Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023 07.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3300
ONLINE TRANSLATE
Oʻbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori, 07.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3300
Date of entry into force
08.08.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3300]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5/10-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida” va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi va “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berishni, shuningdek boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatishni, shu jumladan isteʼmol kreditlarini berishni hamda faktoring operatsiyalarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatni amalga oshirishda banklardan kreditlar, yuridik shaxslardan hamda jismoniy shaxs — taʼsischilardan (ishtirokchilardan, mulkdorlardan) qarz mablagʻlarini jalb etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mikrokredit tashkiloti barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun shakllantirilgan jami xususiy kapitalning miqdori mikrokredit tashkilotining jami aktivlarining 10 foizdan kam boʻlmagan darajada boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mikrokredit tashkilotlari barcha taʼminotsiz (ishonchga asoslangan) mikrokreditlarning (mikroqarzlarning) ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishda foydalanilmagan va mikrokredit tashkiloti ixtiyorida qolgan pul mablagʻlari depozit sifatida bankka qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mikrokredit tashkiloti faoliyati davomida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun zaxira fondi yaratilishi koʻzda tutilishi mumkin va uning miqdori mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Mikrokredit tashkilotlarining aktivlari sifatini tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mikrokredit tashkilotining tavakkalchilikka ega barcha aktivlari, shu jumladan, bergan mikrokreditlari, miqroqarzlari, mikrolizing va faktoring xizmatlari, boshqa kredit tashkilotlariga barcha talablari, garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda undirib olingan mulklari mazkur Nizomga muvofiq oʻz vaqtida va toʻgʻri tasniflanishi va ularga aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi (bundan buyon matnda aktivlar boʻyicha zaxira deb yuritiladi) yaratilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mikrokredit tashkilotining aktivlari sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mikrokredit tashkilotining aktivlari sifati quyidagicha tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlar oʻz muddatida qaytarilishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar — “standart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan 60 kungacha kechiktirilganda — “substandart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 61 kundan 90 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 91 va undan ortiq kunga kechiktirilganda “umidsiz”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy qarz va (yoki) unga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlov muddati 30 kundan oʻtgan qarzdorligi mavjud aktivlarning sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foiz stavkasining pasaytirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) qayta moliyalash stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarzdan qisman voz kechilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foizlarga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, oylik toʻlovlar sanasi oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminot turining oʻzgartirilishi, bundan aktivning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan taʼminotdan chiqarilgan yoki garov oʻzgartirilgandan soʻng garovning aktiv qoldigʻiga nisbati mikrokredit tashkilotining ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan kam boʻlmagan miqdorda almashtirilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 30 kungacha kechiktirilganda “substandart” aktiv sifatida, asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 31 kundan 60 kungacha kechiktirilganda “shubhali” aktiv sifatida, asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 61 va undan ortiq kunga kechiktirilganda “umidsiz” aktiv sifatida tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta koʻrib chiqilishi bilan darhol oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivlarning muddati qayta koʻrib chiqilgandan keyin qaytarish jadvaliga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati bir pogʻona yuqori tasniflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni mikrokredit tashkiloti balansida aks ettirish mikrokredit tashkiloti va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq mikrokredit tashkiloti tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Alohida hollarda (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlarda qarzdor tomonidan mikrokredit tashkiloti oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati boʻlmaganda) aktivlar sifatini tasniflash va ularning shartlari qayta qoʻrib chiqilmagan deb hisoblanishi Markaziy bank tomonidan belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Aktivlar boʻyicha zaxiralarni yaratish va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha zaxira yaratish talab qilinmaydi. Sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha uning asosiy qismi qoldigʻining 25 foizi, “shubhali” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha — 50 foizi, “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha — 100 foizi miqdorda zaxira yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Aktivlar boʻyicha zaxiralarning yaratilishi davriy ravishda har oyning soʻnggi sanasiga qadar kamida bir marta har bir aktiv boʻyicha amalga oshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivlar boʻyicha yaratilgan zaxira xarajatlari Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi aktivlar boʻyicha zaxiralarning doimiy ravishda yetarli ekanligini taʼminlash uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom talablari asosida tasniflangan aktivlar boʻyicha yetarli darajada zaxira yaratilmagan hollarda Markaziy bank aktivlar boʻyicha zaxiralarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha ajratmalarni amalga oshirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Umidsiz” deb tasniflangan aktivlar mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan tegishli zaxiralar evaziga hisobdan chiqarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivning hisobdan chiqarilishi aktivning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi moliyaviy yil yakuni boʻyicha mikrokredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishida sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqida hisobot berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Lombardlar shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni zakalat shaklida garovga (bundan buyon matnda garov deb yuritiladi) qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi hamda fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar ashyolarni saqlashga qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Fuqarolardan shaxsiy isteʼmol uchun moʻljallangan koʻchar mol-mulklarni (ashyolarni) lombardda garovga qoʻyish, saqlash, lombarddan talab qilib olinmagan ashyolarni sotish hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka undiruvni qaratish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Lombardlar tomonidan fuqarolarga kreditlar berish va koʻchar ashyolarni saqlashga qabul qilish tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Lombard shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat) taqdim etganida, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Lombard, zarur hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Lombardlar operatsiyalarni ushbu Nizom, lombardning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan operatsiyalarni oʻtkazish umumiy shartlari toʻgʻrisidagi qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Operatsiyalar oʻtkazishning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi qoidalar quyidagi maʼlumot hamda tartiblarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beriladigan kreditlarning muddatlari va summasining eng koʻp miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining eng koʻp miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lombard tomonidan olinadigan taʼminotga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni saqlashga qabul qilish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun foiz stavkalar va toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lombard hamda uning mijozlari huquq va majburiyatlarining, ularning javobgarligi vujudga kelishi shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga qoʻyuvchi garov pattasini yoʻqotganida dublikat berish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalar oʻtkazishning umumiy shartlariga kiritilishi zarur deb hisoblagan boshqa shartlar, talablar va cheklovlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lombard tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar faqat milliy valyutada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Operatsiyalarni oʻtkazishning umumiy shartlari ochiq maʼlumotlar hisoblanadi va ular lombardning mijozlar koʻrishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarda, texnik vositalarda yoki lombardning veb-saytida (agar mavjud boʻlsa) eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Lombardning ichki qoidalarida quyidagilar belgilanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lombardning tashkiliy tuzilishi, uning vazifalari va funksiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsning huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lombardning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan lombard nomidan va uning hisobidan bitimlarni amalga oshirishdagi vakolatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Lombardlar banklardan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ishtirokchilardan (mulkdorlardan) qarz mablagʻlarini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablagʻlar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Garov asosida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lombardda mol-mulklarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kreditning summasi va muddati, shuningdek, beriladigan kredit boʻyicha foiz stavkasi tomonlarning kelishuviga asosan mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov narsasini xavfsiz saqlash uchun choralar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov narsasi yoʻqolishi xavf-xatari paydo boʻlganligi yoki shikast yetkazilganligi toʻgʻrisida garovga qoʻyuvchiga darhol xabar berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit shartnomasining shartlari bajarilganida garov narsasini mulk egasiga yoki uchinchi shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mulk egasining ishonchnomasi asosida darhol qaytarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga qoʻyuvchining talabiga asosan kredit shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qoʻyuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma berishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Garovga qoʻyilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa, kredit, kredit boʻyicha foizlar, neustoyka, ijro muddati oʻtganligi natijasidagi zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sugʻurta uchun toʻlov, garovga olingan mol-mulkning sotilishi boʻyicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qoʻyuvchiga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Lombardning talablari meʼyoridan oshgan va garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilish kunidan uch yil davomida talab qilib olinmagan summa lombardning ixtiyorida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Lombardda mol-mulklarni saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Lombardda ashyolarni saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agar, mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi boʻlgan yoki oʻzi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari toʻgʻrisida lombardni ogohlantirmagan boʻlsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga koʻrilgan zararlarini qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirishi yoki yoʻq qilishi mumkin. Lombardga va uchinchi shaxslarga ushbu ashyolarni saqlash natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash mijozning zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yoʻqolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yoʻqotish yoki shikastlanish yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, ashyolar egasiga, tomonlar kelishuviga koʻra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida koʻrsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
__________________‎‎‎ ‎‎___________________
(lombardning nomi)‎ (lombardning manzili)‎
___-son garov pattasi ‎

