Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.06.1997 yildagi 292-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.06.1997 yildagi 292-son
Date of entry into force
13.06.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VINO-AROQ MAHSULOTLARI VA SHAMPAN VINOSI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARNI MODERNIZATSIYA QILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vino-aroq mahsulotlari va shampan vinosi ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ularning eksportini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining “Nagema” va “KXZ” (Germaniya) firmalari texnologiyasi asosida vino-aroq korxonalarini va shampan vinosi zavodini modernizatsiya qilish hamda 1-ilovaga* muvofiq vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishni yiliga 32,718 mln. shishagacha, shampan vinosi ishlab chiqarishni yiliga 14,542 mln. shishagacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ilovada koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlik korxonalari aroq va shampan vinosini shishalarga quyish boʻyicha texnologiya uskunalari yetkazib berish va ularni 1997-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirgan holda oʻrnatish yuzasidan “Nagema” firmasi bilan 3,38 mln. Germaniya markasi hamda “KXZ” firmasi bilan 3,4 mln. Germaniya markasi summasida kontrakt tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmezasabzavotuzumsanoat” uyushmasi 2-ilovaga* muvofiq muddatlarda quvvatlarni ishga tushirish jadvali bajarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Mastona” (Qoʻqon shahri), “Namanganvino” (Namangan shahri), “Sharob” (Urganch shahri) va “Oʻzbekiston shampani” (Toshkent shahri) aksiyadorlik korxonalarini modernizatsiya qilishni mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaga* muvofiq umumiy summasi 5,77 mln. Germaniya markasiga teng boʻlgan har bir kontrakt qiymatining 85 foizi “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida Germaniya bankining kredit liniyasi doirasida qayta moliyalashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy summasi 1,01 mln. Germaniya markasiga teng boʻlgan har bir kontrakt qiymatining 15 foizi yuqorida sanab oʻtilgan korxonalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimi tuzsin hamda aroq va shampan vinosini shishalarga quyish boʻyicha texnologiya uskunalari xarid qilish va oʻrnatish uchun mablagʻlarni “Mastona”, “Namanganvino”, “Sharob” va “Oʻzbekiston shampani” aksiyadorlik korxonalariga qayta moliyalashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Aroq va shampan vinosini shishalarga quyish boʻyicha texnologiya uskunalari xarid qilish va oʻrnatish yoʻli bilan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining vino-aroq mahsulotlari korxonalarini va shampan vinosi ishlab chiqarish korxonasini modernizatsiya qilish loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Moliya vaziri Germaniya bankiga beriladigan kafolatni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati boʻyicha yuridik xulosani Germaniya banki bilan banklararo bitimga ilovada belgilangan shaklda bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, asosiy qarzni, foizlarni qaytarish, vositachilik haqini va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditlariga xizmat koʻrsatish yuzasidan xarajatlarni toʻlash yakka tartibdagi kredit shartnomalarida qayd etilgan shartlarda va muddatlarda 4-ilovaga* muvofiq korxonalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Muhiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
292-son