Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
29.12.2025
04.01.2025
05.05.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetik xavfsizlik, energetik samaradorlik va energetikaning barqaror rivojlanishi — energetika sohasining asosiy strategik yoʻnalishlari hisoblanib, istiqbolda respublika energetika majmuasida innovatsion vektorning amalga oshirilishi doirasidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari bilan uzviy bogʻliqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatning energiya koʻp isteʼmol qilinadigan tarmoqlarida ilmiy-innovatsion infratuzilmani yaratish, iqtisodiyot tarmoqlariga anʼanaviy va muqobil energiya manbalarini keng joriy etish hisobiga energiya balansini diversifikatsiya qilish, sohada xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar darajasini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligining “Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJ negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada energetika barqaror rivojlanishining kelajak strategiyasini ishlab chiqish, oʻrta va uzoq istiqbolda yoqilgʻi-energetika kompleksining rivojlanishi va modernizatsiyasi boʻyicha dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil (noanʼanaviy) energiya asosidagi yangi texnologiyalar, energetik uskunalar va tizimlarning respublika iqlim sharoitlarida resurs koʻrsatkichlarini oʻrganish maqsadida sinovlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari energiya sarfini pasaytirish boʻyicha kompleks tadqiqotlarni oʻtkazish va aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika sohasida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, “intellektual tarmoqlar” nazariyasini rivojlantirish va energetika sohasiga joriy etish usullarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning energetik xavfsizligini taʼminlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda yoqilgʻi-energetika kompleksi obyektlarining barqaror faoliyatini taʼminlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaning qoʻshni davlatlari oʻrtasida yoqilgʻi-energiya manbalaridan birgalikda foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning turli sohalarida anʼanaviy, shuningdek muqobil va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bilan bogʻliq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika resurslaridan ularni hosil qilish, saqlash, yetkazib berish va foydalanish bosqichlarida samarali foydalanish usullarining ilmiy-texnik darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika resurslarini hosil qilish, saqlash, yetkazib berish va taqsimlash tannarxini pasaytirish maqsadida zamonaviy energetik texnologiyalarni transfer qilish va respublika sharoitiga moslashtirishni asoslash, energetika sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda energetik mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, unga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar rivojiga ilmiy-texnik jihatdan koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohadagi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsiya modellardan keng foydalanish, jadal axborot almashinuvini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohada fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim tashkilotlarining energetika yoʻnalishidagi fakultet va kafedralari oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, talabalarning laboratoriya ishlarini bajarish uchun Institut laboratoriyalaridan foydalanish, Institut ilmiy xodimlarining dars jarayonlarida ishtirok etishini taʼminlash orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika sohasidagi ilmiy yoʻnalishlar va tegishli ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Institut:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda Institut nomi davlat tilida yozilgan muhrga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika vazirligining “Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Institutga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, jumladan, direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari hamda direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur saqlash xarajatlari, shu jumladan, boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida qoplanadi, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2026-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat boʻlganda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (Institut bino va inshootlarini saqlab turish, shuningdek, xodimlar ish haqi uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar (davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida unga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqotlarni amalga oshirishga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari tarkibidan xodimlarni, shuningdek, xorijlik olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar, jumladan, jamgʻarmalar, xorijiy tadqiqot markazlari, shuningdek, taʼlim tashkilotlari bilan tadqiqotlar oʻtkazish va kadrlar tayyorlash boʻyicha shartnomalar tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJning uskunalari, mebellari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulklarini Institutga belgilangan tartibda berish maqsadida xatlovdan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish vazirligiga davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini eʼlon qilish uchun energetika sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda asoslangan taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqsin hamda Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Institut Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov koʻchasi 2B-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 4-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 273-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengash
Direktor
Ilmiy kotib
Direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari
Direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
3
“Energetikaning rivojlanish istiqbollari va energetik xavfsizlik” ilmiy laboratoriyasi
“Elektr energetika tizimlari va majmualari” ilmiy laboratoriyasi
3
“Energiya samaradorligi va energiya tejash tizimlari” ilmiy laboratoriyasi
3
AKT boʻyicha mutaxassis
1
“Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanish” ilmiy laboratoriyasi
3
“Intellektual energiya tizimlari, energetik tizimlar va quvvatlarni integratsiyalash” ilmiy laboratoriyasi
3
Maxsus boʻlim
1
“Elektrotexnologiyalar va energetik uskunalarni ekspluatatsiya qilish” ilmiy laboratoriyasi
3
Integratsiya-resurs markazi
1
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut xodimlarining umumiy cheklangan soni — 31 nafar, shundan ilmiy xodimlar soni — 21 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma asosida bajariladigan ilmiy loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 273-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2025-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Laboratoriyalar nomlari
Ilmiy xodimlar shtat birliklari soni
2021-2022 yy.
2023 — 2025 yy.
1.
Energetikaning rivojlanish istiqbollari va energetik xavfsizlik
3
2
2.
Elektr energetika tizimlari va majmualari
3
2
3.
Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanish
3
2
4.
Elektrotexnologiyalar va energetik uskunalarni ekspluatatsiya qilish
3
2
5.
Energiya samaradorligi va energiya tejash tizimlari
3
2
6.
Intellektual energiya tizimlari, energetik tizimlar va quvvatlarni integratsiyalash
3
2
7.
Integratsiya-resurs markazi
1
1
Jami
19
13
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)