Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
08.10.2024
28.09.2023
08.04.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning sho‘rini yuvish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini va suv ta’minotini yaxshilash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning sho‘rini yuvish uchun foydalaniladigan va tasdiqlangan sho‘r yuvish normalari doirasida, shuningdek, kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslarini ulardan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilish, suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish hamda yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish tizimi yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birgalikda, yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini agrotexnik qoidalar asosida sifatli va tizimli tashkil etishga, suv iste’molini nazorat qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Natijada agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvishda, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining aksariyat tumanlarida agrotexnik qoidalar va muddatlar qo‘pol ravishda buzilib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilgan, sho‘r yuvish ishlarining samarasi pastligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvni tejaydigan sug‘orish va lazerli yer tekislash texnologiyalari joriy qilingan maydonlarda yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish yuzasidan xorijiy tajribalarni o‘rganish, yangi ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish soha talablaridan ortda qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yerlarning sho‘rini yuvish, meliorativ holatini yaxshilash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish hamda sho‘r yuvish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarning sho‘rini yuvish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan ishlab chiqiladigan va ilmiy asoslangan tavsiyalar bo‘yicha maqbul muddatlarda va sho‘r yuvish normalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarning sho‘rini yuvish ishlari har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislangan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘r yuvish ishlari uchun suv olish xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi hamda suvning hisobi va hisoboti yuritiladi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘r yuvish uchun berilgan suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yishga va ularning texnik holatiga zarar yetkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv iste’molchilariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 442-moddasi talablaridan kelib chiqib, sho‘r yuvish ishlari uchun ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha suv olingan taqdirda, belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliqqa tortilishi ko‘rsatib o‘tilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sho‘r yuvish ishlarini rejalashtirish, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-oktabrga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining) suv olish limitlari tasdiqlanadi va joylarga yetkaziladi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 20-oktabrga qadar agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari, shuningdek, tegishli shartnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan hududlar bo‘yicha meliorativ kadastr hujjatlari ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 10-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi, agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlarga yetkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 20-noyabrga qadar suv iste’molchilari tomonidan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan birgalikda ularga berilgan tavsiyalar va suv iste’moli rejalariga asosan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari rejalari ishlab chiqiladi;
(2-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan, yerlarning sho‘rini yuvish ishlari sho‘r yuvish rejalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida sho‘r yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sho‘r yuvishda suvdan foydalanish va sho‘r yuvish monitoringini yuritish tartibi, shu jumladan, xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) suv iste’molchilari bilan belgilangan tartibda sho‘r yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish va baholash ishlarining tizimli ravishda sifatli amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) suv resurslarini oqilona boshqarishni va ajratilgan suv olish limiti doirasida suv yetkazib berilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Innovatsion rivojlanish vazirligiga 2021-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘oriladigan, shuningdek, lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislangan maydonlarda yerlarning sho‘rini yuvish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga qaratilgan ilmiy loyihalarga tanlov e’lon qilish uchun takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘ri yuviladigan maydonlarni har yili 1-dekabrga qadar sifatli shudgorlash va zarur hollarda chuqur yumshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar bo‘yicha maqbul muddatlarda va sho‘r yuvish normalarida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda ulardan samarali foydalanish ishlarini tizimli tashkil qilish va amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarida agrotexnik qoidalarga, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda keskin choralar ko‘rib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari” va “Sho‘r yuvish texnologiyalari” fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish choralarini ko‘rsin. Bunda mazkur sohadagi oliy ta’lim muassasalariga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, yuqorida ko‘rsatilgan fanlarni tegishli ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalariga kiritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 8-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 190-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom talablari agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Sho‘r yuvish ishlarini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yerlarning sho‘rini yuvish ishlarini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari tomonidan har yili 1-oktabrga qadar suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining) suv olish limitlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi va joylarga yetkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Suv iste’molchilarining suv olish limitlari xalq deputatlari tuman Kengashlari qarorlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) tomonidan suv iste’molchilariga yetkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) har yili 20-oktabrga qadar agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan birgalikda suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar (keyingi o‘rinlarda — Meliorativ ekspeditsiyalar) har yili 1-noyabrga qadar hududlar bo‘yicha meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv ko‘rsatkichlari o‘rganiladi hamda tahlil qilinadi. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalari ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Meliorativ ekspeditsiyalar har yili 10-noyabrga qadar yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi o‘rinlarda — Tavsiyalar) ishlab chiqadi hamda agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga (keyingi o‘rinlarda — suv iste’molchilari) yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Suv iste’molchilari xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan birgalikda ularga berilgan Tavsiyalar va suv iste’moli rejalariga asosan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari rejalarini har yili 20-noyabrga qadar ishlab chiqadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tumanlar irrigatsiya bo‘limlari yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini sifatli amalga oshirishga ko‘maklashish uchun suv iste’molchilariga malakali mutaxassislarni biriktiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Suv iste’molchilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘ri yuviladigan maydonlarni g‘o‘zapoya yoki boshqa o‘simliklar qoldiqlaridan tozalaydi hamda sifatli shudgorlaydi, zarur hollarda Tavsiyalarga asosan chuqur yumshatish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shudgorlangan va tekislangan maydonlarni Tavsiyalar asosida pollarga bo‘ladi, nishablik katta bo‘lgan maydonlarda chuqur egatlar oladi, o‘qariq va shoxariqlar oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘r yuvish ishlarini sifatli amalga oshirish va suvdan oqilona foydalanish uchun yer maydonining katta-kichikligiga qarab kamida to‘rt nafar tajribali suvchini (mutaxassisni) jalb qiladi, ularga dalada zarur sharoitlarni yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yerlarning sho‘r yuvish ishlari sho‘r yuvish rejalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida sho‘r yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuvishda pollarni suv bilan to‘ldirish maydonning yuqori qismidan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmog‘i tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sho‘r yuvish ishlari uchun ajratilgan suvni kollektor-drenaj tarmog‘iga tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Sho‘r yuvishda suvdan foydalanish va sho‘r yuvish monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sho‘r yuvish uchun suv resurslarini olish xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv olish joylarida amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olish uchun xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalariga) suv iste’moli rejasi asosida va suv olish limiti doirasida yozma buyurtmanoma beradi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanomani xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalariga) yoki ularning vakolatli shaxslariga suv olish boshlanishidan o‘n kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek, olinadigan suv miqdorini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha olingan suv miqdoriga belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVII bo‘limi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) suv iste’molchilari bilan birgalikda belgilangan tartibda sho‘r yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72, 74, 76-moddalari.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sirchan choralar ko‘rib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari
Suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining) suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.