1. Garovga qoʻyuvchining F.I.O. _________________________________________ ‎‎‎

2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ________________________________________‎

3. Turar joyi _______________________________________________________‎

4. Kredit berilgan sana ______________________________________________‎

5. Kredit summasi ___________________________________________________‎

6. Kreditni qaytarish sanasi _________________________________________‎

7. Garovga qoʻyilgan mol-mulk nomi va tavsifi __________________________‎

8. Garovning baholangan summasi ______________________________________‎

‎‎(raqamlar va soʻzlar bilan)‎

9. Garovning muddati ________________________________________________‎‎

Garov narsasi lombardga egalik qilish uchun topshiriladi.
‎Lombard garov narsasidan foydalanish, boshqa shaxsga berishga, uchinchi shaxslarga ijaraga yoki tekinga foydalanishga berish, yoxud garov narsasini boshqa koʻrinishda tasarruf etish huquqiga ega emas.
‎Garov narsasini navbatdagi garovga qoʻyish taqiqlanadi.
‎Garov narsasi garovga qoʻyuvchining va (yoki) uning oila aʼzolarining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan mol-mulk emas.
‎Lombardda garov narsasi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan vaqtda soʻndirilmagan taqdirda, lombard ushbu mol-mulkni qonunchilikka muvofiq sotishga haqli.
‎Boshqa shartlar: ____________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎Ush�u garov pattasi 2-nusxada tuzilgan ‎

‎Qabul qiluvchi‎

‎‎‎‎Garov pattasi shartlari bilan tanishdim va bir nusxasini oldim‎

‎_________________‎

‎Garovga qoʻyuvchi ______________

(F.I.O., imzo)‎

(imzo)‎

Lombardning muhr�‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_________________‎

__________________‎‎

(lombardning nomi)‎

(lombardning manzili)‎

_____-son saqlov pattasi‎‎‎

1. Yuk topshiruvchining F.I.O. _________________________________________‎‎‎

2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ________________________________________‎

3. Turar joyi _______________________________________________________‎

4. Ashyo nomi va uning tavsifi ________________________________________‎

5. Ashyoning baholangan summasi _______________________________________‎

(raqamlar va soʻzlar bilan)‎

6. Saqlash joyi va usuli _____________________________________________‎

7. Saqlashga qabul qilingan sana ______________________________________‎‎‎

8. Saqlash muddati __________________________________________________‎

9. Saqlash uchun haq summasi __________________________________________‎

Saqlash uchun topshirilgan ashyodan uni egasining roziligisiz foydalanishga va uni tasarruf etishga lombard haqli emas (ashyoning saqlanishini taʼminlash uchun undan foydalanish hollari, bundan mustasno).
‎Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolar yoʻqolishiga, yetishmasligiga yoki ashyoning zararlanishiga javobgardir.
‎Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ularning toʻliq baholangan narxida oʻz hisobidan yuk topshiruvchining foydasiga sugʻurtalashi shart.
‎Lombard, yuk topshiruvchining talabiga koʻra, saqlashga qoʻyilgan ashyoni zudlik bilan qaytarishi shart.
‎Bunday holda, majburiyat oldindan toʻxtatilishi munosabati bilan, lombardga yetkazilgan zararlarni yuk topshiruvchi qoplashi shart.
‎Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortsa, agar saqlash shartnomasida boshqacha tartib koʻzda tutilgan boʻlmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda lombard ashyoni mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.
‎Boshqa shartlar: ____________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎Ushbu saqlov pattasi 2-nusxada tuzilgan

Qabul qiluvchi‎‎‎

Yuk topshiruvchi‎

______________________________

_________________________

(F.I.O., imzosi)‎

(imzosi)

Lombardning muhri‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 23-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/8-son “Lombard tomonidan oʻz faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1290-1, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/1290-1/0291-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/3-son “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1290-2, 2018-yil 7-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1290-2/1180-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-son “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1290-3, 2019-yil 3-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-martdagi 6/3-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1642-1, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 231-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/7-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1642-2, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/1642-2/0290-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/1-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1642-3, 2018-yil 7-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1642-3/1181-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/10-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1642-4, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/1642-4/2310-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/5-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1642-5, 2019-yil 29-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/1642-5/3668-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/3-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2378, 2012-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 340-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3300/0455-son)