Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.06.1997 yildagi 285-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.06.1997 yildagi 285-son
Date of entry into force
06.06.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

RESPUBLIKA DAVOLASH MUASSASALARINING TEXNIK JIHOZLANISHINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat aholisi sogʻligʻini mustahkamlashga, tibbiy yordam koʻrsatishni tubdan yaxshilashga katta ahamiyat berib hamda respublika sogʻliqni saqlash tizimi davolash muassasalarini yuqori texnologiyali asbob-uskunalar va texnikaning eng yangi turlari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Simens” aksiyadorlik jamiyati (GFR) bilan respublikaga 23,3 mln. Germaniya markasi summasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi kontraktni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tibbiy asbob-uskunalar xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 85 foizi (19,8 mln. Germaniya markasi) “Germes” (GFR) sugʻurta jamiyatining sugʻurta qoplamasi ostida “Berliner Bank AG” (GFR) banki krediti hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 15 foizi (3,5 mln. Germaniya markasi) “Berliner Bank AG”ning qisqa muddatli (1,5 yil) krediti hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el bankining kreditlarini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga 1-ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov mazkur loyiha boʻyicha kreditor — Germaniya bankiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga hukumat kafolatlarini berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati boʻyicha yuridik xulosani chet el banklari bilan banklararo bitimga ilova shaklida belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimi tuzsin va “Berliner Bank AG” Germaniya bankining “Germes” (GFR) jamiyatining sugʻurta qoplamasi ostidagi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi uchun qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Simens” hissadorlik jamiyatining tibbiy asbob-uskunalarini yetkazib berish nazarda tutilgan davolash muassasalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy asbob-uskunalarning aniq yoʻnaltirilishini, ularning oʻz vaqtida montaj qilinishini, Oʻzbekiston aholisi manfaatlari yoʻlida ulardan samarali va keng foydalanilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yilda va keyingi yillarda kredit respublika va mahalliy budjetlarda tibbiy asbob-uskunalar va texnika xarid qilish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yilga va keyingi yillarga budjet loyihasini ishlab chiqishda kredit boʻyicha qarzlarni qaytarish zarurligini va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 6-iyun,

285-son