviy yangi bino-inshootlar kompleksini qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika gematologiya, onkologiya va radiologiya markazlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhi (B. Musayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy koʻchasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi negizida 300 oʻrinli zamonaviy Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati ilgʻor xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribasidan kelib chiqqan holda yoʻlga qoʻyilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash va jihozlash konsepsiyasining ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini tashkil etishga xorijiy ekspertlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari jalb qilinishi, moliyaviy, tashkiliy va boshqa zarur choralar amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish amaliyotini birinchi bosqichda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, keyinchalik esa Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida ham joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun quriladigan bino-inshootlar kompleksi sohadagi ilgʻor xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribasini inobatga olgan holda tashkil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlar joylashtiriladigan binolarni taʼmirlash va jihozlash standartlari ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tibbiyot muassasalari tajribasi asosida ishlab chiqilishini hamda jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun Davlat budjetidan 2021-yilda qoʻshimcha 60 mlrd soʻm hamda 2022-yildan boshlab 125 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish quyidagi milliy dasturlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9 — 14 yoshdagi oʻsmir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksina bilan emlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 — 55 yoshdagi ayollar orasida bachadon boʻyni va 45 — 65 yoshdagi ayollar orasida koʻkrak bezi saratoni skriningi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandda koʻzda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari mazkur bandda belgilangan qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish milliy dasturlarini tegishli hududlarda samarali va toʻliq ijrosini taʼminlashga hamda ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli ishlatilishiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxona”lari tarkibida muntazam ravishda ayollar orasida keng koʻlamli birlamchi tekshirishlarni amalga oshiradigan “Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu xonalar 2022-yil 1-yanvardan boshlab hududiy sogʻliqni saqlash umumiy budjet fondi doirasida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu xonalardagi tekshiruvlar sifati Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan maxsus axborot boshqaruvi tizimi orqali nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi (E. Basitxanova) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda mazkur qarorning 7-bandida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil yakuniga qadar “Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalarida faoliyat koʻrsatuvchi shifokorlarni tayyorlash ishlarini yakunlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvarga qadar “Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalarining zarur tibbiy texnikalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalari tashkil etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz hududlarida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash hamda muvaffaqiyatli davolash koʻrsatkichlarining oshishi, kasallik oqibatida yuz beradigan oʻlim holatining kamayishiga erishilganligi ular faoliyatining samaradorligini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) va Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) ikki hafta muddatda, istisno tariqasida, 2019 — 2021-yillarda tuzilgan (tuziladigan) shartnomalar asosida Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasiga muvofiq import qilingan tibbiy buyum va texnikalar, dori vositalari “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda gematologiya va onkologiya xizmatlari sifatini oshirish, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va onkologiya dispanserlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan tibbiy texnikalar va sarf materiallarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu bandda nazarda tutilgan zarur mablagʻlarning 40 foizi 2021-yil 15-iyunga qadar, qolgan 60 foizi 2021-yil 1-oktabrga qadar mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), zarur hollarda, ushbu bandda koʻrsatilgan tibbiy texnikalarni xarid qilish xarajatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2022-yil 1-iyunga qadar qaytarib berish sharti bilan budjet ssudalarini ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur qarorning 11-bandida xarid qilinishi belgilangan tibbiy texnikalarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan hamda kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga ruxsat berilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2021-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, transfuziologiya va shu sohadagi laboratoriya yoʻnalishlari boʻyicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti hamda Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yoʻllanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlari Davlat budjetidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
onkologik va gematologik bemorlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi (U. Sobirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Transport vazirligi (I. Mahkamov) bir oy muddatda mazkur bandda belgilangan xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov, U. Sobirov, E. Basitxanova) uch oy muddatda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, gematologik va onkologik kasalliklarni kamaytirish boʻyicha ijobiy tajribaga ega xorijiy davlatlar tajribasi asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash dasturini tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi boʻgʻin shifokorlarining gematologik va onkologik kasalliklar toʻgʻrisidagi hushyorligini oshirish boʻyicha qisqa muddatli seminar-treninglar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot birlashmalari laboratoriyalarining aniqlik darajasini oshirish, laboratoriya shifokorlarining analizlarni tahlil qilish malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining onkogematologik savodxonligini oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda gematologik va onkologik kasalliklarni erta diagnostika qilishning afzalliklarini aks ettiruvchi aniq raqamlar, hayotiy misollar yordamida qisqa metrajli video rolik, qoʻllanmalar tayyorlash va jamoatchilikka yetkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 2021-2022-yillar davomida aholi orasida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari B. Abidov mazkur qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi uchun shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarning ijrosi toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, xususan Orolboʻyi mintaqasidagi bolalar orasida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun tizimli ravishda grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Gematologik, onkologik va irsiy immunologik kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida bemorlarning elektron roʻyxatini yuritish tizimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar bemorlarning elektron roʻyxatini, jumladan unda gematologik va onkologik bemorlar roʻyxatini shakllantirish, ularning elektron tibbiy kartalarini yuritish va bemorlarni davolash jarayonlarini kuzatish imkoniyatlari yaratilishini nazarda tutgan holda ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Gematologiya va onkologiya xizmatlarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sogʻliqni saqlash vazirligi (U. Sobirov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gematologiya va onkologiya kasalliklarini davolashda foydalaniladigan dori vositalari roʻyxatini, ularning samaradorligini hisobga olgan holda, qayta koʻrib chiqsin va har yili yangilab borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev) bilan birgalikda onkologik bemorlarning davolab boʻlmaydigan bosqichida ularga narkotik va psixotrop vositalarni buyurish tartibini soddalashtirish, shuningdek, ogʻriq qoldiruvchi narkotik noinyeksion vositalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2022-yil 1-martga qadar kattalar va bolalarda gematologik, onkologik va immunologik kasalliklarni tashxislash, davolash hamda bemorlarga palliativ yordam koʻrsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev va uning oʻrinbosari U.Yu. Sobirov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 27-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5130-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika gematologiya, onkologiya va radiologiya markazlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

B. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

A. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri

T. Ishmetov

moliya vaziri

B. Zakirov

qurilish vaziri

U. Sobirov

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

M. Tillyashayxov

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

M. Islamov

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Lavozimi boʻyicha

Sogʻliqni saqlash vazirligi Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruhi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarda gematologiya va onkologiya xizmatlari sifatini oshirish uchun xarid qilinadigan tibbiy texnikalar va sarf materiallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Mobil mammograf

Onkomarkerni aniqlash reaktiv toʻplami

Kamerali mikroskop

Qon komponentini ajratish separatori

Immunogistokimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish uskunasi va reaktiv toʻplami

soni

summa

(mln soʻm)

soni

summa

(mln soʻm)

soni

summa

(mln soʻm)

soni

summa

(mln soʻm)

soni

summa

(mln soʻm)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

4 000

23

34,5

3

325

1

600

1

1 750

2.

Andijon viloyati

1

4 000

23

34,5

3

325

1

600

1

1 750

3.

Buxoro viloyati

23

34,5

3

325

1

600

1

1 750

4.

Jizzax viloyati

1

4 000

20

30,0

3

325

1

600

1

1 750

5.

Qashqadaryo viloyati

1

4 000

20

30,0

3

325

1

600

1

1 750

6.

Navoiy viloyati

1

4 000

20

30,0

3

325

1

600

1

1 750

7.

Namangan viloyati

1

4 000

20

30,0

3

325

1

600

1

1 750

8.

Samarqand viloyati

1

4 000

23

34,5

3

325

1

600

1

550

9.

Surxondaryo viloyati

1

4 000

20

30,0

3

325

1

600

1

1 750

10.

Sirdaryo viloyati

1

4 000

20

30,0

3

325

1

600

1

1 750

11.

Toshkent viloyati

23

34,5

3

325

1

600

1

1 750

12.

Fargʻona viloyati

1

4 000

23

34,5

3

325

1

600

1

550

13.

Xorazm viloyati

1

4 000

23

34,5

3

325

1

600

1

1 750

14.

Toshkent shahar

2

8 000

23

34,5

3

325

1

1 750

15.

Respublika markazlari

100

150

2

50

1

3 330

Jami

13

52 000

404

606

44

4 600

13

7 800

15

25 430

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) xarid qilinadigan tibbiy texnikalar va sarf materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Buxoro viloyati tajribasidan kelib chiqib, axborot taʼminotiga integratsiya qilish, tasvirlarni 2-marta oʻqish imkonini beruvchi hamda tomosintez funksiyasiga ega boʻlgan xalqaro standartlarga mos mobil mammograflar xarid qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan kafolat muddatlariga qarab mablagʻlar miqdori oʻzgarishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) onkomarkerni aniqlash va immunogistokimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish uskunasi uchun talab etiladigan reaktivlar toʻplami 2021-yil uchun hisobga olingan boʻlib, keyingi yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlangan ehtiyoj asosida budjet tashkilotlarining smetalariga kiritilgan holda moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Samarqand va Fargʻona viloyatlarida immunogistokimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish uchun faqat reaktiv xarid qilinadi, respublika markazlari uchun esa qoʻshimcha 2 ta reaktiv xarid qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) respublika markazlari uchun tibbiy texnikalar va sarf materiallari markazlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillar davomida aholi orasida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari miqdori

(mln doll.)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

15

2.

Andijon viloyati

7

3.

Buxoro viloyati

6

4.

Jizzax viloyati

5

5.

Qashqadaryo viloyati

7

6.

Navoiy viloyati

5

7.

