21.04.2021 yildagi PQ-5084-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.04.2021 yildagi PQ-5084-son
Date of entry into force
21.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun moliyaviy resurslar ajratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan Namangan viloyati hokimligiga 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,5 foizni tashkil qiladigan 30 million AQSH dollari miqdoridagi kredit ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Namangan viloyati hokimligi mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablag‘larni quyidagi maqsadlarga yo‘naltirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan shahrining markazlashgan issiqlik tizimini qurish va rekonstruksiya qilishga — 15 million AQSH dollari ekvivalenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan shahrining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Farg‘ona kanallari va Namangansoy qirg‘oqlarini obodonlashtirish ishlariga — 10 million AQSH dollari ekvivalenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirishga — 5 million AQSH dollari ekvivalenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘lar taqsimotiga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tadbirlar bo‘yicha 2021-yilning 20-noyabriga qadar obyektni qurish va rekonstruksiya qilishda zarur bo‘ladigan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov) tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan qozonxonalar, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, metall konstruksiyalar, suvni tayyorlash uchun kimyoviy moddalar bojxona bojidan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun Namangan viloyati hokimligi mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan shahrining markazlashgan issiqlik tizimini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan kreditni qoplash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar Namangan viloyatining mahalliy budjeti, Namangan viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish DUK mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan shahrining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Farg‘ona kanallari va Namangansoy qirg‘oqlarini obodonlashtirish, kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlarni qoplash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar Namangan viloyatining mahalliy budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qaroriga asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan Namangan viloyati uchun ajratilgan mablag‘lardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ “mahallabay” ishlash tizimi orqali aniqlangan drayver loyihalarni kreditlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ “Turon bank” ATBning ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushini oshirishga yo‘naltirish yo‘li bilan limonchilikni rivojlantirish loyihalarini kreditlash uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Namangan viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoni 9-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan teng ulushlarda 1 trillion so‘m miqdorida ajratilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm infratuzilmasini rivojlantirish yig‘ma parametrlariga asosan ajratilgan 1 trillion so‘mdan Namangan viloyati uchun 37,5 mlrd so‘m ajratilganligi, shuningdek, mazkur parametrlarga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Namangan viloyati hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan tadbirlar bo‘yicha manzilli dasturlarni shakllantirsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Namangan viloyati hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Kuchkarov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 21-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5084-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 4-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “1,6” raqami “1,5” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Jami” pozitsiyasida:

“2021-yilda yo‘naltiriladigan mablag‘lar” ustunidagi “9 140” raqami “9 040” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan” ustunidagi “2 540” raqami “2 440” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2021-yilda yo‘naltiriladigan mablag‘lar” ustunidagi “5 638” raqami “5 538” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan” ustunidagi “1 600” raqami “1 500” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Jami” pozitsiyasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jami” ustunidagi “9 140” raqami “9 040” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi” ustunidagi “5 638” raqami “5 538” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jami” ustunidagi “885” raqami “785” raqami bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi” ustunidagi “602” raqami “502” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)