Har yili 1-oktabrga qadar
2-bosqich
Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari)
Agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
Har yili 20-oktabrga qadar
3-bosqich
Meliorativ ekspeditsiyalar
Hududlar bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv ko‘rsatkichlarini o‘rganish hamda tahlil qilish. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalarini hamda meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqish.
Har yili 1-noyabrga qadar
4-bosqich
Meliorativ ekspeditsiyalar
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.
Har yili 10-noyabrga qadar
5-bosqich
Suv iste’molchilari
Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan birgalikda ularga berilgan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi o‘rinlarda — Tavsiyalar) va suv iste’moli rejalariga asosan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari rejalarini ishlab chiqish.
Har yili 20-noyabrga qadar
6-bosqich
Suv iste’molchilari
Yerlarning sho‘r yuvish ishlarini sho‘r yuvish rejalari bo‘yicha berilgan Tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida sho‘r yuvish normalariga muvofiq amalga oshirish.
Tavsiyada ko‘rsatiladigan maqbul muddatlarda
7-bosqich
Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari)
Suv iste’molchilari bilan belgilangan tartibda sho‘r yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritish.
Sho‘r yuvish davrida
8-bosqich
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish.
Suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sirchan choralar ko‘rish.
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish davrida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_______________ tumani _______________ klasterga (fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha TAVSIYALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jami ekin maydoni ______ gektar, shundan ______ gektari har xil darajada sho‘rlangan, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____ kontur — kuchli sho‘rlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____ kontur — o‘rtacha sho‘rlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____ kontur — kuchsiz sho‘rlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuproq mexanik tarkibiga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq sirasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sho‘r yuvishga yerlarni 20__ yil “__” oyining ______ gacha tayyorlash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sho‘r yuvish ishlari dastlab ___ -chi konturda, keyin ___ -chi konturda, undan keyin ___ -chi konturda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sho‘r yuvish ishlarini sifatli bajarish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘ri yuviladigan maydonlarni dastlab g‘o‘zapoya yoki boshqa o‘simliklar qoldiqlaridan tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni maqbul muddatlarda 35 — 40 sm chuqurlikda sifatli qilib shudgorlash, gips yoki qattiq qatlamlar mavjud bo‘lganda plantajli plug bilan shudgorlash yoki chuqur yumshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchli sho‘rlangan maydonlarga shudgordan oldin turoqning ball-bonitetiga qarab har gektariga 10 — 20 tonnadan mahalliy go‘ng solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida uch yilda kamida bir marta tekislash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sho‘r yuviladigan maydonni uning nishabligiga qarab quyidagi o‘lchamlarda pollarga bo‘lish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
___-chi konturda polning eni ___ metr, bo‘yi ___ metr, maydoni ___ gektar;

___-chi konturda polning eni ___ metr, bo‘yi ___ metr, maydoni ___ gektar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sho‘r yuviladigan maydonlarda sxemaga muvofiq o‘qariqlar va pollarni olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuviladigan maydonlarda dastlab marzalar olinadi. Marzalar eniga ___ metrdan, bo‘yiga esa har ___ metrdan olinadi. O‘qariqlar esa ikki pol o‘rtasida bo‘ylamasiga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ekin maydoni ichida yopiq-gorizontal drenaj mavjud bo‘lsa, o‘qariqlar ikki drenaj o‘rtasidan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Marzalar va o‘qariqlarning balandligi bir marta suv bostirishda beriladigan suv ustunining (sathining) chuqurligini e’tiborga olib, yerning tekislangan joyiga nisbatan 0,35 — 0,45 metr baland bo‘lishi kerak. Nishabligi katta bo‘lgan dalalarda pollarni ajratuvchi marzalar balandligi 0,5-0,6 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sho‘r yuvishga pol olish ishlari noyabr oyidan boshlab, dekabr oyining iliq kunlarida tugallanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuvish normasi tuproqning sho‘rlanganlik darajasiga va mexanik tarkibiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir gektar maydonning sho‘rini yuvish uchun _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga miqdorda suv berish tavsiya etiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuvish ishlari navbat bilan dastlab kuchli sho‘rlangan maydonlarda, undan keyin o‘rtacha sho‘rlangan maydonlarda boshlanib, oxirida kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pollarni suv bilan to‘ldirish yuqoridan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmog‘i tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuvish ishlari quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuchsiz sho‘rlangan, shuningdek, yengil tuproqli o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar bir marta yuviladi. O‘rtacha sho‘rlangan qolgan maydonlar esa ikki marta, kuchli sho‘rlangan maydonlar esa uch marta yuviladi. Bunda pollarni suv bilan bostirishda suv miqdori kamaytirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sho‘r yuvish ishlariga _______ oyidan boshlab kirishilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi sho‘r yuvish ishlarini _______ ga qadar, ikkinchi va uchinchi sho‘r yuvish ishlarini _______ ga qadar to‘liq yakunlash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/190/0306-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)