Namangan viloyati

7

8.

Samarqand viloyati

7

9.

Surxondaryo viloyati

5

10.

Sirdaryo viloyati

5

11.

Toshkent viloyati

7

12.

Fargʻona viloyati

7

13.

Xorazm viloyati

10

14.

Toshkent shahri

7

Jami

100

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) begʻaraz yordam berayotgan xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy hukumat hamda nohukumat tashkilotlar, kompaniya va jamgʻarmalarning talablari hamda shartlaridan kelib chiqib, mablagʻlar miqdori hududlar kesimida oʻzgarishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Orolboʻyi mintaqasidagi bolalar orasida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun tizimli ravishda grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gematologiya va onkologiya xizmatlarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Gematologiya va onkologiya xizmatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar

1.

Hududlardagi koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini zarur asbob-uskunalar, shu jumladan mobil mammograflar, immunogistokimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish uskunasi, onkomarkerlarni aniqlash reaktiv komplektlari, onlayn rejimda maʼlumotlar uzatish imkonini beradigan kamerali mikroskop va qon komponentlari bilan taʼminlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-noyabr

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

2.

Bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yoʻllanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

3.

Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, transfuziologiya kabi yoʻnalishlar laboratoriya yoʻnalishlari boʻyicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil
1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

4.

Onkologiya, onkogematologiya va gematologiya xizmatlari tibbiy xodimlarining ish haqini sogʻligʻiga yetkaziladigan zararni hisobga olgan xolda qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil
1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

5.

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan respublika ixtisoslashgan markazlarga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

6.

Aholi orasida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Hisob-kitoblarga asosan

Grant mablagʻlari

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

7.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash dasturini tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2021-yil

1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov, U. Sobirov,

E. Basitxanova)

8.

Kattalar va bolalarda gematologik, onkologik va immunologik kasalliklarga tashxis qoʻyish, davolash hamda bemorlarga palliativ yordam koʻrsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ishlab chiqish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2021-yil

1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(U. Sobirov),
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

9.

Gematologik, onkologik va irsiy immunologik kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar boʻyicha axborot tizimini joriy etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,
grant mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Azizov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

10.

Gematologiya va onkologiya kasalliklarida foydalaniladigan dorilar roʻyxatini ularning samaradorligini hisobga olgan holda har yili yangilab borish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

Har yili

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

11.

Onkologik kasalliklarning ogʻir va davolab boʻlmaydigan bosqichidagi bemorlar uchun ogʻriq qoldiruvchi narkotik noinyeksion vositalarni belgilangan tartibda respublikada roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-yil
1-mart

“Dori-darmon” AK

(U. Salixbayeva),
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(S. Kariyev)

12.

2019 — 2021-yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan, mablagʻlar manbai aniqlanmagan tibbiyot muassasalarini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Iqtisodiy taraqqiyot

va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

II. Gematologiya xizmatini yanada rivojlantirish

13.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini (keyingi oʻrinlarda — Respublika gematologiya markazi) Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy koʻchasi manzili boʻyicha yangi qurilgan binolarga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-sentabr

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Qurilishi vazirligi

(B. Zokirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

14.

Yangi binolarni zamonaviy talablar asosida, xususan ularda kattalarva bolalar uchun alohida jarrohlik, jonlantirish, intensiv terapiya, transfuziologiya va transplantalogiya boʻlinmalari, radio diagnostika va radiodavolash boʻlinmasi, bakteriologik laboratoriya, maxsus ovqatlanish boʻlinmasini barpo etish, bolalar taʼlim olishi uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutgan holda qurish ishlarini olib borish va tibbiy texnikalar bilan jihozlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-sentabr

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

15.

Respublika gematologiya markazi yangi binolarga joylashtirilayotganligini inobatga olgan holda uning tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev)

16.

Respublika gematologiya markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

17.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bolalar gematologiyasi boʻlinmalari negizida umumiy shtatlar va statsionar oʻrinlari doirasida bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlinmalarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

18.

Qon komponentlarini qabul qiluvchi gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarda ushbu jarayonlarning xavfsiz oʻtishini taʼminlashga doir sarf materiallarini xarid qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yild?n boshlab
har yili

7,7 mlrd soʻm

Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

19.

Yoshlar, shu jumladan oliy taʼlim oʻquv yurtlarida tahsil oluvchi talabalar orasida begʻaraz donorlikni targʻib qilish boʻyicha volontyorlik faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(U. Sobirov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),
Mudofaa vazirligi

(B. Kurbonov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

20.

Gematologik, onkogematologik va davolanishi qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni “target” dori vositalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab
har yili

7,7 mlrd soʻm

Onkogematologik
va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

21.

