20.12.1996 yildagi 452-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.12.1996 yildagi 452-son
Date of entry into force
20.12.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“YILNING ENG YAXSHI SPORTCHISI” OʻZBEKISTON MILLIY KUBOGINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuksak sport mahoratini yanada oshirganlikni ragʻbatlantirish, Oʻzbekistonning eng yuqori natijalarga erishgan sportchilarini taqdirlash maqsadida, shuningdek yosh avlodni xalqaro sport maydonlarida mamlakatni mashhur qilgan hamda Oʻzbekiston sportining shonli anʼanalarini yanada boyitgan eng yaxshi sportchilar misolida vatanparvarlik va Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasining “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi toʻgʻrisidagi Nizom va Respublika komissiyasi tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi bilan mukofotlash har yili yil yakuni boʻyicha oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi 1997-yil 1-martgacha “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini va uning nusxalarini tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yilning eng yaxshi sportchisiga berish uchun Sport vazirligiga har yili 10 (oʻn) ming AQSH dollariga teng miqdorda pul mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 20-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
452-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
20-dekabrdagi 452-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi (bundan keyin Kubok deb ataladi) eng yuksak natijalar, sport sharafi va shuhrati, mardlik, sadoqatli vatanparvarlik hamda xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston sporti anʼanalarini boyitishga, respublika nufuzini koʻtarishga qoʻshilgan ulush ramzi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kubok yil mobaynida chempion unvoniga sazovor boʻlgan, Jahon, Olimpiya oʻyinlarida rekord oʻrnatgan va rasmiy xalqaro sport musobaqalarida eng yuksak sport natijalariga erishgan, oʻzining sportdagi jasorati va gʻalabaga boʻlgan mustahkam irodasi bilan oʻsib kelayotgan avlodga munosib namuna koʻrsatgan sportchiga beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kubok bilan mukofotlashga nomzodlar sport jamiyatlari va idoralari trenerlari, sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), Sport jurnalistlari uyushmasi tomonidan koʻrsatiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi tavsiya etilgan nomzodlarni oʻrganadi, ulardan eng munosiblarini tanlaydi va “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini berish bilan bogʻliq barcha zarur tashkiliy tadbirlarni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi, belgilangan namunadagi guvohnoma va pul mukofoti tantanali vaziyatda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Laureatning familiyasi va ismi oʻyib yoziladigan “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. Kubok aslining nusxasi laureatga topshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-dekabrdagi 452-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy kubogini berish boʻyicha respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.

A.I. Ikramov

sport vaziri, respublika komissiyasi raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

3.

Sh.Sh. Mahmudov

sport vazirining oʻrinbosari

4.

M.V. Ismailov

sport vazirining oʻrinbosari

5.

O.O. Qosimov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi

6.

M.M. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi

7.

T.O. Payonov

Yoshlar ittifoqi raisi

8.

A.A. Nizametdinov

Sport vazirligi boshqarma boshligʻi

9.

G.I. Axmadaliyeva

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori

10.

O.L. Fayziyev

“Xalq soʻzi” gazetasining sport sharhlovchisi

11.

Lavozimi boʻyicha

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari direktorlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)