Qon preparatlari ishlab chiqarish uchun Respublika qon quyish markazi va “Qon preparatlari” IICHK xalqaro standartlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish va laboratoriya uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

22.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi filiallarini gen-molekulyar tadqiqotlar oʻtkazish uchun asbob-uskunalar bilan taʼminlash zaruratini oʻrganib chiqish.

Tahliliy material va asoslangan taklif

2021-yil
1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand va Fargʻona viloyat hokimliklari

III. Onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish

23.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika onkologiya markazi) uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining boʻsh turgan hududida zamonaviy yangi bino-inshootlar kompleksini qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-sentabr

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet va investorlar

mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov)

24.

Aholiga koʻrsatiladigan onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun Davlat budjetidan:

2021-yilda qoʻshimcha 60 mlrd soʻm;

2022-yildan boshlab 125 mlrd soʻm miqdorda mablagʻ ajratish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

15-iyun

2022-yildan boshlab

60 mlrd soʻm

125 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

25.

Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonalari” tarkibida “Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalarini tashkil etish va ularda faoliyat koʻrsatuvchi shifokorlarni tayyorlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjeti mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

26.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida “Onko-nazorat” xonalarini jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2021-yil

1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova)

27.

“Onko-nazorat” xonalari orqali:

odam papillomasi virusiga — OPV-test usuli bilan skrining dasturini;

koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha skrining tekshirishlarni joriy qilish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar

8,3 mlrd soʻm

7,5 mlrd soʻm

Islom taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova)

28.

Qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishini oldini olish va erta diagnostika qilish quyidagi milliy dasturlar asosida amalga oshirish:

9 — 14 yoshdagi oʻsmir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksina bilan emlash;

30 — 55 yoshdagi ayollar orasida bachadon boʻyni va 45 — 65 yoshdagi ayollar orasida koʻkrak bezi saratoni skriningi.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

29.

Respublika onkologiya markazida tashkil etilgan mammografik skrining nazorati boʻyicha “screening.mammo.uz” axborot boshqaruv va canser-registr tizimini barcha hududlar kesimida ishga tushirish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-oktabr

1,1 mlrd soʻm

Islom taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Azizov)

30.

Respublika onkologiya markazida malakali onkolog mutaxassislarni tayyorlash maqsadida simulyatsion laparoskopik markazini tashkil etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-yil
1-iyul

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

31.

Oʻsma oldi kasalliklar va xavfli oʻsmalar, xususan koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratoni kasalliklari boʻyicha tuman (shahar) miqyosida:

diagnostika va davolash standartlarini;

tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha klinik bayonnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2021-yil
1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov, U. Sobirov,

E. Basitxanova),
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

32.

Onkologik dori vositalarini mahalliylashtirish choralarini koʻrish hamda ushbu toifadagi dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-oktabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(S. Kariyev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov)

33.

Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning ogʻir va davolab boʻlmaydigan bosqichida ularga narkotik va psixotrop vositalarini buyurish tartibini soddalashtirish, shuningdek, ogʻriq qoldiruvchi narkotik noinyeksion vositalarni roʻyxatga olish va amaliyotga tatbiq etishni yoʻlga qoʻyish.

Ijrochilar qoʻshma qarori

2021-yil

1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U.Sobirov),
Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),
Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(S. Kariyev)

34.

Oʻsma kasalliklarini immunogistokimyoviy, molekulyar va genetik tekshirishlar uchun yangi reagentlarni roʻyxatdan oʻtkazishni soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

36.

Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha xorijiy davlatlar institutlari filiallarini tashkil etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Investorlar mablagʻlari

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Xorazm viloyat hokimligi

(F. Ermanov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)

37.

Respublika onkologiya markazining Namangan va Fargʻona viloyatlari filiallariga mavjud ehtiyojdan kelib chiqib qoʻshimcha bemor oʻrinlari (koykalar) ajratish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy va respublika budjetlarining mablagʻlari

Namangan viloyati hokimligi

(Sh. Abdurazzakov),

Fargʻona viloyati hokimligi

(X. Bozorov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(U. Sobirov)

38.

Respublika onkologiya markazining Samarqand viloyati filialiga ajratilgan 3-sonli tugʻruq kompleksi binosini taʼmirlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

39.

Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada faoliyat yurituvchi onkolog shifokorni Respublika onkologiya markazining viloyatlardagi filiali rahbarining tavsiyasi asosida lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tizimini joriy etish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2021-yil
1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

40.

Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti huzuridagi “Radiopreparat” davlat korxonasi faoliyatini oʻrganish hamda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan onkologik kasalliklar sohasida foydalaniladigan radiofarmatsevtik preparatlarni respublika tibbiyot tashkilotlarida qoʻllanilishi hajmini kengaytirish choralarini koʻrish.

Amaliy
chora-tadbirlar

doimiy

Yadro fizikasi instituti
(I. Sodiqov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/5130/0500-son; 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)